Mualliflar

  • Muqumov Joʻrabek Shermatovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95074

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari chet tillarni o‘qitish interaktiv ta’lim sun’iy intellekt Duolingo Google Classroom masofaviy ta’lim ta’lim innovatsiyalari til o‘rgatish usullari ta’lim samaradorligi.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur  maqolada  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  (AKT)  chet 
tillarini  o‘qitishdagi  o‘rni  va  ahamiyati  chuqur  tahlil  qilingan.  AKT  vositalari 
yordamida ta’lim jarayonining interaktivligi, o‘quvchilar faolligi va mustaqil o‘rganish 
imkoniyatlari  oshirilayotgani,  shu  bilan  birga,  o‘qitish  samaradorligini  oshiruvchi 
usullar,  platformalar  va  sun’iy  intellekt  ilovalari  keng  qamrovda  ko‘rib  chiqilgan. 
Duolingo,  Google  Classroom,  Grammarly,  ChatGPT kabi vositalarning  afzalliklari, 
ularning  ta’limga  integratsiyasi  hamda  AKT  asosida  o‘qitishni  tashkil  etishning 
metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, maqolada mavjud muammolar va 
ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ham berilgan. Ushbu maqola o‘qituvchilar, 
metodistlar va til o‘rgatuvchi muassasalar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni 
taqdim etadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

267

“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI CHET

TILLARNI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI”

Muqumov Joʻrabek Shermatovich

muqumovj92@gmail.com

+998993811358

Annotatsiya

Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) chet

tillarini o‘qitishdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. AKT vositalari
yordamida ta’lim jarayonining interaktivligi, o‘quvchilar faolligi va mustaqil o‘rganish
imkoniyatlari oshirilayotgani, shu bilan birga, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi
usullar, platformalar va sun’iy intellekt ilovalari keng qamrovda ko‘rib chiqilgan.
Duolingo, Google Classroom, Grammarly, ChatGPT kabi vositalarning afzalliklari,
ularning ta’limga integratsiyasi hamda AKT asosida o‘qitishni tashkil etishning
metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Shuningdek, maqolada mavjud muammolar va
ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ham berilgan. Ushbu maqola o‘qituvchilar,
metodistlar va til o‘rgatuvchi muassasalar uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni
taqdim etadi.

Kalit so‘zlar:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, chet tillarni o‘qitish,

interaktiv ta’lim, sun’iy intellekt, Duolingo, Google Classroom, masofaviy ta’lim,
ta’lim innovatsiyalari, til o‘rgatish usullari, ta’lim samaradorligi.

Annotation

This article provides an in-depth analysis of the role and significance of

information and communication technologies (ICT) in teaching foreign languages. It
discusses how ICT tools enhance the interactivity of the learning process, increase
student engagement, and promote independent learning opportunities. The article
covers effective teaching methods, platforms, and AI applications such as Duolingo,
Google Classroom, Grammarly, and ChatGPT, highlighting their benefits and
integration into education. Furthermore, the methodological and practical foundations
for implementing ICT-based instruction are explored. The article also presents existing
challenges and concrete proposals for addressing them. This study offers valuable
theoretical and practical recommendations for teachers, methodologists, and
institutions involved in language education.

Keywords:

Information and communication technologies, foreign language

teaching, interactive learning, artificial intelligence, Duolingo, Google Classroom,
distance learning, educational innovations, language teaching methods, learning
efficiency.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

