Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
52
UMUMTA’LIM MAKTABLARI JARAYONIDA ESHITISHDA, KO’RISHDA
NUQSONI BO’LGAN BOLALAR VA TAYANCH HARAKAT A’ZOLARI
BUZILGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIMNI AMALGA
OSHIRISHNING ILMIY VA USLUBIY ASOSLARI
Djurayeva Sohiba Barat qizi
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Salohiddinova Sevinch Qahramon qizi
O’zbek tili va adabiyoti fakuiteti 2-kurs talabasi
Anotatsiya
Umumta’lim maktablari jarayonida eshitish va ko’rish nuqsoni bo’lgan bolalar
hamda tayanch harakat a’zolari buzilgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni amalga
oshirish, pedagogik va psixalogiya sohlarida muhim ilmiy va uslubiy asoslarni talab
qiladi.Ushbu maqolada bolalarga ta’lim berish jarayoni ularni ularning maxsus
ehtiyojlarini hisobga olishni tushunish va ta’lim jarayonini haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
imkoniyati cheklangan bola, pedagogik adabtatsiya, individual
yondashuv,multimodal yondashuv
Har bir bola o’zining maxsus ehtiyojlarga ega, shuning uchun ularning ta’limi
individual tarzda tashkil etilishi kerak.Eshitish va ko’rish nuqsonlari yoki harakat
a’zolaridagi buzilishlarga qarab,o’quv jarayonini individuallashtirish orqali bolaning
o’ziga mos metod va texnologiyalarni tanlash zarur.Har bir guruhdagi bolalarning
rivojlanish tezligi va o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Misol uchun
tayanch harakat a’zolari buzilgan bolalar uchun fizyoterapiya va motor rivojlanishning
qo’llab-quvatlanishi, eshitish va ko’rish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun esa
moslashtirilgan o’quv materiallari va metodlardan foydalanish talab etiladi.[1
(Abdullaev, November 2022)]
Eshitish va ko’rish nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun ta’limda vizual audial va
kinestetik metodlarni birlashtirish muhimdir.Ko’rish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun
rasmiy yoki tugmalarni o’qishga yordam beruvchi texnologiyalarni, eshitish nuqsoni
bo’lgan bolalar uchun esa ovozli va yozuvli materiallarni qo’llash mumkin.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi faqat ilmiy va akademik jihatlarni yod olish
emas balki o’quvchilarning jamiyatga moslashishi va ijtimoiy integratatsiyani
ta’minlashdir.Buning uchun ,maxsus ehtiyojli bolalarga ijtimoiy o’zaro munosabatlar
o’rgatishga yordam berish , guruhlarga ishlash va jamoa a’zosi sifatida faol ishtirok
etish imkoniyatlarini yaratish zarur.
Uslubiy asoslar, o’qituvchilarning o’quv jarayonini tashkil etish usullarini
,o’quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish metodlarini o’z ichiga oladi . O’qitish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
53
jarayonida ,bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda individual yondashuv ,guruhli ishlar
va hamkorlik o’rtanish muhimdir.Bu bolalarning o’zaro muloqotini rivojlanishiga va
ijtimoiy ko’nikmalarini oshirishga yordam beradi. [2 (Noilaxon, 2022-12-31)]
Inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun o’qituvchilar , psixologlar va maxsus
ta’lim mutaxassislari bilan hamkorlik qilish uchun zarur.Shuningdek, maxsus ta’lim
resurslari, o’quv dasturlari va metodik qo’llanmalar ishlab chiqilishi lozim.
Inklyuziv ta’limda har bir bolaning individual imkoniyatlarini hisobga olish
muhim.Differensial ta’lim metodikasi bolaling maxsus ehtiyojlariga mos ravishda
ta’lim jarayonini moslashtirishni o’z ichiga oladi. Eshitish yoki ko’rishda nuqsoni
bo’lgan bolalar uchun ta’limda surdopedagogika va tiflopedagogika metodlarini
qo’llash zarur.Bu metodlar o’quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o’tishga yordam
beradiva ta’lim jarayonida ularning erkin o’z ifodalarini ochishlariga yordam beradi
.O’quvchilarga ko’p kanalli ta’lim berish usuli yordamida ular turli organlar orqali
ma’lumotni qabul qilishlari mumkin. Ko’rish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus
yozma materiallar ,eshitish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun esa video materiallar yoki
qisqacha izohlar bilan ko’rsatuvlar taqdim etilishi mumkin. Tayanch harakat
a’zolaridagi buzilishlar bo’lgan bolalar uchun esa kinestetik metodlar ,maxsus
,masalan ,jismoniy mashqlar orqali ta’lim jarayonini qo’llab-quvvatlash zarur.[3
(Saidova, 2023)]
Inklyuziv ta’limning uslubiy asoslaridan biri – bu ijtimoiy integratsiya va
jamoaviy ishning rivojlamtirilishi.Maxsus ehtiyojli bolalar uchun jamoaviy faoliyatlar
,guruhlarda ishlash ,o’rganish jarayonini yanada boyitadi. Bu uslub yordamida
o’quvchilar bir-biridan o’rganishadi turli xil vaqtlarda o’z fikrlarini ifoda etishga
imkoniyat yaratadilar, o’zaro hurmatni va do’stlikni rivojlantiradi.
Xulosa
Umumta’lim maktablarida eshitish va ko’rish nuqsoni va tayanch harakat
a’zolari buzilgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni amalga oshirish ilmiy va uslubiy
asoslarni hisobga olgan holda rajalashtirilishi kerak .Har bir bolaning individual
ehtiyojlariga mos r
i
avishda ta’lim jarayonini tashkil etish, jamoaviy faoliyatlarni
rivojlantirish , ta’lim texnalogiyalarini qo’llash va pedagoglarning malakasini oshirish
orqali inkluziv ta’limni samarali tarzda amalga oshirish mumkin.bu ta’limni faqat ilmiy
emas, balki ijtimoiy integratsiyani rivijlantirish, bolalarning o’z-o’zini anglashini va
o’zgarishga tayyor bo’lishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
[1](Abdullaev, November 2022) Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va sabablar ,
inklyuziv ta’limga jalb qilish Needs and reasons for inclusive education, involment in
inclusive education
[2] (Noilaxon, 2022-12-31)inklyuziv ta’limga bolgan ehtiyoj va sabablar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
54
[3] (Saidova, 2023) Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb
etish xususiyatlari
[4] (Shuxratovna, May 17, 2024) Inklyuziv ta’lim va tarbiya nomli metodik q’llanmasi
ii
(образовании, 2021) inklyuziv ta’lim va yengicha pedogik yondashuvlar