Mualliflar

  • Xodjakulov Baxodir Xudaykulovich
  • Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95329

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: musiqa san’ati badiiy vositalar ijodkorlik ma’naviy qo‘shiq kuy uslub vosita.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada musiqa o‘qituvchilari kasbiy malakalarini oshirishga doir fikr 
va mulohazalar yuritilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

136

BOLALARDA MUSIQAVIY KO‘NIKIMA VA QOBILIYATLARNING

SHAKLLANISHI.

Xodjakulov Baxodir Xudaykulovich

Guliston davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti “An’anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari”

kafedrasi mudiri.Dotsent

e-mail:xodjaqulov

baxodirxodjakulov@gmail.com

Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi

“An’anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari” kafedrasi talabasi

ANNOTATSIY

A

Mazkur maqolada musiqa o‘qituvchilari kasbiy malakalarini oshirishga doir fikr

va mulohazalar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa san’ati, badiiy vositalar, ijodkorlik, ma’naviy, qo‘shiq,

kuy, uslub, vosita.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвещена прoблеме развития профессиональных знаний и

умений учителей музыки.

Ключевые слова:

музыкальное искусство, творческие средства,

творчество, просвещение, песня, мелодия, метод, средство.

ABSTRACT

This article is devoted to the problem of development of professional knowledge

and shills of tesachers music.

Keywords: music art, creative means, art, enlightenment, song, melody, method,

facilities

KIRISH

Musiqaga bolalikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida

o‘z ta’sirini o‘tkazadi, boshqa ko‘nikima va qobiliyatlarning shakllanishini
ta’minlaydi, yaxshi musiqali ko‘nikmani shakllantiradi. Bundan tashqari, musiqa
shaxsning ijodiy sifatlarini sayqallab, uning tabiatini ham yorqin ranglar bilan bezaydi.
Musiqaning ushbu ifodaviy, tasviriy imkoniyatlari Sharq mutafakkirlari – Farobiy, Ibn
Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan.
Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa,
qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Davlat uchun
insonni yuksaklikka ko‘tarishda yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan.
Estetik idrok – bu ikki asosiy komponentlar yig‘indisidir: emotsionallik va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

137

tushunarlilik, lekin bunga yana xayol va harakat momenti – ritm ham qo‘shiladi.
Musiqa estetik va ma’naviy kayfiyatning ulkan manbaidir

1

.

Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash

yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak. Bolalar
bilan musiqali ish olib borish, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Musiqa bola qalbida
kuchli emotsional tuyg‘u uyg‘otadi, musiqa san’ati va ta’lim-tarbiyasi kishidagi
insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan,
insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan,
ijodini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch – ma’naviyatning yuksalishini ta’minlaydi.
Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi.
Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli
darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy axloqiy
sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining
keyingi musiqaviy rivozida kuchi ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning
shakllanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va
ma’naviy kayfiyatning ulkan manbayidir.

Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his

etishga katta ta’sirini hisobga olganda to‘g‘ri aks ettirilgan musiqali asarlardan o‘rinli
foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakllanishining asosiy manbai
tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok etishiga bevosita
bog‘liqdir. Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular
shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiya vazifalari bilan bog‘liq, ular
umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi
faoliyatga jalb etish, badiiy musiqaga estetik idrok etishni va emotsional o‘zlashtirishni
rivojlantirish, unda muhabbatini tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali
didni shakllantirish, bolalar badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat
bo‘lmog‘i kerak. Bolalarda musiqiy idrok rivojlanishining eng yorqin xususiyatlariga
eshitish hissi, musiqiy quloq, har xil tabiat musiqalariga hissiy javob sifati va
darajalarini ko‘rsatish mumkin.

Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his

etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan
musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar
shakllanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi
go‘zallikni idrok etishiga bevosita bog‘liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir
kuchini e’tirof yetgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks ettirgan hamda
ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni”
asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, go‘dakning

1

Sh.X. Xaydarov. Jizzax viloyati Xalq ta‘limi xodimi. CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY

STUDIES (CARJIS) VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

138

tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflagan: “Go‘dakning tanasi chiniqishi uchun
ikki narsa zarur: biri – uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i
(allasi). Birinchisi tanasiga, ikkinchisi – ruhiga tegishlidir”. Maktabgacha yoshdagi
bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash
muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari
bilan bog‘liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa
sohasidagi faoliyatga jalb etish, badiiy musiqaga estetik idrok etishni va emotsional
o‘zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni
o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini
rivojlantirishdan iborat bo‘lmoshii kerak.