268

Kirish

Zamonaviy dunyoda ta’lim jarayoni tobora raqamlashtirilmoqda va bu holat,

ayniqsa, chet tillarini o‘qitishda sezilarli darajada aks etmoqda. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) nafaqat darsni samarali tashkil etish, balki
talaba va o‘qituvchi o‘rtasida interaktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning
tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirish vositasi sifatida xizmat qilmoqda. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, AKT
vositalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan
motivatsiyasini kuchaytirish va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishga yordam
beradi. Ayniqsa, chet tilini o‘rganish jarayonida turli interaktiv platformalar, onlayn
mashg‘ulotlar, mobil ilovalar va multimedia vositalaridan foydalanish, o‘quvchilarni
real hayotdagi kommunikativ vaziyatlarga tayyorlashga xizmat qilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida ham AKTdan foydalanishga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident qarorlariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus
va oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim vositalari joriy etilmoqda. Jumladan,
“Digital Education” platformalari, E-patforma, Moodle, HEMIS, Zoom, va Google
Classroom orqali olib borilayotgan darslar buning isboti bo‘la oladi. Chet tillarni
o‘qitishda esa Quizlet, Kahoot, Duolingo, Wordwall, BBC Learning English, va
boshqa shu kabi vositalar darslarni interaktiv tarzda tashkil etish imkonini beradi.
Bunday vositalar yordamida o‘quvchilar grammatika, lug‘at boyligini oshirish, tinglab
tushunish, to‘g‘ri talaffuz qilish va yozma nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashqlarni
bajara oladi.

Shu bois, bugungi kunda AKT vositalarini chuqur o‘rganish va uni ta’lim

jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etish har bir til o‘qituvchisi uchun zaruratga aylangan. Ushbu
maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining chet tillarini o‘qitishdagi
o‘rni, amaliy qo‘llanilishi hamda o‘qituvchining bu boradagi roli xususida fikr
yuritiladi.

Asosiy qism

Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

(AKT)

nafaqat

jamiyat

taraqqiyotining negiziy vositasi, balki ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlar qilayotgan
muhim omillardan biridir. Ayniqsa, chet tillarini o‘qitish jarayonida AKTdan
foydalanish, o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan munosabatini, yondashuvlarini va
natijalarini tubdan o‘zgartirmoqda. Zamonaviy til o‘rgatish metodikasida interaktivlik,
multimediya, moslashuvchanlik, real vaqt rejimidagi aloqadorlik va o‘rganishning
shaxsiylashtirilgan uslublari asosiy mezonlarga aylanmoqda. Quyida chet tillarini
o‘qitishda qo‘llanilayotgan AKT vositalari va ularning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.

1.

Chet tillarini o‘qitishda AKT vositalarining o‘rni va ahamiyati.

Chet tilini o‘rganish ko‘p hollarda to‘rt asosiy ko‘nikma – tinglab tushunish,

o‘qish, yozish va gapirishni rivojlantirishga qaratilgan. Har bir ko‘nikma uchun esa


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

269

mos va samarali metodlardan foydalanish talab etiladi. AKT vositalari bu metodlarni
bir joyga jamlay oladigan ulkan imkoniyatlarga ega. Masalan, o‘quvchi mobil ilova
orqali yangi so‘zlarni eslab qolishi, video orqali to‘g‘ri talaffuzni o‘rganishi, interaktiv
platformalar orqali mashqlar bajarishi va boshqa foydalanuvchilar bilan bu borada
muloqot qilib, o‘z nutq ko‘nikmasini mustahkamlashi mumkin.

Bundan tashqari, AKT vositalari o‘qituvchilarga ham katta qulayliklar yaratadi:

masalan: dars materiallarini raqamli formatda saqlash, ularni o‘quvchilarga yetkazish,
testlar o‘tkazish va natijalarni avtomatik baholash imkoniyati qolaversa ularning 4 ta
koʻnikma boʻyicha bilimlarini takomillashtirish mavjud. Bu esa o‘qituvchi ishini
yengillashtiradi va darsni individual yondashuv asosida tashkil qilish imkonini beradi.

2.

