Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
254
MAVZU: MAMLAKATLARARO TRANZIT ALOQALARINING
RIVOJLANISH TARIXI VA IQTISODIY AHAMIYATI.
Ilmiy rahbar: Bojxona instituti
bojxona nazorati kafedrasi dotsenti
B/x polkovnigi
B. Abduganiyev
Bojxona instituti 4-kurs kursanti
G’aniyev Diyorbek
Annotatsiya:
Mamlakatlararo tranzit aloqalari insoniyat tarixida eng muhim
iqtisodiy va geosiyosiy omillardan biri sifatida shakllanib kelgan. Ular orqali qadimdan
tovarlar, odamlar, axborot va madaniyatlar harakati amalga oshirilgan. Tranzit
tizimlarining rivojlanishi asosan savdo yo‘llari, infratuzilma, xalqaro siyosiy
munosabatlar va texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq.
Аннотация:
Межстрановые транзитные связи сформировались как один
из важнейших экономических и геополитических факторов в истории
человечества. Через них издревле осуществлялось движение товаров, людей,
информации и культур. Развитие транзитных систем в основном тесно связано с
торговыми путями, инфраструктурой, международными политическими
отношениями и технологическим развитием.
Kalit so’zlar:
transport logistikasi, Rim yo’llari, tranzit tashuvlar rivojlanish
tarixi, avtomobil transporti, Buyuk ipak yo’li, mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni.
Ключевые слова:
транспортная логистика, римские дороги, история
развития транзитных перевозок, автомобильный транспорт, Великий шелковый
путь, экономика страны.
Tranzit aloqalarining G‘arbda shakllanishi uzoq tarixiy jarayonlarning mahsuli
bo‘lib, qadimgi davrlardan to zamonaviy zamongacha uzluksiz rivojlanib kelgan.
Antik davrda Rim imperiyasi tomonidan qurilgan keng ko‘lamli yo‘l tarmoqlari G‘arb
dunyosida dastlabki mintaqalararo tranzit tizimining asosini yaratdi. "Rim yo‘llari" deb
atalgan bu tarmoqlar harbiy, savdo va ma'muriy maqsadlarda xizmat qilgan bo‘lib,
imperiyaning barcha qismlarini bir-biri bilan bog‘lab turardi. Shu tariqa, transport0 va
aloqa tizimi iqtisodiy va siyosiy birlashuvni ta'minlagan muhim omilga aylandi. O‘rta
asrlarda, feodal tarqoqlik sharoitiga qaramay, tranzit aloqalari o‘z ahamiyatini saqlab
qoldi. Yevropada yirik savdo markazlari va yarmarkalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan
aloqalar mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirdi. Ayniqsa, Shimoliy Yevropa
savdo ittifoqi — Ganza ittifoqi — dengiz va quruqlik tranzitining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi. Shu davrda Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arb o‘rtasida amalga oshirilgan
savdo ham G‘arbiy mintaqalarda tranzit tizimining shakllanishida muhim rol o‘ynadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
255
XV–XVI asrlarga kelib, Buyuk geografik kashfiyotlar davri G‘arbda tranzit
aloqalarining yangi bosqichini boshlab berdi. Yangi dengiz yo‘llarining ochilishi
natijasida Atlantika okeani orqali Yevropa, Afrika va Amerika o‘rtasida o‘zaro tranzit
munosabatlari shakllandi. Portugaliya, Ispaniya, Angliya va Gollandiya kabi davlatlar
yangi savdo yo‘llarini egallab, xalqaro tranzit tizimining rivojlanishiga yo‘l ochdilar.
XVIII–XIX asrlarda Sanoat inqilobi transport vositalarining keskin rivojlanishiga
sabab bo‘ldi. Temiryo‘llarning qurilishi, bug‘ kemalarining paydo bo‘lishi va yo‘l
infratuzilmasining modernizatsiyasi Yevropada tez va samarali tranzit aloqalarini
yaratdi. Bu davrda xalqaro savdo hajmi ortdi, shaharlar o‘rtasida muntazam yo‘lovchi
va yuk tashish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Temiryo‘l va port infratuzilmalari orqali sanoat
mahsulotlari tezda kerakli bozorga yetkazib berila boshlandi.
