Jild 43 № 1 (2025)

Jild 43 № 1 (2025)
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

3-7 29 17

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdurasulova Jumagul Oxunjon qizi

Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim tizimida bo’lajak tarbiyachilarning intellektual 
kompetentligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada, bo’lajak 
tarbiyachilarda  intellektual  kompetentlikni  shakllantirish  va  uni  takomillashtirishga 
qaratilgan pedagogik mexanizmlar tahlil qilingan. Maqola asosida, zamonaviy ta’lim 
jarayonida intellektual kompetentlikni rivojlantirish uchun qo’llaniladigan innovatsion 
usullar  va  metodikalar  keltirilgan.  Natijada,  pedagogik  mexanizmlarni 
takomillashtirish  orqali  bo’lajak  mutaxassislarning  o’ziga  xos  ijodiy  va  kreativ 
salohiyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari ko’rsatilgan  

270-273 19 7

TASHKILOTLARDA XODIMLARNING MAQSADLI MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Saitova Xulkara Ahmadovna

Tashkilotlarda  xodimlarning  maqsadli  malakasini  oshirish  tizimini 
takomillashtirish  hozirgi  kunda  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  texnologik  o'zgarishlarga 
moslashish  uchun  zaruriy  elementlardan  biri  hisoblanadi.  Xodimlar  malakasini 
oshirish nafaqat ularning professional rivojlanishini ta'minlab, balki tashkilotlarning 
raqobatbardoshligini oshirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, bu jarayonni samarali 
tashkil etish uchun qonuniy asoslar, xalqaro tajriba va zamonaviy metodlarni o‘rganish, 
shuningdek,  metodologik  yondashuvlar  va  ularning  ish  beruvchi  va  xodimlar 
o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalari  alohida  e'tiborga  olinishi  lozim.  Ushbu  maqolada 
xodimlarning malakasini oshirish tizimining takomillashtirilishiga qaratilgan qonuniy, 
tashkiliy  va  metodologik  jihatlar,  shuningdek, xalqaro  tajriba  va  samarali  metodlar 
haqida batafsil so‘z yuritiladi. 

246-249 36 18

OILAVIY NIZOLAR VA ULARNI HAL QILISHNING PSIXOLOGIK STRATEGIYALARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Oilaviy nizolar har qanday oilada sodir bo'lishi mumkin bo'lgan 
tabiiy  hodisalar  hisoblanadi.  Bu  nizolar,  agar  o'z  vaqtida  hal  qilinmasa,  oilaviy 
munosabatlarni jiddiy darajada zaiflashtirishi mumkin. Maqolada oilaviy nizolarining 
sabablari, ularning psixologik ta'siri va hal qilish uchun samarali strategiyalar tahlil 
qilinadi.  Bundan  tashqari,  nizolarni  oldini  olish  va  muvaffaqiyatli  muloqot  usullari 
ham ko'rib chiqiladi. 

250-252 26 9

QO‘LYOZMA ASARLARGA XOS YOZUV USULLARI

Xamidova Gulinur Alisher qizi, A.U.Muydinova

Anotatsiya:Ushbu  maqolada  yozuv  va  uning  kelib  chiqishi  haqida  batafsil 
ma’lumot berilgan. Yozuvning har xil turlari yozuvning rivojlanish bosqichlarida tahlil 
qilinadi.Bu  yozuvning  bugungi  hayotimizda  va  tilshunoslikka  qadar  muhim 
ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, yozuv turlari misollar yordamida 
tushuntiriladi va ulardan foydalanish holatlari ko‘rib chiqiladi. 

253-255 26 19

WRITING STYLES SPECIFIC TO MANUSCRIPTS

Gulinur Xamidova, daughter of Alisher, Baisov Ahmad Sobirjonovich

Abstract:  This  article  provides  detailed  information  about  writing  and  its 
evolution. Various types of writing are analyzed during its developmental stages. It 
proves the significant importance of writing in our daily lives and linguistic studies. 
Additionally, types of writing are illustrated with examples and their usage scenarios 
are examined. 

256-258 25 16

“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN” ASARIDA IKKI TIL MUBOHASASI

Mirtolipova Xulkar Mirxusan qizi, A.U.Muyidinova

 
Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” 
asari orqali turkiy tilshunoslikka oid nodir qarashlari hamda tilning naqadar boyligini 
fors-tojik  va  arab  tillari  bilan  solishtirmasi  asosida  o‘rganilganligi  shu  jumladan, 
bugungi kunda tutgan ahamiyati haqida so‘z  boradi. 

259-261 20 11

NAVOIY POETIKASI

Teshaboyeva Sevinch, A.U. Muydinova

Annotatsiya:  Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda 
qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va 
yuqori  bosqichi  hisobladi.  Navoiy  lirikasining  tub  mohiyati  –  falsafiy,  ijtimoiy  va 
yuksak  poetik  shakldagi  ifodasi  bo’lganligi  bilan  alohida  ahamiyatga  egadir.  Biz 
birinchi  marta  Navoiy  ijodiyotida  lirikaning  davrning  yetakchi  falsafiy-ijtimoiy 
oqimlari  bilan  bevosita  aloqasini  ko’ramiz.  Lirikaning  ijtimoiy  muhit  bilan 
munosabati,  asosan,  chuqur  norozilikka  asoslangan  qarama-qarshiliklar,  ilg’or  bir 
mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi. 

262-263 19 14

ВЛИЯНИЕ ОРТОПЕДИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ЧАСТИЧНОЙ АДЕНТИИ НА СОСТОЯНИЕ ПАРОДОНТА У ВЗРОСЛЫХ ПАЦИЕНТОВ

Матризаева Гульмира Нематжоновна, Олимова Мадинабону Махмудовна

Актуальность  исследования.  Частичная  адентия  является  значимым 
фактором  риска  развития  заболеваний  пародонта  вследствие  нарушения 
окклюзионных  взаимоотношений  и  перераспределения  жевательной  нагрузки. 
Изучение влияния различных видов ортопедических конструкций на состояние 
пародонта остается важной задачей современной стоматологии. 

264-267 23 9

КЛИНИКО-ФУНКЦИОНАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ ПРИМЕНЕНИЯ ЧАСТИЧНЫХ СЪЕМНЫХ ПРОТЕЗОВ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ПАЦИЕНТОВ С ЧАСТИЧНОЙ АДЕНТИЕЙ В ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ

Матризаева Гульмира Нематжоновна, Олимова Мадинабону Махмудовна

Аннотация.  Целью  данного  исследования  явилась  оценка  клинико-
функциональной  эффективности  частичных  съемных  протезов  у  пациентов  с 
частичной  адентией  в  Хорезмской  области.  В  исследование  включены  120 
пациентов  в  возрасте  35–65  лет,  которым  были  изготовлены  акриловые  и 
бюгельные протезы. Проведены оценка жевательной эффективности, адаптации 
пациентов,  а  также  анализ  осложнений.  Результаты  показали,  что  бюгельные 
протезы обеспечивают лучшую функциональность (p < 0,05), однако акриловые 
конструкции чаще применяются из-за экономической доступности. 