Mashhur AKT platformalari va ularning afzalliklari

a) Quizlet-interaktiv lug‘at o‘rganish platformasi bo‘lib, ingliz tilidagi yangi

so‘zlarni kartochkalar yordamida o‘rganish, testlar va o‘yinlar orqali mustahkamlash
imkonini beradi. O‘qituvchilar o‘z sinfi uchun maxsus darsliklar tayyorlashi,
o‘quvchilar esa ularni mustaqil o‘rganishi mumkin.

b) Duolingo

-

mashhur mobil ilova bo‘lib, o‘yin formatida chet tillarni o‘rganish

imkonini beradi. Har bir darsdan keyin o‘quvchi ball to‘playdi, bu esa uni doimiy
shug‘ullanishga undaydi. Duolingo nutq, eshitish, tarjima va yozish bo‘yicha
mashqlarni taqdim etadi.

c) Wordwall

-

o‘qituvchilarga tayyor testlar, krossvordlar, to‘g‘ri-noto‘g‘ri,

juftlik tanlash kabi turli xil interaktiv mashqlar yaratish imkonini beradi. O‘quvchilar
esa bu mashqlarni telefon, planshet yoki kompyuter orqali bajara oladi.

d) BBC Learning English

-

ingliz tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan bepul resurs

bo‘lib, u yerda yangiliklar, videodarslar, talaffuz bo‘yicha mashqlar va grammatika
ta’luqli izohlari mavjud. Bu vosita tinglab tushunish va haqiqiy inglizcha talaffuzni
egallashga xizmat qiladi.

e) Zoom, Microsoft Teams, Google Meet

-

pandemiyadan so‘ng keng

ommalashgan onlayn dars platformalari bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar bilan videoaloqa
o‘rnatish, chatdan foydalanish, fayllarni ulashish va ekranni bo‘lishish vas hu bilan
birga onlayn darslar tashkillashtirish imkoniyatlari mavjud.

f) Google Classroom va Moodle

-

o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida raqamli

ta’lim muhiti yaratadigan tizimlar bo‘lib, ularda dars materiallarini joylashtirish,
topshiriqlar berish, baholash va fikr almashish imkoniyati mavjud.

3.

Interaktivlik va gamifikatsiya (o‘yinlashtirish)ning ahamiyati

Gamifikatsiya-a’lim jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchini

motivatsiyalash vositasidir. Chet tillarini o‘rganishda bu yondashuv ayniqsa samarali,
chunki o‘quvchi sinfdagi oddiy mashqlardan farqli o‘laroq, o‘yin shaklida yangi
bilimlarni o‘zlashtiradi. Masalan,

Kahoot

platformasida testlar o‘yin shaklida tashkil


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

270

etiladi va har bir to‘g‘ri javob uchun ball beriladi. Bu raqobat muhitini yaratib,
o‘quvchilarni faol qatnashishga undaydi.

Wordwall

va

Quizizz

kabi platformalarda ham gamifikatsiya elementlari mavjud.

O‘qituvchilar bu orqali darsni qiziqarli, jonli va interaktiv shaklda tashkil etishlari
mumkin. Bunday yondashuv ayniqsa yoshlar orasida samarali natija beradi.

4.

O‘qituvchining roli va AKTdan foydalanishdagi metodik yondashuv.

Texnologiyalar taraqqiy etgan bo‘lsa-da, o‘qituvchining roli o‘z ahamiyatini

yo‘qotmaydi. Aksincha, o‘qituvchi bugun AKT vositalaridan unumli foydalanib, dars
jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, o‘quvchilarni baholash, rag‘batlantirish va motivatsiya
berish borasida bosh rolni o‘ynaydi. O‘qituvchi har bir vositani qanday va qaysi
maqsadda qo‘llashni bilsa, u holda dars sifati yuqori bo‘ladi. Misol uchun, yangi
mavzuni tushuntirishda video darslardan foydalanish, so‘z boyligini oshirishda
interaktiv testlar tayyorlash, yozma ishlarni baholashda esa sun’iy intellektdan yordam
olish mumkin. Eng muhimi, o‘qituvchi AKTni vosita sifatida ko‘rib, uni pedagogik
maqsadga xizmat qildirishi kerak.

Olib borilayotgan darslar va mashgʻulotlarda AKT vositalarini qo‘llash bo‘yicha

amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt (ChatGPT, Copilot,
Grammarly va xk) vositalaridan foydalanish, interaktiv testlar tuzish, YouTube
darslarini tahlil qilish va shaxsiy onlayn dars resurslarini yaratish ustuvor
yo‘nalishlardan biridir. Oʻquvchilar va talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasi
sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda. Masalan, AKT vositalari bilan tashkil etilgan
darslarda qatnashgan o‘quvchilarning so‘z boyligi va grammatik bilimlari 20–30% ga
oshganligi kuzatilgan. Bu esa AKTning samaradorligini ochiq tasdiqlaydi.

