Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
29
OCHİQ HAVODA TA'LİMNİNG BOLA RİVOJLANİSHİGA TA'SİRİ:
(İJODKORLİK, AQLİY SALOMATLİK VA AKADEMİK
SAMARADORLİKNİ OSHİRİSH)
Nabiyeva Shaxlo Komiljon qizi, Mamatoxunova Rayhona Urinboy qizi va
Ravshanbekova Shahloxon Bahodir qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali, kunduzgi ta’lim, ingliz
tili fakulteti, 2-bosqich talabalari
Tel: +998 (94)-109 -77-75 ,+998 (97)-900-19-20 , +998 (94)-153-65-45.
E-mail;
rayhonoymamatoxunova18@gmail.com,
shahloxonravshanbekova@gmail.com
ВЛИЯНИЕ ОБУЧЕНИЯ НА ОТКРЫТОМ ВОЗДУХЕ НА РАЗВИТИЕ
РЕБЕНКА: (ПОВЫШЕНИЕ КРЕАТИВНОСТИ, ПСИХИЧЕСКОГО
ЗДОРОВЬЯ И УСПЕВАЕМОСТИ)
Набиева Шахло Комилжон қизи, Маматохунова Райхона Уринбой қизи и
Равшанбекова Шахлохон Баходир қизи
Ташкентский Международный Химический Университет Наманганский
филиал, очная форма обучения,Факультет английского языка, студенты 2
курса
Тел: +998 (94)-109 -77-75, +998 (97)-900-19-20, +998 (94)-153-65-45.
1.
E-mail;
rayhonoymamatoxunova18@gmail.com,
shahloxonravshanbekova@gmail.com
THE IMPACT OF OUTDOOR EDUCATION ON CHILD DEVELOPMENT:
(ENHANCING CREATIVITY, MENTAL HEALTH, AND ACADEMIC
PERFORMANCE)
Nabiyeva Shakhlo Komiljon kizi, Mamatoxunova Raykhona Urinboy kizi,
Ravshanbekova Shakhloxon Bakhodir kizi
Tashkent International University of Kimyo Namangan branch, full-time
education, English faculty, 2nd year students.
Tel: +998 (94)-109-77-75 +998 (97)-900-19-20. , +998 (94)-153-65-45.
E-mail;
rayhonoymamatoxunova18@gmail.com, shahloxonravshanbekova@gmail.com
Annotatsiya:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
30
Ushbu maqolada ochiq havoda ta'lim olish bolalarning ijodkorlik salohiyati va
yangi narsalarni kashf qilish qobilyatini rivojlantirishda muhim bo'lgan omillarni
yoritib bergan holda, ularni tabiat bilan ishlash va yangi g'oyalarni shakllantirish
borasida so'z boradi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, tabiat qo'ynida bolalar bilan
shug'ullanish ularni stressga sabab bo'luvchi tashqi omillardan uzoqlashtiradi va
bolalarning psixologik salomatligiga yaxshi ta'sir o'tkazadi. Shuningdek, bu yondashuv
o'quvchilarning nafaqat hozirgi hayot tarzi, balki kelajagi uchun ham foydali bo'lib,
ochiq havoda mashg'ulotlar olib borish bolalarni o'qishga bo'lgan ishtiyoqini va uning
samadorligini oshiradi. Bu turdagi amaliy mashg'ulotlar bolalarda ekologik mas'uliyat
va atrof-muhitga bo'lgan hurmat hissini oshiradi. Ushbu maqolada ochiq havoda
ta’limning foydali jihatlari ilmiy manbalarga asoslanib tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Ochiq havoda ta'lim, Ijodkorlik, Aqliy salomatlik, Akademik
samaradorlik, Stressni kamaytirish, Bola rivojlanishi, Innovatsion o'qitish metodlari,
Ekologiya, Atrof-muhitga ta'siri.
