Annotatsiya: Ushbu maqolada intellektual mulk huquqi tizimida tovar
belgilarining ahamiyati va ularning huquqiy muhofazasi masalalari tahlil qilinadi.
Tovar belgilarining biznes va iqtisodiyotdagi roli, ularni himoya qilish usullari, xalqaro
va milliy huquqiy normalar asosida berilgan huquqiy kafolatlar hamda muhofaza
jarayonida uchraydigan asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston
qonunchiligida tovar belgilarining huquqiy muhofazasiga oid asosiy normalar ham
tahlil qilinadi.