268-269 25 9

WOMEN-WRITERS IN ENGLISH LITERATURE

Salohiddinova Sevinch Samariddin qizi, Baisov Ahmad Sobirjon qizi

ABSTRACT 
This thesis highlights the important role of women writers in crafting narratives, 
defying societal conventions, and changing literary landscapes in English literature. 
This research examines women writers' unique voices, views, and themes through a 
comprehensive analysis of selected works from various times, genres, and cultures. 
This  thesis  highlights  women  writers'  perseverance  and  ingenuity  in  overcoming 
patriarchal norms by studying the historical backdrop, cultural restraints, and literary 
movements  that  shaped  their  writing.  It  also  examines  how  women  writers  have 
expanded English literature and enriched its tapestry with their individual ideas and 
experiences.  This  thesis  promotes  women  writers'  literary  contributions  through 
literary theory, feminist critique, and cultural studies. 

242-245 41 10

BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA IJTIMOIYLASHUVNING AHAMIYATI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

 
Annotatsiya:  Bola  rivojlanishining  eng  muhim  jihatlaridan  biri  –  ijtimoiy 
aloqalar  orqali  o'rganish  va  shaxsiylikni  shakllantirishdir.  Maqolada  bolalar 
psixologiyasida  ijtimoiylashuvning  ahamiyati,  uning  rivojlanishdagi  roli,  ta'sir 
mezonlari va amaliy tadbiqlari tahlil qilingan. Oila ichidagi munosabatlar, do’stona 
aloqalar  va  jamoatchilikda  faoliyat  ko'rsatish  kabi  omillar  bolaning  emotsional, 
intellektual  va  ijtimoiy  salohiyatini  shakllantirishda  muhim  rol  o'ynaydi.  Tadqiqot 
natijalari  asosida  ijtimoiylashuv  jarayonining  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan 
tavsiyalar berilgan. 

274-278 33 18

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Jalilov Asomiddin Najmiddin o’g’li,

 
Annotatsiya 
Mazkur maqolada moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va ularning O‘zbekiston 
moliya tizimi rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. FinTech loyihalari raqamli to‘lovlar, 
mobil  banking,  mikrokreditlash  va  boshqa  zamonaviy  xizmatlar  orqali  moliyaviy 
inklyuziyani  oshirish,  xizmatlar  tezkorligini  ta’minlash  va  iqtisodiy  samaradorlikni 
kuchaytirishda  muhim  vosita  ekanligi  asoslab  berilgan.  Mavzuga  oid  statistik 
ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va milliy qonunchilik asosida muhokama olib borilib, 
FinTech loyihalarining istiqboli yoritilgan. 

279-282 22 6

DON ASOSIDA TAYYORLANADIGAN SUTLI ICHIMLIKLAR

Suyunova Lola Abduholiqovna, Malikova Nurgul Xudoyberdi qizi

Annotatsiya 
Ushbu maqolada don mahsulotlari asosida tayyorlanadigan sutli ichimliklarning 
oziq-ovqat  sanoatidagi  ahamiyati,  ularning  tayyorlanish  texnologiyasi,  biologik 
qiymati va sog‘liq uchun foydasi o‘rganilgan. Arpa, suli, bug‘doy, makkajo‘xori kabi 
donlar  asosida  fermentatsiya,  pishirish  va  emulsiya  usullarida  tayyorlangan 
ichimliklarning  tarkibiy  xususiyatlari  tahlil  qilingan.  Mahsulotning  funksional 
xususiyatlari, vitamin-mineral tarkibi va probiotik ahamiyati haqida ilmiy manbalar 
asosida xulosa chiqarilgan. 

283-293 29 12

KORXONALARDA MAHSULOT SIFATINI OSHIRISH STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI

Nurmatov Furqat Аlisher o`g`li

Аnnоtаtsiуа.  Ushbu  maqolada  mahsulot  sifatini  oshirish  jarayoni  strategik 
boshqaruvning  ajralmas  qismi  sifatida  tahlil  qilinadi.  Korxonalar  mahsulot  sifatini 
yaxshilash  orqali  nafaqat  raqobatbardoshlikni  oshiradi,  balki  mijozlar  ehtiyojlarini 
qondirish  va  bozor  talablariga  moslashish  imkoniyatlarini  kengaytiradi.Tadqiqotda 
mahsulot  sifatini  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  nazariy  asoslar,  jumladan,  sifatni 
boshqarish tizimlari, sifat nazorati, va ichki jarayonlarni optimallashtirishning muhim 
usullari  yoritiladi.  Korxonalarda  mahsulot  sifatini  oshirish  strategiyasini 
shakllantirishda, sifatni baholash va o‘lchash, mavjud muammolarni aniqlash, tahlil 
qilish  va  amalga  oshirish  bosqichlari  muhim  rol  o‘ynaydi.  Tadqiqot,  shuningdek, 
sifatni  oshirish  jarayonida  menejment  va  xodimlarning  ishtiroki,  mijozlar  bilan 
samarali aloqalar o‘rnatish, hamda yangi texnologiyalarni joriy etishning o‘rni haqida 
fikr yuritadi. 

294-297 24 13

MATEMATIK MANTIQ: TO‘G‘RI FIKRLASHNI O‘RGANAMIZ (ODDIY MANTIQIY MASALALAR ORQALI TUSHUNTIRISH)

Yulchiyeva Muxtaramxon Raxmonaliyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematik mantiq tushunchasi, uning mohiyati 
va ahamiyati oddiy mantiqiy masalalar asosida yoritiladi. Maqola orqali o‘quvchilar 
to‘g‘ri fikrlash, xulosalar chiqarish, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini 
shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  Tushuncha  va  usullar  kundalik  hayotda 
duch kelinadigan muammolar misolida oddiy va ravshan tarzda tushuntiriladi. Maqola 
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

298-300 27 5

SPORT O‘YINLARI ORQALI JAMOAVIYLIK VA LIDERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Ergashev Dilmurod Abduxalilovich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  sport  o‘yinlarining  ta’limiy  va  ijtimoiy 
tarbiyadagi  o‘rni,  ayniqsa  o‘quvchilarda  jamoada  ishlash  va  liderlik  ko‘nikmalarini 
shakllantirishdagi  ahamiyati  yoritiladi.  Sport  o‘yinlari  orqali  o‘quvchilarda  o‘zaro 
hurmat, hamkorlik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqalarni ilhomlantira olish kabi 
muhim ijtimoiy-psixologik fazilatlar rivojlanadi. Maqolada bu jarayonlarning qanday 
shakllanishi,  sport  muhitining  ta’lim  bilan  uyg‘unlashgan  holda  qanday  ijobiy 
natijalarga olib kelishi misollar bilan tahlil qilinadi. 

301-304 25 6

DAVLAT TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT O‘RTASIDAGI O‘ZARO ALOQA.

Karimova Xurshidabonu Rustam qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  davlat  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi  va 
audit  faoliyatining  o‘zaro  bog‘liqligi,  ularning  muhim  jihatlari  va  samaradorligini 
oshirish  yo‘llari  tahlil  qilinadi.  Buxgalteriya  hisobi  va  auditning  asosiy  vazifalari, 
ularning davlat moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati hamda zamonaviy audit metodlari 
bilan buxgalteriya hisobini yaxshilash usullari ko‘rib chiqiladi. 