XX asrga kelib, avtomobil transporti va aviatsiyaning rivojlanishi tranzit
aloqalarining yangi shakllarini yuzaga keltirdi. Yevropada magistral avtomobil yo‘llari
tizimi, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin kengaytirildi. Yevropa Ittifoqi tuzilishi
bilan esa a'zo davlatlar o‘rtasidagi tranzit erkinligi kuchaytirildi, chegaralardagi
to‘siqlar sezilarli darajada kamaytirildi. XX–XXI asrlarda logistik markazlar,
konteyner tashish tizimi va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tranzit
aloqalari yanada global tus oldi. Bugungi kunga kelib, G‘arbda tranzit aloqalari nafaqat
iqtisodiy jarayonlarni, balki siyosiy va madaniy integratsiyani ham ta'minlovchi asosiy
omillardan biriga aylangan. Xalqaro transport yo‘llari va multimodal tashish tizimlari
orqali G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va savdo hajmi doimiy
ravishda ortib bormoqda.[1]
Eng qadimgi tranzit yo‘llaridan biri bu — Buyuk Ipak yo‘li bo‘lib, u Markaziy
Osiyo orqali Xitoyni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘lagan. Bu yo‘l nafaqat tijoratni
rivojlantirgan, balki xalqlar o‘rtasida madaniy va ilmiy almashinuvga xizmat qilgan.
Shuningdek, qadimgi Misr, Hindiston va Mesopotamiya hududlarida ham daryo va
dengiz yo‘llari orqali mintaqaviy savdo-tranzit tizimlari mavjud bo‘lgan.O‘rta asrlarda
tranzit aloqalar kengayib, dengiz savdosi rivojlandi. XV-XVI asrlarda Buyuk geografik
kashfiyotlar davrida Yevropa davlatlari Osiyo va Afrika bilan dengiz orqali bog‘lana
boshladi. Portugaliyaliklar va ispanlar tomonidan yangi dengiz yo‘llari ochilib, global
savdo tarmog‘i paydo bo‘ldi. Bu davrda tranzit faqat quruqlikda emas, balki okeanlar
orqali ham amalga oshirila boshladi.
XVIII-XIX asrlarda Yevropada boshlangan sanoat inqilobi natijasida transport
vositalari rivojlanib, tranzit aloqalar tubdan o‘zgardi. Temiryo‘l tarmog‘ining paydo
bo‘lishi mamlakatlararo yuk tashish tizimini tezlashtirdi va iqtisodiy integratsiyani
kuchaytirdi. Bu davrda xalqaro tranzit tizimlarining huquqiy va iqtisodiy asoslari
shakllana boshladi. XX asrda avtomobil va aviatsiya vositalarining ommalashuvi
tranzit aloqalarining yangi bosqichini boshlab berdi. 1944 yildagi Chikago
konvensiyasi xalqaro havo transportining asosiy me’yorlarini belgiladi. Shuningdek,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
256
Yevropa va Osiyo o‘rtasida avtomobil yo‘llarini birlashtiruvchi tizimlar (masalan, E-
road network) shakllana boshladi.Hozirgi kunda mamlakatlararo tranzit tizimlari
nafaqat geografik, balki raqamli shaklda ham rivojlanmoqda. Global logistika
kompaniyalari, konteyner tashish tizimi va xalqaro multimodal transport xizmatlari
orqali tovarlar butun dunyo bo‘ylab tez va samarali harakatlanmoqda. “Bir makon –
bir yo‘l” tashabbusi (Xitoy) kabi yirik infratuzilma loyihalari orqali Yevroosiyo
bo‘ylab tranzit imkoniyatlari kengaymoqda. Globalizatsiya jarayonining
chuqurlashuvi va xalqaro savdo hajmining ortishi mamlakatlararo tranzit aloqalarining
rolini keskin oshirdi. Bugungi kunda tranzit yo‘llar nafaqat mintaqaviy integratsiya
omili, balki davlatlarning iqtisodiy o‘sishida strategik resurs sifatida qaralmoqda.