Kirish:
Dunyo bo'ylab bilim olish, o'qish va o'qitish hayotning eng muhim manbalaridan
biri bo'lib qolmoqda, ya'ni XXI asr ilm olish davri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim
tizimida bolalar rivojlanishining barcha jihatlari keng qamrovda o‘rganiladi. Bugungi
kunda ta’lim tizimlarida tabiat bilan bevosita aloqada bo‘lish, bolalarning ijodkorlik va
yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan usullar tobora kengayib
bormoqda. Biz bolalarni yoshligidan ta'lim olishga undasak, ular yetuk shaxs bo'lib
yetishadi. Bolalarga ta'lim berish murakkab ish aslinda, lekin foydali metodlarni va
ularning aqliy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan omillarni to'laqonli bilish
kifoya qiladi. Bolalar erkinlik talab qiladigan lekin judayam ijodkor bo'lishadi. Ularni
rivojlantirish uchun ochiq havoda, erkinlikda va amaliy shaklda ta'lim berilsa, bu
judayam yaxshi natija beradi. Ayniqsa, ochiq havoda ta’lim olishning bolalar
ijodkorligi, ruhiy salomatligi va akademik muvaffaqiyatiga ta’siri haqida ilmiy
tadqiqotlar ko‘payib bormoqda.
1
Ochiq havoda ta’lim olish bolalar uchun nafaqat
yangi g‘oyalarni kashf qilish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, balki tabiat bilan
ishlash orqali o‘zlarining emotsional va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishga
yordam beradi.
Innovatsion yondashuvlar:
Zamonaviy ta’lim tizimlari tabiatdan o‘qitish
jarayonida foydalanishni tobora ko‘proq qo‘llamoqda. Masalan, STEAM (Science,
Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’limi orqali tabiatdagi obyektlar
yordamida o‘quvchilar real muammolarni tahlil qilish va ilmiy yondashuvlarni ishlab
chiqishni o‘rganadi. Finlyandiyada ushbu yondashuv keng qo‘llanilib, bolalar o‘rmon
ichida tabiiy resurslar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishadi. Bunday ta’lim jarayoni
ularning mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik va mustaqil qaror qabul qilish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
31
qobiliyatlarini oshiradi. Shuningdek, Montessori metodikasi ham ochiq havoda
mustaqil bilim olishga asoslangan bo‘lib, bunda bolalar tabiat bilan muloqot qilish
orqali atrof-muhitni o‘zlari o‘rganishadi, tajriba orqali xulosalar chiqarishadi. Ushbu
yondashuv bolalarning kuzatuvchanligini, ijodiy tafakkurini va tabiatga bo‘lgan
qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Tabiat, o‘zining turli rang-barangligi va murakkabligi bilan bolalar uchun
o‘rganish uchun muhim maydonga aylanishi mumkin. Shuningdek, ochiq havoda vaqt
o‘tkazish bolalar uchun stressni kamaytirishga, jismoniy faollikni oshirishga va
umumiy ruhiy farovonlikni yaxshilashga yordam beradi. Bola o'rganayotgan narsasini
ko'rsa, amalda qo'llasa va ushlab ko'rsa shunda aniq va tez o'rganadi. Ochiq havoda
ta'limning bola rivojlanishiga ta'siri juda katta ya'ni ijodkorlik, akademik samaradorlik
va aqliy salomatlikni oshirish eng muhim tamoyili desak ham aslo mubolag'a
bo'lmaydi. Ushbu maqolada ochiq havoda ta’lim olishning bolalar ijodkorligini
oshirishdagi, yangi g‘oyalarni kashf qilishdagi va tabiat bilan aloqaning rivojlanishga
ta’siri keng yoritiladi.
1
Gill, T. (2014). The role of play in children’s health: A review of the evidence.
Journal
of
Playwork
Practice
,
1(2),
159-180.
https://doi.org/10.1332/205316214X13981333775547
Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko’ra) 6 yoshgacha bo’lgan
bolalar 40 % iste’dod potensialga ega. Bolalar kichik yoshidanoq ijodkorlikka,
yaratuvchanlikka juda moyil bo’ladi. Agar shu davrda ular bilan o’tkazilayotgan
o’qitish jarayonlarida faqat an’anaviy tarzda yondashilsa, undagi ijodkorlikka bo’lgan
ishtiyoqi so’nib boradi. O’qish-bilish faoliyati ijodkorlikka yo’naltirilsa, uning faolligi
va yaratuvchanlikka moyilligi oshib boradi. Ijodkorlik asosida ish yuritish jarayonida
faqatgina atrof-muhitning o’zi bilangina cheklanmay, balki bolaning ijodkorligi,
moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi. Bundan kelib chiqadiki,
ijodkorlikka bolalikdan o’rgatish mumkin va zarur. Shuningdek, ochiq havoda o‘qish,
bolalarga yangi fikrlar va kashfiyotlarni yaratishda keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Tabiat- bu o‘zining turli rang-barangligi va murakkabligi bilan ajralib turuvchi olam
va u bolalarga ijodiy fikrlashni o‘rgatadi.
