Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
8
TERMOBARQAROR BO’YOQLAR OLISHNING BA’ZI ASPEKTLARI
Xoliqova G.Q., Raximov F.F., Nurilloyev Z.I.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qurilish termobarqaror moddalar va ular
asosidagi kompozitsiyalar tayyorlash tartibi keltirilgan. Olingan kompozitsiyalarning
bo’yoq sanoatida qo’llanilishi natijasida termobarqaror bo’yoqlar olish imkoniyatlari
bayon etilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan mavjud termobarqaror
bo’yoqlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Termobarqaror bo’yoq komponentlari turlari
va ularning termik ko’rsatgichlarini qiyosiy tahlillash orqali kremniyorganik polimer
kompozitsiyalardan yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatlari bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
temobarqaror bo’yoq, kremniyorganik polimer, siloksan.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan tabiiy resurslar va yangi avlod
innovatsion texnologiyalari asosida kimyoviy preparatlar yaratish nazariy va amaliy
jihatdan dolzarb hisoblanadi. Ishlab chiqarish sifatini oshirish, sifatli xom-ashyolarni
ishlab chiqarishga yetkazib berish xalq xo‘jaligining asosiy negizi hisoblanadi. Bu
borada sanoat ikkilamchi xomashyolar va chiqindilar asosida turli xossali kimyoviy
materiallar yaratish, ekologik muammolarga sabab bo’luvchi sanoat korxonalarining
chiqindi kimyoviy pereparatlarini qayta ishlash va ulardan belgilangan xossali
materiallar olishda foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Dunyoda sanoat ishlab chiqarishi va xalq xo‘jaligining rivojlanib borishi bilan
turli fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan samarali bo’yoqlar, antibakterial
xususiyatga ega moddalar va termobarqaror polimer kompozitsion qoplamalarga
bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ularni qurilish sanoati, kimyo sanoati,
tibbiyot, mashinasozlik, neft va gaz sanoati hamda boshqa sohalarda keng qo‘llash
orqali issiqlikka chidamli qurilish materiallari va yong‘in xavfsizligini kamaytirish
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yuqori samarali yong‘inbardosh polimer kompozitsion bo’yoq qoplamalar
ishlab chiqarishda mahalliy arzon xomashyolardan sintez qilishning yangi, ekologik
xavfsiz va iqtisodiy samarador usullarini ishlab chiqish hamda ularni neft va gaz
sanoati, kimyo sanoati, tibbiyotda va qurilish sanoatining turli sohalarida qo‘llash
bo‘yicha keng miqyosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Issiqlikka chidamli bo'yoqlar bilan eng termik jarayonlarda qo’llanilganda 600-
750
o
C gacha chidamli bo’lishi va yonish ehtimoli kam bo’lishi zarur. Masalan, ular
oddiy uy pechiga qo’llanilganda 600
o
C va undan yuqori haroratda deformatsiyaga
uchramasligi va yonmasligi talab etiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
9
Issiqlikka chidamli bo'yoqning narxi uning tarkibi bilan belgilanadi.
Qo’shiladigan komponent issiqlik xossalariga ta'siri komponentning issiqlik – fizik
ko’rsatgichlaridan kelib chiqib belgilanadi. Issiqlikka chidamli bo'yoqning
xususiyatlarini ularga boshqa komponentlarni qo'shib o'zgartirishi mumkin. Masalan,
bo’yoq tarkibiga qator kiritish bilan kompozitsiyaning quritilishi vaqtini, elastikligini
oshirish va material bilan bog’lanish xususiyatini oshirish mumkin. Bo’yoq
kompozitsiya tarkibiga alyuminiy kukunining kiritilishi issiqlikka chidamlilik
xususiyatlarni oshirishga yordam beradi. Alyuminiy kukunidan foydalanib
tayyorlangan bo’yoqlar + 600C gacha haroratga bardosh berishi mumkin.
Universal bo'yoqlar turli rangli osortimentlarda ishlab chiqariladi. U asosan bug’
quvurlari, neft va gaz quvurlari, motorlar va boshqa mexanizmlarni korrozion qayta
ishlash uchun ishlatiladi. Nafaqat haddan tashqari qizib ketishdan, balki yog’, tokdan
izolyatsiyalash, xlor va boshqalarga agressiv kimyoviy ta'sirlardan himoya qiladi.