Ayniqsa, geografik jihatdan qulay joylashgan davlatlar uchun tranzit infratuzilmasi –
avtomobil, temir yo‘l, havo va dengiz yo‘llari orqali yuk tashish imkoniyatlari –
iqtisodiy taraqqiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Tranzit aloqalari mamlakatlar iqtisodiyotiga quyidagi asosiy yo‘llar bilan ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi:
1. Moliyaviy daromad manbai: Tranzit xizmatlari uchun undiriladigan bojxona
to‘lovlari, yig‘imlar va infratuzilma xizmatlari davlat byudjetiga barqaror daromad
keltiradi. Masalan, dengiz portlari orqali o‘tuvchi yuklar yoki xalqaro temir yo‘l
liniyalari orqali amalga oshiriladigan tranzitlar katta iqtisodiy foyda keltiradi.
2. Ish o‘rinlari yaratish: Transport-logistika tizimining kengayishi, omborxona,
terminal, ekspeditorlik va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlari
ochilishiga olib keladi. Bu esa mintaqaviy iqtisodiy faollikni oshiradi.
3. Infratuzilma rivoji: Tranzit salohiyatini kengaytirish ehtiyoji zamonaviy
yo‘llar, ko‘priklar, bojxona punktlari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa ob’ektlarning
qurilishi orqali infratuzilma sifatini oshiradi.
4. Investitsiyalar oqimini jalb etish: Rivojlangan tranzit tizimi xorijiy
investitsiyalar uchun jozibador muhit yaratadi. Chet ellik sarmoyadorlar barqaror va
qulay logistika tizimi mavjud bo‘lgan hududlarda o‘z loyihalarini amalga oshirishga
intiladilar.
5. Mintaqaviy integratsiyaga hissa: Tranzit aloqalari qo‘shni va hamkor davlatlar
bilan iqtisodiy, siyosiy hamkorlikni chuqurlashtiradi. Bu jarayon barqaror savdo
munosabatlarini shakllantiradi va o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi.[2]
O‘rta asrlar, milodiy VII-XV asrlar oralig‘idagi davrda G‘arbda tranzit
aloqalarining rivojlanishi sezilarli darajada cheklangan bo‘lsa-da, bu davrda mavjud
savdo tarmoqlari va hududlararo aloqalar o‘rta asrlar iqtisodiyoti va ijtimoiy tizimining
ajralmas qismi bo‘ldi. Ushbu davrda, ayniqsa, ikki asosiy savdo tarmog‘i, ya'ni Ipak
yo‘li va Ganza ittifoqi tranzit aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Ipak yo‘li
(qadimgi savdo yo‘li) O‘rta asrlarda ham G‘arb va Sharq o‘rtasidagi eng muhim tranzit
yo‘llaridan biri sifatida xizmat qilgan. Ipak yo‘li orqali Sharqdan (Xitoy, Hindiston,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
257
Fors) Yevropaga mahsulotlar, jumladan, ipak, ziravorlar, qimmatbaho toshlar va
boshqa qo‘shma resurslar yetkazib berilgan. O‘rta asrlarda, Ipak yo‘li orqali amalga
oshirilgan savdo aloqalari G‘arbda yangi mahsulotlarning paydo bo‘lishiga va
iqtisodiyotning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, Ipak yo‘li orqali o‘tgan savdo vositalari nafaqat tovarlar, balki
madaniyat va texnologiyalarni ham bir mamlakatdan boshqasiga olib kelgan. G‘arbda
Sharq madaniyati, ilm-fani va diniy qarashlar (masalan, Islom dini) keng tarqaldi.
