Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
155
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN HAR BIR BOLANING
INKLYUZIV TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHGA QARATILGAN
CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH.
Jumaboyeva Gulsanam
Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Mehrli maktab davlat ta’lim muassasasi
filiallarida dars jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari tahlil qilinadi. Mehrli
maktablar ota-onasiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu ta’lim
muassasalarida dars jarayonini samarali tashkil etish alohida yondashuvni talab etadi.
Maqolada darslarni individual yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar
yo‘nalishlariga yo‘naltirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali
samarali tashkil etish muhimligi asoslangan.
Kalit soʻzlar:
Mehrli maktab, davlat ta’lim muassasasi, dars jarayoni, individual
yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi, zamonaviy
texnologiyalar.
Annotation:
This article analyzes the important aspects of organizing the
teaching process in the branches of the state educational institution "Mehrli Maktal".
Mehrli schools are intended for children left without parents, and the effective
organization of the teaching process in these educational institutions requires a special
approach. The article emphasizes the importance of effectively organizing lessons
through an individual approach, psychological support, orientation to professional
areas, and the use of modern technologies.
Keywords:
A caring school, a state educational institution, the teaching process,
an individual approach, psychological support, vocational education, modern
technologies.
Kirish
Har bir jamiyat kelajakka bo’lgan ongli orzu va rejalarining ro’yobida, avvalo,
o’z farzandlarining bilimi, kuchi va salohiyatiga tayanadi. Bu farzandlarning ana
shunday yetuk va barkamol bo’lib yetishishlarida ta`lim va tarbiyaning o’rni beqiyos.
Lekin shunday bolalar ham borki, ularga ta`lim tarbiya berish , ularni to’g`ri sohaga
yo’naltirish o’ziga xoslikni talab etadi. Aynan shunday nutqida, sezish a`zolarida, aqliy
va jismoniy salohiyatida muammosi bor bolalarning ta`lim olishlari, ijtimoiylashishlari
hamda ulardagi kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish muammolari bilan
shugullanish korreksion pedagogikaning vazifalaridandir.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va
ko'pgina omillarga bog'liq masala hisoblanadi. Shu bois, jamiyatimizning bir bo'lagi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
156
bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-
tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati,
imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga sharoit yaratishga katta
e'tibor qaratilmoqda. Avvalo O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini
takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash
maqsadida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan O'zbkiston Respublikasining
"Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonunida nogironligi bo'lgan
shaxslarning huquqlarini ta'minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Mazkur
qonunga ko'ra nogironligi bo'lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor
(sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligimunosabati bilan
davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va
qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar
hisoblanadi . Qonunga ko'ra Nogironligi bo'lgan shaxslar barcha darajalardagi ta'lim
tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun
butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish
huquqiga ega [2].
Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirishni,
ularning ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka
oshirishdan o'tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlashi, ta'lim
tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi bo'lgan bolalarning
maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o'rta ta'lim olishini, shuningdek o'rta
maxsus, professional, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limi olishini ta'minlashi
qonunda mustahkamlab qo'yilgan.
Inklyuziv ta'limni oiladan maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim
maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv muassasalarida joriy etish natijasida
alohida ehtiyoji bor insonlarga nisbatan umumiy munosabat o'zgarayotgani ma'lum
bo'ldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo'lib xizmat
qilishi mumkin. Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta'lim
jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi.
Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, ko'rsatiladigan individual
yordam imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo'ymaydi. Ular olgan
ko'nikmalarini umumlashtirish imkoniga ega bo'lishadi.
Agar nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o'qitishning vaqtincha
imkoni bo'lmasa, ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta'lim muassasalari
nogironligi bo'lgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-
onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o'qitilishini
ta'minlaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
157
Nogironligi bo'lgan bolalarni uyda o'qitish O'zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat nogironligi bo'lgan bolalarning bepul umumiy o'rta, maktabdan tashqari,
o'rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarni to'lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli
shartlar asosida maxsus o'quv qo'llanmalari va adabiyotlar, shuningdek
surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash O'zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari nogironligi bo'lgan shaxslarni (bolalarni) o'qitganlik
uchun to'lov bo'yicha imtiyozlar belgilashga haqli.
Nogironligi bo'lgan shaxslarga ta'lim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab
chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy
ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va
tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda,
sinflarda va yakka tartibdagi o'quv rejalari bo'yicha o'qitish yo'li bilan amalga
oshirilishi ko'zda tutilgan.
Nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularda
ijtimoiy faollikni shakllantirish, mehnatga ishtiyoq uyg'otish, ularni ilm-fanga,
texnikaga, san'atga va sportga jalb etish maqsadida ta'lim muassasalari nogironligi
bo'lgan bolalarning maktabdan tashqari ta'limdan foydalanishini, buning uchun zarur
shart-sharoitlar yaratgan holda, davlat organlari bilan birgalikda ta'minlashi shart
ekanligi belgilab qo'yilgan.
Davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo'lgan
tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Braylb alifbosini, muqobil
harflarni, nutq va og'zaki muomala ko'nikmalarini o'zlashtirish, shuningdek
o'qituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv ta'lim masalalarida o'qitish, imo-ishora
tilini va Braylb alifbosini biladigan nogironligi bo'lgan o'qituvchilarni ta'lim
muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ta'lim
tizimini takomillashtirish choralarini ko'rishi nazarda tutildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston
Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan konsepsiyada
alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta'lim berishga muhtoj bolalarning ta'limi borasidagi
muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan
Imkoniyati cheklangan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini
yaxshilash xalq ta'limi tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida
e'tirof etilib, quyidagi vazifalar belgilab berildi: imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
158
oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va
tasdiqlash;
imkoniyati cheklangan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur
adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun bo'ladigan uskuna va
jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil
etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus,
tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-
pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassislar) bilan ta'minlash;
jamoatchilik o'rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi,
inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng
joriy etish;
o'quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta'lim muassasalarining
geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni
optimallashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integrasiyasi uchun maktab-
internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash;
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olishiga bo'lgan
huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash .
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori, 2020 — 2025
yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 —
2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini
2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ishlab chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari
bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to'g'risida"gi Qarori asosida "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni
tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom", "Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari
bo'lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom",
"Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom",
"Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdek, uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish tartibi
to'g'risida Nizom", "Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to'g'risida Nizom"
ishlab chiqildi.
Ma'lumki, 2021 yil 29 may kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Senatining majlisida
"Nogironlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani ratifikasiya qilish haqida"gi
O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama etildi va tasdiqlandi. Mazkur
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
159
Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan
va 2008 yil 3 mayda kuchga kirgan. Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy
erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta'lim olish,
salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy,
madaniy hayotda, bo'sh vaqtni o'tkazish, dam olish va sport bilan shug'ullanishda
ishtirok etish, o'zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo'lish va
ijtimoiy yordam huquqlari e'tirof etilgan. Ushbu huquqlarni amalga oshirishning
kafolatlari belgilangan. Konvensiyaning ratifikasiya qilinishi nogironligi bo'lgan
shaxslarning huquqlarini, xususan ta'lim huquqlarini ta'minlash masalasi yanada jiddiy
e'tiborni talab qiladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim huquqlarini
ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularni amalga
oshirish samarali bo'lishi uchun avvalo sifatli kadrlar tayyorlash masalasiga e'tibor
berish zarur. Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarni boshqa
bolalar bilan teng ta'lim olishini amalga oshirish, bu jarayonda ularning kamsitilishiga
yo'l qo'ymaslik uchun pedagogik xodimlardan chuqur bilim va malaka talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv
ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini
yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi
o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va
tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan
boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi.
2. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar
o‘tayotgan yilning “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida
keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
160
Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l xaritalari” hamda maqsadli ko‘rsatkichlarning
(indikatorlarning) bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda yiliga bir
marta uning natijalarini Hukumat rayosati majlislarida tanqidiy ko‘rib borsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan:
a) 2020 — 2022-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta
tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi
mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va
boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun
uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv
o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy
muhit shakllantiriladi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada
bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining
faoliyatiga joriy qilinadi;
b) 2023 — 2025-yillar davomida:
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida joriy qilinadi;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga
individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga,
ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining
geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (keyingi
o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) soni optimallashtiriladi.
4. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya
vazirligining:
a) 2021/2022 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan
umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
161
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan
bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish;
Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar
maktabida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil
etish;
b) inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, boshlang‘ich tayanch korreksion
sinflarni ochish va ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish natijalarini hisobga olgan
holda ijobiy tajribani respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich tatbiq
etish;
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’limni 11
yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi)
maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf (intellektual rivojlanishida
nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9-
sinf) o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib
chiqqan holda kelajakda egallaydigan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalarining qisqartirilayotgan o‘quv soatlari doirasida kasbga o‘qitish
kurslarini tashkil etish;
g) ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga kasbga o‘qitish
kurslarida o‘rgatilgan kasblar bo‘yicha sertifikat berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik
berilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv jarayonini
samarali olib borish va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun tegishli
hududdagi professional ta’lim muassasalari hamda “Ishga marhamat”
monomarkazlarini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga biriktirsin.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda
(keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta
sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi.
Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar
uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga
oshirildi. Loyiha doirasida:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
162
respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan
ortiq pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim
muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga
doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-
onalariga inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;
Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta
tajriba-resurs markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan
ortiq bolalar qamrab olindi.