305-307 42 8

O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHNI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK USULLAR

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  O‘ziga  bo‘lgan  ishonch  –  biror  shaxsning  o‘z  qobiliyatlariga, 
imkoniyatlariga va o‘zini qadrlashga bo‘lgan ishonch hissi. Bu his-tuyg‘u insonning 
hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki u harakatlarimizni, qarorlarimizni va umuman 
hayotimizda ko‘rsatgan yondoshuvimizni belgilaydi. Maqola o‘ziga bo‘lgan ishonchni 
rivojlantirishning psixologik usullari va amaliy maslahatlari bilan tanishtiradi. O‘ziga 
ishonchni oshirish yo‘llari, uning tabiati, asosiy omillari va qanday tarzda rivojlanishi 
mumkinligi tahlil qilinadi. 

211-214 43 12

PEDAGOGIK FAOLIYATDA AXLOQIY QADRIYATLAR VA ETIKA MUAMMOLARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Pedagogik  faoliyatda  axloqiy  qadriyatlar  va  etika  muammolari 
zamonaviy  ta’lim  tizimida  muhim  ahamiyatga  ega.  Ushbu  maqolada  pedagogik 
jarayonlarda axloqiy qadriyatlar va etikaning roli, ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga 
ta’siri,  shuningdek,  o‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  munosabatlarga  oid 
muammolar tahlil qilinadi. O‘qituvchining professional etikasi, tarbiya jarayonidagi 
axloqiy yo‘naltiruvchanlik va zamonaviy ta’limdagi yangi yondashuvlar ham ko‘rib 
chiqiladi. 

181-184 20 9

O’ZBEKISTONDA TURIZM MARKETING RIVOJLANISH STRATEGIYALARI

Dalaboyeva Shodiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Oʻzbekiston  turizm  sohasida  marketing 
strategiyalarining rivojlanishi, uning dolzarb muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. 
Turizm  marketingining  samaradorligini  oshirish  uchun  zamonaviy  usullar,  raqamli 
texnologiyalar, brending va xorijiy turistlarni jalb qilish strategiyalari koʻrib chiqiladi. 
Turizmni rivojlantirishda davlat va xususiy sektor hamkorligi, turistik infratuzilma, 
xalqaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi. 

185-189 24 11

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI FANINING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Zuparova Soadat Sharipovna, Rixsiboyeva Yulduzxon Abdixoliq qizi, O'ktamova Yorqinoy Elmurod qizi, Abdullayeva Aziza Salimjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishning 
ahamiyati,  zamonaviy  ta’limda  tutgan  o‘rni  va  uning  bolalarning  kognitiv 
qobiliyatlariga  ta’siri  tahlil  qilinadi.  Ingliz  tili  xorijiy  tillar  orasida  eng  ko‘p 
qo‘llaniladigan til bo‘lib, uni erta yoshdan o‘rgatish bolalarning nutqiy, ijtimoiy va 
intellektual  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Maqolada  boshlang‘ich  sinflarda 
ingliz  tili  o‘qitishning  samarali  usullari,  metodik  yondashuvlar  va  pedagogik 
texnologiyalar haqida fikr yuritilgan. 

190-193 23 6

TEXNIKA UNIVERSITETLARIDA SUN'IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISH MUHANDISLIK PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI

Hotamov Salohiddin Sohibjon o'g'li, Ruzmetova Sayyoraxon Timurxanovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada texnika universitetlarida sun’iy intellekt (AI) va 
avtomatlashtirishning  muhandislik  psixologiyasiga  ta’siri  ko‘rib  chiqiladi.  AI  va 
avtomatik tizimlar muhandislarning ish jarayonlarini o‘zgartirib, ularning psixologik 
holatiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ushbu ta’sirning ijobiy va salbiy jihatlari, 
shuningdek, muhandislarning moslashuv strategiyalari tahlil qilinadi. 

194-196 23 11

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINI O'QITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Tursunova Muqaddasxon Abdurazaqovna, Alijonova Ro‘zixon Mirzajon qizi

Annotatsiya:  Umumta'lim  maktablarida  fizika  fanini  o'qitishning  o'ziga  xos 
xususiyatlari  o'qituvchidan  nafaqat  yuqori  malaka,  balki  didaktik  va  pedagogik 
yondashuvlarni ham talab qiladi. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fizika 
fanini o‘qitishning asosiy xususiyatlari, muammolari va ularni yechish usullarini tahlil 
qilingan. 

197-200 20 13

QUTQARUVCHILAR – HAYOT UCHUN KURASHAYOTGAN QAHRAMONLAR

Abdullayeva Gulshanoy Adhamjon qizi

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  qutqaruvchilar  –  favqulodda  vaziyatlarda 
hayotni  qutqarish  uchun  har  kuni  xavf  ostida  ishlaydigan  odamlarning  jasorati, 
fidoyiligi  va  ularning  jamiyatdagi  ahamiyati  ko‘rib  chiqiladi.  Maqolada 
qutqaruvchilarning  vazifalari,  ularga  qo‘yiladigan  talablar,  psixologik  va  jismoniy 
qiyinchiliklar, shuningdek, ularning tajribalari haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, 
qutqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga hurmat ko‘rsatish zarurligi ta’kidlanadi. 

201-204 38 20

TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  zamonaviy  ta’limda  innovatsion  metodlardan 
foydalanishning  pedagogik  jihatdan  ahamiyati,  o‘quvchilarning  bilim  olish 
samaradorligiga  ta’siri  va  kelajakda  ta’lim  sohasida  yuzaga  keladigan  o‘zgarishlar 
haqida  tahlil  qilinadi.  Maqolada  interfaol  texnologiyalar,  masofaviy  ta’lim 
platformalari,  loyihalarga  asoslangan  o‘qitish  va  boshqa  zamonaviy  usullarning 
afzalliklari ko‘rib chiqiladi. 

205-207 37 6

TALABALAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINING SHAXSIYATI VA ROLI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

 
Annotatsiya:  Talabalarning  ta'lim  jarayoniga  bo‘lgan  motivatsiyasi  ularning 
o‘qishga qiziqishi, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga 
bevosita ta'sir etadi. Bu maqolada talabalar motivatsiyasini oshirishda o‘qituvchining 
shaxsiyati  va  roli  tahlil  qilinadi.  O‘qituvchining  professional  mahorati,  axloqiyligi, 
kommunikativ ko‘nikmalari va innovatsion yondashuvi talabalarning motivatsiyasini 
kuchaytirishda  muhim  omillardan  biridir.  Maqola  nazariy  va  amaliy  jihatdan  tahlil 
qilinib, o‘qituvchining rolidan foydalanish orqali talabalarni faollashtirish metodlari 
taklif etiladi. 

208-210 38 13

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TARBIYALASHDA O‘YIN METODLARINING O‘RNI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  tarbiyalashda  o‘yin 
metodlarining  ahamiyati,  ularning  psixologik,  pedagogik  va  ijtimoiy  jihatlari  tahlil 
qilinadi.  O‘yinlar  bolalarning  bilim  olish  jarayonida  qiziqishini  oshirish,  ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim 
rol  o‘ynaydi.  Tadqiqotda  o‘yin  metodlarining  samaradorligi,  qo‘llash  usullari  va 
zamonaviy ta’limda ularning o‘rni haqida fikr yuritilgan. 