Qurilishda qo’llaniladigan dunyoga mashhur issiqlikka chidamli bo'yoqlar ikki
xil variantda - kumushrang va qora ranglarda taklif etadi. Kumushrang bo'yoq
alyuminiy kukuni asosida tayyorlanadi va 900
o
C gacha haroratga bardosh bera oladi.
Issiqlik va atmosferaning agressiv tasiri natijasidagi korroziyadan, shuningdek,
pechlar, kamin va mebellarning metall yuzalarni himoya qilish uchun mo'ljallangan.
Bunday turdagi bo’yoqdan ham ichki, ham tashqi muhitlarda foydalanish mumkin.
Qora issiqlikka chidamli bo'yoqlar maksimal 400
o
C gacha issiqlik ta’siri ostida
bo’ladigan materiallar yuzalarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ular
ichki va tashqi muhitlarda ishlatilishi mumkin. Ushbu termobo'yoqlarni material
yuzasiga surtish yoki purkash orqali foydalanish mumkin.
Kremniyorganik bo’yoqlar so'nggi paytlarda tobora ommalashib bormoqda.
Chunki kremniyorganik birikmalarning yonish darajasi kislorod indeksi yetarli
bo’lganda 300
o
C dan yuqori hisoblanadi. Hozirgi kunda kremniy organikbirikmalar
asosida tayyorlanadigan bo’yoqlar nafaqat pechlar va kaminlarni qoplash, balki,
sanoatning turli sohalari, qurilish, issiqlik almashinuv uskunalari va isitish
moslamalarini qoplash uchun ham keng miqyosida qo’llanilib kelinmoqda.
Silikonlar turli xil suyuqliklar, kauchuklar va qatronlarning katta guruhini tashkil
qiladi. Ularning barchasida bevosita yoki kislorod orqali organik uglerod zanjiri bilan
bog'langan kremniy mavjud. Organosilikon polimer suyuqliklari hidsiz va
yopishqoqligi, qaynash va muzlash harorati kabi xossalari bilan boshqa polimerlardan
farq qiladi. Ular juda issiqlikka chidamli. Kimyoviy va fizik omillarning ko'pchiligi
oddiy organik moddalarga kuchli ta’sir qiladi va hatto tarkibiy o’zgarishlarga olib
keladi. Organosilikon suyuqliklar yaxshi elektr izolyatsion materiallar, shaffof va
gidrofobik xususiyatlarga ega. Fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni
motor moylari uchun qo'shimchalar, turli xil moylash materiallari, gidravlika va
amortizator suyuqliklarini ishlab chiqarish uchun, turli haroratlarda foydalanishga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
10
imkon beradi. Kosmetikada bo'yoq va lak qoplamalari, shisha yuzasi bilan aloqa qilish
uchun sezgir bo'lgan ba'zi suyuq dori-darmonlarni saqlash uchun idishlar devorlarini
qoplaydigan plyonkalarda, mebel va avtomobil laklari tarkibida, tibbiy asbob-
uskunalar, asfalt ishlab chiqarish, o’t o’chirishda ko’pikli silikonlardan foydalaniladi.
Silikon laklar va ular bilan singdirilgan silliqlash matolari bilan sirtni qayta ishlashdan
keyin qolgan yupqa plyonkalar chang va suv o'tkazmaydigan xususiyatlarga ega.
Organosilikon polimer suyuqliklari sof holda ham qo'llaniladi. Agar organosilikon
polimerlar zarbani yutuvchi suyuqlik sifatida ishlatilsa, sezgir asboblarning aniqligi va
ularning shikastlanishga chidamliligi ko'pincha oshadi.
