Mualliflar

  • Amonova Dilnoza Shermat qizi
  • Abdurasulova Zulayho Xudaynazarovna
  • Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95316

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: nogironligi bo’lgan shaxslar bandlik integratsiya inklyuziya ijtimoiy muhit maxsus ish o’rinlari masofaviy ish kasb-hunar infratuzilma teng imkoniyatlar ijtimoiy himoya.

Annotasiya

Annotatsiya:    Ushbu  maqolada  nogironligi  bo’lgan  shaxslarning  bandligini 
ta’minlash  va  ularni  jamiyatga  to’laqonli  integratsiya  qilishning  dolzarb  jihatlari 
yoritilgan.  Nogironlar  uchun  maxsus  ish  o’rinlari  yaratish,  masofaviy  ish 
imkoniyatlarini  kengaytirish,  kasb-hunarga  o’qitish  kabi  bandlikni  ta’minlash 
yo’llarini ko’rsatadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

60

“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI BANDLIGINI TA’MINLASH VA

JAMIYATGA INTEGRATSIYA QILISH”

Samarqand Davlat Universiteti

Kattaqo'rg'on filiali Ijtimoiy ish yo'nalishi talabasi:

Amonova Dilnoza Shermat qizi

Abdurasulova Zulayho Xudaynazarovna

lmiy raxbar:

Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

Annotatsiya:

Ushbu maqolada nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini

ta’minlash va ularni jamiyatga to’laqonli integratsiya qilishning dolzarb jihatlari
yoritilgan. Nogironlar uchun maxsus ish o’rinlari yaratish, masofaviy ish
imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga o’qitish kabi bandlikni ta’minlash
yo’llarini ko’rsatadi.

Kalit so'zlar:

nogironligi bo’lgan shaxslar, bandlik, integratsiya, inklyuziya,

ijtimoiy muhit, maxsus ish o’rinlari, masofaviy ish, kasb-hunar, infratuzilma,teng
imkoniyatlar, ijtimoiy himoya.

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti inson huquqlarini to‘liq ta’minlash va barcha
qatlam vakillarining teng huquqli ishtirokiga asoslanmoqda. Ayniqsa, nogironligi
bo‘lgan shaxslarning hayot sifati, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy hayotga
integratsiyasini kuchaytirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ularning
mehnatga bo‘lgan salohiyatidan to‘liq foydalanish, ijtimoiy faolligini oshirish nafaqat
ularning shaxsiy rivoji, balki jamiyatning umumiy farovonligiga ham xizmat qiladi.
Shu sababli, nogiron shaxslarning bandligi va jamiyatga integratsiyasi masalasiga
kompleks yondashuv zarurdir.

Ijtimoiy davlatda har bir fuqaro, jamiyatning har bir a’zosi teng huquq va

imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotda
to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash har qanday rivojlangan jamiyatning muhim
ijtimoiy va ma’naviy vazifalaridan biridir. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
bo‘yicha qator dasturlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ularga ta’lim olish, ish bilan
ta’minlanish, infratuzilmadan foydalanish va ijtimoiy xizmatlardan teng foydalana
olish borasida hali ham muayyan to‘siqlar mavjud.

1

Bugungi kunda dunyo miqyosida nogironligi bo‘lgan insonlar soni ortib

bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, global
miqyosda har yettinchi inson nogironlik bilan yashaydi. O‘zbekistonda esa rasmiy

1

Karimova, N. (2021). Ijtimoiy himoya va bandlik masalalari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti.. “Nogironlar uchun

inklyuziv mehnat bozori: xalqaro tajriba va O‘zbekistonda amaliyot” – Ijtimoiy tadqiqotlar markazi tahliliy hisobot, 2022.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

61

statistikaga ko‘ra, 800 ming nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lib,
ularning aksariyati mehnatga layoqatli yoshdagilardir. Shunga qaramay, ularning
ko‘pchiligi bandlik tizimidan chetda qolmoqda. Bu esa, jamiyatda inklyuzivlik va teng
imkoniyatlar prinsipi yetarli darajada qaror topmaganini ko‘rsatadi. Rivojlangan
davlatlar tajribasida — masalan, Germaniya, Yaponiya yoki Shvetsiyada — nogironlar
uchun maxsus kvotalar, imtiyozli ish joylari, moslashtirilgan infratuzilma va
masofaviy mehnat tizimlari orqali ularning iqtisodiy hayotga faol jalb etilishi
ta'minlanmoqda.

