Jild 44 № 4 (2025)

Jild 44 № 4 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-6 17 5

O`QUVCHILAR IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA AXLOQIY RIVOJLANISHIDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING TA’SIRI

Parpiyeva Dilfuza Arslonbekovna

Jamiyatda  ta`lim  tizimini  rivojlantirishning  strategik  yo`nalishi  -  bu  insonning 
turli  sohalarida  maqsadli  mustaqil  faoliyati  asosida  uning  intellekt  va  axloqiy 
rivojlanishidir.  Jahonning  rivojlangan  davlatlari  qatori  mamlakatimizda  ham 
ta`limdagi  islohotlar  jarayonida  mustaqil  ta`limni  rag`batlantirsh  muhim  yo`nalish 
sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq 
qilishga  bir  qator  olimlarning  ishlarida  o`z  ifodasini  topgan.  Bu  mualliflar  kasbiy 
layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o`qituvchining kasbiy - individual 
hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg`a surganlar. O`z 
navbatida,  kasbiy  layoqatlilik  tushunchasi,  V.A.Slastenin  ta`kidlaganidek, 
pedagogning  pedagogik  faoliyatini  amalga  oshirishga  nazariy  hamda  amaliy 
tayyorgarligining  birligini  ifodalaydi  va  uning  kasbiy  shakllanganligini  tavsiflaydi 
[1.47].  

37-40 21 5

СУВ ВА УНИНГ ИСЛОМДАГИ АҲАМИЯТИ

Аманов Жавлон

 
Аннотация:  Мазкур  мақолада  сувнинг  Ислом  таълимотида  тутган  ўрни, 
унинг  шариатдаги  фиқҳий  таснифи  ва  амалий  қоидалари  таҳлил  қилинади. 
Сувнинг  биологик, маънавий  ва диний  аҳамияти  Қуръон ва  ҳадислар  асосида 
ёритилади. Шунга қўшимча равишда, замонавий технологиялар ёрдамида сувни 
поклаш усулларининг шариатга мувофиқлиги масаласи ҳам кўриб чиқилади. 

7-10 25 8

O'QUVCHILARDA STRESSNI BOSHQARISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI VA AHAMIYATI

Mashkurova Bog'dagul Karimovna

ANNOTATSIYA. Mazkur maqolada o'quvchilarda stressni boshqarishda maktab 
psixologining o'rni va ahamiyati o'rganiladi. Maktab psixologi, o'quvchilarning ruhiy 
salomatligini ta'minlash, stressni boshqarish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish 
borasida  muhim  rol o'ynaydi.  Ta'lim  jarayonida  o'quvchilarning  psixologik holatini 
aniqlash, stressni kamaytirish bo'yicha metodik yondoshuvlarni qo'llash va individual 
yondoshuvni amalga oshirish orqali psixolog o'quvchilarni nafaqat akademik, balki 
emotsional jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada maktab psixologining 
stressni boshqarishdagi metodlari va pedagogik roli tahlil qilinadi.  

11-15 37 5

TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA PSIXOKORREKSION FAOLIYATNING O’RNI

Ahmadjonova Mohidil Saminjon qizi

 
Annotatsiya: Mazkur maqolada tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan psixokorreksion 
ishlarda qo‘llaniladigan psixologik yondashuvlar, metodik vositalar va ularning amaliy 
samaradorligi  tahlil  qilinadi.  O‘quvchi  xulqidagi  og‘ishlarni  aniqlash,  ularning 
psixologik  va  ijtimoiy  ildizlarini  aniqlash  hamda  shaxsiy  xususiyatlariga  mos 
individual  korreksiya  yo‘llarini  ishlab  chiqishning  dolzarbligi  asoslab  beriladi. 
Xususan, "Men" timsolining shakllanishi, o‘z-o‘zini anglash, salbiy xulq-atvorni ijobiy 
yo‘nalishga o‘zgartirishda trening va guruhli mashg‘ulotlarning afzalliklari yoritilgan. 
“Tarbiyasi  qiyin  o‘smir”  metodikasi  asosida  olib  boriladigan  korreksion  ishlarning 
samaradorligi psixologik diagnostika va o‘quvchi shaxsini har tomonlama tahlil qilish 
orqali aniqlanadi. Maqola amaliyotchi psixologlar, pedagoglar hamda defektologlar 
uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. 

16-21 34 11

MAKTAB PSIXOLOGI ISHIDA XULQI OG‘ISHGANLIKNI DIAGNOSTIKA QILISH VA PSIXOKORREKSIYA QILISH USULLARI

Mamajonova Mashhura Xabibulloyevna

Annotatsiya: Mazkur ishda maktab psixologining xulqi og‘ishgan o‘quvchilarga 
nisbatan  olib  boradigan  diagnostik  va  psixokorreksion  ishlari  haqida  so‘z  boradi. 
Maktab psixologi o‘quvchining xulqi va psixologik holatini tahlil qilib, uning o‘ziga 
xos shaxsiy xususiyatlarini aniqlaydi va unga mos keladigan ta’lim va tarbiya usullarini 
ishlab chiqadi. Shuningdek, oilaviy sharoit, o‘quvchining ijtimoiy munosabatlari va 
psixologik  xususiyatlarining  ta’siri,  shaxsning  axloqiy  rivojlanishi  va  uning 
atrofdagilar  bilan  aloqalari  ko‘rib  chiqiladi.  O‘quvchining  salbiy  xulqini  to‘g‘ri 
yo‘naltirish  uchun  psixokorreksiya  va  psixologik  maslahatlar  yordamida  samarali 
yechimlar  taqdim  etiladi.  Ushbu  ish,  o‘quvchilarning  psixologik  xususiyatlarini 
hisobga  olib,  ularning  ijtimoiy  moslashuvini  yaxshilash  va  psixologik  yordam 
ko‘rsatish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 

22-26 25 13

O’QUVCHILARNI SOG’LOM RUHIY MUHITDA TARBIYALASHDA MAKTAB PSIXOLOGLARINING ROLI

Hamraliyeva Nabirahon A'zamjonovna

ANNOTATSIYA:  Bugungi  jаdаl  rivоjlаnuvchi  dаvr  tаlаblаrigа  muvоfiq, 
o’zgаruvchаn  zаmоnаviy  mаktаb  tа’limi  оldidа  tа’lim  mаzmuni  vа  tuzilmаsigа 
yangichа  yondаshuv  zаrurаti  mаvjudligi  sаbаbli  ko’plаb  dоlzаrb  vаzifаlаr  yuzаgа 
kеldi. Endilikdа zаmоnаviy o’quvchi – o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn 
fоydаlаnib  emаs,  bаlki  ulаrgа  mustаqil  bilim  оlish  hаmdа  egаllаgаn  bilimlаrini 
tаkоmillаshtirishgа intilish mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi zаrur. Ushbu 
maqolada pedagogikada bol alarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash usullari tadqiq 
etilgan. 

27-30 27 6

BARKAMOL SHAXSNI SHAKIIANISHIDA OILA MUHITI TA'SIRI

Astanova Gullola Asatullayevna

 
Аnnotatsiya:  Ushbu    maqolada    oila    uning    jamjyatda    tutgan    o‘rni,    bola  
tarbiyasida oilaning  va  ota-onaning  vazifalari,ota –onaning  bir –biriga  munosabati,  
oilada  kattalarning muomala  madaniyati,  tarbiya  jarayonida  bolaning  shakllantirishi  
va  rivojlantirishihamda oilada   bolani   tarbiyalashda   uchraydigan   xatoliklarni   
oldini   olish   haqida   maʼlumotlar keltirilgan.  

31-32 40 11

KREDITORLIK VA DEBITORLIK QARZLARINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Kamolov Xusen Komilovich

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  moliyaviy 
barqarorligini ta’minlashda kreditorlik va debitorlik qarzlarini samarali boshqarishning 
o‘rni yoritilgan. Unda qarzlarning tarkibi, muddati va ularning kompaniya balansiga 
ta’siri chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida qarzlarni 
monitoring  qilish,  ularni  kamaytirish  bo‘yicha  strategik  takliflar  ishlab  chiqilgan. 
Raqamli  texnologiyalar  va  zamonaviy  tahlil  uslublaridan  foydalanish  kreditor  va 
debitor qarzlar harakatini aniq nazorat qilish imkonini berishi qayd etilgan. 