Bularning barchasi tranzit aloqalarining ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ta'sirlarini
kuchaytirgan omillar sifatida o‘zining ahamiyatini ko‘rsatgan. O‘rta asrlar davomida,
G‘arbda savdo va tranzit aloqalarining rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatgan yana bir muhim
omil bu Ganza ittifoqi edi. Ganza ittifoqi (XIV asrda tashkil topgan) Shimoliy
Yevropaning savdo tarmog‘idir. Ganza ittifoqi tarkibiga kirgan shaharlarda (masalan,
Gdansk, Lübeck, Hamburg) keng qamrovli savdo aloqalari rivojlandi. Ular o‘rtasida
savdo, shu jumladan, dengiz savdosi va quruqlik savdosi amalga oshirildi. Ganza
ittifoqi tomonidan tashkil etilgan savdo tarmog‘ida mahsulotlar (masalan, dengiz
baliqlari, guruch, xom ashyo, metall va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari)
Yevropaning turli hududlari o‘rtasida tranzit qilinardi. Ganza ittifoqi orqali amalga
oshirilgan savdo o‘zining yirik hududiy o‘lchami bilan farq qildi va Yevropaning
iqtisodiy integratsiyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi.[3]
O‘zbekiston misolida oladigan bo‘lsak, mamlakatimizning Markaziy Osiyodagi
markaziy geografik joylashuvi tranzit salohiyatini yuksaltirish uchun katta
imkoniyatlar yaratadi. “Temir yo‘l diplomatiyasi”, xalqaro avtomobil yo‘llari,
aerotransport va multimodal tashish yo‘nalishlari orqali O‘zbekiston Xitoy, Rossiya,
Yevropa, Janubiy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlarini bog‘lovchi muhim logistika
markaziga aylanishi mumkin. Mamlakatning tranzit salohiyati deganda uning hududiy-
geografik joylashuvi, transport-kommunikatsiya infratuzilmasi, tashqi iqtisodiy
aloqalari va xalqaro integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki orqali boshqa davlatlar
o‘rtasidagi yuk va yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirish imkoniyatlari tushuniladi. Bu
salohiyat mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilish barobarida, uning
geosiyosiy nufuzini ham belgilaydi.
Tranzit salohiyatning eng muhim omillaridan biri mamlakatning geografik
joylashuvidir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan
bo‘lib, u Yevropa, Osiyo, Xitoy, Hindiston, Rossiya kabi yirik bozorlarga chiqish
uchun qulay geografik o‘tish nuqtasini tashkil etadi. Bunday joylashuv, ayniqsa,
“Sharq-Mag‘rib” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlarida xalqaro tranzit marshrutlarining
shakllanishiga zamin yaratadi. Tranzit salohiyatni ro‘yobga chiqarishda temir yo‘l,
avtomobil yo‘llari, havo va daryo transporti infratuzilmasining holati muhim
ahamiyatga ega. Yaxshi rivojlangan va modernizatsiyalashgan infratuzilma xalqaro
tranzit xizmatlarining sifatini oshiradi, yuk tashish tezligi va xavfsizligini ta'minlaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
258
O‘zbekiston temir yo‘l tarmoqlarining Afg‘oniston, Turkmaniston, Qozog‘iston va
Tojikiston bilan bog‘langanligi tranzit imkoniyatlarini kengaytiradi. Tranzit
salohiyatni samarali boshqarish uchun xalqaro huquqiy me'yorlarga muvofiq keluvchi
milliy qonunchilik zarur. Xususan, bojxona tartib-taomillari, transport-logistika
faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, xalqaro konvensiyalar bilan uyg‘unlashgan
normativ hujjatlar mamlakatning tranzit yo‘li sifatida ishonchliligini ta’minlaydi. [4]
Zamonaviy logistika markazlari, omborxona infratuzilmasi va bojxona xizmatlari
yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi tranzit yuklarning samarali qayta yuklanishi va
qayta ishlanishi imkonini yaratadi. O‘zbekistonda yaratilgan erkin iqtisodiy zonalar
(EIFZ) orqali import, eksport va tranzit yuklarga alohida preferensiyalar qo‘llanilishi
investitsion muhitni yaxshilaydi.
Mamlakatning tashqi siyosatdagi barqarorligi, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi
qo‘shnichilik munosabatlari va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorligi tranzit
salohiyatini mustahkamlaydi. Mintaqaviy integratsiya tashabbuslari, masalan,
TRACECA, “Bir kamar — bir yo‘l” kabi loyihalarda ishtirok etish ham muhim
omillardan biridir. Mamlakatlarning tranzit salohiyati doimo dinamik o‘zgarib boradi.
