Mualliflar

  • Parpiyeva Dilfuza Arslonbekovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95098

Annotasiya

Jamiyatda  ta`lim  tizimini  rivojlantirishning  strategik  yo`nalishi  -  bu  insonning 
turli  sohalarida  maqsadli  mustaqil  faoliyati  asosida  uning  intellekt  va  axloqiy 
rivojlanishidir.  Jahonning  rivojlangan  davlatlari  qatori  mamlakatimizda  ham 
ta`limdagi  islohotlar  jarayonida  mustaqil  ta`limni  rag`batlantirsh  muhim  yo`nalish 
sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq 
qilishga  bir  qator  olimlarning  ishlarida  o`z  ifodasini  topgan.  Bu  mualliflar  kasbiy 
layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o`qituvchining kasbiy - individual 
hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg`a surganlar. O`z 
navbatida,  kasbiy  layoqatlilik  tushunchasi,  V.A.Slastenin  ta`kidlaganidek, 
pedagogning  pedagogik  faoliyatini  amalga  oshirishga  nazariy  hamda  amaliy 
tayyorgarligining  birligini  ifodalaydi  va  uning  kasbiy  shakllanganligini  tavsiflaydi 
[1.47].  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

3

O`QUVCHILAR IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VA AXLOQIY

RIVOJLANISHIDA MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING TA’SIRI

Parpiyeva Dilfuza Arslonbekovna

Toshkent viloyati Ohangaron tuman MMTBga qarashli

31-maktabning amaliyotchi

psixologi

Jamiyatda ta`lim tizimini rivojlantirishning strategik yo`nalishi - bu insonning

turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va axloqiy
rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham
ta`limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta`limni rag`batlantirsh muhim yo`nalish
sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq
qilishga bir qator olimlarning ishlarida o`z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy
layoqatlilik - ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o`qituvchining kasbiy - individual
hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg`a surganlar. O`z
navbatida,

kasbiy

layoqatlilik

tushunchasi,

V.A.Slastenin

ta`kidlaganidek,

pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy
tayyorgarligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi
[1.47].


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

4

Ilk o`rta asr buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiy o`zining “Fozil

odamlar shahri” nomli kitobida pedagog muallimlar haqida qimmatli fikrlarini bildirib
o`tganlar: - “ Insoniy vujuddan maqsad - eng oliy baxt-saodatga erishuvdir; avvalo u
baxt- saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o`ziga
g`oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo`lishi kerak. Keyin
bu baxt-saodatga olib boradigan ish-amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini
bilib olishi darkor. So`ngra esa baxt-saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga
kirishmog`i lozim bo`ladi. Baxt-saodatga erishuv va tug`ma qobiliyatlarning
rivojlanishi o`z-o`zicha bo`lavermaydi, balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki
rahbarga muhtojlik tug`iladi. O`zidan boshqalarga rahbarlik qilish, ularni baxt-
saodatga erishuv darajasiga ko`tarish ham har kimning qo`lidan kelavermaydi.[4 .290
b].

Darhaqiqat, o`qituvchi har bir bolaga kichikligidan ta`lim –tarbiya va bilim

beradi. Uning qiziqishlari, kelajak hayotida erishmoqchi bo`lgan orzulariga qadamma-
qadam reja asosida qanday borishi va nimalarni o`rganishi lozimligini tushuntirib
boradi. Ulardagi layoqatlarni pedagogik mahorati orqali aniqlab olib qobiliyat
darajasida shakllantiradi. A.Disterverg o`qituvchining ta`limdagi roliga yuqori baho
berib, u o`z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o`quvchilarni
qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O`qituvchi bolalarning
individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan
darajada psixologik bilimlarga ham ega bo`lishi kerakligini ta`kidlab o`tgan.

Pedagog olim Djon Lokk o`qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini

ishlab chiqqan. Ular orasiga mo`tadillik, g`ayrat-shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi
xislatlarni kiritib, o`qituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini o`z asarlarida yoritib
bergan. A.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus pedagog
olimlari G`arb mutafakkirlari g`oyalarining vorislari sifatida mazkur muammolarga
o`z mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga ko`ra,
o`qituvchining asosiy xislati - bu uning bolalar bilan munosabatda bo`layotganligini
sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

5

mavjudligida, chunki u shunday iste`dodga ega bo`lmog`i zarurki, unga har qaysi
o`qituvchi erisholmaydi. O`qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy-
nazariy asoslari pedagog olim V.A.Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U
kasbiy pedagogik tayyorgarlik, o`qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo`nalishi
va bunda pedagogik mahorat to`g`risida so`z yuritib, shunday yozadi: “o`qituvchi
muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o`qituvchilik mahoratini
egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga
murojaat qilishni taqozo etadi.

Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o`qituvchi fazilatining mukammaligini o`z

mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishi bilan bir vaqtda bolalarga
bo`lgan munosabatida, ularni xuddi o`z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida
ko`rgan. Uning ta`kidlashicha, “agar o`qituvchi faqat ishiga havas qo`ygan bo`lsa, u
yaxshi o`qituvchi bo`ladi. Agar o`qituvchi bolaga faqat ota va onasi kabi havas qo`ygan
bo`lsa u oldingi o`qituvchidan yaxshiroq bo`ladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham o`zida
mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o`qituvchi bo`ladi”. Ma`lumki,
pedagogik mahorat tizimida o`qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim
mavqega ega. O`qituvchi pedagogik nazokatisiz, kasb odobisiz yuksak cho`qqilar sari
odimlay olmaydi. Har bir pedagogning bosh vazifasi o`z ishining ustasi bo`lishdir.
Pedagogik mahorat o`z kasbi sohasida individuallikni yorqin ifoda etish sifatida
tushuniladi. Pedagogik mahorat unsurlari kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur
bo`lgan ko`nikmalar bilan belgilanadi. Ularga loyihalash, konstruktiv, tashkilotchilik,
kommunikativ, gnostik ko`nikmalari kiradi.

Hozirgi davrda zamonaviy o`qituvchi shaxsida juda ko`p fazilatlar namoyon

bo`lishi zarur. O`qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro`y berayotgan o`zgarishlar, olib
borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada
o`quvchilarga to`g`ri, asosli ma`lumotlarni berib borishi lozim. Zamonaviy o`qituvchi
ilm-fan, texnika yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo`lishi talab etiladi. O`qituvchi
o`z mutaxassisligi bo`yicha chuqur va puxta bilimga ega bo`lishi, o`z ustida tinimsiz
ishlashi va izlanishi, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta`lim-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_4-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

6

tarbiya jarayonida o`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda faoliyatni tashkil etishi, ta`lim tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va
usullardan unumli foydalana olish imkoniyatiga, ijodkorlik, tashabbuskorlik va
tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo`lishi shart. O`qituvchi yuksak darajadagi
pedagogic mahoratga, chunonchi, kommunikativlik layoqatiga ega bo`lishi, peadgogik
texnika, nutq, yuz qo`l-oyoq va gavda harakatlari (mimika, imo-ishora, pantomimika)
qonuniyatlarini chuqur o`zlashtirib olishga erishishi lozim. O`qituvchi yuksak nutq
madaniyatiga ega bo`lishi va uning bir qator sifat va xususiyatlariga ega bo`lishi
maqsadga muvofiq. U kiyinish madaniyatiga (soda, ozoda va bejirim kiyinish,ta`lim-
tarbiya jarayonida o`quvchilarning diqqatni ko`p jalb qiladigan turli xil taqinchoqlar
va bezaklar) dan ortiqcha va o`rinsiz foydalanmasligi kerak. O`qituvchi shaxsiy
hayotda pok, atrofdagilarga o`rnak bo`la olishi lozim. O`qituvchi shaxsining mazkur
talablarni o`zida aks ettira olgan ichki va tashqi qiyofasi uning o`quvchilar va
hamkasblari hamda ota-onalar o`rtasida obro` -e`tibor qozonishini ta`minlaydi.

Ta`lim so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan

o`rganishdir, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish-
harakatga, kasb-hunarga berilgan bo`lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan
bo`lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa,
demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig`i bo`ladilar. Maqsadni amalga oshirishda
shahd va g`ayrat mo`ljallangan ishni bajarishda zo`r ta`sirga egadir. Nazariy bilimlarni
yo ustozlar yoki hikmatlar o`rgatadilar. O`quvchi qanday sohani, qanday kasbni
tanlashidan qat`iy nazar tanlagan sohasida oliy darajaga erishuvi va yetuk mutaxassis
bo`lib yetishishida o`qituvchilarning ta’siri juda yuqori o`rinda turadi. Bilim, axloq,
ta`lim-tarbiya, madaniyat, yurish-turish, kiyinish va muomala madaniyati bilan
hammaga o`rnak bo`la oladigan shaxs bo`lib yetishishiga ijobiy ta’sir etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Boboyeva S.T. Jamiyatda o`qituvchining tutgan o`rni va vazifalari” maqola.
Евразийский Научний Журнал, 2020. (1-soni, 68 b.)

2.

Innovation and Global Issues - Congress 4. Lara, Antalya – 2018.

3.

Сластенин А.В.. Обшая педагогика. – М.: Педагогика, 2003.

4.

Forobiy Abu Nasr. -“ Fozil odamlar shahri”. “Yangi asr avlodi”, 2016.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Boboyeva S.T. Jamiyatda o`qituvchining tutgan o`rni va vazifalari” maqola.

Евразийский Научний Журнал, 2020. (1-soni, 68 b.)

Innovation and Global Issues - Congress 4. Lara, Antalya – 2018.

Сластенин А.В.. Обшая педагогика. – М.: Педагогика, 2003.

Forobiy Abu Nasr. -“ Fozil odamlar shahri”. “Yangi asr avlodi”, 2016.