Mualliflar

  • Xolmuminova Shaxnoza Gulyam qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95085

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ishchi organ lemex o‘simlik qoldiqlari elevator passiv lemexlar kombinatsiyalashgan lemex.

Annotasiya

Annotatsiya: Kovlash  ishchi  organlari faol,  passiv  va  kombinatsiyalashgan 
turlarga  bo‘linadi.  Passiv    lemexlar    tekis    qilib    tayyorlanadi.    Ular    lemexlar                                   
1,  qo‘zg‘aluvchan  sharnirli  barmoq  2  dan  iborat.  Bundan  tashqari  kovlagichlarda 
o‘rtadagi lemex 5 ham mavjud. Kombinatsiyalashgan lemexlar faol (tebranuvchi) yon 
devor 4 li tekis lemex ko‘rinishida bo‘ladi. Lemexlar va yon devorlar orasida ochiq joy 
qoldiriladi. Faol yon  devorlar  lemexlarda  o‘simlik  qoldiqlarini  to‘dalanishini  oldini  
oladi    va  ularning    ish  unumdorligini  oshiradi.  Ish    jarayonida  elevatorning  pastki 
tarmog‘i  chiviqlari  tuproq  yuzasidan  toshlarni  ushlab  olishi  mumkin.  Elevator 
chiviqlariga  tiqilib  qolish  va  shikastlanishni  oldini  olish  uchun  lemexlarning  orqa 
tomondagi  qirrasiga    yuqoriga    qaytariluvchi    sharnirli    barmoqlar    2    o‘rnatilgan.  
Barmoqlar o‘zining dastlabki holatiga tuproq massasi ta’sirida qaytadi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

66

KARTOSHKA YIG‘ISHTIRISH MASHINALARI VA ULARNING ISHLASH

XUSUSIYATLARI

Xolmuminova Shaxnoza Gulyam qizi

o‘qituvchi Qarshi davlat texnika universiteti


Annotatsiya:

Kovlash ishchi organlari faol, passiv va kombinatsiyalashgan

turlarga bo‘linadi. Passiv lemexlar tekis qilib tayyorlanadi. Ular lemexlar
1, qo‘zg‘aluvchan sharnirli barmoq 2 dan iborat. Bundan tashqari kovlagichlarda
o‘rtadagi lemex 5 ham mavjud. Kombinatsiyalashgan lemexlar faol (tebranuvchi) yon
devor 4 li tekis lemex ko‘rinishida bo‘ladi. Lemexlar va yon devorlar orasida ochiq joy
qoldiriladi. Faol yon devorlar lemexlarda o‘simlik qoldiqlarini to‘dalanishini oldini
oladi va ularning ish unumdorligini oshiradi. Ish jarayonida elevatorning pastki
tarmog‘i chiviqlari tuproq yuzasidan toshlarni ushlab olishi mumkin. Elevator
chiviqlariga tiqilib qolish va shikastlanishni oldini olish uchun lemexlarning orqa
tomondagi qirrasiga yuqoriga qaytariluvchi sharnirli barmoqlar 2 o‘rnatilgan.
Barmoqlar o‘zining dastlabki holatiga tuproq massasi ta’sirida qaytadi.

Kalit so‘zlar:

Ishchi organ, lemex, o‘simlik qoldiqlari, elevator, passiv

lemexlar, kombinatsiyalashgan lemex.

Аннотация:

Рабочие органы для выкапывания подразделяются на

активные, пассивные и комбинированные. Пассивные лемехи изготавливаются
плоскими. Они состоят из лемехов 1 и подвижного шарнирного пальца 2. Кроме
того, в копателях имеется средний лемех 5. Комбинированные лемехи
представляют собой плоские лемехи с активной (вибрирующей) боковой стенкой
4. Между лемехами и боковыми стенками оставляют свободное пространство.
Активные боковые стенки предотвращают накопление растительных остатков на
лемехах и повышают их производительность. В процессе работы прутки нижней
ветви элеватора могут захватывать камни с поверхности почвы. Для
предотвращения застревания и повреждения прутков элеватора на задней кромке
лемехов установлены шарнирные пальцы 2, отклоняющиеся вверх. Пальцы
возвращаются в исходное положение под воздействием почвенной ма.

Ключевые слова:

Рабочий орган, лемех, растительные остатки, элеватор,

пассивные лемехи, комбинированный лемех.