308-310 40 7

GURUH PSIXOLOGIYASI: LIDERLIK, IJTIMOIY TA’SIR VA KONFORMIZM

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

 
Annotatsiya: Maqolada guruh psixologiyasining asosiy tushunchalari – liderlik, 
ijtimoiy  ta’sir  va  konformizm  mavzulari  tahlil  qilinadi.  Guruh  dinamikasi,  liderlik 
usullari, ijtimoiy bosim va konformizmning shaxs va jamiyatga ta’siri ko‘rib chiqiladi. 
Tadqiqotlar, nazariyalar va amaliy misollar asosida guruhdagi munosabatlar va xulq-
atvor mezonlari yoritiladi. 

215-218 37 9

YOSH XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA TA’LIM BERISH PRINSIPLARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ta’lim berish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir yosh guruhining 
psixologik, jismoniy va intellektual rivojlanish darajasiga mos ta’lim usullari tanlash, 
o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu maqolada yosh 
xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish prinsiplari, ularga oid nazariy va 
amaliy aspektlar tahlil qilinadi hamda bu prinsiplarni amalga oshirish yo‘llari ko‘rib 
chiqiladi. 

219-221 40 9

TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHINING IJODKORLIGI VA PEDAGOGIK MAHORATI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  zamonaviy  ta’lim  jarayonida  o‘qituvchining 
ijodkorligi  va  pedagogik  mahorati  muhokama  qilinadi.  O‘qituvchining  kasbiy 
faoliyatida  ijodiy  yondashuv,  innovatsion  metodlardan  foydalanish,  shaxsiy  va 
professional sifatlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik mahoratning 
tarkibiy qismlari, o‘qituvchining ijodiy qobiliyatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri 
haqida fikr yuritiladi. Xalqaro va milliy tadqiqotlar asosida ta’lim sifatini oshirishda 
o‘qituvchining roliga alohida e’tibor qaratilgan. 

222-225 40 6

MILLIY QADRIYATLARGA ASOSLANGAN TARBIYA: MUHIM YO‘NALISHLAR VA USULLAR

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Zamonaviy  jamiyatda  milliy  qadriyatlarga  asoslangan  tarbiya 
ayniqsa dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Bu maqolada milliy qadriyatlarning ta’rifi, 
ularning tarbiyaviy jarayondagi roli, asosiy yo‘nalishlari va usullari o‘rganilgan. Milliy 
qadriyatlarga  tayanib  tarbiyalash  orqali  yosh  avlodni  ma’naviy-ma’rifiy  boyitish, 
ularda  vatanparvarlik,  insonparvarlik  va  boshqa  axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish 
imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida yozilgan 
bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda an’anaviy ta’lim usullarining 
integratsiyasi tavsiya etiladi. 

226-228 33 8

ZAMONAVIY MAKTAB TIZIMIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK MASALALARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim tizimida ota-onalar va maktab 
oʻrtasidagi hamkorlikning ahamiyati, shakllari va  samaradorligi tahlil qilinadi. Ota-
onalarning  taʼlim  jarayonida  faol  ishtiroki  bolaning  akademik  yutuqlarini  oshirish, 
ijtimoiy  koʻnikmalarini  rivojlantirish  va  maktab  hamjamiyatini  mustahkamlashda 
muhim  rol  oʻynaydi.  Maqolada  hamkorlikni  yaxshilash  uchun  takliflar  va  amaliy 
usullar keltirilgan. 

229-231 44 14

KREDIT-MODUL TIZIMINING PEDAGOGIK JIHATLARI VA TA’SIRI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Kredit-modul  tizimi  zamonaviy  ta’lim  jarayonida  muhim  o‘rin 
tutadi.  U  talabalarga  mustaqil  ta’lim  olish,  bilim  va  ko‘nikmalarni  moslashuvchan 
shaklda  egallash  imkoniyatini  beradi.  Ushbu  maqolada  kredit-modul  tizimining 
pedagogik  asoslari,  ta’lim  sifatiga  ta’siri,  shuningdek,  uning  afzalliklari  va 
kamchiliklari tahlil qilinadi. Tizimning samaradorligini oshirish uchun takliflar ham 
keltirilgan. 

232-234 35 17

TA’LIM SIFATINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA METODLAR

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Ta’lim  sifati  ta’lim  jarayonining  samaradorligi  va  natijalarini 
aniqlashda eng muhim omillardan biridir. Zamonaviy ta’lim tizimida ta’lim sifatini 
baholashning  qulay,  ob'ektiv  va  universal  metodlari  talab  etiladi.  Ushbu  maqolada 
ta’lim sifatini baholashda qo'llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va metodlar tahlil 
qilinadi.  Buning  uchun  xalqaro  tajribalar,  yangi  pedagogik  texnologiyalar  hamda 
innovatsion  usullar  ko'rib  chiqilgan.  Ta’lim  sifatini  baholashda  o‘quv  jarayonining 
barcha bosqichlariga e'tibor berish va uning natijalarini turli yo‘nalishlarda tahlil qilish 
lozimligi asoslab beriladi. 

235-237 40 8

STRESS VA UNI BOSHQARISH USULLARI: PSIXOLOGIK YONDASHUV

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Stress - bu inson organizmi uchun tabiiy va kutilgan hodisa bo'lib, 
ko'plab omillar tufayli vujudga keladi. Ushbu maqolada stressning psixologik jihatdan 
ta'sirini, uning sabablari va salbiy oqibatlarini tahlil qilish bilan birga, uni boshqarish 
usullariga  e'tibor  beriladi.  Maqola  shuningdek,  stressni  oldini  olish  va  uni 
muvofiqlashtirish  uchun  amaliy  yondashuvlarni  ham  o'z  ichiga  oladi.  Tadqiqot 
natijalari  asosida  stressni  boshqarishda  nozik  psixologik  yondashuvlar  zarurligi 
ta'kidlanadi. 

238-241 35 9

SHAXSIY O‘SISH VA O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Maqolada  shaxsiy  o‘sish  va  o‘zini  anglash  jarayonining 
psixologik  asoslari  tahlil  qilinadi.  Shaxsiy  rivojlanishning  nazariy  modellari, o‘zini 
anglashning  ahamiyati,  motivatsiya,  o‘z-o‘zini  boshqarish  va  psixologik  to‘siqlar 
haqida so‘z boradi. Maqolada shuningdek, shaxsiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar va 
uni rag‘batlantirish usullari yoritilgan. 

128-135 27 8

ЁШ АВЛОДНИ МУМТОЗ МУСИҚА ДУРДОНАЛАРИНИ ТИНГЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

Султонов Абдураҳим, Муҳиддинова Жасмина Шерзодовна.

 
                                          АННОТАЦИЯ 
Бугунги кунда санъат оламига  кириб келаётган аксар ёш хонандаларнинг 
асосий мақсади - ҳар қандай йўл билан танилиб олиш бўлиб қолган Вилоятларда, 
узоқ  туман  ва  қишлоқларда  иқтидорли,  чиройли  овозга  эга  бўлган  истеъдод 
соҳибларини,  қобилиятли  ёшларни  кўплаб  учратиш  мумкин.Аммо  бундай 
иқтидорларни  пойтахтга  келиб  ўзларининг  овозларини,  ижроларини  магнит 
тасмаларига ёздириб, саҳна ёки телевидение орқали ўз санъатларини намойиш 
этишлари учун юқорида таъкидлаб ўтилганларни ҳал этиш анча мушкул муаммо 
бўлиб қолмоқда.Менимча бундай қобилиятли, ширали овоз соҳибларини юқори 
мутасадди ташкилотлар Маданият вазирлиги, “Ўзбекконцерт ИЧБ”, вилоятлар 
маданият муассасалари раҳбариятлари томонидан қўллаб – қувватлашнинг вақти 
аллақачон келган. 

