Mualliflar

  • Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna
  • Mamadaliev Kamronbek Oybek o‘g‘li
  • Nurlanaliev Aqjo‘l Talgat o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95087

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: avtomobil yo‘llari Buyuk Ipak yo‘li yo‘l tarmog‘i yo‘llar TRASEKA toifa loyiha rivojlanish avtomobil yo‘li.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi 
avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

55

AVTOMOBIL YO‘LLARINING RIVOJLANISHIDA BUYUK IPAK

YO‘LINING AHAMIYATI

Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna,

TDTU, dotsenti,

Mamadaliev Kamronbek Oybek o‘g‘li,

Nurlanaliev Aqjo‘l Talgat o‘g‘li,

Toshkent davlat transport universiteti, talabalar

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanish tarixi, uning hozirgi kundagi

avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga ta’siri haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

avtomobil yo‘llari, Buyuk Ipak yo‘li, yo‘l tarmog‘i, yo‘llar,

TRASEKA, toifa, loyiha,rivojlanish, avtomobil yo‘li.

ANNOTATION

This article describes the history of the development of the Great Silk Road and its

impact on the current state of the road network.

Keywords:

roads, Great Silk Road, road network, roads, TRACECA, project,

development, road.

Miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat

ko‘rsatgan Buyuk Ipak yo‘li shu davr ichida Sharq va G‘arb xalqlarining keng
miqyosdagi o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida ham katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. Bu yo‘l orqali olib borilgan xalqaro savdo aloqalari asnosida yuzaga kelgan
an’analar tenglik va taraqqiyot uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

YuNESKO tomonidan “Buyuk Ikap yo‘li-muloqot yo‘li” dasturining ishlab

chiqilishi Yevropadagi 30 dan ortiq stakchi davlatlarning ilmiy-madaniy faoliyati
uchun yo‘nalish bo‘ldi. Respublikamiz hududlarida ham ilmiy ekspeditsiyalar tashkil
etildi. Buning natijasida ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar, qadimgi yo‘llar va
yo‘nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rganildi.
“Buyuk Ipak yo‘li-muloqot yo‘li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G‘arb xalqlari
o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo‘lni
xalqlarning birodarlik, o‘zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo‘liga aylantirishdan
iboratdir.

Buyuk Ipak yo‘li XV-XVI asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar davri

boshlangandan so‘ng o‘z-o‘zidan so‘na boshladi, chunki, tuya va otga suyangan karvon
G‘arbiy Yevropaning yelkanli kema va karavellalari bilan tenglasha olmas edi. Ammo
uning insoniyat taraqqiyotidagi ijobiy roli shubhasizdir. Shu jumladan, Buyuk Ipak


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

56

yo‘li Markaziy Osiyoning, va birinchi navbatda, Vatanimiz Movarounnahrning
iqtisodiy va madaniy ko‘tarilishida jiddiy o‘rin tutgan.

Buyuk Ipak yo‘lining tarixini o‘rganish – mustaqil O‘zbekiston tarixini

o‘rganishning tarkibiy va uzviy qismidir. Mustaqil O‘zbekiston tarixini to‘laqonli qilib
yoritmoq uchun Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davlatlarning qadimiy arxiv materiallarini
o‘rganmoq, savdo-tijorat, boshqa mamlakatlardan keltirilgan va boshqa mamlakatlarga
jo‘natilayotgan ashyolar ro‘yxatlarini tiklash orqali Vatanimizning Buyuk Ipak yo‘li
davrida qo‘shni mamlakatlar va xalqlarga, insoniyat moddiy va ma’naviy
madaniyatiga qilgan xizmatini ko‘rsatmoq zarur. Bu-bizning insoniyat va xalqimiz
oldidagi burch va vazifamizdir.

Buyuk Ipak yo‘li Sharqu G‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan voqelikdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga
olib, birinchi marta Bryussel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘aydigan
«Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yo‘lagi — TRASEKA ni barpo etish masalasi
ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu
uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam bo‘ldi.
Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘ttan yo‘llar ko‘p
bo‘lgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit
yo‘li», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yo‘li»... Bugun esa — TRASEKA deb
atalmoqda.

Buyuk ipak yo‘li Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat

masalalari bo‘yicha tashkilot (YUNESKO) tomonidan tuzilgan umumjahon merosi
ro‘yxatidan joy oldi. E’tiborli jihati, qadimda va o‘rta asirlarda Sharqiy Osiyoni O‘rta
Er dengizi bilan bog‘lagan mashhur karvon yo‘li o‘z davrining yirik savdo markazlari
sanalgan va bugungi kunda O‘zbekiston hududida joylashgan shaharlar orqali o‘tganini
ko‘rsatadi. Buyuk Ipak yo’li dunyoga mashhur Buxoro, Samarqand, Qo‘qon va O‘sh
shaharlari orqali Qashqardan o‘tib, yo‘nalishini davom ettirgan.

