Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
60
VIZNTIYA IMPERIYASI (SHARQIY RIM IMERIYASI)
ERGASHEV BILOLDIN XUSANBOY o’g’li
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali, Ijtimoiy gumanitar fanlar
kafedrasi o’quvchisi .
Tel: +998 (93)-353 -77-15. E-mail;
ВИЗАНТИЙСКАЯ ИМПЕРИЯ (ВОСТОЧНО-РИМСКАЯ ИМПЕРИЯ)
ЭРГАШЕВ БИЛОЛДИН ХУСАНБОЙ ОГЛИ
Студентка кафедры социально-гуманитарных наук Наманганского филиала
Ташкентского международного химического университета.
Tel: +998 (93)-353 -77-15. E-mail;
BYZANTINE EMPIRE (EASTERN ROMAN EMPIRE)
ERGASHEV BILOLDIN KHUSANBOY O’g’li
Student of the Department of Social and Humanitarian Sciences, Namangan Branch
of the Tashkent International University of Chemistry.
Tel: +998 (93)-353 -77-15. E-mail;
Annotatsiya
Ushbu maqola Vizantiya imperiyasi tarixiy rivojlanishi, siyosiy tizimi, madaniy
yutuqlari va uning global tarixdagi o‘rni haqida ma’lumot beradi. Vizantiya imperiyasi
— Sharqiy Rim imperiyasining davomchisi bo‘lib, 330-yilda Rim imperiyasining
ikkiga bo‘linishidan so‘ng o‘zining alohida siyosiy va madaniy tizimini rivojlantirdi.
Imperiya, asosan, Byzantion (hozirgi Istanbul) atrofida tashkil topgan va keyinchalik
Konstantinopol deb atalgan shahar uning poytaxti bo‘lib xizmat qilgan. U Rim
imperiyasining qolgan qismlariga nisbatan uzoqroq yashab, 1453-yilda Usmonli
turklari tomonidan zabt etilgunga qadar 1000 yildan ortiq davom etdi. Vizantiya Rim
imperiyasidan ajralib chiqishi, Konstantinopol shahrining ahamiyati va imperiyaning
qulashiga olib kelgan omillar batafsil yoritiladi. Shuningdek, maqola Vizantiya san’ati,
huquq tizimi va pravoslav cherkovining shakllanishi borasida chuqur tahlilni o‘z ichiga
oladi. Maqola o‘quvchilarni bu buyuk imperiyaning madaniy va tarixiy merosi bilan
yaqindan tanishtirishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Vizantiya imperiyasi, Sharqiy Rim imperiyasi, Konstantinopol,
Vizantiya madaniyati, Rim huquqi, Pravoslav cherkovi, Vizantiya san’ati,
Imperiyaning qulash sabablari, O‘rta asrlar tarixi, Yustinian qonunlari, Byzantion,
Tarixiy merosi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
61
Abstract
This article provides information about the historical development of the
Byzantine Empire, its political system, cultural achievements, and its place in global
history. The Byzantine Empire was the successor to the Eastern Roman Empire, which
developed its own separate political and cultural system after the division of the Roman
Empire in 330. The empire was mainly based around Byzantium (now Istanbul), with
the city later called Constantinople serving as its capital. It outlived the rest of the
Roman Empire, lasting for over 1,000 years until it was conquered by the Ottoman
Turks in 1453. The separation of Byzantium from the Roman Empire, the importance
of the city of Constantinople, and the factors that led to the empire's collapse are
discussed in detail. The article also includes an in-depth analysis of Byzantine art, the
legal system, and the formation of the Orthodox Church. The article aims to familiarize
readers with the cultural and historical heritage of this great empire.
Keywords:
Byzantine Empire, Eastern Roman Empire, Constantinople,
Byzantine culture, Roman law, Orthodox Church, Byzantine art, Causes of the fall of
the empire, Medieval history, Justinian's laws, Byzantium, Historical heritage.