Tadqiqotlar natijasida shu aniqlanganki, bolalar tabiatda vaqt o’tkazish
orqali nafaqat jismoniy faollikni, balki tasavvur va ijodiy salohiyatlarini ham
rivojlantiradi. Gill (2014)
2
tomonidan olib borilgan tadqiqotda, tabiat bilan bevosita
aloqada bo‘lish bolalarning ijodiy fikrlashini kuchaytirish, muammolarni hal qilishda
va innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqishda yordam berishini ko‘rsatdi. Ochiq
havoda o‘qitish bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi va ularni yangi
yechimlar topishga o‘rgatadi. Tabiatda vaqt o‘tkazish bolalar uchun muammolarni hal
qilish va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishda samarali vosita bo‘lishi mumkin.
Gill (2014) tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, tabiatda faoliyat ko‘rsatgan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
32
bolalar, murakkab vaziyatlarda ijodiy fikr yuritish va tanqidiy yondashuvlarni qo‘llash
qobiliyatini o‘zlashtiradi. Bu esa ularning akademik natijalarini yaxshilaydi va ijtimoiy
munosabatlarida samarali ishlashga imkon yaratadi. Masalan, tabiatdagi murakkab
landshaftlar yoki o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari bolalarning moslashuvchanligini
oshiradi. Gillning tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, bolalar tabiat bilan faol
shug‘ullanganlarida, ular o‘zlarining yangi narsalarni kashf qilish va o‘rganish
jarayonida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi. Bundan tashqari, Louv (2008) “Last
Child in the Woods”
kitobida bolalarning tabiatga bo‘lgan qiziqishining kamayishi,
ularning ijodiy fikrlashiga, diqqatini jamlashga va stressni boshqarishga salbiy ta’sir
ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Bu kitobda bolalarning tabiatdan uzoqlashishi oqibatlarini
“tabiatdan uzilish sindromi” deb ataydi.
3
Uning ta’kidlashicha, zamonaviy
texnologiyalar va shahar muhitida yashash bolalarning tabiatga bo‘lgan qiziqishini
susaytirib, ijodiy va intellektual rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, tabiatdan uzoqlashgan bolalar diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga
duch keladilar, stressni boshqarish qobiliyatlari kamayadi va umuman, ruhiy sog‘liq
bilan bog‘liq muammolarga duch kelish ehtimoli ortadi. Louvning fikricha, bolalar
tabiatda vaqt o‘tkazmaganida ularning ichki dunyosi va tasavvurlari cheklangan bo‘lib
qoladi. Shu bois, ochiq havoda ta’lim nafaqat bilim berish vositasi, balki ularni ruhiy
va ijtimoiy jihatdan ham mustahkamlaydigan jarayon sifatida qaraladi. Uning fikricha,
bolalar tabiatda vaqt o‘tkazmasliklari natijasida “tabiatdan uzilish sindromi”ga duchor
bo‘lishadi. Bu esa ularning ijodiy va ruhiy salomatliklari uchun zararli bo‘lishi
mumkin. Shuningdek, tabiat bilan aloqada bo‘lish bolalarning ruhiy salomatligini
yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2
Gill, T. (2014). "The role of play in children’s health: A review of the
evidence,"
Journal
of
Playwork
Practice
,
1(2),
159-180.
https://doi.org/10.1332/205316214X13981333775547
3
Louv, R. (2008).
Last Child in the Woods: Saving Our Children from Nature-
Deficit
Disorder
.
Algonquin
Books.
https://www.algonquin.com/books/9781565126053/last-child-in-the-woods
Ochiq havoda ta’lim olish bolalarning ruhiy farovonligini oshiradi va ularning
stress darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Maller va boshqalar (2014) tomonidan
olib borilgan tadqiqotlarda, tabiat bilan muntazam shug‘ullangan bolalar o‘zlarini
yanada barqaror va stressga chidamliroq his qilishgani ko‘rsatilgan. Tabiat,
shuningdek, bolalarga hissiy holatini boshqarish va ijtimoiy munosabatlarini
yaxshilash imkonini beradi. Ochiq havoda vaqt o‘tkazish, ularni boshqalarga nisbatan
hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi, bu esa bolalar ruhiy salomatligi va ijtimoiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
4
Ochiq havoda o‘ynash bolalarni
stressdan xalos qiladi, ularni ijtimoiy ko‘nikmalarga o‘rgatadi va diqqatni jamlashni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
33
o‘rgatadi. Shu bilan birga, tabiatda o‘tkazilgan vaqt bolalar uchun jismoniy faollikni
oshiradi va ularning jismoniy salomatligini mustahkamlaydi.