O‘zbekiston ham bu borada muhim islohotlarni amalga oshirmoqda.

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi,
bandlik agentliklari orqali nogiron fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy
xizmatlarning kengaytirilishi — bularning barchasi ularning jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlashga qaratilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkilotlar
tomonidan ish o‘rinlarini zaxiralash tartibi

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy

muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng
shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish
o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 965-sonli qarori

asosida amalga

oshiriladi. Qarorga ko‘ra, quyidagi bosqichlar mavjud: Kamida 20 nafar xodimlar
soniga ega bo‘lgan tashkilotlar har yili 1-avgustgacha kelgusi yil uchun nogironligi
bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining eng kam sonini
belgilaydi.

2

Kamida 20 nafar xodimlar soniga ega bo‘lgan tashkilotlar har yili 15-

avgustgacha kelgusi yil uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga
qo‘yiladigan ish o‘rinlarining eng kam soni haqidagi ma’lumotlarni Tuman shahar
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Har yili 1-sentabrgacha tuman shahar Kambag‘allikni qisqartirish markazlari
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiralanadigan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni shakllantiradi va Tuman shahar inson ijtimoiy xizmatlar markazlari
bilan majburiy tartibda kelishadi. Shundan so‘ng umumlashtirilgan takliflarni tuman
shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi. Tashkilotlar nogironligi bo‘lgan
shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash jarayonida ishlarning xususiyati nogironligi
bo‘lgan shaxslarga mos kelishini hisobga olishlari kerak bo‘ladi.
Bunda Tuman shahar kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari yil boshlanishidan kamida
5 oy oldin o‘z hududidagi Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) ga nogironligi

2

O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020 yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (2021-yil).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

62

bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari to‘g‘risida
ma’lumotlarni oladi. Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari
zaxiralanishida ularning mehnat qobiliyatlari hisobga olinishi ko‘zda tutilgan. Agar
tashkilotda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari qisqarsa tashkilot bu haqida bandlik
organlariga axborot taqdim etadi. Zaxiralangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan
shaxslarning ish o‘rinlari saqlab qolinadi agar ushbu tashkilot zaxiraga qo‘yishi
belgilangan ish o‘rinlaridan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan bo‘lsa
mazkur ortiqcha ish o‘rinlari soni qisqarishi mumkin. Agar zaxiraga qo‘yilgan ish
o‘rniga nogironligi bo‘lgan shaxs ishga qabul qilinsa va keyinchalik ushbu shaxs bilan
mehnat shartnomasi tugatilsa, tashkilot 10 kun muddatda zaxira ish o‘rni bo‘shaganligi
to‘g‘risida bandlik organlariga xabar berishi shart.

Xodimlar soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar tomonidan nogironligi

bo‘lgan shaxslar uchun 3 foizdan kam bo‘lmagan ish o‘rinlarini zaxiralashdan tashqari
aholining boshqa ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlari uchun ham ish o‘rinlarini
zaxiralaydi.Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yishi belgilangan tashkilotlar yil boshlanishidan
kamida 10 kun oldin aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami xususan nogironligi
bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining kamida 25 foizini zaxiralashi shart. Ish
o‘rinlarining qolgan qismi tashkilotlar tomonidan yilning 1-choragi yakuniga
qadar zaxiralanishi shart. Ish o‘rinlarini zaxiralagan tashkilotlar har oyning yakunlari
bo‘yicha har oyning beshinchi kunigacha ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni
xususan nogironligi bo‘lgan shaxslarni zaxiralangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish
bo‘yicha mehnat organlariga hisobotlar taqdim etadi.