81-83 42 6

INKLUZIV TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA METODLAR

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Inkluziv  ta’lim  zamonaviy  ta’lim  tizimining  eng  muhim 
yo’nalishlaridan  biri  bo’lib,  u  har  qanday  imkoniyatga  ega  bo’lgan  yoki  maxsus 
ehtiyojga ega o’quvchilarga moslashgan ta’lim jarayonini anglatadi. Ushbu maqolada 
inkluziv  ta’limning  asosiy  tamoyillari,  pedagogik  yondashuvlar  va  amaliyotda 
qo’llaniladigan  metodlar  tahlil  qilinadi.  Ishda  ta’lim  jarayonida  o’quvchilarning 
individual  xususiyatlariga  qarab  differentsial  yondashuvni  ahamiyati  alohida 
ta’kidlanadi.  Kalit  so'zlar:  inkluziv  ta’lim,  pedagogik  yondashuv,  ta’lim  metodlari, 
differentsial yondashuv, individual yondashuv. 

84-91 28 17

ERITIB QOPLASH USUSLLARI ORQALI MASHINA VA MEXANIZMLAR DETALLARINI QAYTA TIKLASHNING SAMARALI USULLARI.

A.A.Abdukaxxarov

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  tog’-kon  texnikalarini  ta’mirlashda  yeyilgan 
detallarni qayta tiklashning samarali usullari to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.  

92-97 16 9

МАВСУМИЙ ПОЛЛИНОЗ БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРДА ҚУРУҚ КЎЗ СИНДРОМИ

Одилов Миршод Юсупович

Аннотация.  Мазкур  мақолада  мавсумий  поллиноз  билан  оғриган 
беморларда  қуруқ  кўз  синдромининг  клиник  аҳамияти  ва  учраш  частотаси 
ўрганилган.  Поллиноз  аллергик  касалликлардан  бири  бўлиб,  кўпинча  кўз 
тўқималарига таъсир кўрсатади. Қуруқ кўз синдроми эса кўз ёш суюқлиги етарли 
даражада ишлаб чиқарилмаслиги ёки унинг таркибидаги мувозанат бузилиши 
билан намоён бўлади. Бу икки ҳолатнинг биргаликда юзага келиши беморларда 
турли ноқулайликларга сабаб бўлади ҳамда даволашни мураккаблаштиради. 

98-103 24 16

SURUNKALI OSHQOZON YARASIDA JARROHLIK ARALASHUVINING BUGUNGI KUNDA DOLZARB MUAMMOLARI

Xalimov Aziz Olim o’g’li

Annotatsiya.  Mazkur  ilmiy  maqola,  surunkali  oshqozon  yarasi  bilan  bog‘liq 
joriy  jarrohlik  aralashuvlarining  dolzarb  muammolarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan. 
Oshqozon yarasi – bu oshqozon shilliq qavatida paydo bo‘lgan yaralar bo‘lib, ular o‘z 
vaqtida  davolashni  talab  qiladi,  chunki  davolanmagan  yoki  noto‘g‘ri  davolangan 
holatlarda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu maqolada, oshqozon yarasi 
bo‘lgan  bemorlarda  jarrohlik  aralashuvlarini  amalga  oshirishda  uchraydigan  asosiy 
qiyinchiliklar,  jarrohlik  usullarining  samaradorligi,  amaliyotdagi  innovatsiyalar  va 
muayyan muammolar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Bunda, zamonaviy tibbiyotda 
eng keng qo‘llanilayotgan jarrohlik usullarining tahlili hamda shifokorlarning malakasi 
va  bemorlarning  individual  xususiyatlari  inobatga  olinadi.  Maqola,  shuningdek, 
oshqozon  yarasi  bilan  bog‘liq  asoratlarni  oldini  olish  va  ularni  davolashda 
muvaffaqiyatli  yondashuvlarni  izlashda  dolzarb  muammolarni  va  istiqboldagi 
rivojlanish  yo‘llarini  ko‘rsatadi.  Maqola,  ushbu  soha  mutaxassislari  va  talabalariga 
surunkali oshqozon yarasi  va  uning  jarrohlik  davolash usullariga  oid  so‘nggi  ilmiy 
ma'lumotlarni taqdim etishni maqsad qiladi. 

104-108 21 5

СУРУНКАЛИ АППЕНДИЦИТ, ТАШХИСЛАШ ВА ДАВОЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВИ (Адабиётлар шарҳи)

Халимов Азиз Олим ўғли

 
Аннотация.  Мазкур  мақолада  адабиётлар  шарҳи  сурункали 
аппендицитнинг таърифини, касалликнинг клиник кўринишларини ва ўнг ёнбош 
соҳасидаги  сурункали  оғриқлар  билан  боғлиқ  қиёсий  ташхислашни  муфассал 
ўрганишга  бағишланган.  Шунингдек,  ирригоскопия,  ультратовуш  текшируви, 
мултиспирал  компьютер  томографияси  ва  лапароскопия  каби  инструментал 
диагностика  усулларини  қўллаш  бўйича  кўрсатмалар  муҳокама  қилинган.  Бу 
усулларнинг  самарадорлиги  ва  уларни  қўллашнинг  мақсадга  мувофиқлиги, 
шунингдек,  сурункали  аппендицитни  жарроҳлик  йўли  билан  даволашнинг 
асосланиши баён қилинган. 

109-118 88 15

LEGAL FRAMEWORKS FOR CIVIC PARTICIPATION IN PUBLIC SAFETY: CASE OF JAPAN’S TONARI-GUMI AND KOBAN

Urazbaev Abatbay Askerbaevich

Abstract:Japan’s public safety model, integrating tonari-gumi volunteer patrols 
and  Koban  police  stations,  exemplifies  decentralized  governance,  blending  civic 
participation with institutional oversight. This study analyzes their evolution from 2010 
to 2023, assessing legal, economic, and social efficacy amid urbanization (91% urban 
population),  an  aging  demographic  (38.4%  over  65),  and  rising  cybercrime  (27% 
increase, 2020 – 2023) [1, 2]. Drawing on National Police Agency data, the research 
quantifies a 30.2% crime drop (1,897 to 1,324 cases per 100,000), with petty crime 
falling 82.3% rural and 58.6% urban, though serious crime declined only 23.1% [3]. 
Historical roots trace to Edo’s gonin-gumi, while post-1947 "Local Autonomy Law" 
scaled  Koban  to  6,298  and  tonari-gumi  to  46,127  by  2023  [4,  5].  Case  studies 
(Yamagata,  Fukuoka,  Nagano)  and  55-act  legal  analysis  reveal  adaptability  –  e.g., 
Fukuoka’s "SafeLink" cut response times from 9.7 to 7.9 minutes – yet privacy lawsuits 
(52 in 2023) and elderly reliance (42.8% Nagano volunteers over 65) pose challenges 
[6, 7]. The study highlights "safety social capital" (85.2% rural trust) and explores 
export potential to regions like Central Asia [8, 9]. 

