Mualliflar

  • Karimova E'zozaxon Dilshod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95059

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: 4K modeli kreativlik tanqidiy fikrlash kommunikatsiya kooperatsiya darsni loyihalash kompetensiyalar XXI asr ko‘nikmalari innovatsion pedagogika o‘quv jarayoni.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  4K  modeli  asosida  darslarni  loyihalash  orqali 
o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi. Maqolada ushbu 
kompetensiyalarni  XXI  asrda  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritish  uchun  zarur  bo‘lgan 
ko‘nikmalar  sifatida  e’tirof  etilgan  va  ularni  rivojlantirishning  ahamiyati  ko‘rsatib 
o‘tilgan.  Kreativlikni  ochiq-tugallanadigan  topshiriqlar  orqali,  tanqidiy  fikrlashni 
tahlil va munozara orqali, kommunikatsiyani interaktiv usullar orqali, kooperatsiyani 
esa  hamkorlikda  ishlash  loyihalari  orqali  rivojlantirish  zarurligi  ta’kidlanadi. 
Shuningdek,  maqolada  4K  modelini  dars  rejalashtirishga  integratsiya  qilish, 
o‘quvchilarning  faol  ishtirokini  oshirish  va  ta’lim  jarayonini  kompleks  yondashuv 
bilan boyitish muhimligi haqida fikr yuritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

89

4K MODELI ASOSIDA TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH:

ZAMONAVIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA

FANLARARO YONDASHUV

Karimova E'zozaxon Dilshod qizi,

ISFT instituti Samarqand filiali magistranti

karimovaezoza64@gmail.com


Annotatsiya

:

Ushbu maqola 4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali

o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirishni o‘rganadi. Maqolada ushbu
kompetensiyalarni XXI asrda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalar sifatida e’tirof etilgan va ularni rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib
o‘tilgan. Kreativlikni ochiq-tugallanadigan topshiriqlar orqali, tanqidiy fikrlashni
tahlil va munozara orqali, kommunikatsiyani interaktiv usullar orqali, kooperatsiyani
esa hamkorlikda ishlash loyihalari orqali rivojlantirish zarurligi ta’kidlanadi.
Shuningdek, maqolada 4K modelini dars rejalashtirishga integratsiya qilish,
o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va ta’lim jarayonini kompleks yondashuv
bilan boyitish muhimligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

4K modeli, kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya,

kooperatsiya, darsni loyihalash, kompetensiyalar, XXI asr ko‘nikmalari, innovatsion
pedagogika, o‘quv jarayoni.


4K modeli asosida darslarni loyihalash orqali o‘quvchilarda zamonaviy

kompetensiyalarni shakllantirish

Bugungi kunda ta’lim tizimi faqat bilim o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki

o‘quvchilarda zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga ham katta e’tibor
qaratmoqda. Shu ma’noda, 4K modeli (kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya
va kooperatsiya) ta’lim jarayonida asosiy yondashuvlardan biri sifatida ajralib turadi.
Ushbu model, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lib, har bir komponenti o‘ziga xos va bir-birini to‘ldiruvchi
xususiyatlarga ega [1].

Darslarni 4K modeliga asoslangan holda loyihalash, o‘quvchilarga faqatgina

bilimlarni o‘zlashtirishda emas, balki ularni amaliyotda qo‘llashda ham muhim
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Kreativlikni rivojlantirish orqali
o‘quvchilar yangicha fikrlashga, yangi g‘oyalar yaratishga va mavjud muammolarga
ijodiy yechimlar taklif qilishga o‘rgatiladi. Tanqidiy fikrlash esa o‘quvchilarga
axborotlarni tahlil qilish, ularni baholash va mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini
beradi, shu orqali ular har qanday vaziyatda ongli qarorlar qabul qilish qobiliyatini
shakllantiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

90

Komunikatsiya va kooperatsiya kabi kompetensiyalarni rivojlantirish

o‘quvchilarga jamoaviy ish ko‘nikmalarini, samarali muloqot qilishni va boshqalar
bilan hamkorlikda ishlashni o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar bugungi ish muhitida,
shuningdek, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarurdir. 4K
modeliga asoslangan darslar o‘quvchilarda faqat bilimlarni emas, balki ijtimoiy va
shaxsiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi, bu esa ularning kelajakda muvaffaqiyatli va
raqobatbardosh bo‘lishiga imkon yaratadi. Bunday yondashuv, o‘quvchilarning
individual va guruh bo‘lib ishlashda o‘zaro hamkorlikda samarali faoliyat olib borish
imkoniyatlarini yanada oshiradi [2].