33-36 26 3

ТЕРИ ТУШУНЧАСИ ВА УНИ ОШЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ

Баймуратов Рахим.

Аннотация:  Ушбу  мақолада  терининг  тузилиши,  унинг  инсон  ва  саноат 
учун аҳамияти, ҳайвон териларини қайта ишлаш жараёнлари ҳамда замонавий ва 
экологик барқарор технологиялар ҳақида сўз боради. Матнда терини ошлашда 
қўлланиладиган  хомашёлар,  табиий  ва  кимёвий  моддаларнинг  фойдаланиш 
тартиби ҳамда экологик муаммоларга қарши чоралар кенг ёритилган. 

90-94 22 13

IKKINCHI TIL SIFATIDA CHET TILINI O’RGATISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Turg’unboyeva Mubina O’tkirbek qizi

 
Annotatsiya;  Ushbu  maqola  ikkinchi  til  sifatida  chet  tilini  o'rganishda  ota-
onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini va samaradorlikni oshirish yo'llarini batafsil 
ko'rib  chiqadi.  Maqolada  ota-onalar  va  o'qituvchilar  o'rtasidagi  muloqot,  umumiy 
tushuncha va maqsadlar, o'rganish jarayoni va motivatsiyani qo'llab-quvvatlash, o'yin-
kulgi orqali o'rganish va uyda o'rganish uslublari kabi muhim jihatlar tahlil qilinadi. 

41-49 29 9

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ПОДДЕРЖКИ ПРОМЫШЛЕННОГО ЭКСПОРТА ПРЕДПРИЯТИЙ ЛЕГКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Махмудова Дилфуза Марленовна

 
Аннотация.  В  данной  статье  рассмотрены  вопросы  экономической 
эффективности  экспорта  предприятий  текстильной  и  легкой 
промышленности,  на  основе  выпуска    продукции  с  высокой  добавленной 
стоимостью. В данном случае правительством приняты меры по расширению 
присутствия  текстильной  продукции  Узбекистана  на  мировом  текстильном 
рынке. 

50-54 25 22

ODAM ASKARIDASINING INSON ORGANIZMIGA BIOLOGIK TA’SIRI

Farmonova Shahrizoda Sherali qizi, Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi, Xusainova Xusnabat Jo’rayevna, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

Annotatsiya:  Ishda  Ascaris  lumbricoides  —  odam  askaridasi  —  geohelmint 
parazitining morfologik tuzilishi, hayotiy sikli, invazion mexanizmlari hamda inson 
organizmiga ko‘rsatadigan tizimli, immunobiologik va metabolik ta’sirlari keng tahlil 
qilinadi.  Parazitning  patologik  faoliyati  faqat  ichak  tizimi  doirasida  emas,  balki 
gormonal,  immunologik,  neyropsixologik  va  metabolik  tizimlar  bilan  o‘zaro 
bog‘liqlikda  o‘rganiladi.  Zamonaviy  diagnostika  texnologiyalari  va  terapevtik 
yondashuvlar asosida davolash protokollari tahlil qilinadi.  

55-60 31 10

AVTOMOBIL YO‘LLARINING RIVOJLANISHIDA BUYUK IPAK YO‘LINING AHAMIYATI

Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna, Mamadaliev Kamronbek Oybek o‘g‘li, Nurlanaliev Aqjo‘l Talgat o‘g‘li

ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi 
avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan. 

61-65 33 10

ICHKI YONUV DVIGATELLARINI ASOSLASH

To‘xliyev Azamat Mingboyevich

Annotatsiya:  Avtomobil  va  traktor  dvigatellarini  hisoblashning 
tizimilashtirilgan  metodini  o‘z  ichiga  qamragan.  Ichki  vonuv  dvigatellari  ishchi 
jarayonlari issiqlik hisobining termodinamika va termokimyoning umumiy holatlariga 
asoslangan  metodi  dvigatel  silindrida  sodir  bo‘layotgan  voqeliklarning  fizik 
mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yetarli darajada to‘liq qamragan va IYOD ishchi 
jarayonlari haqida bir butun tasavvur beradi. Metod hisobiy siklni ko‘rib chiqishga 
asoslanadi,  chunki  ishlayotgan  dvigatel  silindrlarida  amalga  oshadigan  haqiqiy  sikl 
hisoblash metodlarning yetarli darajada takomillashmaganligi va u yerda kechadigan 
jarayonlar murakkabligi tufayli, yetarli darajada nazariy aniq bayon qilinmagan. 