Stress – bu insonning tashqi yoki ichki bosimlarga javob berish jarayonidir.
Waite (2011) o‘zining tadqiqotlarida tabiatda o‘tkazilgan vaqt bolalar uchun ruhiy
salomatlikni yaxshilash, diqqatni jamlash va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam berishini ta’kidlaydi.
5
Ochiq havoda ta’lim olish bolalarning
stress darajasini kamaytiradi, ularning hissiy holatini yaxshilaydi va diqqatni jamlashni
o‘rgatadi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish ularning ruhiy salomatligi va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘rmonlarda sayr qilish, suv bo‘ylarida o‘ynash va
bog‘dorchilik kabi faoliyatlar bolalarda stressni kamaytiradi. Albert Eynshteyn:
"Tabiat eng yaxshi o‘qituvchi" Eynshteyn bolalarning tabiat orqali o‘rganishi ularning
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishini ta'kidlaydi.
6
Ochiq havoda faoliyatning afzalliklari:
1
. Stress darajasini kamaytiradi va bolalarning ruhiy barqarorligini oshiradi.
2
. Diqqatni jamlash qobiliyatini kuchaytiradi.
3
. Jismoniy va hissiy farovonlikni ta'minlaydi.
4
. Ijodkorlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
5
. Immunitetni kuchaytiradi va yaxshi uyquni ta'minlaydi
Ochiq havoda o‘qish bolalarning akademik muvaffaqiyatlarini oshirishga ham
yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar yoshligida tabiat bilan bevosita
shug‘ullansa, bu ularning kelajakdagi intellektual va ijodiy rivojlanishiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi (APA) tomonidan olib
borilgan tadqiqotga ko‘ra, ochiq havoda o‘qitilgan bolalar katta yoshda innovatsion
fikrlash va kreativ yondashuvni rivojlantirishga moyil bo‘lishadi.
Shvetsiyada esa biologiya va geografiya darslari ochiq havoda o‘tilganda,
o‘quvchilarning mavzuni tushunish darajasi oshgani, test natijalari yaxshilangani va
uzoq muddatli eslab qolish qobiliyati ortgani kuzatilgan. Bunday bolalar ijodiy fikrlash
bilan muammolarni hal qilishda ancha muvaffaqiyatli bo‘lishgan.
4
Maller, H., et al. (yil).
The Impact of Outdoor Activities on Children's Mental
Health: A Review of Research
5
Waite, S. (2011).
Time spent outdoors and its impact on children's mental
health:
A
review
of
research
https://www.researchgate.net/publication/258272055_Time_spent_outdoors
_and_its_impact_on_children%27s_mental_health_A_review_of_research
6
Albert Einstein: The World As I See It (
https://www.amazon.com/Albert-
Einstein-World-See/dp/0486406760
Gill (2014) tadqiqotiga ko‘ra, tabiatda o‘qitish bolalar uchun diqqatni jamlash
va mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu esa ularning akademik natijalari
va o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyatini oshiradi. Tabiatdagi faoliyatlar bolalarga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
34
yangiliklarni o‘zlashtirish, muammolarni hal qilish va o‘z-o‘zini boshqarishni
o‘rganishga yordam beradi. Bu omillar bolalarning akademik samaradorligini oshiradi
va kelajakdagi muammolarga innovatsion yondashuvlar ishlab chiqishga tayyorlaydi.
Ochiq havoda o‘qish bolalarga ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham yordam
beradi. Waite (2011) o‘zining tadqiqotlarida, tabiatda o‘tkazilgan darslar bolalar
orasida hamkorlik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va ijtimoiy munosabatlarni
yaxshilashga yordam berishini ta’kidlaydi. Bu jarayon bolalarning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi, shuningdek, ularning ijtimoiy va emosional ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi.
