Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
15
BOSHLANG'ICH SINFLARDA STEAM TA'LIM TEHNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISH
Raximova Dilfuza Erkinovna
Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani 4-sonli
maktabning boshlang’ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya:
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining STEAM ta’limi orqali o‘z-
o‘zini rivojlantirish” mavzusida o‘quvchilar matematika darsi jarayonida STEAM
ta’limini qo‘llashni bilishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ixtirochilik qobiliyatini
shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim.
Kalit so‘z:
STEAM, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ixtirochi, ta’lim, malaka, bilim,
g‘oya, mantiqiy fikrlash, kreativ fikrlash.
Abstract:
In the topic "Self-development of primary school students through
STEAM education", students should know how to apply STEAM education during the
mathematics lesson, and acquire the skills to develop self-development and
inventiveness.
Keywords:
STEAM, self-development, inventor, education, skills, knowledge,
idea, logical thinking, creative thinking.
Аннотация:
По теме «Саморазвитие учащихся начальных классов
посредством STEAM-образования» учащиеся должны знать, как применять
STEAM-обучение на уроке математики, а также приобрести навыки развития
саморазвития и изобретательности.
Ключевые слова:
STEAM, саморазвитие, изобретатель, образование,
навыки, знания, идея, логическое мышление, творческое мышление.
Har bir sohada bilimni oshirish, amaliy jihatdan kasbiy ko`nikmalarini
shakllantirishga erishishdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish ta`lim va tarbiya
jarayonining alohida amaliy ahamiyatini aks ettiradi. Bu hozirgi kunda ta`lim va ishlab
chiqarish o`rtasidagi bilvosita aloqadorlikni ta`minlanishga nisbatan dolzarb talablarni
shakllantiradi. Bu bevosita ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi bilvosita aloqalar
tizimida pedagogik texnologiya, didaktik jarayonlar, zamonaviy o`qitishning STEAM
texnologiyalaridan keng foydalanishning yangi usullarini ishlab chiqishga nisbatan bir
qator talablarni shakllantiradi. Masalan, ta`lim axborot bazasi keng va uni amaliy
ahamiyatini, mehnat samaradorligini oshirshdagi rolini oshirish faqat nazariy jihatdan
texnologiyalarni qo`llashga bevosita bog`liqdir. Shu boisdan, ta`limning fundamental
bazasi hisoblangan boshlan`ich ta`lim o`quv mashg`ulotlarida STEAM texnologiyalari
asosida aniq fanlar bilimlarini o`zlashtirish, boshlang`ich sinf o`quvchilarining mehnat
jarayonlaridagi turli amaliy jarayonlarning to`g`ri hisobini yuritish malakalarini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
16
shakllantirish ushbu maqolaning didaktik prinsiplari, ta`lim jarayoni xususiyatlarini
o`z ichiga oladi. Umumiy o'rta ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi № PQ-
3931 son qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq
ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” ning II
bo'lim, 11 bandida: Umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv
dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya,
muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish
belgilab berilgan. Ilg'or milliy va xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilayotgan Milliy
o'quv dasturi mazmunida fanlararo integratsiyani ta''minlashga alohida e'tibor
qaratilgan bo'lib, jumladan, STEAM ta'limi o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma
va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari
mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga
yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini
rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.
Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda qo'yilgan asosiy
talab 21-asr ko'nikmalarini tarkib toptirish, kreativ va ijodiy rivojlantirishni sifat
jihatidan yangi darajaga ko'tarish, tez o'zgarayotgan dunyoga moslashishni
o'rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion
shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. STEAM ta'limi tabiiy va iqtisodiy fanlar
yo'nalishida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot
bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv
tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan
ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi
kontent yaratilmoqda. O'z navbatida bunday yondashuv o'quvchilar rivojlanishini
tashqi olam bilan bevosita bog'laydi. Ma'lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan
bevosita bog'liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo'llaniladi,
muhandislik esa uylar, yo'llar, ko'priklar va mashina mexanizmlarda o'z aksini topgan,
biror bir kasb, kundalik mashg'ulotlar matematika fani bilan ham bog'langandir.
Bugungi davr dunyo ta`limi oldiga ham katta vazifalarni qo‘ymoqda. Bunda
qo‘yilgan asosiy talab yosh avlodni ma‘naviy –axloqiy va intellektual rivojlantirishni
sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni
o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion
shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. Ushbu fikrlarning tasdig‘i sifatida,
boshlang‘ich ta’lim fanlari uchun STEAM ta’limini joriy etish maqsadida motivatsion
va innovatsion yechimlarini qo’llash, ta’lim resurslaridan samarali foydalanish
bo‘yicha tavsiyalar yoritilgan. STEAM –ta’limi bu real hayot talablaridan kelib
chiqqan holda ilmiy texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
17
o‘qitishdir. Ilk bor bu iborani amerikalik bakterolog Rita Kolvell 1990-yilda fanga
kiritishni taklif qilgan. Biroq 2000-yildan boshlab faol ishlatila boshlangan. STEAM
yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets Texnologiyalar Instituti (MIT).
Bu mashhur universitetining shiori “Mind and hand” – “Aql va qo‘l” dir. Massachusets
Texnologiya instituti STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba’zi o‘quv yurtlarida
STEAM ta’lim markazlari yaratildi. Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini
o‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim va
ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim
qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan
topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb
hisoblasa bo‘ladi. STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi maktablar
bitiruvchilarning iqtidorlarini e’tiborga olib va fan, texnologiya, muhandislik va
matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda
shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik bu erda Art
qo‘shildi va endi STEAM oxirigacha shakllandi. O‘qituvchilar ushbu mavzular,
aniqrog‘i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda o‘quvchilarning yuqori malakali
mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. STEAM
texnologiyasida o‘quvchilar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda
qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu
bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi
bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab
o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi
bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb
aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan
birlashtirishga o‘rgatadi. Zamonaviy tadqiqotlar STEAM tizimi maktab ta’lim tizimiga
oid bo‘lgani bilan, uni boshlang‘ich sinfdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini
ta’kidlamoqda. Bolaga boshlang‘ich sinfdan boshlab STEAM tizimiga olib kirishning
ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEAM fikrlash bolalikdan boshlanadi.
