Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
94
SOYA O‘SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA XALQ
XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Asqarov Hasanboy Xoldorovich
– Oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi
kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d (PhD)
Najmiddinova Shahnoza Madaminjon qizi
M27-24 QXMS va DIT guruh magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada dukkakdoshlar oilasiga mansub soya (Glycine
maxim) o‘smligining xorijiy hamda mahaliy navlari kelib chiqishi, yer yuzida
tarqalishi butun jahon oziq-ovqat sanoatida tutgan o‘rni, biologik tasnifi, o‘sishi va
rivojlanishi, yetishtirilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
:
dukkakdoshlar oilasi, oziq-ovqat, sanoat, soya o‘simligi, oziq-ovqat
sanoatidagi ahamiyati, soya o‘simligi navlari, bozordagi iqtisodiy ahamiyati.
Аннотация
: В статье представлена информация о происхождении
зарубежных и местных сортов сои (Glycine maxim), представителя семейства
бобовых, ее распространении на Земле, роли в мировой пищевой
промышленности, биологической классификации, росте и развитии, а также
возделывании.
Ключевые слова
: семейство бобовых, продовольствие, промышленность,
соя, значение в пищевой промышленности, сорта сои, экономическое значение
на рынке.
Abstract
: This article provides information on the origin of foreign and local
varieties of soybean (Glycine maxim), a member of the legume family, its distribution
on Earth, its role in the global food industry, biological classification, growth and
development, and cultivation.
Keywords:
legume family, food, industry, soybean, importance in the food
industry, soybean varieties, economic importance in the market.
O‘zbekistonda ham so‘ngi yillarda soya o‘simligini yetishtirishga katta ahamiyat
berilmoqda. Masalan, soya ekinlari maydonini kengaytirish, tuproq-iqlim sharoitiga
mos keluvchi, zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish hamda uni yetishtirishni
yanada takomillashtirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinmoqda. Bundan asosiy
sababi esa soyaning keng tarmoqda ishlatilishi hisoblanadi. Asosan soya oziq ovqatda,
texnikada, sut, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, konserva tayyorlashda keng
miqyosda qo‘llaniladi. Bundan tashqari chorva mollari va parranda hayvonlar uchun
sifatli oziq vazifasida foydalaniladi. Soyaning bunday ko‘p sohada ishlatilishi uning
tarkibi bilan bog‘liq. Ya’ni soya o‘simligi tarkibida 30-52%, oqsil 17-27% moy, 20%
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
95
gacha karbon suvlar mavjud hisoblanadi. Soya o‘simligining oqsil boshqa
dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ozroq farq qiladi, ya’ni suvda yaxshi eriydigan,
yengil hazm bo‘ladigan yuqori sifatli bo‘lib tarkibida glitsin aminokislotalar ko‘p
bo‘ladi hamda aminokislotalar tarkibi bo‘yicha go‘sht oqsiliga juda yaqin hisoblanadi.
Soya o‘simligi oqsillarning asosiy 70% qismini globulinlar tashkil qiladi hamda
qo‘shimcha funksiyalarga ega hisoblanadi. Soya o‘simligi oqsilining boshqa bir
qismini albuminlar tashkil qiladi. Ular sutruktura va fermentativ funksiyalarni bajaradi.
Soya o‘simligining ahamiyatli jihatlaridan yana biri donidan yog‘ olinishidir.
Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, jahon miqyosida o‘simliklardan olinadigan moyning
40% soya o‘simligi moyi hissasiga to‘gri keladi. Soya tarkibidagi uglevodlarga
to‘xtaladigan bo‘lsak, uglevodning asosiy qismini kraxmalsiz polisaxaridlar tashkil
qiladi. Lekin uning tarkibida oligosaxaridlar ham mavjud hisoblanadi. Soya o‘simligi
bir qator zamonaviy tekshirish usullaridan so‘ng olimlarning fikriga ko‘ra, soya
janubiy-sharqiy Osiyo va sharqiy Afrika, Avstraliya mintaqasidan kelib chiqqan degan
farazni olg‘a sursa, boshqa bir olimlar esa soyaning asl kelib chiqshini Xitoyning ba’zi
hududlaridan, Koreya yarim orolidan Nepal, Hindiston va Yevropaning ba’zi
hududlaridan kelib chiqqan deyilgan xulosaga kelishgan. Yuqoridagi olimlar
farazlarini jamlaydigan bo‘lsak, soyaning asl kelib chiqishi Xitoy provinsiyalariga va
Koreya, Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida Argentina ekin
maydoni bo‘yicha birinchilikni qo‘ldan boy bermaydi. Ushbu mamlakatda soyaning
ekin maydoni 19418,8 ming gektarni tashkil etadi . Hosildorlik jihatidan esa 25,3 s/ga
,yalpi hosildorlik esa 49309 mln tonnani tashkil qiladi. Boliviya ham Argentinadan
qolishmaydigan ekin maydoniga ega hisoblanib, 1237700 ming gektar, hosildorligi
18,9 s/ga, yalpi hosildorligi 2347,2 mln tonnani tashkil etadi. Braziliyada ekin maydoni
27964,9 ming gektar, hosildorlik 29,3 s/ga, yalpi hosildorlik 81699,7 mln tonnani
tashkil qiladi. Kanadada ekin maydoni 1819600 ming gektar, hosildorlik 28,5 s/ga,
yalpi hosildorlik 598400 mln tonna hisoblanadi. Xitoy bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha
Rossiyadan oldinda turadi, ya’ni 6600 ming gektar ekin maydoniga,18,9,s/ga
hosildorlikka, 125000mln tonna yalpi hosildorlikka ega hisoblanadi. Rossiyada ekin
maydoni 1202900ming gektar, hosildorligi 13,6s/ga, yalpi hosildorlik 1636 mln tonna,
AQShda 30700 ming gektarni, hosildorligi 29,1 s/ga, yalpi hosildorlik esa 89483 mln
tonnani tashkil etsa, Ukrainada ekin maydoni 1351ming gektarni hosildorlik 20,5s/ga,
yalpi hosildorlik 2774,3 mln tonnani tashkil etadi. Soya dukkakdoshlar (Fabaceae)
oilasiga mansub bo‘lib, bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida
madaniy turi (Glycine Max) keng miqyosida tarqalgan. Yovvoyi turi (Glycine
ussuriensis Rge) tabiatda tarqalgan. Madaniy turi 4 ta kenja tiplarga bo‘lingan: 1)
Korea turi -G ssp.karajensis; 2) Manjuriya turi- G ssp. Manshuria; 3) Hind turi- G
ssp.indica; 4) Xitoy turi -G ssp.Chinesis. Xitoy, Hindi-Xitoy, Yaponiya, Koreya MDH
da tarqalgan. Bu turlar bir-biridan o‘sish davri, dukkagi, bargini kattaligi, urug‘ining
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
96
kattaligi, shakli, va tupining shakli bilan o‘zaro farq qiladi. Soya o‘smligining ildizi
o‘q ildiz tizmiga ega bo‘lib, yaxshi rivojlangan ildiz sitemasi mavjud. Yon ildizlar
ancha uzun bo‘lib 2 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildiz tizimida boshqa
burchoqdoshlar vakillari singari tugunak bakteriyalar simbioz holda yashaydi. Soya
o‘smligining poyasi dag‘al ser tuk, tik o‘sadigan, usti qirrali balandligi 25 sm dan 35
sm gacha boradi. Maysasi yashil rangda bo‘lib, ikkita urug‘palla barg bilan yer yuziga
ko‘tariladi. Shoxlanish poyaning pastki qismidan boshlanadi. Ikkilamchi yon shoxlari
kam uchraydi. Tupi zich, g‘ovak tik poyasining rangi yashil bo‘lib antotsion dog‘llar
bo‘lishi mumkin. Poyasining diametri 4-22 mm bo‘lib, bargi uchtalik toq patsimon
tuzilishga ega. Yon barglari ham mavjud. Barg shakli yirik, keng, urug‘i har xil
shakilda va kattalikda bo‘ladi. Eng yirik barglari boshqa o‘simliklar singari poyaning
eng yuqori qismida yoxud poyaning quyi qismida bo‘ladi. Poyaning uchki qismida
birmuncha mayda va nozik barglar joylashgan bo‘ladi. Bargning yuza qismi silliq yoki
burushgan, rangi yashil, to‘q va och yashil, sarg‘ich yashil, kumush yashil rangli
bo‘ladi. To‘liq yetilganda barglari sarg‘ayib to‘kiladi. Yon barglari bargning asos
qismida joylashadi. Soya o‘simligining guli qiyshiq, mayda 7-11 mm kalta tuklangan
gul bandida joylashgan bo‘ladi. Gulkosasi yashil rangda, toj barglari 5 ta yelkancha,
qanotcha, rangi oq va binafsha bo‘ladi. Gulida 10 ta changchisi va 1 ta urug‘chisi bor.
