Mualliflar

  • Xurramov Yashin Halilovich
  • Aliqulova Nozima Abduvali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95319

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar.Ekstremizm terorizm eng xavfli jinoyat ekstremizmning paydo bo`lishi va rivojlanishi terorizmning vujudga kelish tarixi ekstremizm va terorizmning oldini olish yo`llari.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada ekstremizm va terorizm  haqida fikr yuritilgan 
bo`lib ,bu tushunchalarning tarixan kelib chiqishi ,rivojlanishi,shu bilan bir qatorda 
bugungi  kundagi  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanishi    sabablari  o`rganib 
chiqildi. 
 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

52

“EKSTREMIZM

VA TERORIZMDAN OGOH BO`LAYLIK”

SHahrisabz davlat pedagogika inistituti

Tyutori

Xurramov Yashin Halilovich

MG`MA 1-24-GURUH talabasi

Aliqulova Nozima Abduvali qizi

Kalit so`zlar.

Ekstremizm,terorizm,eng xavfli jinoyat,ekstremizmning paydo

bo`lishi va rivojlanishi, terorizmning vujudga kelish tarixi,ekstremizm va terorizmning
oldini olish yo`llari.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ekstremizm va terorizm haqida fikr yuritilgan

bo`lib ,bu tushunchalarning tarixan kelib chiqishi ,rivojlanishi,shu bilan bir qatorda
bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanishi sabablari o`rganib
chiqildi.


XXI asr – internet,ajoyib kashfiyotlar,tehnalogiyalar asri sifatida tarixda

qolmoqda shu o`rinda barcha asrlarda bo`lgani kabi bu asrda ham turli muammolari
bo`lib bulardan,ba’zilarini sanab o`tamiz; ekstremizm, terorizm, ommaviy madaniyat
va hokazolar...

Hozirgi kundagi eng kata muammolarning ko`p qismi ,yoshlar hayotida salbiy

ta’sir ko`rsatmoqda, bu esa kelajakni ham qiyin holda qoldirishga sabab
bo`lmoqda.Bunga misol tariqasida ;ommaviy madaniyat,ekstrimizm va terorizm kabi
tushunchalarni bemalol aytishimiz mumkin. Chunki, aynan shu muammolar bugungi
kunning urushi,ko`plab davlatlarning, umuman olganda, jaxon miqyosidagi
muammolar qatoridagi eng muammoli vaziyatlardan biridir.Ayni damda bu ofatlarga
qarshi keskin kurashlar olib borilmoqda, jumladan, har bir ta’lim muassasalarida ta’lim
olayotgan voyaga yetmaganlarni bu xafdan ogoh qilish ush bu oqimlarning tuzog`iga
tushib qolishdan saqlash maqsadida, soha mutaxassislari bilan hamkorlikda targ`ibot-
tashviqot ishlari sifatini oshirmog`imiz zarur. Manbalarda keltirilishicha diniy
ekstremizm va terorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan
dalolat beradi.Shunday bo`lsada , ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot
uchun bugungudek tahdid solmaganini qayd etish lozim .

Yuqorida umumiy qilib,eksterimizm va terorizm haqida fikr yurutdik, endi

bo`lsa, eksterimizm nima?terorizm nima? kabi savollarga to`liq to`xtalib o`tamiz.

1

Terorizm-jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish , aholi keng qatlamlarida

vahima va qo`rquv uyg`otish kabi o`ziga xos usulidir.U yashirin ruhdagi tashkilotlar
tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish oqibatida,maqsadida amalga oshiriladi.

1

.Karimov I.A,”O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” ,T..1995.Alisher Vahobov.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

53

Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilish
maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Diniy eksterimizm – ba’zi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning

jamiyat qonun –qoidalariga salbiy faoliyati tushuniladi.XX asr oxirigacha diniy
eksterimizm va aqidaparastlik tarqatish va aholi orasida turli adabiyot va nashrlar
xizmat qilgan bo`lsa ,zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda
ayniqsa internet tarmog`I diniy eksterimistik va aqidaparastlik g`oyalarini
tarqatishning eng optimal tarmog’I bo`lib qolmoqda.

Yurtimiz ham boshqa davlatlar qatorida bu illatlardan aziyat chekib

kelmoqda.2000-2005 yillar yurtimizning turli burchaklarida bu illatlar o`z aksini
topdi.Diniy eksterimizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu mutaassib fikr
va qarashlarning paydo bo`lishidir.Ularning ,vaholanki, ularni bu yo`lga boshlagan
“rahnamolarning”asl maqsadi mohiyatan g`ayriinsoniy xarakterga ega.ularning asosiy
niyati butun osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligini barpo etish kerak deb
kurashmoqdalar .Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan
,dinni niqob qilib hokimiyatni qo`lga olish ,bu yo`lda inson deb atalmish buyuk zotni
ham o`ldirishdan tab tortmayapti.Ular hozirgi kunda ,ayni daqiqada ham o`z yovuz
ishlarini turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.

Barchamizga ma’lumki,bunday illatlar dunyo miqyosida ko`plab talofatlarga

olib kelmoqda, bunga misol tariqasida:2001-yil 11-sentabrda AQSHda bo’lgan
voqealarni,yoki, o`zimizdagi Farg`ona voqealarini yodga olaylik.Bir so`z bilan
aytganda bu illatlarning oqibati ,doim salbiy bo`lib ,bunday fojiyali holatlarning bari
insoniyat ongida azobli iz qoldirmoqda.

