Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
85
BUXORO AMIRLIGIDA HARBIY BOSHQARUV VA QO‘SHIN TA’MINOTI
Toirov Azamatxo‘ja Axtam o‘g‘li
Buxoro Davlat universiteti Tarix
(mamlakatlar va yo‘nalishlar) yo‘nalishi talabasi.
Annotatsiya.
Buxoro amirligining harbiy boshqaruv tizimi birinchi bor
kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Harbiy unvonlar ierarxiyasi, harbiy
boshqaruv idoralari, harbiy rahbarlarning siyosiy tizimdagi o‘rni aniq tarixiy dalillar
asosida yoritildi. O‘zbekiston tarixshunosligida harbiy boshqaruvga doir ilmiy
qarashlarni boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixiy tajribani zamonaviy
boshqaruv tizimlarida inobatga olish, o‘quv darsliklar va maxsus kurslar uchun ilmiy
asos yaratadi.
Kalit so‘zlar:
Qo‘shin boshqaruvi, harbiy qo‘shin ta’minoti, qurol-aslaha,
harbiy holat.
Kirish.
Buxoro – O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan madaniy
markazlaridan biri bo‘lib, uning siyosiy, ijtimoiy, harbiy va ma’muriy hayoti
tarixshunoslik fanida alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biridir.
Ayniqsa, Mang‘itlar sulolasi davrida shakllangan Buxoro amirligining harbiy
boshqaruv tizimi o‘zining murakkab tuzilmasi, unvonlar ierarxiyasi va davlat mudofaa
siyosatidagi o‘rni bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi natijasida milliy tarixni
chuqur va tizimli yondashuv asosida qayta o‘rganish, tarixiy davlatlar tajribasini ilmiy
asosda tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning quyidagi fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi: “O‘z tarixini
bilmaydigan millatning kelajagi yo‘q. Biz avlodlarimizni o‘z tarixini chuqur biladigan,
uni g‘urur va iftixor bilan ardoqlaydigan qilib tarbiyalashimiz kerak”
1
.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Bu borada dastlabki umumiy tarixiy
ma’lumotlar J.Shodiyev tomonidan yozilgan “Buxoro amirligi davlatchiligining
rivojlanishi” (2010) nomli o‘quv qo‘llanmada keltirilgan. Abdurahimova N.A.,
Isakova M.S., Suleymanova Z.M.ning “Davlat muassasalari tarixi” (2007) asarida
davlat boshqaruvi tizimiga doir umumiy ma’lumotlar berilgan. Otamurotova R.
tomonidan yozilgan magistrlik dissertatsiyasi (Otamurotova R.
Buxoro amirligidagi
harbiy mansab, unvon egalari va ularning vazifalari.
Magistrlik dissertatsiyasi.
Urganch: Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti, 2015.)da harbiy
mansab va unvonlar tahlil qilingan bo‘lsa-da, ular faoliyat yuritgan tizimning batafsil
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 19-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida
aytgan nutqidan. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti –
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
86
o‘rganilishi mavjud emas. M.Mamadaliyevning bakalavrlik ishi (Mamadaliyeva M.
Buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati.
Bakalavr bitiruv malakaviy ishi.
Namangan: Namangan Davlat Universiteti, 2016.)da esa markaziy boshqaruv
yoritilgan, biroq harbiy tizim yuzaki ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, L. Kostenko
(Костенко Л.Ф. Средняя Азия и воэнная организация Буxарского xанства. –
Ташкент: Издателъство АН УзССР, 1955.), M.L’ko (
Воэнное дело в Буxаре в ХIХ
веке. – Москва: Воэнно-исторический сборник, 1960.)
kabi xorijiy mualliflarning
asarlarida qo‘shinlarning holati, unvonlar va harbiy tayyorgarlik darajasiga doir
qimmatli kuzatishlar mavjud.
Qo‘shin maoshi.
Buxoro amirligida qo‘shinlarning moddiy ta’minoti ularning
egallagan o‘rniga qarab belgilangan. Qo‘shin ta’minoti pul yoki oziq-ovqat
mahsulotlari orqali amalga oshirilgan. Masalan, Amir Nasrullo tomonidan joriy etilgan
qo‘shin moddiy ta’minotiga ko‘ra, Buxoro amirligi qo‘shinlarining oliy amaldori -
qo‘shinning bosh qo‘mondoni daromadi yiliga 2000 tillani tashkil etgan bo‘lsa,
yuzboshi oyiga 6 tilla, qorovulbegi 4,5 tilla, panjboshi 85 tanga, uning yordamchisi —
panjboshi-xurd esa 50 tanga miqdorida maosh olgan
2
. Manbalar tahlilining
ko‘rsatishicha, Buxoro amirligida XIX asrning birinchi yarmida qo‘shin ta’minotida
pul va oziq ovqat ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Buxoroda sipohlar yoki ko‘ra olamon deb
ataladigan nomuntazam qo‘shin askarlari yiliga 6 tilla maosh olganlar. Ularga pichan
sotib olish uchun 1 tilla pul, shuningdek, 5 botmondan jo‘xori va bug‘doy berilgan.