Abstract:

The digging implements are categorized into active, passive, and

combined types. Passive plowshares are manufactured flat. They consist of plowshares
1 and a movable hinged finger 2. Additionally, the diggers have a central plowshare 5.
Combined plowshares appear as flat plowshares with an active (vibrating) side wall 4.
A gap is maintained between the plowshares and the side walls. Active side walls
prevent the accumulation of plant residues on the plowshares and increase their


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

67

efficiency. During operation, the rods of the elevator's lower section may catch stones
from the soil surface. To prevent jamming and damage to the elevator rods, upward-
returning hinged fingers 2 are installed on the rear edge of the plowshares. These
fingers return to their initial position under the influence of the soil mass.

Keywords:

Working organ, plowshare, plant residues, elevator, passive

plowshares, combined plowshare.

Ajratuvchi va tashuvchi ishchi organlar.

Kirish.

Chiviqli elevator yetaklovchi val 3 ajratuvchi tasma

5, yo‘naltiruvchi 1 va tutib turuvchi yulduzchalar 2 dan iborat. Yo‘naltiruvchi va
tutib turuvchi yulduzchalarning barchasi yulduzchalar korpusiga o‘rnatilgan sharikli
podshipniklarda aylanadi. Silkitgich 4 tuproq kesaklarini (bo‘laklarini) jadal
maydalanishi va tuproqni elaklanishi uchun xizmat qiladi. Tasma 5 ning yuqori
yetaklovchi tarmog‘i uch juft roliklar 1 bilan siljitilishi mumkin. Roliklar shayin
3 lar bilan bitta val 2 ga mahkamlangan. Silkitish qurilmasi vali tebranma
harakatni shatun 5 orqali krivoship disklar 4 dan oladi. Tebranishlar amplitudasi
krivoship disk 4 teshiklari bo‘yicha krivoship 6 ni joyini o‘zgartirib 0 dan 65 mm gacha
rostlanadi.

Og‘ir tuproqlarda ishlanayotganda tasmani silkitish amplitudasi maksimal,

quruq qumoq tuproqlarda esa u nolga teng. Kesak ezgich ikkita pnevmatik ballondan
iborat bo‘lib, biri ikkinchisining ustida uncha katta bo‘lmagan burchakka siljitilgan.
Har qaysi ballon valga mahkamlangan ikkita shtamplangan po‘lat disk ko‘rinishida
bo‘lib, disklarga rezina qoplangan va rezina ichida rezina kamera o‘rnatilgan.
Kameralardagi ishchi bosimni 0,01-0,02 MPa chegarasida rostlanadi. Bosim
0,02 MPa dan oshganda kartoshka tugunaklari shikastlanishi mumkin. Ballonlar
orasidagi tirqish kesaklar zichligi va tugunaklar o‘lchamidan kelib chiqib,
yuqoridagi ballonni siljitib rostlanadi. Katta kesaklar mavjud bo‘lsa ballon tushiriladi.
Ballonlar orasidagi tirqishdan o‘rtacha o‘lchamdagi tugunaklar erkin o‘tishi kerak.
Bunda yirik tugunaklar ballonlarga o‘z qalinligining chorak qismiga teng botadi.

Faol lemexlar asosan lemexlar 1, itariluvchi barmoqlar 2, shatunlar

6, yuritish vali 7, ekstsentriklar 8 dan iborat. Lemexlarning tebranma harakati
palaxsani maydalanishini yaxshilaydi, o‘simlik massasini to‘dalanib qolishi va
tortishga qarshilikni kamaytiradi. Har bir lemex shatun va ekstsentrik orqali
tebranma harakatga keltiriladi. Valdagi ekstsentriklar bir-biridan 180 0 siljitib
joylashtirilgan, bu esa lemexlarni o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishlarda tebranishini
ta’minlaydi.

Rostlanishlari. Lemexlarning yurish chuqurligi tayanch g‘ildiraklar orqali

chuqur joylashgan kartoshka tugunaklarini kesmaydigan qilib o‘rnatiladi. Lemexlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

68

davriy ravishda charxlab turiladi va tig‘ning oldingi charxlanish burchagi 110° ga
teng. Qotirish boltlari kallaklari lemexlar sirtidan chiqib turmasligi kerak.

Kovlash ishchi organlari: a – faol; b – kombinatsiyalashgan; v – passiv: 1

– lemexlar; 2 – qaytariluvchi barmoqlar; 3 – rama; 4 – faol yon devor; 5 –

o‘rtadagi lemex; 6 – shatun; 7 – yuritish vali; 8 – ekstsentrik.