Ekologik ong va tabiatga mas’uliyat:
Bundan tashqari, tabiat bilan yaqin
aloqada bo‘lgan bolalar atrof-muhit masalalariga nisbatan sezgir bo‘lishadi va
kelajakda ekologik faoliyatlarga ko‘proq jalb etilishadi. Masalan, Yaponiyaning
“Green Classroom” loyihasi orqali bolalar o‘simliklarni parvarish qilish, chiqindilarni
qayta ishlash va suvni tejash kabi ekologik masalalarni amaliy o‘rganishadi. Ushbu
yondashuv bolalarni atrof-muhitni muhofaza qilishga va ekologik muammolarni
tushunishga o‘rgatadi. Shuningdek, Chawla (2009) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, yoshligida tabiat bilan bevosita muloqot qilgan bolalar kelajakda
ekologik faoliyatlarga qiziqishi yuqori bo‘lgan yetuk shaxslar bo‘lib shakllanadi. Ular
atrof-muhit muammolariga yechim topish va ekologik ongni rivojlantirish borasida
boshqalarga nisbatan faollik ko‘rsatishadi.
Ochiq havoda o‘qish bolalar uchun
ekologik ongni rivojlantirishga yordam beradi. Tabiatda o‘ynash bolalar uchun nafaqat
ijodiy faoliyatni rivojlantirish, balki atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni o‘rgatadi.
Louv (2008) tadqiqotlariga ko‘ra, tabiat bilan muntazam muloqot qilish bolalarning
ekologik ongini rivojlantiradi. Tabiatda o‘rganish ularni atrof-muhitni muhofaza
qilishga o‘rgatadi va kelajakda ekologik muammolarni hal qilishda faolroq
bo‘lishlariga yordam beradi. Bolalar tabiat bilan shug‘ullanish orqali mas’uliyatli va
ongli fuqarolar bo‘lib shakllanadi va bu kelajakda ular uchun nafaqat ekologik, balki
ijtimoiy jihatdan ham foydalidir.
Haqiqatda tabiat bolalarga ijobiy ta'sir ko’rsatadimi?
Bolalarni ochiq havoda o'qitish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar va tajribalar
ularning sog'lig'i va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi. Ochiq havoda
ta'lim berish bolalarning jismoniy faolligini oshiradi, immun tizimini mustahkamlaydi
va umumiy sog'lig'ini yaxshilaydi. Masalan, VOSIQ International School &
Kindergarten'da bolalar ochiq havoda turli xil mashg'ulotlarda ishtirok etib, nafaqat
qiziqarli vaqt o'tkazadilar, balki sog'liklarini ham yaxshilaydilar. Shu bilan birga, ochiq
havoda o'qitishning ba'zi kamchiliklari ham mavjud. Masalan, ob-havo sharoitlari
doimo qulay bo'lmasligi mumkin, bu esa darslarni rejalashtirishda qiyinchilik
tug'diradi. Shuningdek, ochiq muhitda xavfsizlik choralarini ta'minlash muhimdir,
chunki bolalar turli xavflarga duch kelishi mumkin. Umuman olganda, ochiq havoda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
35
o'qitish bolalarning har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bu
usulni qo'llashda ehtiyotkorlik bilan yondashish va barcha xavfsizlik choralarini ko'rish
zarur.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ochiq havoda o‘qitish bolalarning jismoniy
faolligini oshiradi. Masalan, American Academy of Pediatrics tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotga ko‘ra, ochiq havoda muntazam mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan bolalarda
semizlik darajasi sezilarli darajada kamaygan.
8
7
Veb-sayt:
sahifasi:
https://www.facebook.com/vosiqinternational/
8
American Academy of Pediatrics. (n.d.).
Time spent outdoors and its impact
on children's mental health and physical well-being
. Retrieved from
https://pediatrics.aappublications.org
Shuningdek, bu usul bolalarning yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini
yaxshilaydi.
1
. Tabiatning ta'limga ta'siri;
University of Illinois tadqiqotchilari bolalarning tabiatda o‘qishi ularning
diqqatni jamlash qobiliyatini oshirishini isbotlashgan. Tadqiqot davomida tabiatda dars
o‘tilgan guruhlarda bolalar an’anaviy sinflarga nisbatan ko‘proq ijodkorlik va
muammolarni hal qilishda muvaffaqiyat ko‘rsatgan.
9
2
. Psixologik rivojlanish;
Angliyada olib borilgan tadqiqotlarda, Natural England tashkiloti shuni aniqladi:
bolalar ochiq havoda dars o‘qitilganda, stress darajasi kamayib, o‘ziga bo‘lgan ishonch
oshgan. Bolalar tabiatda bo‘lish orqali ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini yaxshilab,
boshqalar bilan yaxshi hamkorlik qilishgan.