Аннотация
В этой статье представлена информация об историческом развитии
Византийской империи, ее политической системе, культурных достижениях и ее
месте в мировой истории. Византийская империя была преемницей Восточной
Римской империи, которая разработала свою собственную отдельную
политическую и культурную систему после разделения Римской империи в 330
году. Империя в основном базировалась вокруг Византии (ныне Стамбул), а
город, позже названный Константинополем, служил ее столицей. Она пережила
остальную часть Римской империи, просуществовав более 1000 лет, пока не была
завоевана турками-османами в 1453 году. Подробно обсуждаются отделение
Византии от Римской империи, важность города Константинополя и факторы,
которые привели к краху империи. Статья также включает в себя глубокий
анализ византийского искусства, правовой системы и формирования
Православной церкви. Цель статьи — познакомить читателей с культурным и
историческим наследием этой великой империи.
Ключевые слова:
Византийская империя, Восточная Римская империя,
Константинополь, Византийская культура, Римское право, Православная
церковь, Византийское искусство, Причины падения империи, Средневековая
история, Законы Юстиниана, Византия, Историческое наследие.
Kirish
Vizantiya imperiyasi, qadimgi Rim imperiyasining sharqiy merosxo‘ri sifatida,
tarixda noyob va muhim o‘rin egallagan. 395-yilda Teodosiyning vafotidan so‘ng Rim
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
62
imperiyasida ichki mojorolarni bo’ladi va imperiya bo‘linishi natijasida tashkil
topgan bu davlat o‘zining uzoq davom etgan tarixi davomida dunyo siyosiy va madaniy
xaritasida katta iz qoldirdirgan bo’lib. Vizantiya o‘zining geografik joylashuvi juda
yaxshi bo’lganligi tufayli Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajardi va
shu bilan birga Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasidagi aloqalarning asosiy
o‘chog‘iga aylandi. Bu esa G’arb va Sharq madaniyati, uruf odatlari, kiyinish odobi
,hunarmatchilik, ilim fan, va boshqa turli sohalar almashunuv uchun zamin yaratdi.
Imperiyaning iqtisodiy va siyosiy qudrati asosan poytaxt Konstantinopolga bog‘liq
bo’lgan.
1
Konstantinopol shahri 330-yilda Konstantin I tomonidan qadimgi Vizantion
shahri o‘rnida asos solingan bo’lib u juda qisqa muddat ichida dunyoning eng yirik
va boy shaharlaridan biriga aylangan.
2
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, tarixiy
malumotlarga ko’ra 6-asrning oxirlariga kelib Konstantinopolning aholisi 500
mingdan oshgan bo‘lib, bu uni o‘rta asrlardagi eng yirik shaharlardan biriga
aylantirgan. Ushbu ko‘rsatkich nafaqat iqtisodiy kuch, balki imperiyaning strategik
ahamiyatini ham aks ettirgan. Vizantiya imperiyasining siyosiy tuzilmasi Rim huquqi
va merosiga asoslangan bo‘lib, uning boshqaruv tizimi kuchli markazlashgan harbiy
sitsategiyaga ega edi. Imperator hukmronligi absolutizmga asoslangan bo‘lib, davlat
va cherkov o‘rtasidagi integratsiyani o‘zida mujassamlashtirdi. Bu jarayon ko‘pincha
"Sesaropapizm" deb ataladi va pravoslav cherkovi rivojlanishida hal qiluvchi rol
o‘ynagan. Yustinian I hukmronligi davrida ishlab chiqilgan "Corpus Juris Civilis"
huquq kodeksi, o‘z davrida huquqiy islohotlarning asosi bo‘lgan bo’lsada keyinchalik
Yevropa mamlakatlarining huquq tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.