Bu yo‘nalish Yevropa qit’asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va

xalqaro miq’yosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim arteriya hisoblanadi.
Hozirda esa “Transkontinental yo‘nalishi” deb nom olgan Buyuk Ipak yo‘lini tiklash
to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan, transport yo’lagi bo’yicha xalqaro
anjumanlarda qatnashib, shartnomalar, bitimlar tuzilishi, ayniqsa “Evropa - Kavkaz -
Osiyo” transport yo‘lagi (TRASEKA)ni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan
ishlardan maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O‘zbekistonning
ravnaqiga hissa qo‘shishdir (1-rasm).

“O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi” ma’lumoti

bo‘yicha umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining viloyatlar kesimidagi
taqsimoti 1 va 2 - jadvallarda keltirilgan [1].


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

57


1-rasm. Buyuk Ipak yo’lining O‘zbekiston hududida o‘tgan qismi


1-jadval. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining

viloyatlar kesimidagi taqsimoti

Viloyatlar nomi

“O‘zbekiston

Respublikasi

Avtomobil

yo‘llari davlat

qo’mitasi”

bo‘yicha jami,

km

Xalqaro

ahamiyatga

ega yo‘llar,

km

Davlat

ahamiyatga

ega yo‘llar,

km

Mahalliy

ahamiyatga

ega yo‘llar,

km

1.

Qoraqalpog‘iston
Rrspublikasi

4199

664

978

2557

2. Andijon viloyati

2463

103

800

1560

3. Buxoro viloyati

4099

538

1155

2406

4. Jizzax viloyati

2600

168

1431

1001

5.

Qashqadaryo
viloyati

3426

425

889

2112

6. Navoiy viloyati

3906

302

2479

1125

7.

Namangan
viloyati

3377

69

1048

2260

8.

Samarqand
viloyati

4090

385

979

2726


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

58

9. Sirdaryo viloyati

1460

259

505

696

10.

Surxondaryo
viloyati

2843

351

990

1502

11. Toshkent viloyati

3950

400

1236

2314

12. Farg‘ona viloyati

4031

202

873

2956

13. Xorazm viloyati

2210

113

706

1391

Jami

42654

3979

14069

24606

Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining toilfalarga ko‘ra uzunligi: I-

toifa 5545 km, II-toifa 2133 km, III-toifa 7678 km ni, IV-toifa 19621 km, V-toifa 7678
km tashkil etadi. Qoplama turlari bo‘yicha sementobeton qoplamali yo‘llar 350 km ni,
asfaltobeton qoplamali 21658 km, qora qoplamali 18134 km, shag‘alli yo’llar 2512 km
ni tashkil etadi.

Avtomobil yo‘llarida harakat yil davomida yo‘l qismidan sutka mobaynida

o‘tadigan avtomobillarning o‘rtacha soni bilan tavsiflanadi. Avtomobillarning bunday
o‘rtacha soni o‘rtacha yillik sutkalik harakatlanish jadalligi deb ataladi. Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari tashiladigan ba’zi yo‘llarda harakatlanish jadalligi mahsulot
topshirish davrida o‘zining o‘rtacha yillik qiymatidan ortib ketadi. Bunday transport
ishlarining iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, yo‘lning
rejadagi va bo‘ylama profildagi elementlari uchun me’yorlar ishlab chiqishda (yilning
eng tig‘iz oyida o‘rtacha oylik harakatlanish jadalligi o‘rtacha yillik qiymatidan 2
marta ortiq bo‘lsa) hisobiy harakatlanish jadalligi o‘rtacha yillik qiymatidan 1,5 marta
ortiq qabul qilishga ruxsat etiladi.

2-jadval. Respublika bo‘yicha viloyatlar orasidagi avtmobil

yo‘llarinig masofalari

Viloyat

shaxar

va

tumanla

r

T

o

sh

k

en

t s

h

.

A

n

d

ij

o

n

Bu

x

o

ro

Ji

zzax

Q

as

h

q

ad

ar

y

o

N

av

o

iy

N

ama

n

g

an

So

mar

q

an

d

Si

rd

ar

y

o

T

ermi

z

Farg

‘o

na

X

o

razm

N

u

k

u

s

1.

Toshken
t sh.

363

5
5
0

20

3

43

5

46

8

27

2

30

8

121

70

9

36

5

10
27

11
56

2.

Andijon

363

9
3
3

58

6

81

8

85

1

63

69

1

504

10
92

85

14
10

15
39

3.

Buxoro

550 933

40

0

18

0

11

0

87

8

29

0

476

45

0

96

8

47

7

57

0


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

59

4.

Jizzax

203 586

4
0
0

24

2

31

0

49

5

90 120

49

1

58

8

83

0

76

0

5.

Qashqa
daryo

435 818

1
8
0

24

2

29

0

73

7

15

2

352

20

2

83

0

63

0

74

0

6.

Navoiy

468 851

1
1
0

31

0

29

0

77

2

18

0

358

50

0

85

3

56

0

67

0

7.

