Mualliflar

  • Alimardonova Mo'tabar Xolmo'minovna
  • Qudratova Xosiyatxon Begmurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95149

Kalit so‘zlar:

KALIT SO’Z: Tabiiy fan Zamonaviy texnalogiyalar uslub va qo’llanmalar boshlang’ich ta’lim O’qitish metodikalari.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga eng avvallo 
tabiatni tanitish, shu bilan birga ajdodlar me’rosini o’rganish ,bundan tashqari yana 
darslarni qiziqarli usullarda tashkil etish xususida fikr yuritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

314

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA TABIATNI TANISHTIRISHDA

MUTAFAKKIRLAR MEROSI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

Alimardonova Mo'tabar Xolmo'minovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Tabiiy fanlar “kafedrasi o’qituvchisi.

Qudratova Xosiyatxon Begmurod qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim “ yo’nalishi

3- bosqich talabasi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga eng avvallo

tabiatni tanitish, shu bilan birga ajdodlar me’rosini o’rganish ,bundan tashqari yana
darslarni qiziqarli usullarda tashkil etish xususida fikr yuritiladi.

KALIT SO’Z:

Tabiiy fan, Zamonaviy texnalogiyalar, uslub va qo’llanmalar,

boshlang’ich ta’lim, O’qitish metodikalari.

THE IMPORTANCE OF USING THE HERITAGE OF THINKERS AND

MODERN TECHNOLOGIES IN INTRODUCING NATURE TO

ELEMENTARY STUDENTS.


Annotation:

This article discusses the importance of introducing primary school

students to nature, while also studying the heritage of their ancestors, and organizing
lessons in interesting ways.

KEY WORDS:

Natural science, Modern technologies, methods and

applications, primary education, Teaching methodologies.

KIRISH.

Dars jaroyonlarini sifatli hamda samarali tashkil etish uchun eng avvallo qanday usul
va qo’llanmalarni amalda qo’llash kerak? degan savolni o’rtaga tashlashimiz lozim
ayniqsa biz bo’lajak boshlang’ch ta’lim o’qituvchilari.Boshlang’ich ta’lim
jarayonlarini qiziqarli samarali tashkil etish bu hozirgi zamon talabidir, aynan shu
orqali o’quvchilardagi kreativlikni, ijodkorlikni, va teran fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirishimiz mumkin.Hozirgi kundagi o’zgarishlarga misol qilib eng avvallo
yangi darsliklarni olishimiz mumkin ushbu darsliklardagi mavzular faqatgina ma’ruza
mashg’uloti bilan cheklanibgina qolmay amaliy mashg’ulotlar bilan tashkil etilgan.
Aynan shu orqali o’quvchilar ham eshitib ham ko’rib bilimlarini yanada
mustahkamlaydilar va bu malakalarni hayotga tadbiq etib borishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR TAHLILI.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

315

Tadqiqot jarayonida ko’plab ilmiy-uslub qo’llanmalar boshlang’ich sinf darsliklari va
boshqa adabiyotlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJA.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tabiatni tanishtirishda eng yaxshi va samarali

usullardan biri ko’rgazmalilik mrtodi hamda AKT vositalaridan foydalanib darslarni
tashkil etishdir. Bu orqali o’quvchilar tabiatni barcha sirlarini o’rganishlari borliqni
tasavvur qilishlari tabiatdagi barcha elementlarni, detallarni o’rganishlari umkin
bo’ladi.O’qituvchi dars jarayonlarini tashkil etishda albatta ajdodlar me’rosini misol
keltirib ularning bizga qoldirgan ma’lumotlarini aytib o’tishlari lozimdir.Bunga misol
qilib quyidagi olimlarimizni keltirishimiz mumkin ularning qilgan ishlari tabiiy fan
uchun eng katta asoslardan biri bo’lgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Tabiiy fanlarning taraqqiyot tarixi haqida fikr yuritadigan bo’lsak, uning asosini

qadimiy Gresiyada amaliyot maktabi asoschisi, o’z davri va mamlakatining siyosiy
arbobi

Fales

yaratgan. Fales dunyoni bilish maqsadida uzoq vaqt sayohat qilgan.

Yegipetda geometriya va kosmologiya sohasida olgan bilimlari asosida quyosh
tutilishini oldindan (karomat) aytgan. Aristotel fikriga ko’ra, Fales tabiatda sodir
bo’ladigan voqeylik, tabiiy muhitni o’zgarishi va koinotda sodir bo’ladigan hodisalar,
xususan quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, u yetti donishmand
(ulamao)lardan birinchisi, dono va oqil siyosatchi bo’lgan. Aristotel uning og’zaki
holda qoldirgan to’rt tezisini keltiradi:

1.Hamma narsa suvdan paydo bo’lgan.
2. Yer suvda daraxt (yog’och) singari suzib yuradi.
3.oinot iloh (xudo)arga to’la. Jon-koinotda joylashgan.
4. ag-«jon» bor, chunki u temirni harakatga keltiradi.
Falesning arxaik ontologiyasida borliq (mavjudiyat) va hayot o’xshash, bir-

biridan farqlanmaydi. Koinotda mavjud barcha narsa hayot, yashaydi. Hayot nafas
olish va oziqlanishdan iborat. Birinchi funksiyani iloh (xudo), ikkinchisini suv
bajaradi.