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga
muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning
sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga,
ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi
“Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning
ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish,
ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat
qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib o‘tilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari
binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini
zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va
jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim
tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish
qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog,
bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish
huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib
borish;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
163
o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining
geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar
o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini optimallashtirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi
uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar
belgilangan.
Bundan tashqari, “Zamonaviy maktab”larni qurishda ushbu maktablarda alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular
uchun maxsus infratuzilma bo‘lishi va jihozlanishini ta’minlash maqsadida inklyuziv
ta’limni tashkil etish bo‘yicha “Zamonaviy maktab”ga qo‘yiladigan me’yoriy talablar
loyihasi ishlab chiqildi.
Kelgusida “Zamonaviy maktab”larni ushbu talablar asosida qurish va
rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lom bolalar qatorida
umumta’lim
maktablarida
o‘qitish
amaliyotini
rivojlantirish
maqsadida
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumta’lim
maktablariga integratsiyalashuvi (uyg‘unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya berish)
tajribasi qo‘llanilishi natijasida so‘ngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaytarildi.
Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming
nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
4. Shu bilan birga, Xalq ta’limi tizimida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olishga
bo‘lgan teng huquqlarini ta’minlash borasida ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud,
shu jumladan:
a) inklyuziv ta’limni tashkil etish sohasida:
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim
muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va
jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv
ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini
olib borish yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli
ma’lumotga ega emas;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
164
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha
sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta
tashabbus amaliyotga tatbiq etilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan
bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijroiya hokimiyati organlari
tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul
qilish jarayonining murakkabligi va shaffof emasligi turli shakldagi korrupsiya
holatlariga sabab bo‘lmoqda;
b) kadrlarni tayyorlash sohasida:
umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan
yangilash talab etilmoqda;
pedagogik kadrlarning kasbiy tayyorgarligi hamda kasbiy malaka darajasi
inklyuziv ta’lim uchun yetarli emasligi natijasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim berishda qator muammolar yuzaga kelmoqda;
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga inklyuziv
ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari
kiritilmaganligi, shuningdek bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotganligi ularning kasbiy
tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari inklyuziv ta’lim
haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasligi inklyuziv ta’limni joriy etishning
samarasizligiga olib kelmoqda;
malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan,
ular faoliyatiga inklyuziv ta’lim bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari joriy qilinmagan;
v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida:
umumta’lim muassasalarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga
inklyuziv ta’lim berish metodikasi ishlab chiqilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim berishning sifati va
samaradorligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari
zarur maxsus o‘quv adabiyotlari va metodik-qo‘llanmalar bilan yetarli darajada
ta’minlanmagan;
d) inklyuziv ta’lim tizimini moliyalashtirish sohasida:
inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun yetarli mablag‘larni samarali va shaffof
tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
165
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv jihozlari va materiallarini
yangilash, maktab binolarida inklyuziv ta’limni joriy etishga qaratilgan sharoitlar
yaratish uchun davlat budjetidan ta’lim muassasalariga yetarli mablag‘lar
yo‘naltirilmayapti.
Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadi — ta’lim olish uchun teng
imkoniyatni ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi
ta’lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan
qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilishi
kerak.
Xulosa
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun faqat ta’lim berish uchun
xizmat qiluvchi dastur emas, undan ko’zlangan maqsad inson shaxsiga hurmat,
insonparvarlik aqidalarining mustahkamlanishi,har bir insonning qay holatda
ekanligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar ilm-u tafakkur bulog`idan
atrofidagilari bilan barobar tarzda qonib suv ichishlari uchun yetarli barcha imkoniyat
va sharoitni yaratishdan iborat. Jismonan nosog`lomlik bu ayb emas, asosiysi qalbdagi
buyuk ma’naviyatga putur yetmasin. Ma’naviy boylikni o’zlashtirishga bo’lgan sa’y-
harakatlar hozirgi kungidek shiddatli bo’lsa, rivojlanish va yuksalish ham o’z shiddati
bilan bizlarga hamroh bo’lishda davom etadi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https:/nauchniyimpuls.ru
2.
https:/norma.uz
3.
https:/lex.uz
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi
«Alohida ta‘lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori
5.
Muzaffarova X.N. Inklyuziv ta‘limning muammolari va istiqbollari
6.
Muzaffarova X.N., Tursunqulova O. Inklyuziv ta‘limni amaliyotga joriy qilish
masalalari
7.
Zamonaviy taraqqiyotda ilm-fan va madaniyatning o’rni nomli respublika ilmiy-
amaliy konferentsiyasi 20.06. 2021y