66-71 24 9

KARTOSHKA YIG‘ISHTIRISH MASHINALARI VA ULARNING ISHLASH XUSUSIYATLARI

Xolmuminova Shaxnoza Gulyam qizi

Annotatsiya: Kovlash  ishchi  organlari faol,  passiv  va  kombinatsiyalashgan 
turlarga  bo‘linadi.  Passiv    lemexlar    tekis    qilib    tayyorlanadi.    Ular    lemexlar                                   
1,  qo‘zg‘aluvchan  sharnirli  barmoq  2  dan  iborat.  Bundan  tashqari  kovlagichlarda 
o‘rtadagi lemex 5 ham mavjud. Kombinatsiyalashgan lemexlar faol (tebranuvchi) yon 
devor 4 li tekis lemex ko‘rinishida bo‘ladi. Lemexlar va yon devorlar orasida ochiq joy 
qoldiriladi. Faol yon  devorlar  lemexlarda  o‘simlik  qoldiqlarini  to‘dalanishini  oldini  
oladi    va  ularning    ish  unumdorligini  oshiradi.  Ish    jarayonida  elevatorning  pastki 
tarmog‘i  chiviqlari  tuproq  yuzasidan  toshlarni  ushlab  olishi  mumkin.  Elevator 
chiviqlariga  tiqilib  qolish  va  shikastlanishni  oldini  olish  uchun  lemexlarning  orqa 
tomondagi  qirrasiga    yuqoriga    qaytariluvchi    sharnirli    barmoqlar    2    o‘rnatilgan.  
Barmoqlar o‘zining dastlabki holatiga tuproq massasi ta’sirida qaytadi.  

72-76 20 8

MAKTABGACHA YOSH BOLALARGA CHET TILINI O’RGATISHDA O’YIN METODLARINING O’RNI

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Muhammadiyeva Dilso’z Qobiljon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga  til o’rganishni 
qanchalik muhim va ahamiyati  yoritilgan.O’yin orqali bolalarda chet tiliga bo’lgan 
qiziqishni qanday uyg;otish haqida bo’ladi.Shuningdek maqolada o’yin metodlarining 
afzalliklari va ularning til o’rgatishdagi ijobiy ta’siri tahlil qilingan. 

77-83 24 0

CHET TILINI O’RGATISHDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ESHITISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Tojiddinova Mashhura Zafarjon qizi

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  chet  tilini 
o‘rgatish jarayonida eshitish malakalarini rivojlantirishning samarali usullari yoritiladi. 
Eshitish — til o‘rganishning asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, bu yosh davrida bola 
talaffuz,  so‘z  boyligi  va  tushunishni  shakllantirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Maqolada eshitish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘yin metodlari, audio 
materiallardan foydalanish, interaktiv mashg‘ulotlar va ertaklar tinglashning ahamiyati 
tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  pedagoglar  uchun  amaliy  tavsiyalar  va  metodik 
yondashuvlar ham keltirilgan. 

84-89 19 11

BOLA XOTIRASI VA CHET TILIDAGI SO’ZLARNI YODLASH O’RTASIDAGI BOG’LIKLIK

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi, Hakimova Nazira No’monjon qizi

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  maktabgacha  va  boshlang‘ich  yoshdagi 
bolalarda  xotira  imkoniyatlari  hamda  chet  tilidagi  so‘zlarni  yodlash  jarayoni 
o‘rtasidagi  bog‘liqlik  o‘rganiladi.  Xotira  —  til  o‘rganishning  asosi  bo‘lib,  aynan 
bolalik davrida qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning faolligi sababli so‘zlarni 
yodlab olish jarayoni ancha samarali kechadi. Maqolada vizual, eshitish va harakatga 
asoslangan  metodlar  orqali  bolalarning  xotirasini  mustahkamlash  va  yodlash 
samaradorligini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, til o‘rganish uchun eng mos 
yosh davri va metodik tavsiyalar keltirilgan.