Jild 42 № 4 (2025)
Maqolalar
BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING PSIXOLOGIK OʻRNI VA AHAMIYATI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilaning o’rni haqida fikr
yuritilgan. Oila muammosi eng qadimgi davrlardayoq dolzarb muammo sifatida e’tirof
etib kelingan. Jumladan, zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalarni
ijtimoiy hayotga tayyorlashda jamiyatdagi mavjud tartib-qoidalarga o‘rgatish,
bunyodkorlik va yaratuvchilik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berilgan.
MUSIQA ORQALI BOLALARDA EMOTSIONAL VA IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa orqali bolalarning emotsional va ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, usullari va metodlari tahlil qilinadi.
Musiqa ta'limi bolalarning hissiy va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatishi,
shuningdek, ularning ijodiy qobiliyatlarini qanday oshirish mumkinligi ko‘rib
chiqiladi. Maqolada shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa
darslarining o‘rni va ahamiyati hamda bolalarning ijrochi malakalarini
rivojlantirishdagi samarali usullar taqdim etiladi.
THE ROLE OF LANGUAGE IN ADVERTISING
Abstract
Language plays a crucial role in advertising, serving as a powerful tool to attract
attention, convey messages, and influence consumer decisions. This article explores
how linguistic elements, cultural adaptation, and psychological frameworks like the
AIDA model enhance advertising effectiveness. It highlights the strategic use of
language in creating memorable campaigns, fostering brand identity, and resonating
with diverse audiences in a dynamic consumer society.
KIBERJINOYATLAR VA ULARNING HUQUQIY JIHATLARI
Annotatsiya:Mazkur maqolada Xalqaro va milliy qonunchilik doirasida
kiberjinoyatlar va ularga qarshi chora-tadbirlar tahlil qilingan. Kiberjinoyatlar
tobora ortib borayotgan zamonaviy davrda ularning oldini olish uchun huquqiy
asoslarni mustahkamlash va takomillashtirish zarur. Maqola ushbu sohadagi xalqaro
va milliy tajribalarni tahlil qilib, kiberjinoyatchilikka qarshi samarali kurashish yo‘llarini
o‘rganadi.
ARUNDO DONAX O'SIMLIGI ALKALOIDLARI HOSILALARINING SINTEZI, TUZILISHI VA XOSSALARI
Annotatsiya: Arundo donax L. o'simligi, Poaceae oilasiga mansub bo'lib,
o'zining alkaloid moddalari bilan mashhurdir. Ushbu maqolada Arundo donax
alkaloidlarining sintezi, tuzilishi va xossalari tahlil qilinadi. O'simlikdan ajratib olingan
alkaloidlar, ularning kimyoviy tuzilishi va farmakologik faolligi haqida ma'lumotlar
keltiriladi. Shuningdek, ushbu alkaloidlarning tibbiyotdagi potentsial qo'llanilishi va
ularni sintez qilish usullari muhokama qilinadi.
BOSHLANG'ICH SINFLARDA STEAM TA'LIM TEHNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining STEAM ta’limi orqali o‘z-
o‘zini rivojlantirish” mavzusida o‘quvchilar matematika darsi jarayonida STEAM
ta’limini qo‘llashni bilishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ixtirochilik qobiliyatini
shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim.
AXBOROT TIZIMLARIDA KIRISHNI ANIQLASH MODELLARINI ISHLAB CHIQISHNING AQLLI USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola axborot tizimlarida kirishni aniqlash modellarini
avtomatik ravishda qurishning aqlli usullarini tahlil qiladi. Kirishni aniqlash
modellarining ikki asosiy turi-imzolash asosida va anomaliyalarga asoslangan-
keltirilgan. Maqolada avtomatik model qurish jarayonining to‘rt asosiy bosqichi:
ma’lumot to‘plash, ma’lumotlarni oldindan qayta ishlash, model qurish va uning
baholanishi va optimallashtirilishi ko‘rib chiqiladi. Mashinani o‘rganish va chuqur
o‘rganish kabi zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, natijalarga asoslangan
o‘rganish usullari yordamida kirishni aniqlash samaradorligini oshirish mumkinligi
ta'kidlangan. Ushbu tadqiqot, axborot tizimlarining xavfsizligini kuchaytirish va
ruxsatsiz kirishlarni oldini olishda zamonaviy yechimlarni taklif etadi.
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya: ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar
hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Dars
jarayonini tashkil qilish va turli xil dars ishlanmalaridan foydalanish to‘g‘risida fikr
yuritilgan.
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI BANDLIGINI TA’MINLASH VA JAMIYATGA INTEGRATSIYA QILISH”
Annotatsiya: Ushbu maqolada nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini
ta’minlash va ularni jamiyatga to’laqonli integratsiya qilishning dolzarb jihatlari
yoritilgan. Nogironlar uchun maxsus ish o’rinlari yaratish, masofaviy ish
imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga o’qitish kabi bandlikni ta’minlash
yo’llarini ko’rsatadi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI
Annotatsiya Mazkur maqolada yurtimizda yoshlarning huquq va erkinliklari
Konstitutsiya bilan kafolatlanganiligi va ularga yaratilgan imkoniyatlarning naqadar
keng qamrovli ekanligi Yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida tahlil etiladi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ILK YOSHDAN SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRILISHNING AHAMIYATI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshdan
savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, uning psixologik-pedagogik
asoslari, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida amalga oshirilishi
tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, bolalarning keyingi bosqichlardagi
ta'limga tayyorligi uchun dastlabki savodxonlik ko‘nikmalarining o‘rni yoritiladi.
“EKSTREMIZM VA TERORIZMDAN OGOH BO`LAYLIK”
Annotatsiya. Ushbu maqolada ekstremizm va terorizm haqida fikr yuritilgan
bo`lib ,bu tushunchalarning tarixan kelib chiqishi ,rivojlanishi,shu bilan bir qatorda
bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanishi sabablari o`rganib
chiqildi.
O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDAGI IQTISODIY ISLOHATLAR, BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH BARQAROR TARAQQIYOT SARI YO`L
Annotatsiya: Mazkur tezis O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat taraqqiyotiga
ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, O‘zbekistonning global iqtisodiy
maydondagi o‘rni va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham tahlil qilinadi.
O`ZBEK XONLIKLARINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI
Annotatsiya:Ushbu maqolada XVIasr boshlarida Buxoro ,Xiva,Qo`qon
xonliklarining tashkil topishiga sabab bo‘lgan omillar, ularning ichki tuzilishi,
boshqaruv tizimi va asosiy hukmdorlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, maqolada xonliklarning iqtisodiy hayoti, savdo yo‘llari va madaniy
taraqqiyoti ham o‘rganilib, ularning XX asr boshlarigacha bo‘lgan tarixiy
jarayonlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida
yozilgan bo‘lib, Oʻzbek xonliklarining o‘ziga xos jihatlarini tushunishga yordam
beradi.