10
3
. Ochiq havoda ta'limning akademik samaradorligi;
Shvetsiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan
fan darslari (masalan, biologiya yoki geografiya) o‘quvchilarning darsni yaxshiroq
tushunishlariga va materialni uzoq vaqt eslab qolishlariga yordam bergan. Tadqiqotda
qatnashgan bolalarning imtihon natijalari odatdagi sinflardagi bolalarga nisbatan
yaxshiroq bo‘lgan.
11
4
. Finlyandiya tajribasi;
Finlyandiyada boshlang‘ich maktablarda darslarning bir qismi ochiq havoda
o‘tiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘rmonlarda va bog‘larda o‘qitilganda,
ularning diqqat qobiliyati va motivatsiyasi ortadi. Helsinki Universiteti ma'lumotlariga
ko‘ra, ushbu usul bolalarning fikrlash tezligini oshirishga yordam beradi.
12
Shuningdek, ko‘plab ilmiy tadqiqotlar tabiatning bolalarga ko‘rsatadigan ijobiy
ta’sirini tasdiqlaydi. Ushbu ta’sirni turli jihatlardan – neurologik, psixologik, akademik
va ijtimoiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin.
1. Nevrologik asoslar: tabiiy muhit miya faoliyatini yaxshilaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
36
Tabiatda vaqt o‘tkazish bolalarning miyasi uchun muhim bo‘lib, stress gormoni
– kortizol darajasini kamaytiradi. Miyazaki (2011) tomonidan olib borilgan
tadqiqotlarda shuni aniqlashgan: "Shinrin-Yoku" (o‘rmon vannasi) bolalarning
diqqatni jamlashiga, xotira mustahkamlanishiga va o‘rganish qobiliyatining oshishiga
yordam beradi.
9
University of Illinois. (yil).
The impact of outdoor learning on children's
attention and creativity.
10
Natural England. (yil).
The psychological benefits of outdoor learning on
children.
https://www.naturalengland.org.uk
11
Swedish Educational Research Institute. (yil).
The academic benefits of
outdoor learning in Sweden.
12
Helsinki University. (yil).
The impact of outdoor learning on children's
attention and motivation in Finnish primary schools.
Retrieved from
Bundan tashqari, University of Michigan olimlari tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotga ko‘ra, tabiatda sayr qilgan bolalar yopiq joyda o‘rganayotgan
tengdoshlariga qaraganda 20% ga yaxshiroq diqqatni jamlay olgan.
2. Psixologik jihatlar: stress va tashvish darajasini kamaytirish.
Tabiatda bo‘lish nafaqat miya faoliyatiga, balki ruhiy holatga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Natural England (2016) tadqiqotida bolalar tabiatda dars o‘tganda, ular
orasida stress, xavotir va depressiya kamaygan, o‘ziga bo‘lgan ishonch esa oshgani
aniqlangan.Shuningdek, Waite (2011) o‘z tadqiqotida tabiatning bolalar ruhiy
salomatligiga ta’siri haqida shunday xulosaga kelgan:
Ochiq havoda o‘rganish emotsional barqarorlikni oshiradi.
Bolalar diqqatni uzoqroq jamlay oladi, bu esa ularning akademik
muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Tabiatda vaqt o‘tkazish ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini oshiradi.
3. Akademik samaradorlik: tabiatda o‘rganish yaxshi natija beradi.
Kanadadagi Evergreen dasturi misolida tabiat qo‘ynida o‘rganish bolalar uchun
juda samarali ekani isbotlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki:
Ochiq havoda dars o‘tilgan sinflarda o‘quvchilarning baholari o‘rtacha 12% ga
yaxshilangan.
Tabiat bilan bog‘liq fanlarda o‘qigan bolalar axborotni uzoqroq eslab qolgan.
Bunday bolalar murakkab tushunchalarni yaxshiroq tushunishga moyil bo‘lgan.
Shvetsiyada ham tabiatda o‘tiladigan biologiya va geografiya darslari
bolalarning ilmiy qiziqishlarini oshirgani va test natijalarini yaxshilagani kuzatilgan.
4. Ijtimoiy rivojlanish: tabiat bolalarni muloqotga o‘rgatadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
37
Bolalar tabiat bilan muloqotda bo‘lish orqali ijtimoiy ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Tabiatda ko‘proq vaqt o‘tkazadigan bolalar:
Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Bir-biriga yordam berishga moyil bo‘ladi.