Global iqtisodiy ,texnologik taraqqiyot va mintaqaviy siyosiy vaziyat ushbu
jarayonlarga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Mamlakatning tranzit salohiyatini shakllantirish
va rivojlantirishda siyosiy barqarorlik va xalqaro hamkorlik alohida strategik ahamiyat
kasb etadi. Transport va logistika sohasida xalqaro tranzit tizimining samarali faoliyat
ko‘rsatishi uchun siyosiy muhitning barqarorligi va mintaqaviy davlatlar o‘rtasidagi
do‘stona aloqalar muhim shartlardan biridir.
Siyosiy barqarorlik birinchi navbatda, mamlakat ichkarisida qonun ustuvorligi,
xavfsizlik va iqtisodiy muvozanatni ta'minlaydi. Bu omillar xorijiy investitsiyalar
uchun qulay muhit yaratadi, tashuvchilar va logistika kompaniyalarining mamlakat
orqali yuk tashish ishonchini oshiradi. Siyosiy beqarorlik, aksincha, transport
yo‘llarining xavfsizligini xavf ostiga qo‘yib, tranzit imkoniyatlarini cheklaydi hamda
xalqaro yuk oqimlarining boshqa alternativ marshrutlarga yo‘nalishiga olib keladi.
Siyosiy barqarorlikning yana bir muhim jihati – davlat siyosati va strategik
dasturlarning izchilligi hamda uzviyligidir. Agar hukumatlar tranzit infratuzilmasiga
uzoq muddatli sarmoya kiritish, transport va bojxona tizimlarini zamonaviylashtirish,
xalqaro transport koridorlarida ishtirok etish siyosatini muntazam davom ettirsa, bu
mamlakatning tranzit salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik esa tranzit jarayonlarining uzluksizligi va samaradorligi uchun
zarur. Transport tarmoqlari ko‘plab davlatlarning hududlari orqali o‘tganligi sababli,
davlatlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik talab etiladi. Xalqaro transport
bitimlari, bojxona konvensiyalari, “yagona oyna” tamoyili asosida hujjatlarni
soddalashtirish kabi tashabbuslar tranzitni sezilarli darajada tezlashtiradi va
arzonlashtiradi. Mintaqaviy hamkorlik platformalari – masalan, TRACECA (Transport
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
259
koridori Yevropa–Qora dengiz–Kavkaz–Markaziy Osiyo), “Bir kamar, bir yo‘l”
loyihasi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa integratsion tashabbuslar –
mamlakatlar o‘rtasidagi tranzit yo‘llarini rivojlantirish, yagona transport siyosatini
shakllantirish va umumiy logistika tizimlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.[5]
Tranzit salohiyati mamlakatning hududiy joylashuvi, transport infratuzilmasi
rivojlanish darajasi va tashqi iqtisodiy aloqalaridagi faolligiga bog‘liq holda
shakllanadi. Uni baholash uchun bir qator metodlar va ko‘rsatkichlardan foydalaniladi,
chunki tranzit imkoniyatlar faqat geografik o‘rin bilan emas, balki infratuzilma sifati,
huquqiy me’yorlar, xizmat ko‘rsatish darajasi va xalqaro logistika tizimlaridagi
integratsiya holati bilan ham belgilanadi. Tranzit salohiyatini baholashda keng
qo‘llaniladigan metodlardan biri tahliliy baholash usuli hisoblanadi. Bu usulda
mamlakatning transport tarmoqlari (avtomobil, temiryo‘l, havo va dengiz yo‘llari)
infratuzilmasi holati, mavjud tranzit yo‘laklari va ularning o‘tkazish quvvati
o‘rganiladi. Shuningdek, yo‘l-transport infratuzilmasining xalqaro standartlarga
muvofiqligi va logistik xizmatlar sifati ham tahlil qilinadi.