Melodiydan oldingi 490-430 yillarda qadimiy yunonistonda yashab ijod etgan

Empedokl

o’z davrining buyuk tabiatshunos olimlaridan hisoblangan. Empedokl

nafaqat o’zining falsafiy qarashlari bilan, balki mohir tabib, bilimdon fizik va fiziolog
sifatida shuhrat qozongan. U quyosh tutilishini tushuntirib berishga muvaffaq
bo’lganlardan. Empedokl quyosh tutilishini oy, yer bilan quyosh o’rtasidan o’tgaligi
tufayli sodir bo’lishini tushuntirgan. SHunga ko’ra, quyosh nuri (yorug’lik) shu qadar
tez o’tadiki, kishi uning harakatini payqamaydi va tarqalish uzunligini aniqlay
olmaydi.

Empedoklning «Tabiat haqida» va «Tozalanish» deb nomlangan ikkita yuksak

san’at asari-poemasi (she’rlarining o’ndan bir bo’lagi bizga qadar yetib kelgan)
mavjud. Empedokl falsafasiga ko’ra borliq asosan to’rt narsa: olov, havo, suv va yer


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

316

elementlari statusiga ega. Empedokl bularni barchasi tabiatda mavjud narsalarning
ildizi yoki organik moddalarning sifat va miqdor jihatidan o’zgarmas, ma’lum
proporsiyada hosil bo’ladigan tabiat substansiyasi deb qaragan.

Empedokl tabiat hodisalarini bir xildan ikkinchi xilga o’tishi, ya’ni bordan yo’q,

yo’qdan bor bo’lishini inkor etuvchi tezisini qabul qilgan. Uningcha «tug’ilish» va
«o’lish»ning o’zi yo’q. Bular so’zlarni noto’g’ri ifodasi hisoblanadi. Aslida uningcha
elementlarning mexanik jihatdan «birikishi» va «ajralish»dan iborat. Chunki
elementlarni ifoda etish uchun morfologik kod qo’llaniladi.

Masalan, Zevs (olov), Aydoney (havo), Nestida (suv), Gera (er). Bularning

o’zaro intilishi (tortishuvi) yoki itarilishi «sevgi» va «nafrat» sifatida namoyon bo’ladi.

Tabbiy fan rivojiga hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimiz bir qancha

Movaraunnahr olimlarini ham ta’kidlashimiz lozim. Abu ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Nasr al- Farobiy, Abul Abbos al-Fargʻoniy ushbu olimlarimiz tabiiy
fanga juda ko’p hissalarini qo’shishgan.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars

jarayonlarini qiziqarli uslubda o’tish bu eng katta talablardan biri desak mubolag’a
bo’lmaydi. O’quvchilar qiziqqon darslarda juda faol bo’lishadi. Shu sababli ularni
to’g’ri yo’naltira olishimiz lozim. Darslarni turxi xil metodikalar va axborot-
texnalogiyalaridan foydalanib o’tish dars samaradorligini yanada oshiradi. O’qituvchi
dars jarayonini faqatgina ma’ruza mashg’uloti orqali olib borsa o’quvchida zerikish,
tez charchab qolish, darsga e’tiborsiz o’tirish holatlari kuchayadi va shu orqali
o’quvchidagi bilim holati passiv darajaga tushadi.Bu esa kelajak avlod egalari uchun
yomon holatdir. Yosh avlodlarimiz sifatli, hamda mustahkam bilim olishlari bu biz
uchun muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Boshlang‘ich sinf“Tabiiy fanlar”darsligi;

2.

AbdullayevaM.,Bahriyeva.G “Boshlangʻich ta’lim tabiiy fanlarni o‘qitishda
sinfdan tashqariishlar”;

3.

KayumovaK.“Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish”;

4.

Xalikova G., Saydova Sh. “Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarning o‘qitilishi”;

5.

Nuriddinova

M.“Tabiatshunoslik

o‘qitish

metodikasi”,

Toshkent

“O‘qituvchi”nashriyoti.





Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Boshlang‘ich sinf“Tabiiy fanlar”darsligi;

AbdullayevaM.,Bahriyeva.G “Boshlangʻich ta’lim tabiiy fanlarni o‘qitishda

sinfdan tashqariishlar”;

KayumovaK.“Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish”;

Xalikova G., Saydova Sh. “Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarning o‘qitilishi”;

Nuriddinova M.“Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi”, Toshkent –

“O‘qituvchi”nashriyoti.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари