Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
273
XXI ASRDA O‘QITUVCHINING ROLI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
N.M.Muhammadiyeva
- TDPU, 1-bosqich magistri
Z.A.Axmadjonova
— TDPU, talaba
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan raqamli
texnologiyalardan ta’lim tizimida qay tarzda foydalanilayotgani, ko‘pgina manbalar,
shu jumladan, maktab ta’lim tizimiga ham elektron jihozlarning kirib kelishi
jarayonida o‘qituvchining roli qay darajaga tushgani yoki, aksincha, yuksalganini
aniqlash haqida batafsil tahlil qilinadi.
Kalit so
‘
zlar:
raqamli texnologiya, elektron manbalar, pedagog, ta’lim tizimi,
sun’iy intellekt, gadjetlar, zamonaviylik.
РОЛЬ ПЕДАГОГА В 21 ВЕКЕ И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ
Aннотация.
В данной статье рассматривается подробный анализ того,
как в настоящее время используются развивающиеся цифровые технологии в
системе образования, чтобы определить, насколько снизилась или, наоборот,
возросла роль учителя в процессе внедрения электронных устройств во многие
ресурсы, в том числе и в систему школьного образования.
Ключевые слова:
цифровые технологии, электронные ресурсы, учитель,
педагог, система образования, искусственный интеллект, гаджеты,
современность.
THE ROLE OF THE TEACHER IN THE 21ST CENTURY AND THE USE
OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION
Annotation.
This article will analyze in detail how digital technologies that
are currently developing are used in the educational system, how many sources,
including the school education system, determine to what extent the role of the teacher
in the process of penetration of electronic equipment has fallen or, conversely, have
risen.
Keywords:
digital technology, electronic resources, teacher, educator,
educational system, artificial intelligence, gadgets, modernity.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
274
Ta’lim insonning axloqiy tarbiyasiga va uning har tomonlama kamolotga yetishi
uchun yordam berishi lozim. O‘qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan ma’lum bir
qiymatga ega bo‘lishi bilan birga, axloqiy ahamiyatga ham egadir. Ta’lim jarayoniga
eng ko‘p o‘z hissasini qo‘shadigan insonlar, shubhasiz — o‘qituvchi, pedagoglardir.
Taniqli va hurmatga sazovor o‘qituvchilar turli davrlarda va barcha xalqlarda
bo‘lgan. Misol tariqasida chexiyalik pedagog-gumanist Y.A. Komenskiyni
keltirishimiz mumkin. U o‘z xalqiga dunyoning to‘plangan donoligini berishni orzu
qilgan. Maktab uchun o‘nlab darsliklar, 260 dan ortiq pedagogik asarlar yozgan.
Bugungi kunimizda maktablarga buyuk chexiyalik pedagogning nomi bilan kirib
kelgan “dars”, “sinf”, “ta’lim” kabi so‘zlarni har bir o‘qituvchi qo‘llab kelmoqda.
Mashhur nemis yozuvchisi I. Gyotening fikricha, “Bizga ta’lim berayotganlar
haqli
ravishda
bizning
o‘qituvchilarimiz
deb ataladilar, ammo bizni
o‘qitayotganlarning har biri ham bu nomga loyiq emas”. Demak, hamma ham
o‘qituvchi degan sharafli nomga loyiq bo‘la olmas ekan. O‘qituvchi deganda ko‘z
oldimizga kimni keltirishimiz lozim yoki, boshqacharoq qilib aytganda, XXI asr
o‘qituvchisi qanday xususiyatlarga va qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak?
XXI asr o‘qituvchisi … Bizning fikrimizcha, uning oldida kelajak talabi va asrlar
davomida shakllanib kelgan jamiki fikrlar, tushunchalarni uyg‘unlashtirishdek ulkan
vazifa turibdi. Shu o'rinda Konfutsiyning ham bir fikri bor: “Eskini o‘zlashtirgan,
yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi”, ya’ni pedagog ham tarix,
madaniyat va millatning qadriyatlarini unutmasligi va shu bilan birgalikda zamonaviy
texnologiya va ta’lim sohalaridan xabardor bo‘lishi lozim.