Organosilikon polimerlari yaxshi siqilishga ega, bu ularni samolyot qo'nish
moslamasining suyuq amortizatorlarida ishlatishga imkon beradi. Ko'pgina organik
materiallar silikon polimerlarga yopishmaganligi sababli, tayyor mahsulotni qolipdan
chiqarishni osonlashtirish uchun silikon suyuqliklar ko'pincha plyonkalar shaklida
qo'llaniladi. Kremniyorganik suyuqliklarining issiqlik va suvga chidamliligi, ularning
mukammal elektr izolyatsiyalash xususiyatlari va elektr maydonlarida parchalanishga
chidamliligi bilan birga, ularni samolyot dvigatellari uchqunlarini izolyatsiyalashda,
radio va rentgen qurilmalarida, antennalarda, kalitlarda, dengiz dvigatellari,
batareyalar va elektr kabellari tizimlarida foydalanilishga asos bo’ladi. Ular bilan
ishlov berilgan matolar chiroyli va silliq, shuningdek, suv o'tkazmaydigan
xususiyatlarga ega. Ular suvni o'z ichiga olgan suyuqliklar - sut, alkogolsiz ichimliklar,
qahva va hatto siyoh bilan bo'yalmaydi.
Izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, termobarqaror va yong‘inbardosh bo’yoq
kompozitsiyalar
yaratish
maqsadida
kremniyorganik
polimerlar
asosidagi
kompozitsiyalardan foydalanish, sanoatning turli sohalarida qo’llaniladigan materiallar
olishga, bo’yoq qoplangan material strukturasini, xususan, termik va gidrifobik
xossalarini yaxshilashga, iqtisodiy va ekologik samarador texnologiyalarni ishlab
chiqishga xizmat qiladi
Adabiyotlar
1.
Ахмедов В.Н. и др. Гидрофобизация в строительстве.(монография)
//Издательство Бухара, Дурдона, c160. – 2018.
2.
Рахимов Ф. Ф. Изучение магнитных характеристик слабого ферромагнетика
FеBO3: Mg //Техника и технологии: пути инновационного развития. – 2015. –
С. 179-181.
3.
Рахимов Ф. Ф., Шарипов А. А. Химические добавки для строительных
материалов на основе гипса //Образование наука и инновационные идеи в
мире. – 2023. – Т. 24. – №. 3. – С. 185-188.
4.
Rakhimov F. F. Organosilicon Polymer Compositions for Building Materials
//Texas Journal of Engineering and Technology. – 2023. – Т. 24. – С. 8-12.
5.
Fazlidinovich R. F., Azimovich S. A. Chemical additives for obtaining plasticized
gypsum //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2023. – Т. 11.
– №. 7. – С. 29-31.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
11
6.
Рахимов Ф. Ф., Шарипов А. А. Винилэтинилмагнийбромид асосидаги
кремнийорганик полимер композициялардан фойдаланиб гидрофоб бетон
олиш технологияси //Образование наука и инновационные идеи в мире. –
2023. – Т. 24. – №. 3. – С. 189-193.
7.
Рахимов Ф. Ф., Шарипов А. А. Мочевинаформалдегид асосидаги
кремнийорганик полимер композициялар ёрдамида гидрофоб бетон олиш
технологияси //Образование наука и инновационные идеи в мире. – 2023. – Т.
24. – №. 3. – С. 180-184.
8.
Rakhimov, F.F., and V.N. Akhmedov. "Physico-chemical analysis of
polyvinylethynyltrietoxysisilane
ACADEMICIA
An
International
Multidisciplinary Research Journal India Issue 10." (2021): 1782-1787.
9.
Rakhimov F.F., Sharipov A.A. Chemical Additives for the Production of Plasticized
Gypsum //Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science. – 2022. –
Т. 1. – №. 4. – С. 7-11.
10.
Koldoshevna K.G., Fazlidinovich R.F. Qualitative analysis of aromatic oxide
compounds //Образование наука и инновационные идеи в мире. – 2023. – Т. 18.
– №. 3. – С. 124-128.
11.
Rakhimov F., Sharipov A., Abdullayev R. Obtaining gypsum with hydrophobic
properties based on silicon polymers //AIP Conference Proceedings. – AIP
Publishing, 2023. – Т. 2789. – №. 1.
12.
Firuz R., Gulhayo X. Gidroxinonning va gidroxinon asosida olingan
kremniyorganik birikmaning kimyoviy tahlili //Involta Scientific Journal. – 2023. –
Т. 2. – №. 2. – С. 14-19.