119-123 22 8

ОТРАЖЕНИЕ МУЖСКОЙ И ЖЕНСКОЙ РЕЧИ В СМИ

Раджапова Наталья Базаровна

Аннотация.  В  современном  обществе  вопросы  гендерного  равенства  и 
роли женщин и мужчин становятся все более актуальными. Одной из сфер, где 
проявляются особенности мужской и женской речи, являются СМИ. В данной 
работе будет проведен лексико-семантический анализ мужской и женской речи 
в русском языке на материале СМИ. 

124-127 31 7

QORAXONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI, O‘SHA DAVRDAGI, MUSIQIY VA MADANIY HAYOT VA O‘SHA DAVRDA YASHAB O‘TGAN MUSIQASHUNOS OLIMLAR.

Xomidov Zokir Djurakulovich, Abduraimov Ozod Vohid o’g’li

                                                                                                                                                 
Anotatsiya:Qoraxoniylar davridagi musiqiy va madaniy hayot, Oʻsha davrda 
yashab  oʻtgan  turli  sohadagi  sharq  olimlari,  Xoʻja  Abdulqodir  Maroʻgʻiyning 
musiqaga qo'shgan ilmi, Safiuddin Urmaviy va Mahmud Sheroziyning hayoti va ijodi. 

76-80 45 8

PEDAGOGIK KOMMUNIKATSIYA VA O‘QITUVCHI-NAZARIY MUNOSABATLARI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Pedagogik kommunikatsiya ta’lim jarayonining asosiy elementi 
bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatlarni shakllantirishda muhim rol 
o‘ynaydi.  Mazkur  maqolada,  pedagogik  kommunikatsiyaning  tabiati,  uning 
o‘qituvchi-nazariy  munosabatlariga  ta’siri  hamda  ta’lim  sifatiga  qanday  ta’sir 
ko‘rsatishi  tahlil  qilingan.  Kommunikativ  jarayonlarning  samaradorligi 
o‘quvchilarning maktabga moslashuvi va ularning yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq 
ekanligi ko‘rsatilgan. Maqola nazariy jihatdan boy manbalarga tayanib yozilgan bo‘lib, 
unda zamonaviy tadqiqotlar va ilmiy maqolalar keltirilgan. 

136-139 25 11

BOLALARDA MUSIQAVIY KO‘NIKIMA VA QOBILIYATLARNING SHAKLLANISHI.

Xodjakulov Baxodir Xudaykulovich, Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi

ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada musiqa o‘qituvchilari kasbiy malakalarini oshirishga doir fikr 
va mulohazalar yuritilgan.  

140-144 20 12

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING SAVOD O‘RGATISHGA KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ochilova Gavhar Hamid qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  savod  o’rgatishda  o‘qituvchilarning  kasbiy-
metodik  kompetentligining  ahamiyati  yoritib  berilgan.  Bo‘lajak  boshlang’ich  sinf 
o‘qituvchilarining  kasbiy-metodik  kompetentligini  rivojlantirish  yo‘llari  sanab 
o‘tilgan. 

145-152 59 11

IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR VA ULARNING ANALITIK TALQINI.

G’aniyeva Malika Murodjon qizi, Alijonova Mohizar Quvvatali qizi, Alijonova Zulhumor Nodirbek qizi-

Annotatsiya:Mazkur  maqolada  ikkinchi  tartibli  sirtlarning  turlari  va  ularning 
analitik  ifodalari  yoritilgan.  Asosiy  e’tibor  konus,silindr,ellipsoid,  giperboloid, 
paraboloid kabi sirtlarga qaratilgan. Har bir sirtning tenglamasi, geometrik shakli va 
grafik  ko‘rinishi  tahlil  qilingan.  Maqolada  sirtlarning  klassifikatsiyasi  va  ularni 
farqlash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Amaliy masalalarda bunday sirtlarning muhimligi, 
xususan,  fizika  va  muhandislikda  qo‘llanilishi  bayon  etilgan.  Har  bir  sirt  uchun 
misollar keltirilib, ularning grafik tasvirlari orqali tushunishni osonlashtirishga harakat 
qilingan. Maqola geometriya va analitik geometriya fanlarini o‘rganayotgan talabalar 
uchun foydalidir. U nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni ham o‘z ichiga oladi. 

153-159 29 7

YUQORI TARTIBLI HOSILALAR VA ULARNING TATBIQLARI

G’aniyeva Malika Murodjon qizi, Mamajonova Maftuna Noyibjon qizi, Yunusova Aziza Mirzajon qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada yuqori tartibli hosilaning asosiy tushunchalari va 
ularning matematik tahlildagi o‘rni yoritilgan. Yuqori tartibli hosilalar funksiyaning 
yanada  chuqurroq  xossalarini  aniqlashda  muhim  vosita  hisoblanadi.  Maqolada 
hosilaning fizikadagi,  iqtisodiy modellardagi qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. 
Shuningdek, differensial tenglamalarda yuqori tartibli hosilalarning ahamiyati ko‘rib 
chiqilgan. Misollar orqali mavzuga oid nazariy bilimlar mustahkamlangan. Matematik 
model  yaratishda  yuqori  tartibli  hosilalar  yordamida  aniqlik  darajasini  oshirish 
mumkinligi  ta’kidlangan.  Mavzu  talabalarga  amaliy  va  nazariy  bilimlarni 
uyg‘unlashtirish  imkonini  beradi.  Maqola  matematik  tahlil  bilan  shug‘ullanuvchi 
talabalar va o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. 

160-165 31 6

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ГЕНДЕРНЫХ АСПЕКТОВ ЯЗЫКА

Раджапова Наталья Базаровна

Аннотация.  Актуальность  изучения  гендерных  аспектов  языка  и 
коммуникации  в  современном  обществе  обусловлена  множеством  факторов, 
среди  которых  нарастающие  дискуссии  о  равенстве  полов,  изменении 
социальных  норм  и  стандартов,  а  также  ростом  интереса  к  вопросам 
идентичности  и  самовыражения.  Язык,  как  основное  средство  общения,  не 
только отражает, но и формирует социальные отношения, включая гендерные. 
Гендерные аспекты языка и коммуникации представляют собой важную область 
исследования,  которая  позволяет  глубже  понять,  как  гендерные  роли  и 
стереотипы влияют на взаимодействие между людьми, а также на саму структуру 
языка. 

166-171 23 5

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ИЗУЧЕНИЮ ГЕНДЕРА В ЯЗЫКЕ

Раджапова Наталья Базаровна

Аннотация.  Актуальность  изучения  гендерных  аспектов  языка  и 
коммуникации  в  современном  обществе  обусловлена  множеством  факторов, 
среди  которых  нарастающие  дискуссии  о  равенстве  полов,  изменении 
социальных  норм  и  стандартов,  а  также  ростом  интереса  к  вопросам 
идентичности  и  самовыражения.  Язык,  как  основное  средство  общения,  не 
только отражает, но и формирует социальные отношения, включая гендерные. 
Гендерные аспекты языка и коммуникации представляют собой важную область 
исследования,  которая  позволяет  глубже  понять,  как  гендерные  роли  и 
стереотипы влияют на взаимодействие между людьми, а также на саму структуру 
языка. 