Namang
an

272

63

8
7
8

49

5

73

7

77

2

61

2

412

10
01

90

13
19

14
48

8.

Somarq
and

308 691

2
9
0

90

15

2

18

0

61

2

210

40

1

69

3

85

0

85

0

9.

Sirdaryo 121 504

4
7
6

12

0

35

2

35

8

41

2

21

0

89

1

49

5

91

7

10
46

1

0.

Termiz

709

109

2

4
5
0

49

1

20

2

50

0

10
01

40

1

891

10
94

90

0

10
10

1

1.

Farg‘on
a

365

85

9
6
8

58

8

83

0

85

3

90

69

3

495

10
94

14
12

15
39

1

2.

Xorazm

102

7

141

0

4
7
7

83

0

63

0

56

0

13
19

85

0

917

90

0

14
12

22

0

1

3.

Nukus

115

6

153

9

5
7
0

76

0

74

0

67

0

14
48

85

0

104

6

10
10

15
39

22

0

Avtomobilsozlik

sanoati

taraqqiy

etib,

avtomobillar

turlari

uzluksiz

takomillashmoqda va o‘zgarmoqda. Avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyatini
oshirish va avtopoyezdlardan keng foydalanish doimiy an’ana bo’lib bormoqda. Har
qaysi avtomobil yo‘li o‘nlab yillar xizmat qiladi va shuning uchun bu yo‘llardan
kelajakda yuradigan avtomobillarni ko‘rsatkichlarini aniq bilish qiyin. Ayni bir vaqtda
yo‘lni bir necha yil oldinga hisoblangan ortiqcha mustahkamlik zahirasi bilan qurish
iqtisodiy jixatdan maqsadga nomuvofiqdir. Shuning uchun avtomobil gabaritlariga va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

60

ulardan tushadigan og‘irliklarga me’yyorlar ishlab chiqariladi. Avtomobil sanoati bu
me’yorlarga rioya qilishi va avtomobil yo’llarining elementlariga belgilangan
me’yorlar moslashtirilishi shart [2].

Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari o‘zlarining xalq xo‘jaligidagi

ma’muriy va madaniy ahamiyatiga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi.

Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar davlatlar poytaxtlarini eng muhim

sanoat va madaniyat markazlarini bog‘laydi, qo‘shni mamlakatlar bilan transport va
sayyoxlik aloqalarini ta’minlaydi, viloyat markazlarini o‘zaro va qo‘shni
viloyatlarning yirik markazlari bilan bog‘laydi, I va II klass aeroportlariga, I va II
guruh daryo va dengiz portlariga, oromgohlarga va qo‘riqxonalarga, mamlakat
ahamiyatiga ega bo’lgan tarixiy va madaniy yodgorliklarga kelish yo’llari bo’lib
xizmat qiladi.

Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar respublika poytaxtni aholisi 100

mingdan 500 minggacha bo‘lgan shaharlar bilan, bu shaharlarni esa tumanlarning
ma’muriy markazlari bilan bog‘laydi.

Mahalliy ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar

viloyatlarning markazlari va viloyatlarni aholisi 10 mingdan 100 minggacha bo‘lgan
tuman markazlari va punktlar bilan birlashtiradi, qisqa kelish yoqllarini umumdavlat
va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarga, viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan
ob’ektlarga bog‘laydi.

Jamoa xo‘jaliklarining va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining ichki yo‘llari

markaziy hovlilarini ularning bo‘limlari, brigadalari, fermalari, dala shiyponlari va
boshqa qishloq xo‘jalik ob’ektlari bilan bog‘laydi [3].

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li an’analari zamirida Shimol,

Janub, Sharq va G‘arbga chiqadigan darvozalarga ega bo‘lmoqda. Zero, hech bir
mamlakat aloqa yo‘llarini, avtomobil, havo va temiryo‘l tarmog‘ini rivojlantirmay
turib, taraqqiyotga erisha olmagan. Hech shubha yo‘qki, Markaziy Osiyo davlatlarinig
bu sohadagi bahamjihat xarakati kelajakda qudratli va buyuk davlatga aylanishimiz,
ko‘hna Turkiston zaminda yashayotgan barcha xalqlarning farovon turmushi uchun
barqaror zamin yaratadi hamda qadimiy Buyuk Ipak yo‘li orqali shakllangan an’anaviy
aloqalarimizga umrboqiylik baxsh etadi.

Adabiyotlar:

1.

Xudayqulov R.M., Maxmudova D.A. Avtomobil yo‘llari. Darslik. – Toshkent:
2019 yil. 234b.

2.

Ipak yo‘li afsonalari. Toshkent, "Fan", 1993 y.

3.

V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” I-qism.
Toshkent – 2014 yil. 526 b.


Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

Xudayqulov R.M., Maxmudova D.A. Avtomobil yo‘llari. Darslik. – Toshkent:

yil. 234b.

Ipak yo‘li afsonalari. Toshkent, "Fan", 1993 y.

V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” I-qism.

Toshkent – 2014 yil. 526 b.