4K modeli va uning ta’limdagi o‘rni

4K modeli — bu o‘quvchilarda XXI asr uchun muhim bo‘lgan “yumshoq

ko‘nikmalar”ni (soft skills) shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuvdir. Bu model
nafaqat o‘quvchilarni o‘zlashtirilgan bilimlar asosida amaliyotda mustaqil harakat
qilishga tayyorlaydi, balki ularni noaniq va tez o‘zgaruvchan sharoitlarda qaror qabul
qila olishga, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatishga undaydi [3]. 4K — kreativlik
(ijodkorlik), tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya (muloqot qilish) va kooperatsiya
(hamkorlikda ishlash) kabi kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
komponentlarning har biri o‘ziga xos ahamiyatga ega va bir-birini to‘ldiradi.

Kreativlik: yangilik yaratishga intilish

Ijodkorlik — bu shunchaki rasm chizish yoki she’r yozish emas, balki har

qanday sohada yangi, noodatiy, samarali yechimlar yaratishga bo‘lgan qobiliyatdir.
Bugungi kunda ijodiy yondashuv har qanday kasbda zarur bo‘lib qolmoqda:
muhandislikda, marketingda, sog‘liqni saqlashda yoki hatto huquqshunoslikda ham
yangicha fikrlay oladigan mutaxassislar qadrlanadi. Dars jarayonida o‘quvchilarning
ijodiy salohiyatini ochib berish uchun o‘qituvchilar ularni ochiq tugallanadigan
topshiriqlarga jalb etishlari, “agar... bo‘lsa nima bo‘lardi?” kabi savollar asosida
fikrlashga undashlari, kichik loyihalar ustida ishlatishlari kerak. Masalan, biologiya
darsida o‘quvchilar “yangi ekotizim” loyihasini ishlab chiqishlari, tarix darsida esa
muqobil voqeliklarni tasvirlash orqali o‘z qarashlarini bildirishlari mumkin [4].

Tanqidiy fikrlash: chuqur tahlil qilish va baholay olish

Tanqidiy fikrlash — bu har qanday axborotni shubha bilan, ya’ni ongli ravishda

qabul qilish, tahlil qilish, faktlarni solishtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish
qobiliyatidir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va internetda yolg‘on axborotlar
(feyklar) ko‘plab tarqalayotgan bir paytda, yoshlarni har bir ma’lumotni mustaqil
baholay olishga o‘rgatish hayotiy zaruratga aylangan. Bu kompetensiyani
shakllantirish uchun darslarda bahs-munozaralar tashkil qilish, turli manbalardagi
ma’lumotlarni solishtirish, muammoli vaziyatlarga yechimlar izlash, sabab-oqibat
tahlilini yuritish kabi faoliyat turlari joriy qilinishi kerak [5]. Bu orqali o‘quvchilar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

91

“nima uchun?”, “haqiqatda shundaymi?”, “boshqacha bo‘lishi mumkinmi?” kabi
savollarni berishga odatlanishadi.

Kommunikatsiya: samarali muloqot qilish san’ati

Har qanday kasbda samarali muloqot qilish — muhim kompetensiyalardan

biridir. Odamlar bilan fikr almasha olish, o‘z g‘oyasini tushunarli ifoda eta olish,
qarama-qarshi nuqtai nazarlarga toqatli bo‘lish va aktiv tinglovchi bo‘lish — bularning
barchasi hayotdagi muvaffaqiyat kalitlaridandir. Dars jarayonida bu ko‘nikmani
rivojlantirish uchun kichik guruhlarda muhokamalar tashkil qilish, bir-biriga savol
berish, loyiha natijalarini taqdim etish, interaktiv taqdimotlar tayyorlash, rolli o‘yinlar
o‘tkazish kabi usullar qo‘llaniladi. Masalan, ona tili darsida o‘quvchilar o‘z yozgan
matnlarini o‘z guruhdoshlari bilan almashib, tahrir qilish bo‘yicha fikr bildiradilar.

Kooperatsiya: jamoada ishlash va natijaga erishish

Bugungi ish muhitida yolg‘iz ish yuritish deyarli mumkin emas — hamkorlik

qilish, boshqa odamlar bilan bir maqsad yo‘lida faoliyat olib borish zarur bo‘lmoqda.
Maktabda kooperatsiya ko‘nikmasini rivojlantirish uchun guruhlarda loyihalar
bajarish, muammolarni birgalikda hal qilish, rollar taqsimoti orqali o‘zaro mas’uliyat
his qilish kabi usullar qo‘llaniladi. Bu o‘quvchilarga nafaqat o‘z fikrini bildirish, balki
boshqalarning fikrini inobatga olish, murosaga kelish, jamoaviy qaror qabul qilish,
vazifalarni taqsimlash va umumiy natijaga intilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sinf loyihasi orqali o‘quvchilar
birgalikda amaliy reja ishlab chiqishlari va uni hayotga tatbiq qilishlari mumkin [6].