Maktab ta’lim tizimida STEAM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida
olib borilishi mumkin. STEAM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab
chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. Uning asosiy g’oyasi shundan
iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida biz
nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf
devorlarida o’rganish tez o’zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM
yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli
o’rganish uchun ham miyani, ham qo’llarini ishlatadilar.
Ular olgan bilimlarni o’zlari «uqib oladilar». STEM fanlarini o‘qish davomida
o‘quvchida quyidagi qobiliyatlar shakllanadi:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
18
• muammoni hal qila olish;
• kreativlik;
• tanqidiy fikrlash;
• jamoaviy ishlay olish;
• mustaqil fikrlash;
• tashabbuskorlik;
• kommunikasiya;
• raqamli savodxonlik.
Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu
bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi
bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu
bopshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni
amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ayniqsa boshlang‘ich sinfdan
boshlab matematika darslarida STEAM ta’limidan foydalanish o‘quvchilar o‘z-o‘zini
rivojlantiradi, tasavvurlari qayta tiklanib, natijada olingan taassurotlarni majburiy va
mexanik ravishda takrorlaydi. Tasavvurda chiqarilgan narsa bolaga kuchli hissiy
taassurot qoldiradi va uni hayajonga solib unga qiziqtiradi. Bu yoshdagi bola o‘z
rejasini o‘zi yaratishni va uni amalga oshirishni rejalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lib,
bu tasavvurning o‘zboshimchalik o‘sishidan dalolat beradi.
Zamonaviy ta`limni amaliy ahamiyatini yoritishda STEAM texnologiyalari
hozirgi kunda dunyo ta`lim tizimining eng asosiy urf bo`lgan innovatsion metodlaridan
biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko`rinadi, lekin
uni alohida ko`radigan bo`lsak sodda va aniq ekanini ko`rishimiz mumkin, ya`ni: S –
science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar,
texnologiya, muhandislik san`ati, ijod, matematika. Oddiy so`z bilan aytganda,
zamonaviy dunyoda eng ko`p talab etilayotgan fanlardir. Bu yaxlit tushunchaning
boshlang`ich ta`lim tizimidagi dadaktik o`quv mashg`ulotlaridagi rolini yoritishda
dolzarb masalalar qatorida e`tirof etilayotgan maktab ta`limida barkamol, sog`lom
fikrlovchi mehnat ko`nikmalariga ega shaxslarni tarbiyalashning maktab ta`limining
muhim xususiyatlaridan biridir. Boshlang`ich ta‘limda STEAM texnologiyalarni o`quv
dars mashg`ulotlarida qo`llashda ta`lim samarali rivojlanish, o`zgarish, takomillashish,
andoza olish xususiyatlarini o`z ichiga olib, ta`lim o`z navbatida rivojlantiruvchi
omillarni qo`llash, ilmiy asosdan foydalanish mezonlariga bevosita bog`liq. Shu
boisdan, ta`limning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, olinganda maktab ta`limi
boshlang`ich sinflarda o`qitishning zamonaviy metodlari, yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish usullari misolida o`quv samaradorligi natijalarini
olishga qaratilgan ushbu maqola hozirgi kunda mukammal dars o`quv mashg`ulotida
ilmiy yondashuv shakllari, texnologiya turlari, injenerlik mahorati, san`at va
matematik metodlar asosida o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish orqali o`quvchilar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
19
o`zlashtirish darajasini oshirish, mehnat, kasbga yo`naltirishning metodik tahlil
natijalarini shakllantirish maqolaning metodik vazifasini aks etadi. Jumladan,
boshlang`ich ta`limda matematika fani misolida o`quvchilarni STEAM integratsion
metod asosidagi o`quv faolligini oshirishdagi bir qator metodlarini keltirib o`tamiz. S–
science. Ya`ni fanlar bo`yicha ilmiy tafakkurni shakllantirish darajasi. Bu bevosita aniq
fanlar bo`yicha ilmiy tafakkurni shakllantirish sohasi hisoblanib, o`qitishning ilmiy
qoidalarini o`z ichiga oladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlanģich sinf o‘quvchilarining intellektual
qobiliyatlarni rivojlantirishning asosiy vektori bilim, idrok, xotira, tasavvur, fikrlash
jarayoni ya’ni bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantishi va takomillashtirishga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Bilim darajasi bo‘yicha jarayonlarini shakllantirish, mustaqil
ijodiy bilish qobiliyati, amaliy va aqliy tajriba, umumlashtirish, jarayon va o‘z
faoliyatining natijalarini tahlil qilish qobiliyati, taqqoslash va xulosalarni amalga
oshirish uchun bolaning intellektual rivojlanish darajasini aniqlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Jumayev M.E, Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘Y
uchun darslik.) Toshkent. “Bayoz” 2021 yi
2.
Grosheva, K.T. Olimov, V.A. Nazarova, G.E. Djanpeisova, U.T. Mikailova, D.A.
Kenjabayeva, N.B. Gulyamova, N.A. Miftayeva. Kuzatish va baholash.
Toshkent:.2020
3.
X.M.Baybayeva "STEAM ta'limi mazmunmohiyati,ahamiyati" ma'ruza matni
4.
O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining elektron sayti: www.uzedu.uz
http://www.rtm.uz - Respublika talim markazi sayti