Og‘ir tuproqlarda ishlanayotganda tasmani silkitish amplitudasi maksimal,

quruq qumoq tuproqlarda esa u nolga teng. Kesak ezgich ikkita pnevmatik ballondan
iborat bo‘lib, biri ikkinchisining ustida uncha katta bo‘lmagan burchakka siljitilgan.
Har qaysi ballon valga mahkamlangan ikkita shtamplangan po‘lat disk ko‘rinishida
bo‘lib, disklarga rezina qoplangan va rezina ichida rezina kamera o‘rnatilgan.
Kameralardagi ishchi bosimni 0,01-0,02 MPa chegarasida rostlanadi. Bosim 0,02
MPa dan oshganda kartoshka tugunaklari shikastlanishi mumkin. Ballonlar orasidagi
tirqish kesaklar zichligi va tugunaklar o‘lchamidan kelib chiqib, yuqoridagi ballonni
siljitib rostlanadi. Katta kesaklar mavjud bo‘lsa ballon tushiriladi. Ballonlar orasidagi
tirqishdan o‘rtacha o‘lchamdagi tugunaklar erkin o‘tishi kerak. Bunda yirik
tugunaklar ballonlarga o‘z qalinligining chorak qismiga teng botadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

69

Chiviqli elevator.

a – elevatorning sxemasi va tuzilishi: 1 va 2 – yo‘naltiruvchi va tutib

turuvchi yulduzchalar; 3 – yetaklovchi val; 4 – silkitgich; 5 – chiviqli ajratgich
tasma; b – silkitgich: 1 – roliklar; 2 – val; 3 – shayin; 4 – disk; 5 – shatun; 6 –
krivoship.

Palak ajratish qurilmasi olti juft yulduzchalar 4, 8 va 10 ga tayanuvchi

chiviqlari siyrak transportyor 1, rezinalangan qisish transportyori 3 va ikkita qaytarish
chiviqlari 5 dan iborat. Tugunaklar qolgan aralashmalar bilan g‘alvirdan siyrak
chiviqli transportyorga keladi. Kesaklar, tugunaklar va boshqa aralashmalar chiviqlar
orasidan erkin o‘tadi va panjara 7 bo‘yicha barabanli transportyor 9 ga kelib
tushadi. Palak esa chiviqlarda osilib qoladi va transportyor 3 tasmasi bilan ularga
qisiladi. Palakdan uzilib ulgurmagan tugunaklar qaytarish chiviqlariga kelgandan
so‘ng ular bilan uziladi va barabanli transportyorga kelib tushadi. Siyrak chiviqli
transportyor chiviqlari bilan qaytarish chiviqlari orasidagi tirqish 2-3 mm bo‘lishi
kerak. Chiviqlar egilishi natijasida bu tirqish o‘zgarsa, u holda chiviqlar to‘g‘rilanadi.
Qisish transportyori shunday taranglanishi kerakki, bunda yetaklovchi val
shataksiramasdan ishlashi kerak. Transportyorni taranglash yuqori va oldingi kichik
vallar prujinalari 2 va 6 ni cho‘zilish darajasini o‘zgartirib rostlanadi.

Palak ajratish qurilmasi: 1 – siyrak chiviqli transportyor; 2 va

6 – prujinalar; 3 va 9 – qisuvchi va barabanli transportyorlar; 4, 8 va

10 – yulduzchalar; 5 – qaytarish chiviqlari; 7 – panjara.

Plantaj shudgorlash

– 40 sm va undan kо‘proq chuqurlikda shudgorlash.

U о‘rmon va bо‘ta daraxtlarini ekish oldidan о‘tkaziladi.

О‘rkachli-zinasimon shudgorlash

– qiyalikka kо‘ndalang shudgorlash.

Bunda har xil chuqurlikda о‘rnatilgan plug korpuslari yordamida dala yuzasida
о‘rkachlar va haydov osti qatlamida esa zinasimon plug tovoni hosil bо‘ladi.

О‘rkachli shudgorlash

– qiyalikka kо‘ndalang shudgorlash. О‘rkachlar bitta

ag‘dargichi uzun bо‘lgan plug bilan hosil qilinadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

70

Meliorativ shudgorlash

– tuproqning xossalarini (meliorativ holatlarini)

yaxshilash maqsadida uni maxsus pluglar bilan chuqur shudgorlash.

Tekis shudgorlash

– butun dala bо‘yicha palaxsalarni bir tomonga yoki о‘z

о‘rniga 180

0

ag‘darib shudgorlash.

Rombsimon shudgorlash

– palaxsani romb shaklida kesib shudgorlash.

