Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
112
TINCHLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT: TINCHLIK UCHUN KURASHGAN
MILLIY QAHRAMONLAR XOTIRASI
Ergasheva Mohizarbegim Elmurod qizi
TDSHU 2-bosqich talabasi
+998931245655
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tinchlikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni,
uning jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi uchun ahamiyati yoritiladi. Shuningdek,
yurtimizning mustaqilligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan milliy
qahramonlarning jasorati, ularning tinchlik yo‘lidagi fidokorona xizmatlari
xotiralanadi.
Abstract:
The article emphasizes the invaluable role of peace in human life and
its importance for the development and stability of society. We also honor the memory
of the courage of national heroes who gave their lives for the independence and peace
of our country, and their selfless service to the cause of peace.
Аннотация:
В статье подчеркивается неоценимая роль мира в жизни
человека и его значение для развития и стабильности общества. Мы также чтим
память мужества национальных героев, отдавших свои жизни за независимость
и мир нашей страны, и их бескорыстное служение делу мира.
Kalit so‘zlar:
tinchlik, urush, xotira, Sobir Rahimov, Zebo G‘anieva, Sharof
Rashidov, Shodi Shoimov, G‘alaba bog‘i.
Keywords:
peace, war, memory, Sobir Rakhimov, Zebo Ganieva, Sharof
Rashidov, Shodi Shoimov, Victory Park.
Ключевые слова:
мир, война, память, Собир Рахимов, Зебо Ганиева,
Шароф Рашидов, Шоди Шоймов, Парк Победы.
Kirish:
Bugungi kunda dunyo uchun „noyob“ bo‘lib borayotgan tinchlik –
insoniyatning eng buyuk orzusidir. U nafaqat ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni, balki
har bir insonga ichki osoyishtalikni, xavfsizlikni va farovonlikni taqdim etadi.
Notinchliklarga sabab bo‘lgan urush necha millionlab odamlarning yostig‘ini quritib,
insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar soldi, bolalarni otasidan, otalarni farzandidan judo
qildi. Beshavqat bo‘lgan urushlar odamlarni yo‘q qildi, Yer yuzini vayron qildi,
svilizatsiyalar, tarixiy meroslarni qo‘porib tashladi. Shunday vaziyatda urushga qarshi
chiqib, tinchlik uchun kurashgan, osoyishtalik yo‘lida jonlarini fido qilganlarni xotirlab
o‘tmaklik insoniyatning asosiy burchlaridan biridir. Ularning fidokorona jasorati
tufayli bugun dunyo ahli tinch hayot kechirmoqda.
Asosiy qism:
„
Ayni vaqtda, jang maydonlarida mardlik va jasorat
ko‘rsatgan, front orqasida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘-
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
113
salomat bo‘lib yurgan muhtaram faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch-
osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik
bildiramiz.
Hech shubhasiz, bu dahshatli urush butun insoniyat qatori bizning
xalqimizga ham mislsiz kulfat va yo‘qotishlar olib keldi.
Ikkinchi jahon urushida yuzlab yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni
unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab otalarimiz, bobolarimiz jangovar orden va
medallar bilan mukofotlandilar.
Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib urush maydonlariga juda
katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-
ovqat mahsulotlari yetkazib berdi...“
1
–
deya ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni
munosabati bilan tashkillashtirgan marosimdagi nutqida.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945)
O‘zbekistondan 2 millionga yaqin inson frontga jo‘natilgan. Ulardan 500 mingdan
ziyodi urushdan qaytmagan, minglab o‘zbek o‘g‘lonlari jasorat ko‘rsatib, Vatan
ozodligi yo‘lida halok bo‘lishgan. Bu davrda O‘zbekiston aholisi 6.8 million nafar
bo‘lgan. Ya’ni aholining deyarli 1/3 qismi urushga safarbar qilingan. Vatan ozodligi
yo‘lida mardonavor jang qilganlarning bari qahramon. Ammo quyidagilarni ikki karra
qahramon deyish mumkin:
Sobir Rahimov – birinchi o‘zbek generali. Berlin yaqinidagi janglarda og‘ir
yaralanib, halok bo‘lgan. U jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor
bo‘lgan va Sobir Rahimov nomi bilan Toshkentda ko‘plab ko‘chalar va maktablar
atalgan. O‘zbekning „Temir generali“ nomi bilan mashhurdir.
2
Zebo G‘anieva – ayol bo‘lsa-da, 129 nafar dushman askarlarini o‘ldirib, Ikkinchi
jahon urushida radiooperator, razvedkachi bo‘lib qatnashgan, urush uchun ilmiy
faoliyatini tashlab, ko‘ngilli bo‘lib kelgan. Zebo G‘aniyeva snayper bo‘lib xizmat
qilgan, ko‘plab fashistlarni yo‘q qilgan. Urushdan keyin ham ilmga qaytib,
sharqshunoslik sohasiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
3
Sharof Rashidov – sovet partiyasi vakili, o‘zbek yozuvchisi. O‘zbekiston SSR
Kompartiyasi MQning Birinchi Kotibi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Rashidov
O‘zbekiston Respublikasiga rahbarlik qilgan davrda ko‘plab bunyodkorlik ishlari
amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shu bilan birga qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan
samarasiz, ekstensiv foydalanish, paxta yetishtirishga haddan tashqari urg‘u berilish
kabi ekologik muammolar yuzaga kelgan.
