Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
103
MAKTABGA YANGI QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARDA
MOSLASHISH JARAYONI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Xalilova Ra’noxon Abdullajon qizi
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani
19-umumiy o'rta ta'lim maktabida psixolog
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang‘ich sing o‘quvchilarida o‘quv motivlarining
shakllanish muammosi yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
boshqa psixologik xususiyatlari va irodaviy sifatlarining tarkib topish muammolari va
ularning motivatsiya shakllanishiga ko‘rsatuvchi ta’sirlari muhokama etilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, motiv, o‘quv motivlari, tafakkur,
xotira, intellekt, mantiq.
KIRISH
Boshlang’ich sinflarda yuqori bilim, ko’nikma va malakalarni shaklllantirish
uchun o’quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar
majmuasiga o’quvchilarning motivlari sohasini o’rganish masalalari ham muhim
ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish
va
takomillashtirishga
qaratilgan
qator
hujjatlarda
ta’lim
jarayonini
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta’lim jarayonining asosiy
subyektlaridan biriga qaratish alohida ta’kidlab o’tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim
tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi
munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun o’quvchi individual xususiyatlarini
tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi. Qayd etilgan
muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog’liq.
Avvalo, ta’limda o’quvchilar maqomini yangilash, ularni ta’lim jarayonining
faol subyektiga aylantirish ehtiyoji tug’iladi. Binobarin, bu masala muammoning
ikkinchi tomoniga, ya’ni o’quvchining ta’lim jarayoni subyektiga aylanish istagi va
ehtiyojiga ham bog’liq. Aynan, ana shunday ehtiyojni ularda paydo etish, ya’ni
o’quvchini o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish bugungi kunning eng dolzarb
muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Boshlang’ich sinf o’quvchilari motivlari sohasini o’rganishga oid anchagina
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay, motivlar sohasining korellyasiyasi
muammolari hali ham yetarli darajada o’rganilmaganligi sezilmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
104
Keyingi yillarda o’zbek pedagog olimlari tomonidan ham o’quvchilar
o’quvbiluv faoliyatini tadqiq etishga oid qator keng qamrovli didaktik tadqiqotlar olib
borildi. Shunday ishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, B.Adizov,
R.Safarova, R.Asadova, U.Musayev, H.Nazarova, G.Najmiddinova, A.Hamroyev
kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand, bu ishlarda o’quv-biluv
faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsada, ularda o’quv-biluv faoliyatini
motivlashtirishning ayrim masalalari bayon qilingan, xolos.
Chunonchi, R.Safarova o’quvchilarning amaliy faoliyati til materiallarini
o’zlashtirish ehtiyojiga ko’ra boshqarilishi zarurligi xususida fikr yuritgan. U
o’quvchilarning qiziqishi, faolligi oshirilgan sari amaliy faoliyati ham rivojlana
borishini ta’kidlagan. K.Zaripov esa o’qituvchilar malakasini oshirish tizimida
o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish komponentlarini ajratib ko’rsatadi.
N.Ortiqov o’quvchilar faoliyatida qiziqish, intilish, maqsad, ishonch kabi qator
xarakterli xususiyatlarni ajratadi. Bular faoliyatning mahsuldorligi va yo’nalishini
belgilaydi. O.Roziqov o’quv topshiriqlarida mazmun, maqsad, vazifa, usulni ularning
invariantlari sifatida ajratgan. U o’quv topshiriqlari invariantlarini o’quvchilarning
o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish vositasi sifatida asoslagan edi.
B.Adizov boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish orqali, A.Hamroyev esa
boshlang’ich sinf ona tili ta’limi sharoitida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini
kuzatib, uni an’anaviy ta’lim metodikasidan farqli o’laroq, ijodiy tashkil etish
natijasida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatiga rag’bati, layoqati va qiziqishi
oshirilishi mumkinligini asoslab beradilar.
G.Najmiddinova tadqiqotlarida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini
shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o’quv materiali va uning ustida
ishlash orqali o’quvchilarda o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi
asoslab beriladi. O’quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy
izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi –
ruhiyatining uzviy bog’liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat
psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o’z
tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar
faoliyat dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh
davri uchun xos bo’lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari
ta’limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash
orqali o’quvbiluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o’quv faoliyati uchun
ham turtki bo’ladi va uni yo’naltiradi deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, faoliyat –
bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va maqsadning bir-biriga mos
kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
105
O’tkazilgan psixologik tadqiqotlar natijasida o’quvchilar faoliyati taraqqiyot
darajasini o’rganish, ta’lining psixologik asoslarini bayon qilish, ularda aqliy faoliyat
usullarini shakllantirish, qobiliyat va layoqatni tahlil qilish, o’zlashtirish,
o’quvchilarning psixik rivojlanishini bayon qilish, ijodiy faoliyat muammolarini
yoritish kabi psixologik hodisalar tadqiq qilingan.
NATIJALAR
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni
ko’rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o’qitish omillari ichida
o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o’rinda turar ekan, ya’ni ta’lim
samaradorligi 92% o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog’liq ekan. Inson
tabiatini ozgina bo’lsada tushunadigan kishi buning bejiz emasligini e’tirof etadi.