4K asosida dars loyihalash: tizimli yondashuv

4K modelini o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun darslarni

oldindan rejalashtirish, maqsadlarni aniq belgilash, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash, o‘quvchilar faolligini oshiruvchi metodlarni tanlash zarur.
Dars faqat o‘qituvchi nutqi va o‘quvchi eshitishiga asoslanmasligi, balki faoliyat,
amaliyot, muloqot, refleksiya va mustaqil izlanishga boy bo‘lishi kerak. Shuningdek,
darslar o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari, kognitiv va ijtimoiy
imkoniyatlariga moslashtirilishi lozim. Ta’limda individual yondashuv hamda shaxsga
yo‘naltirilgan metodlar orqali 4K kompetensiyalarini shakllantirish ancha samarali
kechadi.

Fanlararo yondashuv va moslashuvchan baholash

Ta’lim jarayonida fanlararo yondashuvning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu yondashuv, turli fanlar o‘rtasidagi chegaralarni buzib, o‘quvchilarga muammolarni
kengroq va kompleks yondashuv bilan ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Fanlararo
integratsiya, o‘quvchilarga biror mavzu yoki masala bilan bog‘liq turli sohalardan
o‘rganish va tushunish imkonini beradi, bu esa ular uchun yanada boyroq va chuqurroq
o‘quv tajribasini ta’minlaydi [7]. Masalan, matematikani va fizika fanini o‘rganishda
o‘quvchilar, amaliy misollar va hisob-kitoblar orqali nazariy bilimlarni hayotda


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

92

qo‘llashni o‘rganadilar. Bunday yondashuv o‘quvchilarga aniq fanlar bo‘yicha
bilimlarni chuqurlashtirishning o‘zi bilan birga, ular orasidagi o‘zaro aloqalarni ham
yaxshilaydi. Shuningdek, bu yondashuv ta’limni real hayotdagi muammolarni hal
qilishga moslashtirishga imkon beradi va o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi [8].

Fanlararo yondashuv orqali o‘quvchilar, o‘zlarining o‘rganayotgan bilimlarini

boshqa sohalarga moslashtirish va turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Bu esa ularning keng qamrovli fikrlashini, muammolarni turli yo‘llar
bilan hal qilishni o‘rgatadi. Masalan, tarix darsida o‘quvchilarga iqtisodiy va siyosiy
jarayonlarni birgalikda tahlil qilish orqali nafaqat tarixiy faktlarni, balki ularning
ta’sirini va bugungi kundagi ahamiyatini ham tushunishga yordam beradi. Fanlararo
yondashuv nafaqat o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga xizmat qiladi, balki
ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini ham oshiradi. O‘quvchilar bir nechta fanlar orqali
o‘rganib, jamoada ishlash va o‘z fikrlarini boshqalar bilan muhokama qilishda
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar [9].

Moslashuvchan baholash, o‘quvchilarning rivojlanish jarayonini yanada to‘liq

va aniqroq o‘lchashga imkon beradi. Bu baholash usuli o‘quvchilarning faqatgina
yakuniy natijalarga asoslanmay, balki ularning jarayon davomida ko‘rsatgan
yondashuvlari, fikrlash uslublari va ijodiy yechimlariga ham e’tibor qaratadi.
Moslashuvchan baholash, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda baholashning samarali mexanizmini yaratadi. O‘quvchilar o‘z
bilimlarini o‘z vaqtida va uzluksiz tarzda namoyish etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, bu usul ularning o‘z-o‘zini baholash va refleksiya qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi [10]. Moslashuvchan baholashning asosiy maqsadi
o‘quvchilarni faqatgina o‘rganilgan materiallar bilan emas, balki o‘zlarini yaxshilash
va yangi maqsadlarga erishish uchun motivatsiya bilan ta’minlashdir. Bu usulning
afzalligi shundaki, o‘quvchilarning individual muvaffaqiyatlarini yanada chuqurroq
tahlil qilish va ularni keyingi bosqichlarga tayyorlash imkoniyatini beradi.