3
Madaniy jihatdan
Vizantiya imperiyasi qadimgi yunon va Rim an’analari, shuningdek, Sharq madaniy
elementlarini o‘zida akisettirgan noyob birlashma bo‘lgan. Imperiyaning san’ati va
arxitekturasi, xususan, mozaikalar, freskalar va monumental qurilishlar o‘sha davrda
noyob ijodiy yutuqlarni namoyon qilgan. Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya sobori VI
asrda qurilgan bo‘lib, o‘zining o‘lchamlari, muhandislik yechimlari va estetik
yuksakligi bilan insoniyat tarixidagi eng muhim inshootlardan biri hisoblanadi.
4
Imperiyaning geosiyosiy o‘rni va kuchi ko‘p asrlar davomida o‘z hududida tinchlik va
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ichki
ziddiyatlar,noroziliklar, iqtisodiy inqirozlar va tashqi bosqinlar imperiyaning qulashiga
olib keldi. Ayniqsa, Usmonli imperiyasining tashkil topishi va kuchayishi natijasida
Vizantiyaning zaiflashishiga olib kelgan omillar orasida asosiy o‘rinni egallaydi.
Usmonli imperiyasi tomonidan 1453-yilda Konstantinopolning fath etilishi bilan
1
2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Konstantinopol
3
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yustinian_I
4
"Ayo Sofiya" - tarix zarbalariga dosh bergan masjid - zarnews.uz
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
63
Vizantiya imperiyasi tarix sahnasidan chiqdi
5
, biroq uning madaniy va huquqiy merosi
zamonaviy dunyoga chuqur ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.
Adabiyot tahlili va metodologiya
Adabiyot tahlili
Vizantiya imperiyasining tarixi, madaniyati va siyosiy tuzilishi bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar keng qamrovli va xilma-xildir. O‘zbek tilida chop etilgan manbalar orasida
"Umumsan'at tarixi" nomli o‘quv qo‘llanmasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu asarda jahon
me'morchiligi va tasviriy san'atidagi badiiy jarayonlar, xususan, o‘rta asrlar Vizantiya
san'ati batafsil yoritilgan. Qo‘llanmada Vizantiya me'morchiligi va tasviriy san'atining
shakllanishiga ta'sir ko‘rsatgan asosiy omillar, sanamnavislikning badiiy kanonlari va
o‘ziga xos uslubiy jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, "Jahon tarixi II" o‘quv
dasturida Vizantiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar, imperiya mudofaa qobiliyatining
susayishi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Bu kabi manbalar Vizantiya imperiyasining
turli jihatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Metodologiya
Ushbu maqolada Vizantiya imperiyasini o‘rganish uchun tarixiy-tahliliy metod
qo‘llaniladi. Bu qollanma orqali imperiyaning strategiyasini organib, tarixda tutgan
o’rni, siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichlari, shuningdek, uning
qulashiga olib kelgan omillar chuqur tahlil qilamiz. Bundan tashqari, qiyosiy tarixiy
metod yordamida Vizantiya imperiyasining boshqa zamondosh davlatlar bilan o‘zaro
ta'siri va farqlari aniqlanadi. Tadqiqot davomida statistik ma'lumotlardan keng
foydalanish natijasida imperiyaning hududiy kengayishi, aholi soni va iqtisodiy
ko‘rsatkichlari haqida aniq tasavvur hosil qilinadi. Masalan, 565-yilda imperiya aholisi
26 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 1282-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 milliongacha
kamaygan. O’lat turli kasalliklar va urushlar natijasida 5 million inson halok bo’lgan.
Bunday raqamlar imperiyaning demografik o‘zgarishlarini tushunishda muhimdir.
Shuningdek, san'at va me'morchilik sohasidagi yutuqlarni o‘rganishda ikonografik
tahlil usuli qo‘llaniladi. Bu usul orqali Vizantiya san'atining o‘ziga xos xususiyatlari
va ularning davr madaniyatidagi o‘rni aniqlanadi. Maskur izlanishlar tadqiqotning
ilmiy asoslangan va kompleks bo‘lishini ta'minlaydi.