4
Rashidov haqida uning zamondoshlaridan
biri shunday deydi: „Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu
1
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-9-may-khotira-va--09-05-2017
2
https://kun.uz/uz/news/2020/06/24/temir-general-ozbek-va-polyak-xalqlari-qahramoni-sobir-rahimovning-hayot-
yoli
3
Murmanseva V.S „Ulug‘ Vatan urushidagi sovet ayollari“. M., Fikr, 1974-yil.
4
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
114
zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni
boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday
qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga,
koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab
qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim
yil ketadi“. Gorbachyov esa: „Baribir koʻproq topshiringlar“.
5
Belarusdagi janglarning birida o‘zbek qahramoni Shodi Shoimov maxsus guruh
bilan birinchilardan boʻlib tashabbus koʻrsatadi. Qoʻl jangida u 13 fashistni yakson
qilib, diviziyaga yoʻl ochadi. Biroq u ogʻir yaralanib, vafot etadi. U atigi 18 yoshda edi
va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Surati qolmagan
bu qahramonning byusti singlisi Tilovatning rasmini asos qilib tiklangan. Aravon
qishlogʻidagi maktabga, Shahrisabz shahridagi koʻchalardan biriga va kinoteatrga
uning nomi berilgan. Shahrisabzning markaziy maydoniga haykali qoʻyilgan.
6
Shuningdek, sharqshunos va eronshunos olim Shomuhamedov Shoislom ham
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisidir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi,
filologiya fanlari doktori, professor bo‘lgan bu inson ham yurt farovonligi uchun
dushmanga qarshi kurashganlardandir.
Bu insonlar vatanni himoya qilish yo‘lida o‘z jonini fido qilishgan. Ular faqat
urushda emas, balki urushdan keyingi tiklanish ishlarida, yoshlarga o‘rnak bo‘lishda
ham muhim o‘rin tutgan. Ularning nomlari yodgorliklar, maktab darsliklari, ko‘cha
nomlari orqali abadiylashtirilgan. Masalan, Toshkentda tuman, metro stansiyasi
(keyinchalik bu stansiya Olmazor nomiga o‘zgargan), bir necha maktabga Rahimov
nomi berilgan. Rahimov haqida „General Rahimov“ badiiy filmi yaratilgan (1967).
Toshkent shahrining Sobir Rahimov tumanida va Samarqand viloyatida Rahimov
haykallari oʻrnatilgan, maktablarga uning nomi berilgan.
7
Zebo G‘anievaga bag‘ishlab
esa hujjatli filmlar yaratilgan, Toshkentdagi „G‘alaba bog‘i“ yodgorlik majmuasi –
bularning barchasi tarixiy xotirani saqlash, yosh avlodga ibrat ko‘rsatish maqsadida
yaratilgan. Qolaversa, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan jangchilarning nomlari turli
online saytlarda ta’kidlangan. Xususan, war-heroes.uz saytida askarlarni hudud
bo‘yicha taqsimlab, ularning barchalari haqida ma’lumot keltiriladi.
Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish uchun tarixiy qahramonlar
hayoti eng kuchli ibrat manbai bo‘la oladi. Ularning jasorati, fidoyiligi, Vatanni
himoya qilish yo‘lida chekkan azob-uqubatlari yosh avlodni o‘z yurti va xalqiga mehr
bilan qarashga undaydi.
Masalan, Shodi Shoimov, Sobir Rahimov, Zebo G‘anieva kabi jasur
insonlarning hayoti o‘quv darsliklarida, hujjatli filmlarda, adabiyot va san’at asarlarida
5
V.Boldin Kommersant — Vlast, 15-may 2001, 61 bet.
6
Kargapoltsev, Sergey. «Шаимов Шади» warheroes.ru (rus.)
7
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
115
o‘z aksini topmoqda. “Hech kim va hech narsa unutilmaydi” tamoyili esa o‘tmishdagi
har bir fidokor inson xotirasi abadiylashtirilishini anglatadi.
Xulosa:
Tinchlikka erishish uchun qanchadan-qancha jonlar qurbon bo‘ldi.
Ularning shu jasorati uchun ham xotiradan o‘chirmaslik, nomlarini tarixga muhrlab,
abadiylashtirish lozimdir. Dunyodagi tinchlikni saqlash esa halok bo‘lgan askarlar ruhi
oldidagi majburiyat va ularga ko‘rsatilgan oliy hurmatdir. Insoniyat uchun tinchlikdan
bo‘lak aziz ne’mat yo‘qdir. „Hech qachon yaxshi urush yoki yomon tinchlik
bo'lmagan.“ (
Benjamin
Franklin
)
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-9-may-
khotira-va--09-05-2017
2.
Kargapoltsev, Sergey. «Шаимов Шади» warheroes.ru (rus.)
3.
Murmanseva V.S „Ulug‘ Vatan urushidagi sovet ayollari“. M., Fikr, 1974-yil.
4.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
5.
V.Boldin Kommersant — Vlast, 15-may 2001, 61 bet.
7.
Warheros.uz