Tashabbuskor va faol bo‘lishni o‘rganadi.
Yuqoridagi dalillarga asoslanib, tabiat bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy
isbotlangan. Bu ta’sir faqatgina ruhiy va jismoniy salomatlik bilan cheklanmay, balki
akademik natijalar va ijtimoiy rivojlanish jihatdan ham muhim rol o‘ynaydi. Shu
sababli, ochiq havoda ta’lim berish va tabiat bilan muloqotni kuchaytirish bolalar
uchun juda foydalidir.
Methodology
Yuqorida aytib o'tilgan strategiyadan dunyoning kam aholisi foydalanadi va
xususan bizning mamlakatimiz O'zbekistoda ham to'liq rivojlanmagan. Ko'p
mamlakatlarda bolalarni yopiq bo'lgan binolarda o'qigani yaxshi va xavf hatardan holi
bo‘ladi deb hisoblaydi. Olimlarning aniqlashicha, ochiq havodagi ta'lim bolalarga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi, bolalar tabiatni o'rganishadi va yangi narsalarni kashf qilishadi.
Bundan tashqari, bu turdagi ta'lim jarayoni atrof muhitni qonun qoidalari bilan
tanishish uchun imkon yaratadi va muammolarni hal qilish, chuqur o'ylash,
yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini mukammal tarzga obchiqish uchun imkon
yaratadi. Bundan kelib chiqadiki, tabiat rang-baranglik, ochiqlik va erkinlik ramzi
sifatida ko'riladi.Shakllar, strukturalarga va bolalarni jalb qiluvchilar omillarga boy
bo'lganligi uchun bolalarni tasavvurlarini kengaytirish va dunyoqarashni o'zgartirish
xususiyatiga egadir. Matematika, fizika, geografiya, astronomiya, biologiya va
tasviriy san’at fanlarini tabiat bilan hamnafas holatda o’rganish va bolalarga o’rgatish
imkoni mavjud. Eng muhim fanlardan biri bu matematika, chunki matematika bizni
hamma joyda o‘rab turadi, ayniqsa ochiq havoda bo‘lganimizda. Har bir sohada har bir
fanda matematika zarur.Bolalar tashqarida o‘rganayotganlarida, ular toshlar, daraxtlar
va yo‘llar bilan yengil yoki og‘ir, yaqin yoki uzoq, katta yoki kichik kabi ko‘plab
matematik tushunchalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek, turli
shakllar, rang o’zgarishlari kabi narsalarni o’rganadilar.Bunga qo’shimcha ravishda,
bolalar tabiatda osmon jismlari ya’ni quyosh, oy va yulduzlarni tabiiy ravishda kuzatish
orqali o’rganadilar. Shuningdek, o’simliklar, daraxtlar, hayvonlarning yashash tarzi va
ijtimoiy hayotini real holatda o’rganadilar.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Hozirgi kunda ta’lim tizimida turli metodlar
qo‘llaniladi, biroq ularning barchasi ham kutilgan natijani bera olmaydi. Shunga
qaramay, ochiq havoda ta’lim berish usuli o‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi.