Xulosa qilib aytganda, 4K modeli — bu zamonaviy ta’limning yadro elementiga

aylanishi lozim bo‘lgan konsepsiyadir. U o‘quvchilarda hayotga tayyorgarlikni,
shaxsiy

faollikni, ijtimoiy mas’uliyatni va zamonaviy kompetensiyalarni

shakllantiradi. Ushbu model asosida darslarni loyihalash o‘qituvchilardan o‘z ustida
doimiy ishlash, innovatsion metodikalarni o‘zlashtirish va pedagogik mahoratni
rivojlantirishni talab etadi. Kelajak avlodning raqobatbardosh va ongli shaxslar bo‘lib
yetishishi bevosita biz bugun qanday ta’lim berganimizga bog‘liq. 4K modeli bizga bu
yo‘lda mustahkam nazariy va amaliy asos bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev, Sh. (2023). O‘zbekistonda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi:
muammolar va istiqbollar. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

93

2.

Karimova, D. (2022). “Raqamli texnologiyalar va pedagogik kompetensiyalarni
rivojlantirish”. Ta’lim va innovatsiya, 4(12), 45-52.

3.

Usmonov, B., & Rahimova, N. (2021). Zamonaviy ta’limda masofaviy o‘qitish
vositalari. Samarqand: SamDU nashriyoti.

4.

Kholbaeva D.D., Tasheva D.S. Pedagogical techniques and methods of forming
interest in the lessons of the Russian language. Web of scientist: international
scientific research journal, ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 3, Mar., 2022. -
p.238

5.

Kholbaeva, D., & Tasheva, D. (2022). Theoretical And Practical Aspects Of
Monitoring The Acquisition Of Knowledge, Skills And Abilities By Students In
The Russian Language In Universities. Евразийский журнал социальных наук,
философии и культуры, 2(11), 115-118.

6.

Tasheva, D. (2022). Methods Of Using Didactic Materials To Enhance Activities
In The Russian Language Lessons. Ta'lim Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy
Jurnali, 2(1), 325-328.

7.

Nafisa, K., & Matluba, D. (2023). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL
ASPECTS OF RESEARCH INTO THE PROBLEM OF BILINGUAL FOREIGN
LANGUAGE TEACHING. Conferencea, 31-34.

8.

Tasheva D.S., Kubaeva N.A. Modern educational technologies in the aspect of a
student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian Journal of
Learning

and

Academic

Teaching.

Volume

12|,

2022.

-p.35.

www.geniusjournals.org

9.

To‘xtayeva, G. (2024). “O‘qituvchilarning malaka oshirishida onlayn
platformalardan foydalanish”. Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 3(8), 23-29.

10.

Mirzayev, A. (2020). Ta’limda raqamli transformatsiya: O‘zbekiston tajribasi.
Farg‘ona: Farg‘ona politexnika instituti nashriyoti.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Abdullayev, Sh. (2023). O‘zbekistonda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi:

muammolar va istiqbollar. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti.

Karimova, D. (2022). “Raqamli texnologiyalar va pedagogik kompetensiyalarni

rivojlantirish”. Ta’lim va innovatsiya, 4(12), 45-52.

Usmonov, B., & Rahimova, N. (2021). Zamonaviy ta’limda masofaviy o‘qitish

vositalari. Samarqand: SamDU nashriyoti.

Kholbaeva D.D., Tasheva D.S. Pedagogical techniques and methods of forming

interest in the lessons of the Russian language. Web of scientist: international

scientific research journal, ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 3, Mar., 2022. -

p.238

Kholbaeva, D., & Tasheva, D. (2022). Theoretical And Practical Aspects Of

Monitoring The Acquisition Of Knowledge, Skills And Abilities By Students In

The Russian Language In Universities. Евразийский журнал социальных наук,

философии и культуры, 2(11), 115-118.

Tasheva, D. (2022). Methods Of Using Didactic Materials To Enhance Activities

In The Russian Language Lessons. Ta'lim Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy

Jurnali, 2(1), 325-328.

Nafisa, K., & Matluba, D. (2023). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL

ASPECTS OF RESEARCH INTO THE PROBLEM OF BILINGUAL FOREIGN

LANGUAGE TEACHING. Conferencea, 31-34.

Tasheva D.S., Kubaeva N.A. Modern educational technologies in the aspect of a

student-centered approach in teaching foreign languages. Eurasian Journal of

Learning and Academic Teaching. Volume 12|, 2022. -p.35.

www.geniusjournals.org

To‘xtayeva, G. (2024). “O‘qituvchilarning malaka oshirishida onlayn

platformalardan foydalanish”. Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 3(8), 23-29.

Mirzayev, A. (2020). Ta’limda raqamli transformatsiya: O‘zbekiston tajribasi.

Farg‘ona: Farg‘ona politexnika instituti nashriyoti.