Bundan tashqari, harbiy harakatlar davrida mansabidan qat’i nazar, har kuni
harbiylarning barchasiga amir xazinasidan 1tilladan ustama puli berib borilgan
3
.
Harbiy harakatlar davrida yarador bo‘lgan sipohiylarga ham amirning farmoyishi
asosida alohida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu pullar evaziga askar tabiblarga murojaat
etishi mumkin bo‘lgan
4
. Lekin qo‘shinning maoshi miqdori boshqa soha
vakillarinikiga nisbatan kamroq bo‘lgan. Bu holatni jadid allomasi Fitrat shunday
tavsiflaydi: “... sarbozlar oyiga 20 tanga maosh olgan. Sarboz bo‘lmagan kezlarda,
ya’ni hammollik qilsa kuniga 5 tilla ishlab olgan, shunda bir oylik daromadi 150 tillani
tashkil qilgan. Ba’zida jinoyatchilar jazo chorasi tariqasida sarbozlikka yuborilgan”
5
.
Harbiy yurishlarning boshlanishi va e’lon qilinishi bilan askarlar o‘zlari uchun ijaraga
ot olar edilar. Bunday qo‘shinda harbiy intizomga har doim ham rioya qilinavermas
edi.
Qo‘shin ta’minoti.
Manbalarda oziq-ovqati tugagan va oti o‘lgan askarlarning
qo‘shinni tark etib, ketib qolishi hollari ko‘p uchrashi qayd etib o‘tiladi. XIX asr
muallifi Buxorodagi qo‘shinning ahvoli hakida yozar ekan, “Olomon juda kam
hollardagina o‘z otiga egadir... Harbiy yurishning boshlanishi haqidagi buyrukni
2
Zamonov A. XVIII - XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida harbiy boshqaruv va qo‘shin tuzilishi // O‘zbekiston tarixi.-
2014.- №1.- B. 20.
3
Ziyayeva D. O‘zbekistonda harbiy ish tarixidan (qadimgi davrdan hozirgacha).- T.: Sharq, 2012. - B.133.
4
Mirza Salimbek. Tarixi Salimiy. T.: Akademiya, 2009.-B. 121-129.
5
Fitrat Abdurauf. Hind sayyohi bayonoti // Saylanma. T.: Tamaddun, 2011.- B. 115.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
87
olganlaridan keyin ular harbiy yurishlar uchun otni ijaraga oladilar”, - deb yozar ekan,
bunday yurishlarda katiashgan askarlar oziq-ovqat zaxirasining tugab qolishi oqibatida
tezda tarqab ketishini ham ko‘rsatib o‘tadi. Uzoq davom etgan yurishlar vaqtida esa
oziq-ovqati tugagan, o‘zi ham, oti ham holdan toygan askarlar egar-jabdug‘i, kiyim-
boshi, kurol-aslahasini non va oti uchun yemga almashtirish hollari ham sodir bo‘lib
turgan. Askarlarning oziq-ovqati zaxirasi tugab, uyiga ketib qolish hollari jangning eng
qizg‘in pallasida ham sodir bo‘lishi mumkin edi. Bu esa harbiy to‘qnashuvlarning
muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlashiga olib kelar edi. Faqat ayrim hollardagina,
askarlarning ba’zi birlariga xon tomonidan ot berilar edi. Xususan, askarga hadya
etilgan ot jangda halok bo‘lsa, bu haqida unga maxsus yorlik berilib, imkoni bo‘lganda
o‘lgan ot uchun haq to‘lanar edi
6
. Bu davrda qo‘shin ta’minotining ko‘rinishi Xiva va
Qo‘qon xonliklarida ham Buxoro amirliginiki bilan deyarli bir xil bo‘lgan. Buxoro
bilan yaqin munosabatda bo‘lgan boshqa davlatlarda — Eron, Hindiston va Usmonlilar
davlatida qo‘shin tuzish nizomlari hamda uning ta’minoti XVI—XVII asrlarda
xalqlarimiz harbiy san’ati bilan hamohang tarzda rivojlangan bo‘lsa-da, Yevropa
davlatlari bilan to‘qnashuvlarning yuzaga kelish zaruriyatlaridan kelib chiqib, O‘rta
Osiyo xonliklarining harbiy tizimidan ildamlab ketgan edi. Yangi tashkil etilgan
muntazam qo‘shin amirning mablag‘i evaziga har uch yilda doimiy harbiy kiyim bilan
ta’minlab turilgan. Qo‘shin rahbarlaridan tortib, oddiy askarlarga xazinadan yangi
kamzullar, shim va qalpoq berilgan. Harbiy kiyim taqsimoti bilan bog‘liq mazkur
tadbirlarga bakovulboshi lavozimidagi shaxs mas’ul bo‘lgan
7
.