Agrotexnik talablar

Shudgorlash tuproqqa ishlov berishning eng muhim usuli. Tuproq qancha

sifatli shudgorlansa, qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirish shuncha yaxshi unib
chiqadi va rivojlanadi, hosil yuqori bо‘ladi, boshqa mashinalar bilan qо‘shimcha ishlov
berish kam talab qilinadi. Yuqori sifatli shudgorlashga erishish uchun unga
qо‘yiladigan quyidagi agrotexnik talablarni bajarish kerak:

Shudgorlashga qо‘yilgan agrotexnik talablar

- shudgor chuqurligi belgilangan haydash chuqurligiga mos kelishi kerak,

о‘rtacha haydash chuqurligidan yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan chetlashishlar tekis
dalalarda ±1 sm, notekis relyefli dalalarda ±2 sm dan oshmasligi lozim;

- plugni haqiqiy qamrash kengligini uni konstruktiv qamrash kengligidan

chetlashishi ±10 % gacha ruxsat etiladi;

- tuproq palaxsasi tо‘liq ag‘darilishi va о‘simlik qoldiqlari, begona о‘t urug‘lari,

о‘g‘itlar tо‘la va chuqur kо‘milishi kerak;

- shudgor yuzasidagi marzalarning balandligi va egatlarning chuqurligi 5...7

sm gacha ruxsat etiladi;

- maqbul namlikli dalalarni shudgorlaganda 10 sm dan katta kesaklarning

miqdori 15...20 % dan oshmasligi kerak;

- shudgorlangan dala yuzasi tekis va tutash bо‘lishi, chala hamda haydalmagan

yerlar bо‘lmasligi kerak;

- plug korpuslari kesgan palaxsalar bir xil о‘lchamda bо‘lishi kerak;
- plugni qо‘shni о‘tishlar orasida uzilishlar hamda ochiq va yoshirincha chala

qolgan yerlar, butun paykalda hamda egatga kirishda va chiqishda shudgorlanmagan
qiyiqlarga ruxsat etilmaydi;

Pluglarni rusumlash va ularni tasniflanishi

Amaldagi mashinalarning rusumlari

harf

va

son

qismlaridan iborat.

Birinchisi (harflar)

– mashinani vazifasini, turini va ta’sir prinsipini,

Ikkinchisi (raqamlar)

- modelning tartibini yoki mehnat unumdorligi, qamrash

kengligi va boshqa kо‘rsatgichlarini xarakterlaydi.

Masalan: PLN-4-35, PYA-3-35.

Plug

bu yerga asosiy ishlov berish, ya’ni shudgorlash uchun mо‘ljallangan

texnik vositadir.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

71

Pluglar vazifasi, qо‘llaniladigan tortgichlarni turi, traktor bilan agregatlanish

usuli, korpuslarning konstruksiyasi va soni, shudgorlash texnologiyasi bо‘yicha
tasniflanadi.

Vazifasi bо‘yicha pluglar ikki guruhga bо‘linadi: umumiy ishlarga

mо‘ljallangan va maxsus.

Umumiy ishlarga mо‘ljallangan pluglar

dalachilikda faqat toshlar bilan

ifloslanmagan, eskidan haydalib kelinadigan yerlarda ishlatiladi.

Maxsus pluglarga

toshli tuproqlar, tо‘qayzor-botqoqliklar, plantatsiyalar,

bog‘lar, о‘rmonlar va tokzorlar uchun mо‘ljallangan hamda yarusli pluglar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Shoumarova M., Abdillayev T. Bog‘dorchilik mashinalari. Toshkent-2006.

2.

Mamatov F.M. Qishloq xo‘jalik mashinalari. Toshkent, “fan”, 2007.

3.

R.Yunusov., K.Umarov., B.Karimov. Bog’dorchilik.Toshkent. “O’zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati”, 2016.

4.

Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Toshkent,
“O‘qituvchi”, 2002.

5.

Zuev V., Abduillayev A. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi.
Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997.









Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Shoumarova M., Abdillayev T. Bog‘dorchilik mashinalari. Toshkent-2006.

Mamatov F.M. Qishloq xo‘jalik mashinalari. Toshkent, “fan”, 2007.

R.Yunusov., K.Umarov., B.Karimov. Bog’dorchilik.Toshkent. “O’zbekiston

faylasuflar milliy jamiyati”, 2016.

Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Toshkent,

“O‘qituvchi”, 2002.

Zuev V., Abduillayev A. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi.

Toshkent, “O‘zbekiston”, 1997.