Zamonaviy o‘qituvchi moslashuvchan bo‘lishi lozim, chunki kundan-kunga
yashash tarzimiz, hayotimiz tezlashib bormoqda, yangidan-yangi ma’lumotlar oqimi
oshib bormoqda. Kezi kelganida o‘qituvchi ham rassom, ham artist, kerak bo‘lsa ham
musiqachi va shoir ham bo‘la oladi. Aynan shuning uchun ham o‘qituvchi hayotda bir
yo‘nalishga tushib olishi kerak, negaki o‘qituvchi — bu boshqalarga o‘rnak bo‘la
oladigan shaxs, u bizga nafaqat o‘z sohasidan va fanidan, balki hayotdan ham, boshqa
jamiki yaxshiliklardan ham saboq beruvchi hisoblanadi, ya’ni o‘qituvchining maqsadi
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiribgina qolmay, bundan
tashqari, har bir bolaga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berish, o‘zlarini to‘g’ri
baholay olishlarini o‘rgatishdan ham iborat desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamonaviy o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga ishonarli do‘st sifatida qolishi kerak,
barcha narsalarga diqqatli va barchaga birdek adolatli bo‘la olayotganligi undan
maslahat olishlari, uning mehri va chin yurakdan qayg’urib g’amxo‘rlik qilishida ham
namoyon bo‘ladi. “O‘qituvchi qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishi bilan birga, adolatli
bo‘lishi ham kerak, faqat shundagina u o‘z o‘quvchilari orasida obro‘ qozonishi
mumkin”, — deb ta’kidlaydi mashhur nemis pedagogi Adolf Disterveg.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
275
Zamonaviy o‘qituvchi faqatgina o‘quvchilarga dars berish bilangina cheklanib
qolishi kerak emas, balki o‘zi ham ulardek o‘qib-o‘rganishi lozim. Boshqacharoq qilib
aytganda, o‘qituvchilik kasbida to‘xtab qolish mumkin emas, aksincha, doimo
izlanishda va o‘z ustida ishlash kelajakda samarali natijalarni bera oladi.
Umumiy qilib aytganda esa, hozirgi davr talabidagi o‘qituvchi har tomonlama
o‘qimishli va savodli, kreativ, ijodkor, kommunikativ, mas’uliyatli, vaziyat va
pozitsiyalar o‘zgarishiga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bunday inson xuddi
pedagogika va psixologiyaning erishgan eng yangi yutuqlari bilan “qurollangan”, eng
so‘nggi fan va texnikalardan xabardor bo‘lishi kerak deb hisoblanmoqda.
Fan va texnika, zamonaviy texnologiyalar haqida gap ketganda, shubhasiz,
barchaning xayoliga “internet” atamasi ham keladi, negaki, hozirgi raqamli
texnologiyalar davrini ushbu dunyoni qamrab olgan “o‘rgimchak to‘ri”siz tasavvur
qilish kundan-kunga qiyinlashib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunimizda deyarli
barcha sohalarda, xususan, ta’lim sohasida ham zamonaviy texnologiyalardan keng
foydalanilmoqda, bir qator qulayliklar va yangiliklar yaratilmoqda, shulardan biri
sifatida sun’iy intellektni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Sun’iy intellekt ixtirosi XX asrning o‘rtalarida amalga oshirilgan bo‘lsa-da,
uning keskin ommalashuvi XXI asrda sodir bo‘ldi. Bugungi kunimizda turli xil sun’iy
intellekt platformalari, saytlari mavjud bo‘lib, eng mashhur va ommabopi
hisoblanadigani — “ChatGPT” dir.