13.
Fazlidinovich R.F. et al. Kremniyorganik polimer kompozitsiya orqali gips
nambardoshlilik xossasini oshirish imkoniyatlari //Образование наука и
инновационные идеи в мире. – 2023. – Т. 18. – №. 3. – С. 129-133.
14.
Рахимов Ф.Ф., Aхмедов В.Н., Аминов Ф.Ф, Способ получения гидрофобных
композиций Universum: химия и биология журнал 4(70) Москва 2020 63-65 С.
15.
Беков У.С., Рахимов Ф.Ф. Спектральный анализ кремнийорганических
соединений на основе фенола //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 5-
2 (83). – С. 27-30.
16.
Rakhimov F.F., Ibodova S.I., Khaydarov A.A. Technology for Obtaining
Organosilicon Polymers //Central asian journal of theoretical & applied sciences. –
2021. – Т. 2. – №. 12. – С. 209-212.
17.
Rakhimov F.F., Ibodova S.I., Kholikova G.K. Synthesis of organosilicon polymer
based on hydrolyzed polyacrylonitrile //International Scientific and Current
Research Conferences. – 2021. – С. 1-4.
18.
Аминов Ф., Рахимов Ф., Ахмедов В. Гидрофобизатор на основе
мочевинаформальдегида и тетраэтоксилана //Збірник наукових праць
ΛΌГOΣ. – 2020. – С. 69-71.
19.
Рахимов Ф.Ф. Технология получение поливинилетинилтриэтоксисила на
основе тетраэтоксисилана // Universum: технические науки:электрон. научн.
журн. 2021. 10(91). URL:https://7universum.com/ru/tech/archive/item/12347
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
12
20.
Fazlidinovich R. F., Nizamiddinovich G. Z. Construction Hydrophobizer Based On
SiliconOrganic Compounds And Its Comparative Analysis //The Peerian Journal. –
2023. – Т. 24. – С. 94-99.
21.
Fazlidinovich R.F. et al. Sement ishlab chiqarishda maydalash tegirmonlarining
qiyosiy tahlili va unumdorligi //The Role of Exact Sciences in the Era of Modern
Development. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 38-42.
22.
Fazlidinovich R.F., Shokirovich S.A. Qurilish materiallarining termobarqarorligini
oshirish imkoniyatlari //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2023. – Т. 9. – №.
2. – С. 112-116.
23.
Akhmedov V.N. et al. Method for producing siliconorganic compounds //News of
Kazakhstan Science/Novosti nauki Kazahstana. – 2019. – №. 3.
24.
Рахимов Ф. Ф., Ахмедов В. Н., Махмуджонов С. Синтез и исследование
основных свойств кремнийорганических полимеров ХХII Всероссийская
конференция молодых учёных-химиков (с международным участием) тезисы
докладов Нижний Новгород, 23-25 апреля 2019 г. – 2019.
25.
Рахимов Ф. Ф., Адизова Н. З. Атмосферные оптические линии связи для
промышленных предприятий //Инновации, качество и сервис в технике и
технологиях. – 2014. – С. 107-109.
26.
Ахмедов В. Н. и др. Гидрофобизация в строительстве.(монография)
//Издательство Бухара, Дурдона, c160. – 2018.
27.
Akhmedov V. N. et al. The method of producing hydrophobic organosilicon
polymers based on hydrolyzed polyacrylonitrile //Chemical Journal of Kazakhstan.
– 2019.
28.
Рахимов Ф. Ф., Содикова М. И. Математические подходы к решению трудных
задач по химии //Universum: психология и образование. – 2021. – №. 5. – С.
16-18.
29.
Рахимов Ф. Ф. Кимё фанида математик ҳисоблашларнинг қўлланилиши
//Интернаука. – 2018. – №. 17. – С. 58-59.
30.
Рахимов Ф. Ф., Ахмедов В. Н. Физико-химический анализ превращения
поливинилэтинилтриена в гидроксисилан //АКАДЕМИЯ: международный
междисциплинарный исследовательский журнал. – 2021. – Т. 11. – С. 1782-
1787.