To‘pguli shingil shaklda, barg qo‘ltiqlarida joylashgan. To‘pgulida 13-20 ta gul
bo‘ladi. Ayrim to‘pgullar kalta bo‘lib ularda 3-6 ta gul bo‘ladi.
Hozirgi kunda soya o‘simligining erta pishar, o‘rta pishar, kech pishar navlari
mavjud. Erta pishar navlari 90-100 kun, o‘rta pishar navlari 110-120 va kech pishar
130-140 kun ichida pishib yetiladi. O‘simlikning vegetatsiya davri o‘sish va
rivojlanish, unib chiqish, shonalash, g‘ujlanish, gullash, pishish, kabilarni o‘z ichiga
oladi. Soya o‘smligining doni bo‘rtishi va unib chiqish uchun quruq vazniga nisbatan
130-160% suv talab qiladi. Don bo‘rtgandan keyin 2-3 kun ichida murtaklar
rivojlanadi. So‘ya o‘simligining urug‘palla barglari urug‘ ekilgandan 7-8 kun o‘tib yer
yuziga chiqadi. Dastlabki bir hafta mobaynida murtak ildizchasi hamda urug‘palla
poyachasi urug‘ hisobidan oziqlanib o‘sadi. Soya o‘simligi boshlang‘ich vegetatsiya
davrida sekin rivojlanadi. Unib chiqqan soya 20-25 kun mobaynida 15-20 sm gacha
o‘sadi. Soyaning uch qo‘shaloq bargi o‘simlik unib chiqqandan 5-7 kundan so‘ng hosil
bo‘ladi. Keyingilari 4-6 kunda paydo bo‘ladi.
Soyaning gullash fazasi naviga, turli iqlim sharoitiga va ekish muddatiga qarab,
to‘liq unib chiqqandan keyin 35-40 kunda boshlanadi. Gullash birinchi bo‘lib,
poyasining pastki asosiy shoxlaridan boshlanadi va yuqoriga qarab ochilib boradi.
Meva tugishi ham shu tartibda ro‘y beradi. Gullashidan to dukkaklari yetilib
pishguncha 40-60 kun o‘tadi. Doni esa 15-20 kunda to‘liq pishib yetiladi. Donli ekinlar
orasida soya suvga nisbatan talabchan o‘simlik hisoblanadi. Soyadan yuqori hosil olish
uchun uning namga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish kerak. Bir gektar yerga ekilgan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
97
soya vegetatsiya davrida 3200 m3 dan 5500 m3 gacha suv sarflaydi. Soyaning
transperatsiya koeffitsenti yetishtirilgan sharoitiga qarab 400 dan 600 gacha o‘zgarib
turadi. Donli ekinlar ichida faqatgina soya yuqori nam sharoitda ham o‘sa oladi.
Gullashi, dukkak hosil qilishi, dukkaklarni to‘lishish fazalari vegetatsiya davrida sarf
boladigan suvning 60-70% foydalanadi. Shuning uchun gullash bilan birga dukkak
hosil qilish davrida o‘smlikning suvga bo‘lgan talabi qondirilmasa hosil keskin
kamayib ketadi. Soya o‘simligi qisqa kun o‘simligi hisoblanib, yorug‘lik o‘smlik
o‘sishida katta ahamiyatga ega yorug‘lik yetishmasligi o‘simlikning vegetatsiya davri
cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Soya o‘simligining ko‘pgina navlari uchun 13-16
soatlik yorug‘lik uzunligi qulay hisoblanadi. Har xil soya navlarining yorug‘likka
talabi har xil bo‘ladi. Masalan, erta pishar navlari yorug'likka kamroq talabchan, o‘rta
pishar va kech pishar navlari esa ancha talabchan bo‘ladi. Soya issiqsevar o‘simlik,
urug‘ yerga ekilgandan keyin, uning unib chiqishi, gullashi va pishishi uchun zarur
shart-sharoitlardan biri bu haroratdir.