Pedagog sifatida uzoq yillardan beri faoliyat olib borar ekanman shunga amin

bo‘ldimki, bolalarda musiqiy savodxonlikni shakllantirish uchun eng yaxshi yosh davri
3-5 yoshdagi bolalar hisoblanar ekan. Ularning musiqani o‘zlashtirishi juda yuqori va
eslab qolish qobiliyati ham yuqoriligi sabab har bir ohang ayniqsa, sho‘hchang
ohanglar ular psixikasiga ham ta’siri sezilarli.

Musiqaning bola hissiyotiga, ruhiyatiga, o‘y-xayollariga va intilishiga, ularning

hayot mazmuniga katta ta’sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks
ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqiy san’at uchun
odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa tovush bilan
hamohanglik rivojida dastlab nutq va raqs bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan edi. U mehnat
harakati ritmi bilan moslashib, bir maqsadga intilayotgan kishilarni bir-birlariga
birlashtirishni osonlashtiradi. Nutq ohanglarini, mehnat jarayonlari ritmlari va musiqali
ohanglarning umumlashuvi natijasida xalq musiqasi shakllanadi.

Xalq san’ati manbalariga asoslangan musiqa hamisha jozibador bo‘lib, qalbda

turli his-hayajonlar uyg‘otadi. Shu bilan birga, musiqada tovushlarga va tasviriy
holatlarga taqlid qilish hollari bor, ammo masalaning mohiyati bular bilan
belgilanmaydi. Musiqali obraz o‘zining aniq ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.

Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ertangi kun taraqqiyoti egalari bo‘lmish

bolalarni estetik va ma’naviy boy, tarbiyali shaxs sifatida tarbiyalash muhim masaladir.
Bu maqsadni amalga oshirishda musiqaning ham alohida o‘rni va o‘ziga xos
xususiyatlari bor. Maktabgacha tarbiya muassasalarida musiqiy tarbiya – bu bir aniq
maqsadga yo‘naltirilgan, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolani estetik, axloqiy, aqliy
rivojini amalga oshirish, bolani shaxs sifatida tarbiyalash, uni dunyoqarashini
kengaytirish, o‘z iqtidorini namoyon qila olishga, estetik jihatdan musiqani
tushunishga, unga ijodkorona yondasha olishga o‘rgatishdan iboratdir. Har bir bola
musiqaning qaysi yo‘nalishini o‘rganishidan qat’iy nazar uning yosh xususiyatlarini,
psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim. Unda uzluksiz davom


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

139

etadigan bir butun ta’lim-tarbiya jarayonini belgilovchi ilk turi “maktabgacha ta’lim”
deb ataladi.

Agar kichik yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni hamda

vatanparvarlikni musiqa yordamida uyg‘unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni
topa olmaymiz.

San’at – kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, kishi shaxsi san’at

vositasida va ishtirokida to‘laligicha yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi kelajak avlodni
estetik tarbiyalashda san’at muhim o‘rin tutadi. San’at insonparvarlik va odamiylik
hamkorligi ruhida uning hissiyotini o‘stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida
g‘amxo‘rlik qilar ekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his-
hayajondan uni o‘z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o‘rgatishimiz kerak. Shu
sababli u estetik tarbiya tarmog‘ining ajralmas qismi sanaladi.

ADABIYOTLAR:

1.

Boltayev B, Xodjayev J.A. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi
(darslik) – Samarqand. – Б. 83.

2.

Namozova D.T, Nosirov D.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim
metodikasi. – Qo‘qon: 2006-y.

3.

Eydemiller E.G. Yustisiskis V. Psixologiya i psixoterapiya semi. Sankt-Peterburg:
―Piter‖, 2000.

4.

Karimov M., Ikromova M. Raqs elementlari orqali bolalarni jismoniy rivojlantirish.
– T.: “Ilm ziyo” nashriyot uyi, 2008-y.

5.

Altibayeva G.M. Maktabgacna ta’limda musiqiy tarbiya metodikasi. Maruza matni.
– Termiz. 2018.

6.

Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M.Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013,


Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR:

Boltayev B, Xodjayev J.A. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi

(darslik) – Samarqand. – Б. 83.

Namozova D.T, Nosirov D.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim

metodikasi. – Qo‘qon: 2006-y.

Eydemiller E.G. Yustisiskis V. Psixologiya i psixoterapiya semi. Sankt-Peterburg:

―Piter‖, 2000.

Karimov M., Ikromova M. Raqs elementlari orqali bolalarni jismoniy rivojlantirish.

– T.: “Ilm ziyo” nashriyot uyi, 2008-y.

Altibayeva G.M. Maktabgacna ta’limda musiqiy tarbiya metodikasi. Maruza matni.

– Termiz. 2018.

Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M.Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik

texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013,