Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
99
BOLALARDA RANGLARNI IDROK ETISH QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI
Boliyeva Sevara Abdujamilovna
Samarqand viloyat Ishtixon tumani
11-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Maqolada ranglarning bolalar kayfiyatiga ta’siri, ahamiyati va
qo‘llanilish maqsadlari yoritilgan hamda tadqiqotlar natijalari umumlashtirilgan.
Ranglarning munosabatlari murakkabligi visual illyuzialar misolida ko’rilgan.
Kalit so‘zlar:
rang, psixologiya, dizayn, rangshunoslik
KIRISH
Har bir inson ranglarni o‘zgacha ko‘radi. Bir inson ikkinchi inson ranglarni
qanday ko‘rayotganligini hech qachon bilolmaydi. Siz ko‘rayotgan qizil rang
do‘stingiz ko‘rayotgan qizil rangdan farq qiladi. Bu holat fiziologiya va psixologiya
fanlar doirasida o‘rganiladi. Rang kuchli psixologik vositadir. O'zimizni his qilishimiz
va narsalarni qanday qabul qilishimizga ta'sir qilishdan tashqari, kimningdir sevimli
ranglari ham uning shaxsiyati haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Rang ham
kuchli aloqa vositasidir. U harakatga ishora qilishi yoki kayfiyat va hatto fiziologik
reaktsiyalarga ta'sir qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Ingliz olimi ser Isaak Nyuton sof oq yorug'lik prizmadan o'tganda barcha
ko'rinadigan ranglarga bo'linishini aniqladi. Nyuton, shuningdek, har bir rang bitta
to'lqin uzunligidan iborat ekanligini va uni boshqa ranglarga ajratish mumkin
emasligini aniqladi. Keyingi tajribalar shuni ko'rsatdiki, yorug'lik boshqa ranglarni
yaratish uchun birlashtirilishi mumkin. Misol uchun, barchamizga ma'lumki, sariq
bilan aralashgan qizil sabzirang hosil qiladi, yashil va siyohrang kabi ba'zi ranglar
aralashganda bir-birini bekor qiladi, natijada oq rangga aylanadi.
Rang psixologiyasini shakllantiradigan asosiy tamoyillardan biri shundaki, har
bir rangning ma'nosi bor. Bu ma'nolarni o'rganish mumkin bo'lsa-da, ular ba'zan
biologik tug'ma bo'lishi mumkin. Ranglar avtomatik ravishda odamga ta'sir qiladi.
Ranglarni idrok etish insonni baholashga olib keladi, bu esa o'z navbatida rang bilan
bog'liq xatti-harakatlarga olib keladi. Rang psixologiyasi shunchalik kuchliki, u hatto
bizga jismoniy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ba'zi rang
ohanglari qon bosimini oshiradi va metabolizmni tezlashtiradi.
Fiziologiya va psixologiyada rang - fizik, fiziologik va psixologik omillarga
bog‘liq ongli vizual sezish asosida aniqlaniladigan optik diapozondagi elektromagnit
nurlarining subyektiv tavsifidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
100
Rang insoniyatning dunyo haqidagi tasavvurini shakllantiradi va odamlarning
atrof-muhit bilan munosabatlarini o‘zgartirib, hayoti davomida idroki, afzalliklari va
psixologiyasiga ta‘sir qiladi. Rang afzalliklari chaqaloqlarda uch oylik yoshda paydo
bo‘lib, odatda yoshga qarab o‘zgarib boradi. Rangga bo‘lgan ayrim munosabat tug‘ma
bo‘lishi mumkin, ba’zilari esa tabiatdan yoki madaniyatdan shakllanishi mumkin.
Rang insonning kundalik hayotida muhim rol o‘ynaydi va inson uchun rang
muhim vizual vositalardan biridir. Abstrakt san’atda rang - rassomning g‘oyasi va
hissiy kechinmalarini tomoshabinga yetkazishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib
xizmat qiladi. Biroq, ranglar kamdan-kam hollarda yakka holda qabul qilinadi,
aksincha, ular boshqa ranglar bilan birga uyg‘unlikda foydalaniladi.
Rangning inson ruhiyatiga ta’siri bo‘yicha ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Iogann Gyote ranglarni manfiy va musbat guruhlarga bo‘lgan. Musbat guruhga sariq,
sariq-qizil (zarg‘aldoq), qizil-sariq ranglarni ajratib, ularni hayajonga keltiruvchi, jonli,
intiluvchi kabi hususiyatlar bilan tasniflagan. Manfiy guruhga ko‘k, ko‘k-qizil, qizil-
ko‘k ranglarni kiritib, ularni xavotirlik, qayg‘u, itoatkorlik kabi hususiyatlar bilan
tasniflagan.
So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,rang inson ongi va xatti-harakatlariga
muhim ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki,
ranglardan ta’sirlanish yosh, jins, madaniyatga qarab farq qilishi mumkin.[5] Ilmiy
tadqiqotlardan olingan natijalarga ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu
masalani qamrab olgan tadqiqotlarda ko‘rsatilgan natijalar qayta tekshirishdan so‘ng
o‘zgarib boradi. Shunga qaramasdan umumiy quyidagi xulosalarni ko‘rish mumkin.