2022-yil noyabr oyidan boshlab “ChatGPT” ning tanilishi chaqmoq tezligida
dunyoga, ayniqsa, ta’lim dunyosiga yoyildi. Ushbu texnologiya birgina tugmani
bosish orqali turli xil sohalarda — murakkab masala va misollarni yechishda, IELTS
yuqori darajadagi insho yozishda va boshqa-boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib bora
olish qobiliyatiga ega ekanligi ta’lim beruvchilarni ham hayratga, ham havotirga solib
qo‘ydi. Distervegning “yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib berib qo‘ya qoladi, yaxshi
o‘qituvchi esa haqiqatni topishiga o‘rgatadi” degan fikri aynan pedagoglar va sun’iy
intellekt orasidagi tafovutni tasvirlayotgandek go‘yo, lekin bu bilan qaysidir tarafni
tanqid qilish niyatimiz yo‘q, shunchaki shu o‘rinda savol tug‘iladi: o‘quvchilarda
bunday ixtiro mahsuli bor ekan, o‘qituvchilar qanday o‘qitish texnikasidan
foydalanishlari kerak?
Til o‘rganish bugungi kunimizdagi eng ommalashgan va ko‘pgina sohalarning
asosiy talabi bo‘lib, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalar o‘rnatishda
ham tilga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygani sari til o‘rganish va tarjimonlik sohalarida
raqamli texnologiyalardan keng foydalanish jadallashdi. Bular qatoriga internet
tarmog‘idagi avtomatik tarjimonlar, onlayn til o‘rganish platformalari kabilar kiradi.
Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan botlar esa virtual suhbatdoshlarga ega bo‘lish
imkoniyatini berib, hattoki, masofadan turib o‘rganayotgan tilingizni uning
mutaxassisi bilan yoki ona tili shu til bo‘lgan insonlar bilan online suhbat qilish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
276
imkoniyatini ham beradi. Bularning har biriga quyidagi misollarni keltirishimiz
mumkin:
1.
: ushbu til o‘rganish platformasi o‘yin metodiga asoslangan bo‘lib, Sun’iy
Intellekt yordamida sizning til o‘rganish darajangizni tekshirib boradi va shaxsiy
fikr-mulohazasini bildiradi. U 30 dan ortiq til, shu jumladan, ingliz tilini ham
o‘rganish imkoniyatini beradi.
2.
: yana bir ommalashgan til o‘rganish platformasi. Ushbu platforma so‘z
boyligi va grammatikani eslab qolish va rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 ta
til o‘rganish kurslarini o‘zida jamlagan va shubhasiz ular orasida ingliz tili ham
mavjud.
3.
: til o‘rganishda uni “native speaker” lar bilan bepul online muloqot qila
olish imkonini beradi. Bu platforma yozma xabarlashish, ovozli xabar jo‘natish va
video qo‘ng’iroqlarni ham amalga oshirish funksiyasiga egadir.
Yuqorida bugungi kunimizda til o‘rganish jarayonidagi foydalanilayotgan,
uning samaradorligini oshirishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan raqamli texnologiyalar,
sun’iy intellektga asoslangan turli funksiya va imkoniyatlarga ega bo‘lgan online til
o‘rganish platformalari, botlar, avtomatik tarjimonlar haqida, ularning hozirgi davr
uchun ahamiyati va rivojlanishi haqida so‘z bordi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizdagi ta’lim
muassasalarida ushbu zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, ular asosida
ta’lim rivoji uchun hissa qo‘shadigan dastur va tizimlarning ishlab chiqilishi nafaqat
talaba yoshlarga, balki pedagoglar, professor-o‘qituvchilarga ham katta imkoniyatlar
yaratib beradi. Talabalar va o‘qituvchilar hozirda zamon talabiga mos bo‘lgan so‘nggi
dastur va ilovalar, raqamli smart texnologik usullardan xabardor bo‘lishlari, ulardan
foydalanishni bilishlari va amaliyotda ham o‘z sohalari doirasida qo‘llashlari
bilimlarini yanada rivojlantirish va mukammallashtirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Коменский Я.А. Великая дидактика / Я.А. Коменский [и др.] //
Педагогические наследие; сост. В.М. Кларин, А.Н. Джуринский. — М.:
Педагогика, 1989. — С.11— 106.
2.
М.В. Жернакова Роль и миссия учителя в современном образовательном
процессе // Молодой ученый. — 2015. — №10.1. с. 8-10
3.
В.Ю. Горохова Изменение роли учителя в современной школе // Молодой
ученый. — 2016. — №14. — с. 528-530.