Keling, bir bunday yomon va keraksiz illatlarning tarixiga bir nazar

solaylik…Manbalarda keltirilishicha, diniy eksterizm va terorizm kabi hodisalarning
ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi.”Terorizm”so`zi birinchi marta 1793-1794-yillarda
Fransiya inqilobi davrida iste’molga kiritiigan .Ammo bu davrda bu so`z ijobiy
ma’noda qo`llangan.

Ayni shu illatlar hozirgi kunda dinlarni qoralashga,insonlarni noto`g`ri yo`lga

boshlashga,ko`plab onalarni bolalari dardida ko`yishiga sabab bo`lmoqda.Afsuski,
bo`larning bari rost va ravshandir.Chunki bu illatlar oqibatida ko`plab insonlar jabr
ko`rmoqda, ammo shunday bo`lsada, hali hamon bu illatlar domiga tushib qolayotgan
yoshlarning soni ortib bormoqda .

2

Bu esa shuni ko`rsatadiki, ogohlikni yanada

ko`chaytirishimiz zarurligi va shu yo`l orqali yoshlarni bu yo`ldan qaytarishimiz
mumkinligini malum qiladi.Shu o`rinda yana bir falsafiy qarashlar mavjud bo`lib, bu
yoshlarni tarbiyasini to`g`ri yo`lga qo`yish, ularni bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishni
nazorat qilish ,iloji boricha yoshlarning ta`lim va tarbiyasini to`g`ri yo`iga qo`yishga

Abduvali Berdiyev “O`zbekistonning eng yangi tarixi”
TOSHKENT BOOKMANY PRINT” 4-bet.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

42-son_4-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

54

katta e`tabor berish ortida ommaviy madaniyatni ham yoshlar ongida to`g`ri targ`ib
qilishga erishilish bo`yicha qarashlardir.Qachonki yoshlarning bo`sh vaqti mazmunli
o`tishiga erishilsa, ularni bunday yomon oqimlardan asrashga erishamiz,shu sababli
ham ogoh bo`laylik sergaklikni yo`qotmaylik.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida bu ofatlarga qarshi chora tadbirlar

ko`rilmoqda,shu o`rinda bizning davlatimizda ham bu illatlarga qarshi chora tadbirlar
olib borilmoqda.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ning
farmonlari e`lon qilindi.Aynan bu farmonning e`lon qilinishidan ham bizning
yurtimizda bu illatlarga qarshi chora tadbirlar ancha rivojlanganini ko`rishimiz
mumkin.Afsuski,bu illatlarni oldini olishga qanchalik harakat qilmaylik,hali ham
ulardan to`liq halos bo`lganimiz yo`q.Ma`lumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyo
miqyosida 500ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda.Tarixan ularning
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo`lsak,1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin
terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar .Natijada 3668 kishi halok bo`lib,7474 kishi
turli jarohatlar olgan.Ushbu ma`lumotlardan ham biz bu illatlar qanchalik ,ayanchli va
yomonligiga amin bo`lishimiz mumkin .

Xulosa o`rnida shuni ma`lum qilishimiz kerakki,yoshlarimizni boshidan to`g`ri

yo`lga boshlay olsak,ularga to`g`ri ta`lim va tarbiya bera olsak ,shunchalik eksterimizm
va terorizim xafidan ularni himoya qilgan bo`lamiz.Teroristlar dinni o`ziga niqob
qilib,insonlarni noto`g`ri yo`lga chorlashadi.Afsuski`ko`plab insonlar ularga aldanib
qolishadi,chunki, ular o`z dinlarini tarixini ,maqsadi va mazmunini to`liq bilishmaydi,
bu esa ularni osongina teroristlar domiga tushib qolishlariga sabab bo`ladi.Shu
boisdan,yoshlarga dinnlarning tarixini to`gri o`rgatishimiz va barcha dinlar yaxshilikka
chorlashini tushuntirishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.Eng asosiysi befarq
bo`lmaylik,doim bu yomon illatlarga qarshi sergak turaylik,ogoh bo`laylik.

3

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Karimov I.A.-Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.-T.:Ma`naviyat,2008.
2.Mirziyoyev Sh.M.”Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash muqaddas dinimizning sofligini

asrash-davr talabi”mavzusida anjumandagi nutqi.

3.Tosh DAUning “Agranom “gazetasi 767 soni.
4.Elmurod Bahtiyorovich “Diniy ekstremizm va Terorizm”- O`zbekiston, 2015
5.WWW.//ziyonetuz.

3

.Islom Karimov “Yuksak Ma`naviyat-Yengilmas Kuch”

TOSHKENT”MA`NAVIYAT”2010 11-bet.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Karimov I.A.-Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.-T.:Ma`naviyat,2008.

Mirziyoyev Sh.M.”Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash muqaddas dinimizning sofligini

asrash-davr talabi”mavzusida anjumandagi nutqi.

Tosh DAUning “Agranom “gazetasi 767 soni.

Elmurod Bahtiyorovich “Diniy ekstremizm va Terorizm”- O`zbekiston, 2015

WWW.//ziyonetuz.