Muhokama
Vizantiya imperiyasi, nomidan tashqari, Sharqiy Rim imperiyasi nomi bilan ham
tanilgan, Rim imperiyasi bo‘linishi natijasida uning o’rnida sharqiy qismida Rim
imperiyasining davomchisi Vizantiya qayta tashkil topadi. Poytaxti Konstantinopol
(hozirgi Istanbul) bo‘lgan bu imperiya o‘zining ming yildan ortiq davom etgan tarixi
davomida Yevropa, Osiyo va Afrika qitʼalarida muhim geosiyosiy rol o‘ynagan.
Imperiyaning hududi eng ravnaq topgan davrida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo,
5
https://en.wikipedia.org/wiki/Mehmed_II#/media/File:Gentile_Bellini_003.jpg
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
64
Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, G‘arbiy Armaniston
va Gurjiston, Qrim yarim oroli, Kipr va Krit orollarini o‘z ichiga olgan. Aholisi esa
565-yilda 26 millionga yetgan, ammo 1282-yilga kelib turli omillar sabab 5
milliongacha kamaygan.
Imperator Yustinian I (527–565) yillar oraligida Vizantiya
gullab yashnadi va o‘zining eng qudratli davrini boshdan kechirdi. Yustinian I
hukmronligi davrida imperiya hududi kengayib, Shimoliy Afrika, Italiya va
Ispaniyaning janubiy qismlari qaytadan qo‘shib oldi. Bundan tashqari, Yustinian I
tomonidan huquqiy islohotlar amalga oshirilib, "Corpus Juris Civilis" nomi bilan
mashhur bo‘lgan Rim huquqi kodifikatsiyasi yaratildi. Vizantiya imperiyasi o‘zining
madaniy merosi, ayniqsa, sanʼat, arxitektura va shunga o’hshash ko’plab sohalaridagi
yutuqlari bilan ajralib turadi. Masalan, Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi
VI asrda qurilgan bo‘lib, o‘sha davr arxitekturasining eng yuksak namunalaridan biri
desak mubolag’a bo’lmaydi . Vizantiya Imperiya 1453-yilda Usmonli turklar
tomonidan Konstantinopolning zabt etilishi bilan nihoyasiga yetdi.
6
Bu voqea o‘rta
asrlarning tugashi va yangi davrning boshlanishi sifatida tarixda muhim ahamiyat ega
bo’ldi . Yuqoridagi ma'lumotlar asosida, Vizantiya imperiyasining siyosiy tizimi
davrida uning hududiy kengayishi va qisqarishi, aholi sonining o‘zgarishi kabi statistik
ko‘rsatkichlar imperiyaning siyosiy va iqtisodiy holatini aks ettiradi. Shuningdek,
madaniy yutuqlar, xususan, arxitektura va huquq sohasidagi islohotlar, imperiyaning
o‘z davridagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Biroq, ichki ziddiyatlar, iqtisodiy inqirozlar va
tashqi bosqinlar imperiyaning zaiflashishiga va oxir-oqibatda qulashiga olib kelgan.
Bu omillarni chuqurroq o‘rganish kelajakdagi tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga
ega bo’ladi.
Xulosa
Vizantiya imperiyasi dunyo tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
davlatlardan biri bo‘lib, uning ming yildan ortiq davom etgan tarixi butun dunyo
siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlariga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Vizantiya
imperiya Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajargan va qadimgi Rim
an’analari bilan Sharq sivilizatsiyalari elementlarini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirgan.