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun
1800-2000 C0, o‘rtapishar navlar uchun 2600-2800 C 0 va kechpishar navlar uchun
3000-3200 C 0 xarorat kerak hisoblanadi. Urug‘ning unib chiqishi uchun minimal
xarorat 8 C 0 12-14 C 0 da urug‘lar bir tekis, qiyg‘os unib chiqadi. Soyaning issiqqa
bo‘lgan talabi, unib chiqqandan pishish fazasi boshlanguncha oshib boraveradi.
Masalan, ekilgandan unib chiqqungacha bo‘lgan davrga qaraganda gullash davrida
xaroratni ko‘proq talab qiladi yoki gullashdan ko‘ra meva hosil qilish fazasida issiqlik
ko‘proq kerak. Faqatgina pishish fazasida xaroratni nisbatan kamroq talab qiladi.
Soyani tuproq unumdorligi turlicha bo‘lgan yerlarda o‘stirish mumkin. Soya kislotali,
kuchli sho‘rlangan yoki botqoqlangan tuproqlardan tashqari, boshqa yerlarda ham
o‘saveradi. Soya o‘stirish uchun tuproq muhiti pH 6,7- 7,0 qulay hisoblanadi. Soya
turli tuproqlarda o‘sa olishdan qat’iy nazar, uning mexanik tarkibi yengil, unumdor,
g‘ovak, chirindilarga boy, tuproqqa ekilganda hosildorlik va uning sifati yaxshi
bo‘ladi. Soya ko‘p miqdorda yer ustki massasi hosil qilishi tufayli mineral o‘g‘itlarga
bo‘lgan talabi ham yuqoridir. Ilmiy izlanishlar natijalaridan olingan ma’lumotlarga
ko‘ra gektaridan bir tonnadan hamda shunga muvofiq yer ustki massasi xosil qilish va
to‘plash uchun soya tuproqdan 80-85 kg azot, 30-35kg P2O, 36-40kg K2O va 60-70
kg kalsiy o‘zlashtiradi. Soyaning vegetatsiya davomida oziq elementlarga bo‘lgan
talabi fazalar bo‘yicha har xildir. Bizning tajribalarimizga ko‘ra, soya azot, fosfor va
kaliyni gullash fazasidan, dukkaklarning to‘lishish davrigacha eng ko‘p miqdorda
o‘zlashtiradi. O‘simlik o‘z navbatida fosforli o‘g‘itlarga ham vegetatsiyaning
boshlarida talabchan bo‘ladi. Chunki bu vaqtda bo‘g‘imlar, shoxlar va gullar
shakllanayotgan bo‘ladi.
XULOSA
Ushbu adabiyotlar sharhidan shuni xulosa qilish mumkunki, jahon miqyosida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
98
o‘z o‘rniga ega bo‘lgan dukkakdoshlar oilasiga mansub soya o‘simligi doni tarkibida
almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligi uning ozuqaviy ahamiyatini belgilab
beradi. Ushbu oqsillar faqatgina hayvon oqsillariga xos deb qaralar edi. Tekshirishlar
natijasida esa ushbu oqsillar tarkibi jihatdan soya o‘simligi oqsillari bilan almashtirish
mumkinligi tajribalarda o‘z isbotinii topdi. Bundan tashqari soya o‘simligining
iqdisodiy jihatdan muhimligi mamlakatimizda ushbu o‘simlikning serhosil, har xil
abiotik ta’sirlarga chidamli navlarini yaratishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Абдуллаев А.А., Шарипов Н. (2008). Дала хўжалик ўсимликлари. Тошкент:
«Ўқитувчи» нашриёти.
2.
Каримов Ш.Ш. (2006). Ўсимликларни ҳимоя қилиш. Тошкент: «Ўзбекистон»
нашриёти.
3.
Юнусов С.Ю., Салиева М.С. (2011). Ўсимликлар физиологияси. Тошкент:
«Фан ва технологиялар».
4.
FAO (Food and Agriculture Organization). (2021). Soybean production and
research advances. Rome: FAO Publications.
5.
Nelson, R.L. & Singh, G. (2016). History of Soybean Domestication and
Improvement. In: Soybean: Chemistry, Production, Processing, and Utilization.
Elsevier.
6.
Wilcox, J.R. (2004). World Soybean Production: Area and Utilization. In:
Soybeans: Improvement, Production, and Uses, 3rd Edition. ASA, CSSA, SSSA.