Motivlar didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
Harakatlantiruvchi motivlarni o’rganish, to’g’ri qo’llash va uni to’g’ri
yo’naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi.
Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan ma’nolarni
anglatadi) bu o’quvchilarni samarali o’quv-biluv faoliyatiga, o’quv materiali
mazmunini faol o’zlashtirishga yo’naltiradigan jarayonlar, metodlar, vositalarning
umumiy nomidir. Obrazli qilib aytganda, motivlashtirish tizginlarini o’qituvchi ham,
o’quvchilar ham o’z qo’llarida tutib turadilar. O’qitish faoliyati nuqtai nazaridan
qarasak, ta’limni motivlashtirish, o’qish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, o’quv-
biluv faoliyatini motivlashtirish haqida gapirish mumkin. Motivlashtirish shaxsning
ruhiy holati va munosabatlarining o’zgarish jarayoni sifatida motivlarga asoslanadi.
Motiv deganda shaxsni u yoki bu xattiharakatni amalga oshirishga majbur qiladigan
muayyan sabab, turtki tushuniladi.
Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga
munosabatini ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va
hissiyotlar, tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning
uchun ham motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar
tahlil qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir. Motivlashtirishni o’rganish
didaktika va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Bu borada muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la
yechimiga hali erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi,
xilma-xilligi tufayli ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning
aniq usul va vositalarini belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi.
MUHOKAMA
Ta’lim tizimida mavjud bo’lgan motivlarni turli mezonlarga ko’ra tasnif
etish
mumkin. Turiga ko’ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga
ko’ra esa
motivlar quyidagilarga bo’linadi:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
106
–
Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o’qishning ijtimoiy
ahamiyatini tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o’qish orqali o’zining jamiyatdagi
ijtimoiy mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi.
–
Tor ijtimoiy (yoki pozisiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni
egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o’z mehnatiga yarasha munosib
taqdirlanishga bo’lgan intilish).
–
Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko’rinishdagi o’zaro
hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o’z pozisiyasi va o’rinini belgilashga intilish).
–
Keng biluv motivlari. Erudisiyaga ko’ra yo’nalish olish, ta’lim jarayoni
va uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o’quv-biluv faoliyati
uning hayot faoliyatida yetakchi o’rin egallaydi.
–
O’quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o’quv
predmetlarini o’zlashtirishga yo’nalganlik).
–
Mustaqil ta’lim motivlari (qo’shimcha bilmlarni egallashga
yo’nalganlik). Amaliy pedagogikada bu motivlar yo’nalishi va mazmuniga ko’ra
alohida guruhlarga birlashtiriladi:
1)
ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;
2)
biluv motivlari;
3)
kasbiy ahamiyatga molik motivlar;
4)
estetik motivlar;
5)
kommunikativ;
6)
mavqe-pozisiyali motivlar;
7)
tarixiy-an’anaviy motivlar;
8)
utilitar-amaliy motivlar.
Aniqlanishicha: a) jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’quvchilar o’quv
motivlarining u yoki bu gurhlari yetakchilik qiladi; b) motivlarning guruhlari o’zaro
dinamik bog’liq holda muayyan shart-sharoitlarga ko’ra amal qiladi. Ana shu
bog’lanishga ko’ra o’qishning (o’quv-biluv faoliyatining) harakatlantiruvchi kuchi
degan tushuncha paydo bo’ladiki, uning xarakteri, yo’nalganligi va ko’lami
motivlarning mujassam ta’siriga ko’ra belgilanadi. Turli xildagi motivlar didaktik
jarayonlarning kechishi va natijalariga turlicha ta’sir ko’satadi. Masalan, keng biluv
motivlari ko’proq ta’lim mazmunini qamrab olishga intilishda namoyon bo’ladi, amm
shunga qaramay bu motivlar o’quv-biluv motivlariga nisbatan kuchsiz bo’ladi. Chunki
o’quv-biluv motivlari tor sohada mustaqil faoliyat yuritishga stimullashtiruvchi eng
yaxshi vosita bo’lib hisoblanadi. Raqobatchilik muhitida esa ko’proq utilitar-amaliy
motivlar hukmronlik qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktab o’quvchilari
motivlarini maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakatlar asosida yotuvchi - qo’zg’otuvchi
hamda umumahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarni shaxsiy qadriyatlar darajasiga
olib chiqadigan mohiyat kasb etuvchi motivlar singari turlarga ajratish mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
107
XULOSA
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda
o’qituvchi juda muhim o’rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va
boshqaruvchi subyekt sifatida o’quvchilarning o’quvbiluv faoliyatini ham bevosita
boshqarib boradi. Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Ta’lim
jarayonida o’quvchilarni stimullashtirish ularda o’quv-biluv motivlarining boshqa
motivlardan ko’ra kuchliroq bo’lishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
G‘oziyev, E. (2010).
Umumiy psixologiya
. Yangi asr avlodi.
2.
Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3.
Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of
research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41–
46.
4.
Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna,
Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir
Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and
the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi:
10.31838/jcr.07.17.69
5.
Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil
Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies,
15(1), 272-274.
6.
Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor
of Increase of Education’s Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-
82.
7.
Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020).
Technologies for the Development of Competencies in Physics in General
Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of
Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.
8.
Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020).
Developing Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical
Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-
1346.