Mualliflar

  • Sh.Malikov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95142

Annotasiya

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat 
xizmatlari ko‘rsatish  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga   
asosan tartibga solinadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar yani  ota-
onalar,  ularning  oʻrnini  bosuvchi  shaxslar  (farzandlikka  oluvchilar,  vasiylar  va 
homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki 
opasi) yoki uchinchi shaxslar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga 
oʻzlari  kelib  murojaat  qiladi  yoki  yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portali 
(my.gov.uz)  da  roʻyxatdan  oʻtadi.    Davlat  xizmatidan  kompleks tarzda  foydalanish 
uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham 
mumkin.  
Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda maktabgacha taʼlimni 
boshqarish  axborot tizimiga  yuboriladi va  tegishli  tashkilot va  guruhda boʻsh oʻrin 
boʻlganda  –  yoʻllanma  shakllantiriladi,  boʻsh  oʻrin  boʻlmaganda  –  soʻrovnoma 
tegishlicha  umumiy  yoki  imtiyozli  roʻyxatga  kiritiladi  hamda  xabarnoma 
shakllantiriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

94

BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIGA

QABUL QILISH TARTIBI

Bo‘ka tuman adliya bo’limi boshlig’i

Sh.Malikov

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat

xizmatlari ko‘rsatish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son

qaroriga

asosan tartibga solinadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar yani ota-
onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va
homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki
opasi) yoki uchinchi shaxslar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga
oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish
uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham
mumkin.

Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda maktabgacha taʼlimni

boshqarish axborot tizimiga yuboriladi va tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin
boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma
tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma
shakllantiriladi.

Bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga

kiritiladi:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
Ko‘p bolali oilalarning bolalari;
Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning

bolalari;

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari

xodimlarining bolalari;

Talabalar va pedagoglarning bolalari;
Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan

bo‘lgan bolalar;

Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi

maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka

asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Ariza
beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

95

kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb
hisoblanadi.

Bolalarni davlat MTMga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha

va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom va hujjatlarga muvofiq
amalga oshiriladi. Qabul jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Ariza berish va navbatga turish

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul elektron tizim orqali amalga

oshiriladi. Ota-onalar yoki vasiylar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali
orqali farzandini ro‘yxatdan o‘tkazib, navbatga qo‘yishi mumkin.

Hujjatlarni topshirish

MTMga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxasi);
Ota-ona (yoki qonuniy vakil) pasporti nusxasi;
Bolaning tibbiy maʼlumotnomasi (026/u shakli);
Imtiyozli toifaga mansub bo‘lsa, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar.

Qabul qilish tartibi

Bolalar davlat bog‘chalariga odatda 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

Navbatda turgan bolalar soni va bo‘sh joy mavjudligiga qarab, ularning bog‘chaga
qabul qilinishi amalga oshiriladi. Ayrim hollarda 2 yoshdan boshlab maxsus
guruhlarga qabul qilinishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son “Bolalarni davlat

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori;

2. O‘zbekiston Respublikasi 23.09.2020 yildagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi

“Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son “Bolalarni davlat

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari

ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori;

O‘zbekiston Respublikasi 23.09.2020 yildagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi

“Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари