Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
116
INKLYUZIV TA’LIM, INKLYUZIV TA’LIMNING EHTIYOJLARI VA
SABABLARI
Djurayeva Sohiba Barat qizi
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Abdumurodova Gulzoda Ilhom qizi
O’zbek tili va adabiyot fakulteti 2-kurs talabasi
Anotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim haqida tushuncha , imkoniyati cheklangan
bolalarni umum ta’lim muhitiga qo’shish , inklyuziv ta’limning asosiy ehtiyojlarini
amalga oshirishga turtki bo’lgan sabablarni va jamiyatdagi ehtiyojlari haqida fikrlar
yuritiladi.
Kalit so’zlar:
imkoniyati cheklangan bola , inklyuziv ta’lim , dunyoqarash,
jismoniy harakatlar
Inklyuziv ta’ lim nima? Uning nogiron bolalar uchun qanday afzalliklari bor?
Bu savollarga so’nggi yillarda tez-tez duch kelyapmiz . Keling. Ushbu savollarni ko’rib
chiqamiz.
Inklyuziv ta’lim – hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil maktab va bir
xil sinfda ta’lim olish jarayoni hisoblanadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola bilan
sog’lom bolalar bir xil e’tiborda ta’lim olishi kerak . Bu davlat tomonidan
kafolatlangan. Jismoniy yoki aqliy jihatdan imkoniyati cheklangan bolalar ko’pincha
jamiyatda e’tibordan chetda qoldiriladi. Ba’zi ota –onalar farzandidan uyalib,
berkitishib qo’yishadi va natijada bolalarda tashqi muhit bilan aloqa cheklanadi .
Inklyuziv ta’lim esa ularni umumiy maktab muhitiga qo’shgan holda boshqa bolalar
bilan muloqotda bo’lishiga, birga rivojlanishida yordam beradi. Inklyuziv ta’limni
samarali tashkil qilishda ham maktablarda sharoitlar ham asosiy ro’l o’ynaydi. Bunda
maxsus jihozlangan sinflar , qo’shimcha o’quv materiallari, eshitish vositalari va
jismoniy harakatlar uchun sharoitlar bo;lishi kerak. Ayniqsa , jismoniy mashqlar
imkoniyati bolalarning sog’lig’I uchun muhim.[1 (Abdullaev, November 2022)]
Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar
uchun quyidagi jihatlaridan kelib chiqadi:
- Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolarga doimo o’z oilasi , mahallasi va
qarindoshlari urug’lari davrasida bo’lish imkonini beradi
- in
1
klyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator
bo’lib xizmat qiladi;
1
(образовании, 2021) inklyuziv ta’limva yangicha pedagogic yondashuvlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
117
_uyidan, oilasidan , ota –ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib
o’sadi, chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.
Biz ko’cha-ko’yda, mahallada yurganimizda imkoniyati cheklangan bolalarni
ko’rib qolsak, tushunib-tushunmasdan uni ajratib qo’yishga u bilan muloqot
qilmaslikka harakat qilamiz.Aksincha esa bu eng katta xato. Biz bunday bolalarni
jamiyatga qo’shishimiz , ular bilan muloqotda bo’lishimiz ular uchun eng katta
yordamimiz hisoblanadi . Jamiyatda nogiron bolalarga nisbatan yanglish fikr va
munosabat mavjud Ular haqida ma’limotlar kamligi va yoshligidan maxsus
muassasalarda yopiq tarzda ta’lim –tarbiya berilishi bunga sabab bo’lishi
mumkin.Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir, lekin
tajribadan shu narsa ma’lumki kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshash jihatlarini
tezroq anglar ekan. Agarda maxsus ta’limga ehtiyoji bor bolalar bilan birgalikda ta’lim
olsa, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanligini
anglab,kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi
Inklyuziv ta’limda maktablarning sharoiti o’qituvchining malakasi, direktor
psixolog kabilar asosiy ro’l o’ynaydi. Inklyuziv ta’lim p’zining jihozlanganligi va
sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil qilinadi. Sinfda maksimal 30 ta sog’lom
o’quvchi ta’lim olsa, imkoniyati cheklangan bola 3 tadan oshmasligi kerak. Maxsus
ta’limga muhtoj bolalarga psixolog ham alohida e’tibor talab etiladi.
2014- 2016- yillarda xalq ta’lim vazirligi va Respublika moliyaviy inkoniyati
cheklangan bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi hamkorligida “O’zbekiston
Respublikasida alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim “ loyihasi amal;ga
oshirilgani bu borada muhim qadamlardan biri bo’ldi. Yevropa ittifoqi tomonidan
qo’llab- quvvatlandi. Loyihaga ko’ra , yengilroq shakldagi nogironligi bo’lgan bolalar
O”zbekistonning 5 ta viloyatdagi inklyuziv ta’lim tamoyillari asosidagi tajriba
umumta’lim maktablariga ko’chirildi.[2 (Noilaxon, 2022-12-31)]
Inklyuziv ta’limning zarurati va sabablari quyidagicha asoslanadi:
Adolatli jamiyatni shakllantirish – ya’ni jamiyat barchans a’zolar uchun teng imkoniyat
yaratishi kerak. Inklyuziv ta’lim bu maqsadga erishishda muhim ro’l o’ynaydi .
Barcha bolalar uchun ta’lim sifatli ta’lim berish- ba’zi bolalar an’ananaviy maktablarda
to’laqonli ta’lim ola olmaydi, shuninsh uchun ularga moslashtirilgan
Nogironligi bo’lgan yoshlar kelajakda mustaqil hayot kechirish va ish toppish
imkoniyatiga ega bo’lishi uchun ta’lim olishlari zarur . Maxsus ta’limga ehtiyoji bor
bolalarni qabul qilib, ta’lim olishlariga imkon yaratsa, oilalarfga ham yengillik bo’ladi.
Xulosa
Inklyuziv ta’lim – bu faqat nogiron bolalar uv=chun emas, baqlki butun
jamiyat uchun foydali tizim . Ushbu yondashuv ta’lim sifatini oshirish , teng
imkoniyatlarni yaratish va ijtimoiy moslashuv jarayonini yaxshilashda muhim
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
118
ahamiyatga ega . Shu sababli, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va uni keng ommaga
joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
[1] (Abdullaev, November 2022) Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va sabablar ,
inklyuziv ta’limga jalb qilish Needs and reasons for inclusive education , involment in
inclusive education.
[2] (Noilaxon, 2022-12-31) Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj va sabablar
[3] (Saidova, 2023) Alohida ehtiyojga ega bo;lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb
etish xususiyatlari
[4] (Shuxratovna, May 17, 2024) Inklyuziv ta’lim va tarbiya nomli metodik
qo’llanmasi