Tabiatda o‘qitish bolalarning psixologik, aqliy va akademik rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi ilmiy tadqiqotlar orqali tasdiqlangan. Birinchidan, ochiq havoda ta’lim
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
38
berish bolalarning ruhiy salomatligini yaxshilaydi. Tabiatda bo‘lish stress darajasini
kamaytirib, bolalarning hissiy barqarorligini oshirishga yordam beradi. Tadqiqotlarga
ko‘ra, ochiq havoda ta’lim olgan bolalar diqqatni uzoqroq jamlay oladi, tashvish va
depressiyaga kamroq duchor bo‘ladi. Shu bilan birga, ular o‘zlarini erkin his qilib,
muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ikkinchidan, bu usul bolalarning ijodiy
tafakkurini kuchaytiradi. Ochiq muhitda o‘qigan bolalar tabiatdagi obyektlardan
ilhomlanib, yangi g‘oyalar ishlab chiqishga moyilroq bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, tabiat bilan bog‘liq faoliyatlar bolalarning muammolarni hal qilish, ijodiy
fikrlash va tanqidiy yondashuvlarini rivojlantiradi. Uchinchidan, ochiq havoda o‘qitish
bolalarning akademik natijalariga ijobiy ta’sir qiladi. Shvetsiyada olib borilgan
tadqiqotlarda biologiya va geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tilganda, bolalarning
test natijalari yaxshilangani, eslab qolish qobiliyati oshgani va mavzularni chuqurroq
tushunganligi aniqlangan. To‘rtinchidan, ochiq havoda o‘qitish bolalarning ekologik
ongini shakllantiradi. Yoshligidan tabiat bilan muloqot qilgan bolalar kelajakda atrof-
muhit muammolariga e’tiborliroq bo‘lib, ekologik muhofaza loyihalarida faol ishtirok
etishga moyil bo‘ladi. Albatta, ochiq havoda o‘qitishda ayrim qiyinchiliklar ham
mavjud. Ob-havo sharoiti dars jarayoniga ta’sir qilishi mumkin, biroq bu muammoni
moslashuvchan rejalashtirish orqali hal qilish mumkin. Shuningdek, xavfsizlik
choralari ham inobatga olinishi kerak. Umuman olganda, ochiq havoda ta’lim –
bolalarning ruhiy va aqliy rivojlanishiga, akademik natijalariga va ekologik ongi
shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan muhim metodlardan biridir. Ushbu
yondashuvning foydali tomonlarini hisobga olgan holda, uni ta’lim tizimiga keng joriy
etish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Berman, M. G., Jonides, J., & Kaplan, S. (2008). The cognitive benefits of
interacting
with
nature.
Health
Psychology,
25(2),
171-181.
https://doi.org/10.1037/0278-6133.25.2.171
2.
Chawla, L. (2009). Learning to love the natural world: A review of research on
outdoor learning and environmental responsibility. Environmental Education
Research, 15(1), 1-26.
https://www.researchgate.net/publication/24224429
3.
Evergreen. (2018). Outdoor learning benefits: Enhancing children's academic
performance and well-being. Evergreen Foundation.
4.
Gill, T. (2014). The role of play in children’s health: A review of the evidence.
Journal
of
Playwork
Practice,
1(2),
159-180.
https://doi.org/10.1332/205316214X13981333775547
5.
Helsinki University. (2020). The impact of outdoor learning on children's problem-
solving skills.
6.
Japan Ministry of Education. (2021). Green Classroom: Environmental education
in Japan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
39
7.
Louv, R. (2008). Last child in the woods: Saving our children from nature-deficit
disorder.
Algonquin
Books.
https://www.algonquin.com/books/9781565126053/last-child-in-the-woods
8.
Maller, H., et al. (2014). The impact of outdoor activities on children's mental
health: A review of research.
9.
Miyazaki, Y. (2011). Shinrin-Yoku: The art and science of forest bathing. Timber
Press.
10.
Natural England. (2016). The psychological benefits of outdoor learning on
children.
https://www.naturalengland.org.uk
11.
Swedish Environmental Research Institute. (2019). The academic and
psychological
benefits
of
nature-based
learning
in
Sweden.
12.
University of Illinois. (yil). The impact of outdoor learning on children's attention
and creativity.
13.
University of Michigan. (2008). The effect of nature on cognitive function and well-
being.
14.
Waite, S. (2011). Time spent outdoors and its impact on children's mental health: A
review of research.
https://www.researchgate.net/publication/258272055
15.
American Psychological Association. (2018). The long-term benefits of outdoor
learning
on
cognitive
and
creative
skills.
https://www.apa.org/news/press/releases/stress/2018
16.
American Academy of Pediatrics. (n.d.). Time spent outdoors and its impact on
children's
mental
health
and
physical
well-being.
https://pediatrics.aappublications.org
17.
Swedish Educational Research Institute. (yil). The academic benefits of outdoor
learning in Sweden.
18.
Albert Einstein. (1954). The world as I see it. Philosophical Library.
https://www.amazon.com/Albert-Einstein-World-See/dp/0486406760
19.
VOSIQ International School & Kindergarten. (2021). Outdoor education in early
childhood development.
20.
Helsinki University. (2021). The impact of outdoor learning on children's attention
and motivation in Finnish primary schools.
21.
University of Michigan. (2021). Children's attention and memory in nature-based
learning.
22.
Scandinavian Outdoor Learning Research Group. (2022). Benefits of nature-based
learning in Scandinavian schools.
https://www.scandinavianlearning.se
23.
American Psychological Science Journal. (2023). Nature’s role in children's
emotional and cognitive development.
https://www.psychsciencenews.org