Issiq ranglar yurak tezligini oshiradi va ochlik hissini kuchaytiradi. Bu ularni tez
ovqatlanish restoranlari dizayn uslubida asosiy ranga aylantiradi. Ulardan o‘t o‘chirish
mashinalari, tormoz chiroqlari, xavfli moddalarni ogohlantiruvchi belgilarning rangi
sifatida foydalaniladi. Har bir rangning insonga ta’siri aloxida o‘rganilgan bo‘lib, qizil
rang eng ko‘p o‘rganilgan va baxsli ranglar qatoriga kiradi. Sovuq ranglar
tinchlantiruvchi va odatda ko‘proq yoqimli hisoblanadi. Ko‘k rang qizil rang bilan
barcha xususiyatlar bilan qarama-qarshi farq qilib, qon bosimni kamaytiradi, ijodga
undaydi va ochlik hissini bosadi.
Banu Manav ranglarning inson his-tuyg‘ulariga ta’siri bo‘yicha 50 nafar
ishtirokchi orasida tajriba o‘tkazgan.Tajribadan quyidagi natijalarni olgan.
Qizil - zerikarli, charchoq, ajabtovur, depressiv.
Yashil - ajoyib, qo'rqinchli, charchoq, xavotirli.
Ko‘k - sovuq, zerikarli, tinch.
Olga Golubeva kompozitsiya asoslari nomli darsligida ranglarning insonga
ta’sirini quyidagicha belgilagan.
Qizil - jumbushga keltiruvchi, issituvchi, faol, quvvatli. Organizmning barcha
funksiyalarini faollashtiradi, qon bosimni oshiradi, nafas maromoni tezlashtiradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
101
Zarg‘aldoq - quvvatlantiruvchi. Qizil kabi ta’sir ko‘rsatadi faqat kuchsizroq.
Sariq - fiziologik maqbul, kam toliqtiruvchi. Ko‘rish va asab tizimi faoliyatini
stimullashtiruvchi.
Yashil - fiziologik maqbul, ko‘rish a’zosi uchun eng odatiy, qon bosimini
tushiradi va kapilyarni kengaytiradi, asabni tinchlantiruvchi, uzoq muddatga
mushaklarning ish quvvatini oshiradi.
Zangori - tinchlantiruvchi. Mushaklarni tinchlantiradi va qon bosimni
pasaytiradi, nafas maromini sekinlashtiradi va pulsni turg‘unlashtiradi.
Ko‘k - tinchlantiruvchi ta’sirdan bezovtaga o‘tkaziladi. Insonning fizologik
funksiyalarini sekinlashtirishga ko‘maklashadi.
Binafsha - ko‘k va qizil ta’sirini mujassamlaydi. Asab tizimiga ezuvchi ta’sir
ko‘rsatadi.
Yuqrida asosiy raglarni mustaqil alohida ta’siri ko‘rib chiqildi, ammo ranglar
munosabati murakkab bo‘lib, ular bir biri bilan turli munosabatga kiradi. Ushbu holatni
tushunish uchun visual illyuzialar misolida ko‘rib chiqish mumkin.
Vizual illyuziyalar yoki psevdoskopiya - vizual ta’sirda paydo bo‘ladigan
obyektlarining shakli, o‘lchami, rangi va makondagi joylashuvi haqidagi noto‘g‘ri
taassurot.
Ularni keltirib chiqaruvchi sabablarga ko‘ra vizual illyuziyalarni quyidagilarga
bo‘lish mumkin:
1.
Inson ko‘rish apparatining optik xususiyatlaridan kelib chiquvchi;
2.
Inson ruhiyatida, ma’lum taassurot, uni keltirib chiqaruvchi hodisa bilan
bog‘lashga asoslangan beixtiyor taqqoslashlar.
Ko‘pincha ikkala sabab ham optik illyuziya shakllanishiga yordam beradi.
Ularning oqibatida, bizga mavjud bo‘lmagan narsalar ko‘rinishi yoki mavjud
bo‘lganlarning tasviri va holatini buzilishi mumkin.
XULOSA
Ko‘rish illyuziyalar psixofizik hodisalar bo‘lib, subyektivligi va xilma-xilligi
tufayli ilmiy jihatdan o‘rganish juda qiyin. Optik-geometrik illyuziyalar libos
dizaynida, grafik dizayn obyektlarini ishlab chiqishda, arxitekturada, amaliy san’atda,
to‘qimachilik sanoatida, grafik reklamada, interyer dizaynida qo‘llanilishi mumkin.
Rang psixologiyasi masalalari nisbatan yosh bo‘lib, hali yetarli darajada
o‘rganilmagan. Asosiy amaliy izlanishlar marketing masalalarini hal qilishga
qaratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
А.П.Рац Основы цветоведения и колористики. Цвет в живописи, архитектуре
и дизайне: курс лекций / А.П. Рац ; М-во образования и науки Росс.
2.
Федерации, Моск. гос. строит. ун-т. Москва : МГСУ, 2014.
3.
Rider R. M. Color psychology and graphic design applications. - 2010.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
102
4.
Nijdam N. A. Mapping emotion to color //Book Mapping emotion to color. - 2009.
5.
Whitfield T. W., Whiltshire T. J. Color psychology: a critical review //Genetic,
social, and general psychology monographs. - 1990.
6.
O'connor Z. Colour psychology and colour therapy: Caveat emptor //Color
Research & Application. - 2011. - Т. 36. - №. 3. - С. 229-234.
7.
Manav B. Color‐emotion associations and color preferences: A case study for
residences //Color Research & Application: Endorsed by Inter‐Society Color
Council, The Colour Group (Great Britain), Canadian Society for Color, Color
Science
8.
Association of Japan, Dutch Society for the Study of Color, The Swedish Colour
Centre Foundation, Colour Society of Australia, Centre Français de la Couleur. -
2007. - Т. 32. - №. 2. - С. 144-150.
9.
О.Л.Голубева. Основы композиции. -М. : Изд. дом Искусство. 2004. - 19 с:
илл.