Ayniqsa, uning boshqaruv tizimi, huquqiy islohotlari, san’ati va arxitekturasi
zamonaviy dunyo rivojlanishiga bevosita ta’sir qilgan. Imperiyaning siyosiy tuzilmasi
kuchli markazlashgan boshqaruv tizimiga asoslangan bo‘lib, cherkov va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik uni boshqa davlatchilik shakllaridan farqlantirgan. Bu
integratsiya nafaqat diniy sohada, balki huquq va ijtimoiy masalalarda ham iz
qoldirgan. Yustinian I davrida amalga oshirilgan "Corpus Juris Civilis" kabi huquqiy
islohotlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida huquqiy tizimlarning shakllanishida asos
bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, Vizantiya o‘zining madaniy merosi bilan ham
6
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vizantiya_imperiyasi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
65
alohida ajralib turadi. Konstantinopoldagi Avliyo Sofiya sobori, Vizantiya
ikonografiyasi, mozaika va freskalar o‘sha davr san’atining yuksak cho‘qqilari sifatida
qaraladi. Ushbu yutuqlar imperiyaning faqat siyosiy qudrati bilangina emas, balki
madaniy jihatdan ham o‘z davrida yetakchi ekanligini ko‘rsatadi. Shunga qaramay,
Vizantiya imperiyasining tarixida ichki ziddiyatlar, iqtisodiy inqirozlar va tashqi
bosqinlar kabi salbiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, Usmonli turklar
tomonidan boshlangan bosqinlar va 1453-yilda Konstantinopolning zabt etilishi
imperiyaning tarix sahnasidan chiqishiga olib keldi. Bu hodisa o‘rta asrlarning tugashi
va yangi davrning boshlanishi sifatida tarixda alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda
Vizantiya imperiyasining merosi nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki zamonaviy
dunyo uchun ham muhim saboqlarni o‘z ichiga oladi. Bu merosdan davlat boshqaruvi,
huquqiy islohotlar va madaniyat sohasida ko‘plab o‘rnaklar olish mumkin. Misol
uchun, global iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlarida Vizantiya imperiyasi
tajribasi zamonaviy davlatlar uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, ilmiy
tadqiqotlarda Vizantiya imperiyasi madaniyati va boshqaruv tizimini chuqurroq
o‘rganish orqali tarixning ko‘plab noma’lum jihatlarini yoritish mumkin. Bu esa
nafaqat tarixchilar uchun, balki keng jamoatchilik uchun ham qiziq bo‘lishi shubhasiz.
Xulosa qilib aytganda, Vizantiya imperiyasi o‘zining boy tarixi, madaniyati va siyosiy
merosi bilan insoniyat rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan. Ushbu imperiya
nafaqat tarixiy davri, balki zamonaviy dunyo uchun ham chuqur o‘rganilishga arziydi.
Kelajakdagi tadqiqotlar orqali uning merosini yanada kengroq yoritish va uni
chuqurroq anglash imkoniyatlari mavjud.
Adabiyotlar
1.
Jeffreys, Elizabeth, Haldon, John, Cormack, Robin. The Oxford Handbook of
Byzantine Studies. Oxford University Press.
2.
Herrin, Judith. Byzantium The Surprising Life of a Medieval Empire.
Goodreads..
3.
Ostrogorsky, George. History of the Byzantine State. Google Books.
4.
Cormack, Robin. Byzantine Art.
5.
Blume, Fred H. Corpus Juris Civilis Yustinian I huquqiy kodeksi. University of
Wyoming.
6.
JSTOR. Vizantiya imperiyasi haqidagi ilmiy maqolalar. JSTOR.
7.
Harris, Jonathan. Byzantine Empire and the Crusades. ResearchGate.
8.
Laiou, Angeliki, Morrisson, Cécile . The Economic History of Byzantium.
Dumbarton Oaks.
Foydalanilgan saytlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
66
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yustinian_I
"Ayo Sofiya" - tarix zarbalariga dosh bergan masjid - zarnews.uz
https://en.wikipedia.org/wiki/Mehmed_II#/media/File:Gentile_Bellini_003.jpg
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vizantiya_imperiyasi