172-176 28 8

ДЕТСКИЙ БИЛИНГВИЗМ В РУССКОЯЗЫЧНОЙ СРЕДЕ

Раджапова Наталья Базаровна, Зиёдова Сабрина Бахтиёровна

Аннотация. В современном мире все больше родителей сталкиваются с 
необходимостью воспитания и развития двуязычных детей. Русский билингвизм 
у  детей  –  актуальная  и  важная  тема,  которая  требует  серьезного  изучения  и 
анализа.  В  данной  работе  будет  рассмотрено  несколько  глав,  включающих 
историю  и  современное  состояние  русского  билингвизма  у  детей, 
психологические  и  когнитивные  аспекты  данного  явления,  влияние  семьи  на 
формирование русского билингвизма у детей, а также образовательные подходы 
и программы для развития русского билингвизма у детей. 

41-44 24 12

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK TA'LIM- TARBIYA BERISH MASALALARI

Turdaliyeva Maloxat Axmadalievna

Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalarga  ekologik ta'lim-tarbiya berish 
masalalari  bugungi  kunda  juda  muhim  ahamiyatga  ega.  Ekologik  ta'lim,  bolalarga 
atrof-muhitni tushunish, uning muhimligini anglash va saqlab qolish bo‘yicha bilimlar 
berish  orqali  ularni  kelajakda  mas'uliyatli  fuqarolar  sifatida  tarbiyalashni  maqsad 
qiladi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalar,  o‘zlarining  aqliy  va  hissiy  rivojlanish 
bosqichida, atrof-muhitga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish uchun eng qulay davrda 
joylashganlar.  Shuning  uchun,  ekologik  ta'lim-tarbiya  jarayonida  bolalarning 
qiziqishlarini  hisobga  olish,  ularni  faol  ishtirok  etishga  undash  va  o‘rganishga 
rag'batlantirish zarur. 

8-10 25 10

KISHILIK JAMIYATI TARIXIDA DIN VA DINIY E’TIQODNING SOTSIOLOGIK AHAMIYATI

Qurbonova Umida Bobirjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada kishilik jamiyati tarixida din va diniy e'tiqodning 
sotsiologik  ahamiyati  tahlil  qilinadi.  Dinning  jamiyatdagi  roli,  uning  ijtimoiy 
tuzilmalar va madaniyatga ta'siri, shuningdek, klassik sotsiologlarning din haqidagi 
nazariyalari ko'rib chiqiladi. Maqola davomida Karl Marks, Emil Dyurkgeym va Maks 
Veberning dinning jamiyatdagi o'rni va funksiyalari haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. 

11-15 22 8

KARTOGRAFIYANI ILMIY FAN SIFATIDA O‘QITISHDA PEDAGOGIK USULLAR VA INNOVATSIYALAR

Jololdinov Asror Toshtemirovich,

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  kartografiya  fanini  o‘qitishda  qo‘llaniladigan 
pedagogik usullar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. An'anaviy va zamonaviy 
o‘qitish  metodlari  solishtirilib,  interfaol  texnologiyalar,  virtual  ekskursiyalar, 
geografik  boshqotirmalar  kabi  innovatsion  usullarni  qo‘llash  tajribalari  o‘rganiladi. 
Shuningdek,  o‘qituvchilarning  malakasini  oshirish  va  xalqaro  tajribalarni 
o‘rganishning ahamiyati ta'kidlanadi.  

16-19 21 7

KO'P TILLI BO'LISHNING AVFZALLIKLARI VA MIYAGA TA’SIRI

Sultonova Durdona Ilhomjon qizi, Samatova Shoxista Ibrohim qizi, Mahmudova Sevinchbonu Alisher qizi, Xalimova E‘zoza Odilbek qizi

Annotatsiya:  Ko'p  tillilik  zamonaviy  dunyoda  keng  tarqalgan  hodisa  bo'lib, 
insonlarning kognitiv qobiliyatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqolada ko'p tilli 
bo'lishning afzalliklari va miyaning tuzilishi hamda funksiyalariga ta'siri tahlil qilinadi. 
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'p tillilik diqqat, vazifalarni almashtirish qobiliyati va 
kognitiv zahiralarni oshiradi, shuningdek, demans kabi kasalliklarning kechikishiga 
yordam beradi. 

20-23 22 28

KALITLARNI TAQSIMLASH PROTOKOLLARINING TAHLILI.

Mamadaliyev Ahadjon Abdusalom o‘gli, Saloxiddinov Og’abek Uyg’unjon o’g’li, Boboqulov Behro'z Muzaffar o'g'li, Imamaliyev Aybek Turapbayevich

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kalitlarni taqsimlash protokollari tahlil qilinadi, 
jumladan, klassik, kvant va blokcheyn asosidagi yondashuvlar ko'rib chiqiladi. Har bir 
protokolning o'ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari muhokama qilinadi. 
Shuningdek, ushbu protokollarning zamonaviy axborot texnologiyalari va xavfsizlik 
talablariga mosligi tahlil qilinadi. 

24-27 25 13

QOʼCHQOR TOʼYCHIYEV AHMEDOVICH

Axmedova Muslimaxon Ulugʼbek qizi

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoʻchqor Toʻychiyev Ahmedovichning hayoti 
va faoliyati oʻrganiladi. U Oʻzbekiston tarixidagi ilk urush qahramonlaridan biri boʻlib, 
urushdagi  jasorati  va  tinchlikdagi  mehnati  bilan  xalqimizning  eʼtirofiga  sazovor 
boʻlgan shaxsdir. Maqolada uning hayoti, jangovar faoliyati, urushdan keyingi ishlari 
va adabiyotdagi oʻrni tahlil qilinadi.  

28-31 23 8

ATMOSFERA HAVOSINING QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR VA IFLOSLANISHINING OLDINI OLISH GIGIYENIK CHORA TADBIRLARI.

Nurov Sarboz Azim o’g’li

Annotatsiya:  Insoniyat,  qolaversa  barcha  jonivorlar  uchun  zarur  bo'lgan 
atmosfera havosini asosan ikki manba ifloslantiradi: birinchisi tabiiy omillar bo'lsa, 
ikkinchisi  inson  faoliyatining  mahsuli  hisoblanuvchi  antropogen  manbalardir. 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi tabiiy omillarga vulqonlarning otilib chiqishi, tog' 
jinslarining  yemirilib,  shamol  yordamida  atrofga  tarqalishi,  o'rmonlarga  o't  ketib, 
undan  paydo  bo'ladigan  zararli  omillarning  atrof-muhitga  yoyilishi  kabi  tabiiy 
omillarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 

32-35 24 9

TUPROQNING FIZIK – KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR

Nurov Sarboz Azim o’g’li

Annotatsiya.  Tuproq  qattiq  qismini  mineral  moddalar  tashkil  qiladi.  Tabiiy 
joylanishda  qattiq  zarralar  tuproq  massasining  maʼlum  qismini  egallaydi,  qolgan 
qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga 
ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliqlarning umumiy yigʻindisi 
tuproq  gʻovakligi  deyiladi.  Tuproq  gʻovakligi  kapillyar  va  nokapillyar  boʻladi. 
Kapillyar  gʻovakli  tuproqning  mayda  zarralari  kapillyar  oraligʻidagi  hajmga, 
nokapillyar  gʻovaklik  esa  makrostruktura  elementlari  oraligʻidagi  yirik  kovaklar 
hajmiga teng.  

