Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
96
KIMLARGA ISHGA QABUL QILINGANDA DASTLABKI SINOV
BELGILANMAYDI
Bo’ka tuman adliya bo’limi boshlig’i
Sh.Malikov
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasiga ko’ra
homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan
bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan
e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga
kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi
bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga
joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim
tashkilotlarining bitiruvchilari;
o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan
mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni
o‘tagan o‘quvchilar;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining
ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog‘ida belgilanishi mumkin.
Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga
yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dastlabki sinov belgilanmasligi mehnat huquqlarini himoya qilish, ayrim
toifadagi xodimlarga ishga joylashish jarayonini yengillashtirish va mehnat
sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Ish beruvchi bu qoidalarga rioya qilishi shart,
aks holda xodimlar o‘z huquqlarini sud yoki mehnat inspektsiyasi orqali himoya
qilishlari mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi mehnat
qonunchiligi ayrim toifadagi xodimlarga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov
belgilanmasligini kafolatlaydi. Bu mehnatga layoqatni taʼminlash, yosh
mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
97
himoya qilish hamda mehnat bozorida ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat qonunchiligi
bo‘yicha qarorlari
3.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
rasmiy hujjatlari
4.
Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar bazasi