Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
104
MAQSUD MAQSUMBEK OʻGʻLI SHAYXZODA (MAQSUD SHAYXZODA)
Toshkent davlat transport universiteti
Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li
Annotatsiya:
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam
tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi
zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi
badiiy hayot bagʻishladi.
Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur
shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda
aql
ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor
og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi.
Kalit so‘zlar:
Shoir, asar, Maqsud Shayxzoda, kitob, she‘r, Toshkent.
Yaxshi bilasiz, ziyo degani nur, yorug‘lik, oydinlik demakdir. Haqiqatan ham
ziyolilarimiz elga bilim, maʼrifat, madaniyat ulashish, taʼlim-tarbiya berishdek savob
ishlarga daʼvat etilgan...” Bu so‘z bilan go‘yo sehrlangan majlis zalida o‘tirganlar
gulduros qarsaklar chalib yuborishgan edi. U qisqa hayot kechirdi – 60 yoshga ham
to‘lmay, 1967-yil 19-fevral kuni uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan
ko‘z yumdi. Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to‘lgan vaqtda olamdan
ketdi.
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi,
dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy
muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot
bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini
yozdi.
Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay,
adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial
shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar
Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi.
U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni
haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari
haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal
mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy
tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin
bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur,
Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining
Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
105
Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yozdi.
Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar
avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.
Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon
yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim roʻl oʻynadi.
U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U.
Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart
va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini,
shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali, Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron,
Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga
katta mahorat bilan tarjima qildi.
U sanʼat va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh ziyolilar bilan
turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va
Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk dafʼa ana shu suhbatlarning
birida eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi.
Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku
dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq
shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926-yili Adhem Fayziy tashkilotiga aʼzo etilgan
“Milliy firqa” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani
uchun 1928-yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar
shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani
O‘zbekistonda ham taʼqiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q.
Muhimi shundaki, Shayxzoda “toleʼ doim erkalamaganiga” qaramay, umrining oxiriga
qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston
uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi.
Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi,
keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi.
1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati”
gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi
to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934),
“Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi.
Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang,
ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning maʼnaviy
jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb taʼkidlagan edi.
Aslida qondosh ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining
chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan
Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh
shahrida tug‘ildi. Otasi Maʼsumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
106
Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va odamlarimizning
ruhiy olamidagi o‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi, betakror obrazlarida
namoyon bo‘ldi. Bu Tarix –Yo‘l – Safar – Kema –Karvon, Xarita (yer kurrasi va
Vatani), Manzil, Raqam, Surʼat va Vaqt obrazlaridir. Bular bir-biri bilan uzviy
bog‘langan bo‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat qiladi, bu
insoniyat karvonini – kemani to‘xtatib bo‘lmaydi, u insoniyat orzusi – baxt-saodat
manzili sari harakat qiladi.
Buni Shayxzodaning o‘z kitoblariga “O‘n besh yillik daftari” yoki “Chorak asr
devoni” deb sarlavha qo‘yishidan ham bilish mumkin. Shoirning o‘zi “Inson umri
cheklangan muhlatli daftar”, demak bu daftarni foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan
to‘ldirish lozim deydi. “Raqamlar” sheʼrida esa shunday satrlar bor: “Men na
munajjimman va na hisobdon va lekin ko‘raman sonlar mag‘zida osmoncha maʼnolar,
yurtni obodon”...
“Qo‘llar” sheʼrida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini
ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, go‘r
kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning navkarlaridir”,
yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi.
Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlardan biri
“Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning
adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham,
“Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir
shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga
xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas.
Shayxzoda ko‘pqirrali isteʼdod sohibi edi. U sheʼrlar va dostonlar bilan birga,
juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda umrining
so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga
olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari
allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.
Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi”
tragediyasida (1944) o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul
istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan
aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori
baho berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki maʼnosini” ochib
bergan, “Kompozitsiyasi pishiq, dramatik to‘qnashuvlarga boy bir asar.
1946-yilgacha
“Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar
“Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga
olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p utmay
Shayxzoda qamaldi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
107
Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Muallif
oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan bahonalar
bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar.
Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq
suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin shunda ham
asarning matni eʼlon qilinmay qolaverdi.
Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay olamdan
ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda
ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi.
Faqatgina 1988-yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida
yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi.
Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi taqdiri va
kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi Prezidentimiz Islom
Karimov imzosi bilan eʼlon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 24-sentyabrdagi “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-
yilligini nishonlash to‘g‘risida” qarori ham yana bir bor tasdiqlaydi.
Shayxzodaning yozuvchilik shuuri va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor
isbotlandi. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi
“Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964-yili yozildi, o‘sha yili bu asar Hamza
teatri sahnasida qo‘yildi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratildi.
Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o‘zbek mumtoz adabiyotini
chuqur bilar edi. 1941-yilda Toshkentda nashr etilgan “Genial shoir” to‘plami
adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil
topgan. Navoiy sheʼriyatining bu chuqur ilmiy tadqiq navoiyshunoslikda hamisha
alohida o‘rin egallab qoladi.
Shayxzoda Navoiy mahoratini, uning sanʼatkorligini teran o‘rganishni boshlab
bergan o‘tkir tadqiqotchi edi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Maqsud Shayxzoda
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)da, Toshkent
Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)da uzoq
yillar davomida o‘zbek adabiyoti tarixidan o‘qigan maʼruzalari, maxsus kurslari
o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha eng qimmatli darslar edi.
Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la.
Uning sheʼriy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan
hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita publitsistika
janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan
publitsistik maqolalari va nutqlari bu isteʼdodli adib ijodining mazmundorligi va rang-
barangligidan yorqin nishonadir.
Isteʼdodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qildi. Jumladan, Shekspirning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
108
“Hamlet” va “Romeo va Julyetta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda
tarjimasida sahnalashtirildi.
Pushkin, Lermontov, Bayron sheʼrlarini o‘zbek o‘quvchisiga ilk bor taqdim
etgan shoirlar avlodi ichida Shayxzoda ham bor.
Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini g‘oyat
sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham sabab
bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o‘zining Vatan
adabiyotini – Sharq sheʼriyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi.
Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa
oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq
qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955-yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz
qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida
shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha
10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo‘ldi. Ana
shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha
ijod qilishdan to‘xtamadi.
Boshidan qanchadan-qancha musibatli kunlar o‘tgan bo‘lmasin, u hech
zorlanmagan. Uning iymon-eʼtiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon
qilingan. U hech qachon alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan,
uni azob uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech
narsa demagan. Shayxzoda o‘zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo
xayrxohlik va balandlik xislatlari bilan yuksalib yashadi. Chunki uning chinakam,
sodiq do‘stlari ham oz emas edi. Bular ichida Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon,
Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxonlar bor edi...
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Maqsud Shayxzoda” – Naim Karimov, 2018, T.
2.
Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In
E-Conference Globe
(pp. 176-178).
3.
Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK
POETS.
“TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”
,
1
(3), 23-30.
4.
Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud
Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In
Interdisciplinary Conference of Young
Scholars in Social Sciences (USA)
(pp. 19-20).
5.
Mamurova,
F.
(2023).
MAQSUD
SHAYXZODANING
ADABIY
MEROSI.
Бюллетень студентов нового Узбекистана
,
1
(11), 9-11.