Ikkinchi muhim yondashuv — ko‘rsatkichlar tizimi asosida baholashdir. Bu usulda
maxsus indikatorlar tanlanadi va ular orqali tranzit imkoniyatlari raqamli ifodalanadi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan indikatorlar quyidagilardan iborat:
Transport infratuzilmasi zichligi (km/1000 km²) va sifati
Tranzit yuk oqimi hajmi (million tonna yoki konteyner TEU ekvivalentida)
O‘tkazuvchanlik quvvati va mavjud quvvatdan foydalanish darajasi
Transport-logistika xarajatlari (bir tonna/km uchun)
Rasmiy hujjatlashtirish jarayonlari tezligi va soddaligi (bojxona nazorati, tranzit
ruxsatnomalari)
Xalqaro logistika samaradorligi indeksi (LPI – Logistics Performance Index)
Tranzit vaqt ko‘rsatkichlari (mahsulotlarning o‘rtacha yetib kelish muddati)
Tashqi savdo aylanmasida tranzit yuklarning ulushi.
Bundan tashqari, ekspert baholash metodikasi ham qo‘llaniladi. Unda soha
mutaxassislari, transport va logistika bo‘yicha ekspertlarning fikrlari asosida mamlakat
tranzit salohiyatining kuchli va zaif tomonlari aniqlanadi. Bu yondashuv, ayniqsa,
raqamli ko‘rsatkichlarni to‘plash qiyin bo‘lgan holatlarda juda foydali.[6]
Zamonaviy tadqiqotlarda tranzit salohiyatini baholashda modellashtirish va
prognozlash usullari ham keng qo‘llanilmoqda. Simulyatsion modellar yordamida
mavjud infratuzilmaning rivojlanish ssenariylari tahlil qilinadi, transport oqimlari
harakati va ularga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘rganiladi. Bu metod kelgusidagi
infratuzilma investitsiyalarini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro
amaliyotda esa Jahon banki, BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, Osiyo Taraqqiyot
Banki kabi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyalar asosida tranzit
salohiyati baholanadi. Masalan, Jahon bankining "Doing Business" va "LPI" indekslari
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
44-son_3-to’plam_May-2025
ISSN: 3030-3621
260
davlatlarning logistika samaradorligi va transport tizimining raqobatbardoshligini
baholashda asosiy manba hisoblanadi. Umuman olganda, tranzit salohiyatini to‘liq
baholash uchun yuqoridagi metodlar va indikatorlardan birgalikda va tizimli ravishda
foydalanish zarur. Bu mamlakatning global va mintaqaviy savdo-sotiqdagi o‘rnini
aniqlash, tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun
mustahkam asos yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatning tranzit salohiyatini muvaffaqiyatli
rivojlantirish uchun ichki siyosiy barqarorlikni ta'minlash va tashqi savdo-hamkorlik
aloqalarini kengaytirish zarurdir. Siyosiy ishonch va xalqaro kooperatsiya mavjud
bo‘lmagan sharoitda tranzit salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish imkoni keskin
pasayadi. Mamlakatlararo tranzit aloqalari iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Ular nafaqat davlat byudjetiga daromad keltiradi, balki xalqaro
iqtisodiy aloqalarni kengaytiradi, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qiladi va
bandlik darajasini oshiradi. Shu bois, har bir mamlakat o‘z tranzit salohiyatidan
samarali foydalanish strategiyasini ishlab chiqishi va uni izchil amalga oshirishi lozim
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-martdagi "Tranzit
va logistika tizimini rivojlantirish dasturi" to‘g‘risidagi qarori.
2.
Jahon Banki: "Doing Business 2020" hisobotlari – Xalqaro savdo va logistika
samaradorligi ko‘rsatkichlari.
3.
“Transport va logistika tizimi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari", ilmiy
maqola, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi nashri.
4.
“O‘zbekiston transport va logistika infratuzilmasi istiqbollari”, Asqarov B. va
boshqalar, Toshkent, 2023-yil.
5.
O‘zbekiston Respublikasi “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni, yangi tahrir, 2022-yil.
6.
Xudoyberdiyev A., Yusupov S. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. – T.: “Iqtisodiyot”,
2021.