Annotatsiya: Ushbu maqolada geoaxborot texnologiyalar (GAT) fanini
o‘qitishda gamefikatsiya metodikasini qo‘llash va uni takomillashtirish usullari tahlil
qilinadi. Gamefikatsiya – o‘yin elementlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish
orqali talabalar motivatsiyasini oshirish va o‘zlashtirish darajasini yaxshilashga
qaratilgan innovatsion metodikadir. Maqolada GIS dasturlarida bosqichli topshiriqlar
berish, xazina izlash (GeoTreasure Hunt), geografik muammolarni hal qilish (Geo-
Detective), virtual va kengaytirilgan reallikdan foydalanish, shuningdek, simulyatsiya
va loyihaviy yondashuvlar kabi gamefikatsiya usullari batafsil yoritiladi.Shuningdek,
gamefikatsiyani takomillashtirish uchun interaktiv platformalar, mobil ilovalar, reyting
va mukofot tizimlari, "GeoHackathon" kabi tadbirlar hamda jamoaviy ishlashga
asoslangan metodlar tavsiya etiladi. Gamefikatsiyaning natijalari sifatida
o‘quvchilarning qiziqishi ortishi, amaliy ko‘nikmalar shakllanishi va texnologiyalarni
chuqur o‘zlashtirishiga erishish mumkinligi ko‘rsatiladi. Ushbu tadqiqot natijalari,
ayniqsa, geoaxborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonini
takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.