Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
20
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING
HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI
Farhodova Go'zal Anvarovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti I
bosqich talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada yurtimizda yoshlarning huquq va erkinliklari
Konstitutsiya bilan kafolatlanganiligi va ularga yaratilgan imkoniyatlarning naqadar
keng qamrovli ekanligi Yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida tahlil etiladi
Kalit so'zlar
: qonun, inklyuziv ta'lim, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, yosh
tadbirkor, besh tashabbus olimpiadasi
Abstract
This article analyzes the rights and freedoms of young people in our
country, guaranteed by the Constitution, and the extent of the opportunities created for
them, based on the new Constitution.
Keywords
: law, inclusive education, new Constitution, young entrepreneur, five
initiatives Olympiads.
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik
huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol
ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
(O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 79-modda)
Kirish
. Ma'lumki yurtimiz yoshlar mamlakati va Vatanimiz ertasi ham ularga
chambarchas bog'liq. Shu nuqtai nazardan yoshlarning bilim olishlari va o'z
qobiliyatlarini namoyon etib yurtimiz kelajagi uchun foyda keltirishlari maqsadida
ularning huquq va erkinliklari yuqori darajada kafolatlangan hamda ularga mislsiz
imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu imkoniyatlar qonun hujjatlari hamda bosh
qomusimizda mustahkamlab qo'yilgan. Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati
hayotga izchillik bilan tatbiq etilmoqda va ularning zamon talablari darajasida ta’lim
olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur
sharoitlarni yaratishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan oqilona
foydalangan holda o'tgan yaqin yillar davomida yoshlarning har bir sohada katta
yutuqlarga erishib jahon hamjamiyati tomonidan ham e'tirof etilyotganiga guvoh
bo'lishimiz mumkin.
Tahlil va muhokama.
Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda
yoshlarga bo'lgan e'tibor nihoyatda katta bo'lib ularning huquqiy asoslari hattoki
Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Bosh qomusimizning 41-moddasi
shunday deydi: "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat
tomonidan kafolatlanadi". Jamiyat hayotining jon tomiri bo'lgan ta'lim tarbiya masalasi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
21
yuqori o'rinda bo'lgan davlatda yoshlar keng imkoniyatlar ichida yashamoqda va bu
albatta o'z samarasini beradi. Jadallashgan zamonda esa mamlakatimiz
Konstitutsiyasiga kelajak avlod haqida alohida bob kiritish zarur degan xulosaga
kelnidi va Bosh qomusimizning alohida bobi – XIV bob “Oila, bolalar va yoshlar” deb
nomlanganiga hamda undan yoshlarga oid qator normalar o‘rin olganligi quvonarli va
ahamiyatga molik hodisa bo'ldi. Bunday tarzdagi yondashuv, albatta, Yangi
O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligining yorqin isbotidir.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
maqsadida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonun ham alohida ahamiyatga
ega hodisadir. Bu siyosat davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni
ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi
salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi
1
. Ushbu qonun yoshlarga
oid har qanday masalani qamrab olgan va va ularning har bir muammolariga yechim
bera oladi. 4 bob va 33 moddadan iborat qonunda yoshlarning huquq va erkinliklari,
imkoniyatlari boshqa qonun va qonunosti hujjatlar bilan ham mustahkamlab qo'yilgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida nizomning
2-bobi ham yoshlarning jismonam va ruhan sog'lom bo'lishi masalasiga bag'ishlangan.
Muammo va yechim.
Shuni ham aytish kerakki bolalarning va o'smirlarning
bilim olishi va jamiyatda o'z o'rnini topish masalasi har doim ham muvaffaqqiyatli
kechmagan. Ta'lim tizimidagi kamchiliklar yoki kishilarning loqaydligi sababli bu
borada qator muammolar yuzaga kelganligini ta'kidlashni xolis fikr deb hisoblayman.
Masalan, Yoshlarning turli oqim va yod g'oyalar girdobiga oson tushib qolishlari, G'arb
mamlakatlariga ko'r ko'rona taqlid qilishlari nihoyatda ayanchli hol. Mana shu
mummoni hal etish maqsadida yoshlar uchun maxsus alohida tashkilot tuzilib
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son
“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” qarori muhim qadam bo'ldi. Unda yoshlarga oid muhim masalalar o'rin
olgan va ularning bandligini ta'minlab qiziqishlarini ro'yobga chiqarishda muhim ishlar
amalga oshirilmoqda. Besh tashabbus olimpiadasi ham yoshlar hayotida juda ham katta
imkoniyatlar eshigi bo'ldi. Uning doirasidagi tadbirlar natijasida minglab yoshlar
o'zlarini kashf etdilar. Shuningdek, imkoniyati cheklanganligi sababli o'zlarini
namoyon eta olmaydigan bolalar uchun inklyuziv ta'lim tizimi ham keng yo'lga
qo'yildi.
Xulosa
. Fikrimiz so'ngida aytishimiz mumkinki yurtimizdagi barcha islohotlar
inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Yoshlar masalasi esa alohida ahamiyatdagi
hodisadir. Yurt kelajagi porloq bo'lishi uchun hozirdan zamin tayyorlanmoqda.
1
" Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" 2016-yil 12-avgust
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_4-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
22
Ma'naviy yetuk, jismonan va ruhan sog'lom, ahdida sobit, qobilyatli yoshlar yurtining
ertasi nurafshondir.
Foydalinilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. www.lex.uz
2.
"Yoshlarga oid davlat siyosati" 2016.www.lex.uz
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son
“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” qarori
4.
" Ta'lim to'g'risida" gi qonun. www.lex.uz