Bugungi globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

barcha sohalarda, ayniqsa ta’limda, katta o‘zgarishlar qilmoqda. Endi AKT
o‘qitishning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda bu
texnologiyalar juda foydali. Ular o‘quvchilarning eshitish, o‘qish, yozish va gapirish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlash va tanqidiy yondashuvni shakllantiradi.

Chet tillarini o‘qitishda ishlatiladigan asosiy AKT vositalariga quyidagilar

kiradi: kompyuterlar, internet, multimedia texnologiyalari, mobil ilovalar, sun’iy
intellekt dasturlari, virtual vositalari, onlayn platformalar (Duolingo, Quizlet, Kahoot,
Google Classroom, Moodle), elektron darsliklar, lug‘atlar, interaktiv doskalar, audio
va video materiallar. Ushbu vositalarni dars jarayoniga to‘g‘ri kiritish orqali
o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash mumkin.

Chet tilini o‘rganish – bu faqat grammatikani yodlash emas, balki boshqa

madaniyat vakillari bilan bemalol muloqot qilish imkoniyatini ham beradi. Masalan,
videokonferensiyalar orqali xorijdagi talabalar bilan suhbatlashish, virtual
ekskursiyalarda ishtirok etish yoki ingliz tilidagi yangiliklarni tahlil qilish orqali
nafaqat til, balki madaniy bilimlar ham rivojlanadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

271

AKT vositalarining ba’zi asosiy afzalliklari:

1.

Moslashuvchanlik

– har kim o‘ziga qulay vaqtda, o‘z uslubida til o‘rganadi.

2.

Individual yondashuv

– har bir o‘quvchining darajasiga mos material

tanlanadi.

3.

Multimediya

– matn, ovoz, video va animatsiyalar orqali bilim beriladi.

4.

Motivatsiya

– darslar qiziqarli va o‘yinlarga boy bo‘ladi.

5.

Baholash osonligi

– testlar natijasi avtomatik tarzda chiqariladi.

Quyidagi platformalar bu imkoniyatlarning yorqin namunasi hisoblanadi:

Duolingo

– o‘yin tarzida yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganish imkonini beradi.

BBC Learning English

– ingliz tilida eshitish va tushunishni rivojlantiradi.

Kahoot va Quizizz

– testlar orqali bilimni mustahkamlaydi, darsni qiziqarli

qiladi.

Google Classroom

– barcha topshiriqlar va baholarni bir joyda boshqarish

imkonini beradi.

Grammarly, ChatGPT, QuillBot

– yozma nutqni yaxshilashda, grammatik

xatolarni tuzatishda yordam beradi.

Yangi texnologiyalar –

VR (virtual haqiqat)

va

AR (kengaytirilgan haqiqat)

ham til o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Masalan, VR ko‘zoynak orqali
Londondagi muzeyga virtual sayohat qilib, ingliz tilida tushuntirishlarni tinglash
mumkin. Bu tilni real muhitda o‘rganishga imkon beradi.
AKT vositalaridan to‘g‘ri foydalanish uchun quyidagi yondashuvlar foydali:

Vositalarni mavzuga mos tanlash;

O‘quvchi darajasiga qarab materialni tanlash;

Mustaqil ishlashga yo‘naltirish va kerakli ko‘rsatmalar berish;

O‘quvchilarni darsda faol ishtirok ettirish;

Baholashni adolatli va ochiq tashkil etish.

Xulosa

Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining

ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, chet tillarini o‘qitishda AKT
vositalaridan foydalanish nafaqat metodik yondashuvlarni yangilash, balki o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish, ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish imkonini bermoqda. Chet tilini o‘rganish jarayonida interaktiv
platformalar, multimedia resurslari, sun’iy intellekt ilovalari, mobil ilovalar, onlayn
test tizimlari, virtual sinflar va boshqa innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, kreativ yondashuv, tanqidiy tahlil va muomala ko‘nikmalari
shakllanmoqda.

Maqolada ko‘rib chiqilganidek, Duolingo, BBC Learning English, Google

Classroom, Kahoot, Grammarly, ChatGPT va shu kabi texnologik vositalar chet tilini
o‘rganishda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda. Bu platformalar orqali


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

272

o‘quvchilar mustaqil ravishda mashq bajarish, tinglab tushunish, yozma nutqni
rivojlantirish, grammatikani mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishmoqda. Ayniqsa,
sun’iy intellekt asosida yaratilgan vositalarning ta’limga joriy qilinishi o‘qituvchilar
faoliyatini yengillashtiradi, o‘quvchilar uchun esa shaxsiy yondashuvni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, AKTning chet tillarini o‘qitishdagi roli nafaqat texnik vosita sifatida,
balki didaktik yondashuv sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Masalan,
o‘yinlashtirish, masofaviy ta’lim, differensial yondashuv, muammoli ta’lim kabi
metodlar AKT orqali yangi bosqichda tatbiq etilmoqda. AKT vositalari orqali til
o‘rgatish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni mustaqil izlanishga undaydi,
ta’limni ko‘ngilochar va samarali jarayonga aylantiradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston
ta’lim tizimida ham bu borada sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Respublika miqyosida
AKTdan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat qarorlari, metodik
qo‘llanmalar, tajriba darslari, xalqaro hamkorliklar bu jarayonni chuqurlashtirishga
xizmat qilmoqda. Biroq hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p: infratuzilmani
mustahkamlash, o‘qituvchilarning AKT savodxonligini oshirish, zamonaviy kontentlar
yaratish, ta’lim tizimini AKTga moslashtirish kabi vazifalar dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, AKT vositalari chet tillarini o‘qitishda zamonaviy

yondashuvlar asosida ta’limni takomillashtirish, ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalarini zamon talablari darajasida shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kelgusida bu texnologiyalarni yanada samarali joriy qilish, mahalliy ehtiyojlarga
moslab takomillashtirish, o‘qituvchilarni doimiy tarzda malaka oshirishga yo‘naltirish
ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonning
uzluksiz va izchil davom etishi orqali O‘zbekiston ta’limi jahon standartlariga mos
ravishda rivojlanishga erishish mumkin boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Chet tillarini
o‘rganishni ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–
4851-son qarori.

2.

Hasanboeva N.A.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim

. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2019. – 256 b.

3.

Axmedova D.X.

Chet tillarni o‘qitishda AKTdan foydalanishning didaktik asoslari

.

– Samarqand: SamDChTI, 2021. – 180 b.

4.

Duolingo rasmiy veb-sayti –

https://www.duolingo.com

5.

BBC Learning English platformasi –

https://www.bbc.co.uk/learningenglish

6.

Kahoot o‘yinlashtirilgan test platformasi –

https://www.kahoot.com

7.

Google Classroom raqamli platformasi –

https://classroom.google.com

8.

Grammarly

matn

tahlili

va

grammatikani

tuzatish

servisi

https://www.grammarly.com

9.

ChatGPT sun’iy intellekt yordamchisi –

https://www.openai.com/chatgpt

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Chet tillarini

o‘rganishni ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–

-son qarori.

Hasanboeva N.A. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2019. – 256 b.

Axmedova D.X. Chet tillarni o‘qitishda AKTdan foydalanishning didaktik asoslari.

– Samarqand: SamDChTI, 2021. – 180 b.

Duolingo rasmiy veb-sayti – https://www.duolingo.com

BBC Learning English platformasi – https://www.bbc.co.uk/learningenglish

Kahoot o‘yinlashtirilgan test platformasi – https://www.kahoot.com

Google Classroom raqamli platformasi – https://classroom.google.com

Grammarly – matn tahlili va grammatikani tuzatish servisi –

ChatGPT sun’iy intellekt yordamchisi – https://www.openai.com/chatgpt