Foydalanilgan qurol-aslahalar.
Amirlikning dastlabki yillarida askarlarning
ko‘pchiligida o‘z qilichlari mavjud bo‘lgan bo‘lsada, XIX asr oxiri XX asr boshlarida
tashkiletilgan yangi “Shefskiy”, “Terskiy”, “Kuban” kazaklari otryadlari barcha
qurollari bilan birga xanjar va qilichlar ham rus armiyasi namunasidek bo‘lgan. Qilich
bilan birgalikda xanjar ham amirlik askarlarining an’anaviy quroli hisoblangan. XIX
asr oxirlarida Buxoroda ishlab chiqarilgan pilta miltiqlar uchiga ham yevropa miltiqlari
singari xanjarlar (shtik noj) ilib qo‘yilgan.Qadim zamonlardan beri janglarda qo‘llanib
kelingan gurzi, oybolta va boshqa sovuq qurollar mang‘it hukmdorlari davrida jang
quroli bilan birgalikda harbiy amaldorlarning ramzi sifatida ham ishlatilgan. Rossiya
imperiyasi vassaliga aylangan Buxoro amirligida ko‘plab “assoi safari”, “assoi jihodi”
deb nom olgan qurollar ishlab chiqarilganki, ular ham hassa, ham qilich vazifasini
bajargan va undagi hassa g‘ilofida aslida qilich bo‘lib, mavhum tarzda joylashtirilgan
zumrad va kumushlar bilan bezab ishlanga. Bu tarzdagi qurollar, sovuq qurollar yasash
san’atining yorqin namunasidir
8
.
6
Ziyayeva D. O‘zbekistonda harbiy ish tarixidan (qadimgi davrdan hozirgacha).- T.: Sharq, 2012. - B.133.
7
Shukrullayev Y. Qo‘shin boshqaruvi tarixidan / / Jamiyat va boshqaruv. Toshkent, 2006. № 2.-B. 48.
8
Shukrullayev Y. Buxoro amirligida qo‘shin va harbiy ish (1756-1920) .- Buxoro: Turon zamin ziyo, 2019. -B.114.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
88
Xulosa.
O‘zbek davlatchilik tarixiga nazar tashlasak, har qanday mamlakatning
harbiy siyosiy qudrati bevosita uning iqtisodiy rivoji, salohiyati bilan chambarchas
bog‘liqligini ko‘ramiz. Biroq XVIII - XIX asrlarda xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro
urushlar, mamlakatdagi ichki nizolar qoloqlik girdobini yanada chuqurlashtirdi. Ana
shu bois mang‘itlar sulolasi hukmronligining dastlabki davri bilan amirlikning Rossiya
imperiyasining vassaligi aylangan vaqtidagi qurol-yarog‘, armiyaning jangovarlik
holati, ta’minoti masalasida qattiq o‘zgarishlar sezilmaydi. Bundan tashqari, Buxoro
amirligidagi, qolaversa, barcha xonliklar harbiy-siyosiy holati to‘g‘risidagi aniq
ma’lumotlar rus savdogar, elchi, josus, sayohatchi va boshqa qiyofasidagi kishilar
tomonidan chor Rossiyasi hukumatiga XVII asr boshlaridan yetkazib bera boshlangan
edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 19-mart
kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida aytgan nutqidan. Manba: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti –
2.
Zamonov A. XVIII - XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligida harbiy boshqaruv va
qo‘shin tuzilishi // O‘zbekiston tarixi.- 2014.- №1.- B. 20.
3.
Ziyayeva D. O‘zbekistonda harbiy ish tarixidan (qadimgi davrdan hozirgacha).-
T.: Sharq, 2012.-B.133.
4.
Mirza Salimbek. Tarixi Salimiy. T.: Akademiya, 2009.-B. 121-129.
5.
Fitrat Abdurauf. Hind sayyohi bayonoti // Saylanma. T.: Tamaddun, 2011.- B.
115.
6.
Shukrullayev Y. Qo‘shin boshqaruvi tarixidan / / Jamiyat va boshqaruv. Toshkent,
2006. № 2.-B.48.
7.
Shukrullayev Y. Buxoro amirligida qo‘shin va harbiy ish (1756-1920) .- Buxoro:
Turon zamin ziyo, 2019. -B.114.