36-40 34 10

OʻZBEKISTON - MENING VATANIM.

Toʻychiyeva Oltinoy Iskandarovna

Annotatsiya: Vatan - bu har bir kishining qalbida joy olgan, qadri baland va 
muqaddas maskan. Vatan - bu quyosh tafti bilan oshufta zamin, ko‘k ostidagi yashash 
joyi,  avlodlarimizning  tarixi  va  madaniyati.  Vatan  -  bu  bizning  onamiz,  otamiz, 
do‘stlarimiz  va  qarindoshlarimiz.  Vatan  -  bu  bizning  hayotimiz  va  kelajagimiz. 
Vatanini  qadrlashni  bilgan  kishining  ertasi  yorug‘.  U  vatan  uchun  har  qanday 
kurbanlikka  tayyor  bo‘ladi.  U  vatan  uchun  ishlaydi,  o‘qiydi,  o‘rganyapti.  U  vatan 
uchun  ilm-fan  va  san'atni  rivojlantiradi.  U  vatan  uchun  tinchlik  va  barqarorlikni 
saqlaydi. U vatan uchun shijoatli va fidoyi bo‘ladi. 

177-180 25 10

RAMZIYLIK VA IJODKOR MAHORATI: ISAJON SULTONNING "OZOD" ROMANIDA SHARQONA FALSAFA VA POSTMODERN DUNYOQARASH

Sobirjonova Shaxnoza Odiljon qizi, Rahmatullayev Nodir Neʼmatovich,

Annotatsiya:  Isajon  Sultonning  "Ozod"  romani  zamonaviy  oʻzbek 
adabiyotidagi eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Unda sharqona falsafiy anʼanalar 
bilan postmodern dunyoqarash uygʻunlashtirilgan, insonning ozodlik, maʼno va saodat 
izlashi tasvirlangan. Asarda ramziylik, badiiy uslub va chuqur falsafiy tahlillar orqali 
global dunyoda yoʻqolgan insoniyatning ruhiy izlanishlari aks ettirilgan. Bu maqolada 
romanning badiiy jihatlari, falsafiy mohiyati va zamonaviy adabiyotdagi oʻrni tahlil 
qilinadi. 

45-50 24 11

KONSTITUTSIYANI O'QITISHDA INTERAKTIV TA'LIM METODLARINING SAMARADORLIGI

Raximova Marhaboxon Davronjon qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Konstitutsiyani  o'qitishda  interaktiv  ta'lim 
metodlarining  samaradorligi  masalasi  o'rganilgan.  Maqolada  interaktiv  ta'lim 
metodlarining  nazariy  asoslari,  turlari  va  ularning  amaliy  ahamiyati  tahlil  qilingan. 
Shuningdek,  Konstitutsiyani  o'qitishda  qo'llaniladigan  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalar va ularning samaradorligi masalalari yoritilgan.  

51-56 26 12

O’ZINI-O’ZI BOSHQARISH ORGANLARIDA RAQAMLI IJTIMOIY XIZMATLAR TEXNOLOGIYASI

Qahhorova Feruza Yorqin qizi, Maxmudova Gulnora Maxmasodiq qizi, Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

         Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlarida  raqamli 
ijtimoiy xizmatlar texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati va samaradorligi tahlil 
qilinadi.  Zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  rivojlanishi  mahalliy  boshqaruv 
tizimida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, ularning tezkor 
va  shaffofligini  ta’minlash  imkonini  beradi. Maqolada  raqamli  platformalar,  sun’iy 
intellekt  va  blockchain  kabi  texnologiyalarning  mahalliy  boshqaruvda  qo‘llanilishi, 
ularning afzalliklari hamda mavjud muammolar yoritiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba 
asosida raqamli ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 

57-60 26 6

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdurasulova Jumagul Oxunjon qizi

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  bo‘lajak  tarbiyachilarning  intellektual 
kompetentliklarini  rivojlantirishning  pedagogik  mexanizmlari  tahlil  qilinadi. 
Intellektual kompetentlikning mazmuni, uning shakllantirish usullari va amaliyotdagi 
o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalar va 
kreativ yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlanadi.  

61-64 42 9

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  ta’lim  jarayonini 
takomillashtirishda  muhim  rol  o'ynaydi.  Bu  maqolada,  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalarning  ta’lim  sifatiga  ta’siri  tahlil  qilinadi.  Maqola,  innovatsion 
yondashuvlar  orqali  o'quvchilarning  bilim  darajasini  oshirish  va  ta’lim  jarayonini 
samaradorligini  oshirish  imkoniyatlarini ko'rib  chiqadi. Ta’lim  sohasida  zamonaviy 
yechimlarni qo'llash orqali kasbiy kompetentsiya rivojlanishi ham muhokama qilinadi  

65-68 36 5

TALABALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARNING ROLI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya:  Zamonaviy  ta’lim  tizimida  talabalarni  mustaqil  fikrlashga 
o‘rgatish yangi pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlardan foydalanishni talab 
etadi.  Ushbu  maqolada  interaktiv  metodlarning  talabalarning  mustaqil  fikrlash 
ko‘nikmalarini  rivojlantirishdagi  roli  o‘rganilgan.  Maqola,  interaktiv  metodlarning 
ta’lim  jarayoniga  integratsiyasi  orqali  talabalarning  faolligini  oshirish,  ularning 
izlanuvchanlik  qobiliyatini  kuchaytirish  va  mustaqil  muammolarni  hal  qilish 
malakalarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. 

69-72 35 13

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

Annotatsiya: Raqamli ta’lim muhitining zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni va 
ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Ushbu maqolada, raqamli ta’lim muhitida 
pedagogik yondashuvlarning roli, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo’llari va 
talabalarning  intellektual  rivojlanishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  ko’rib  chiqilgan. 
Maqola  asosan  XXI  asrning  yangi  pedagogik  texnologiyalari  va  kiberpedagogika 
asoslariga tayanadi  

73-75 46 14

TA’LIMDA INDIVIDUAL YONDASHUV PRINSIPI VA UNING SAMARADORLIGI

Kutlimuratov Aziz Ruzimovich

 
Annotatsiya: Ta’lim jarayonida individual yondashuv prinsipi o‘quvchilarning 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim berishning muhim usuli hisoblanadi. 
Bu maqolada individual yondashuv texnologiyasining mazmuni, uning ahamiyati va 
samaradorligi tahlil qilinadi. O‘quvchilarning potensial imkoniyatlarini rivojlantirish, 
ularning bilim  olish jarayonidagi  motivatsiyasini  oshirish va shaxsiy  qobiliyatlarini 
to‘liq  ifodalash  imkoniyatlarini  ta’minlash  uchun  individual  yondashuvning  roli 
chuqur o‘rganiladi. Maqola nazariy va amaliy jihatdan boy fikrlarni o‘z ichiga olgan 
bo‘lib,  zamonaviy  ta’lim  tizimida  individual  yondashuvni  qo‘llash  yo‘llari 
ko‘rsatilgan.