Nogironligi bor shaxslarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning

iqtisodiy mustaqilligini oshirish va ijtimoiy integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash.
Jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ular uchun qulay loyiha va dasturlar
ishlab chiqish zarur.

3

. Asosiy yo‘nalishlar

Masofaviy ish o‘rinlari yaratish – IT, dizayn, tarjima, xizmat ko‘rsatish kabi
sohalarda.

Maxsus sharoitlar bilan ta’minlangan ish joylari – jismoniy imkoniyati
cheklangan shaxslar uchun qulay ish joylarini tashkil etish.

Kasbiy tayyorgarlik va onlayn malaka oshirish kurslari – nogironligi bor
shaxslarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish.

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish – nogironligi bor shaxslar uchun maxsus ish
o‘rinlari yaratadigan kichk hajmdagi ishlab chiqarish korxonalar tashkil etish.

Ish beruvchilar bilan hamkorlik – kvotalar, imtiyozlar va rag‘batlantirish orqali
ish beruvchilarni jalb qilish.

3

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

63

3. Amalga oshirish bosqichlari

Tahlil va rejalashtirish – Nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy imkoniyatlaridan
kelib chiqib, kasb ko‘nikmalarini shakillantirish uchun MONO markazlar
qoshida imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus kurslarni tashkil qilish.

Hamkorlik o‘rnatish – Davlat idoralari, xususiy sektor va NNTlar bilan
kelishuvlar tuzish.

Pilot loyihalarni ishga tushirish – Nogironligi bor shaxslarni ishga olgan xususiy
sektorni qullab quvvatlash uchun subsidiyalar ajratish orqali tadbirkorlikni
rivojlantirish.

Moliyalashtirish – Davlat grantlari, investorlar va xususiy sektor sarmoyalarini
jalb qilish.

Monitoring va takomillashtirish – Loyiha samaradorligini har chirakda baholash
va kerakli o‘zgarishlarni kiritish.

4. Kutilyotgan natijalar

Nogironligi bor shaxslarning ish bilan ta’minlanish darajasi oshadi.

Ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi kuchayadi.

Jamiyatda inklyuziv muhit shakllanadi.

Ish beruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Xulosa qilib aytganda Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va
ularni jamiyatga integratsiya qilish — bu nafaqat insonparvarlik, balki ijtimoiy
taraqqiyot va barqaror rivojlanishning muhim omilidir. Ularning mehnatga jalb etilishi,
jamiyatda teng huquqli ishtirokini ta'minlash orqali nafaqat ularning hayot sifati
oshadi, balki jamiyatning o‘zi ham yanada kuchli, adolatli va bag‘rikeng bo‘lib
shakllanadi. Yurtimizda bu borada muhim qonunchilik asoslari yaratilmoqda, amaliy
ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq mavjud muammolarni bartaraf etish uchun davlat
idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy sektor va jamiyatning har bir a’zosi o‘z
mas’uliyatini chuqur his etib, hamkorlikda harakat qilishi zarur. Nogiron shaxslarni
to‘liq qo‘llab-quvvatlagan jamiyatgina chinakam insoniylik tamoyillariga sodiq
qolgan, taraqqiyot sari dadil intilayotgan jamiyat hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1

O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni,
2020 yil

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (2021-yil).

3

Karimova, N. (2021). Ijtimoiy himoya va bandlik masalalari. Toshkent: “Iqtisodiyot”
nashriyoti.

4

“Nogironlar uchun inklyuziv mehnat bozori: xalqaro tajriba va O‘zbekistonda amaliyot”
– Ijtimoiy tadqiqotlar markazi tahliliy hisobot, 2022.

5

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti.

6

www.un.org – Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiy veb-sayti.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni,

yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori: “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har

tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (2021-yil).

Karimova, N. (2021). Ijtimoiy himoya va bandlik masalalari. Toshkent: “Iqtisodiyot”

nashriyoti.

“Nogironlar uchun inklyuziv mehnat bozori: xalqaro tajriba va O‘zbekistonda amaliyot”

– Ijtimoiy tadqiqotlar markazi tahliliy hisobot, 2022.

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti.

www.un.org – Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiy veb-sayti.