Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
124
QORAXONIYLAR
DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
,
O‘SHA
DAVRDAGI,
MUSIQIY VA MADANIY HAYOT VA O‘SHA DAVRDA
YASHAB O‘TGAN MUSIQASHUNOS OLIMLAR.
Xomidov Zokir Djurakulovich
Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti
“An’anaviy xonandalik va xalq cholg’ulari”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
zokirjonxamidov03@gmail.com
Abduraimov Ozod Vohid o’g’li
Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti
“An’anaviy xonandalik va xalq cholg’ulari”
kafedrasi talabasi
Email:abduraimovozodbek05@gmail.com
Anotatsiya:
Qoraxoniylar davridagi musiqiy va madaniy hayot, Oʻsha davrda
yashab oʻtgan turli sohadagi sharq olimlari, Xoʻja Abdulqodir Maroʻgʻiyning
musiqaga qo'shgan ilmi, Safiuddin Urmaviy va Mahmud Sheroziyning hayoti va ijodi.
Абстракт:
Музыкальная и культурная жизнь в эпоху Караханидов, ученые
Востока в различных областях, жившие в тот период, знания о вкладе Ходжи
Абдулкадира Мароги в музыку, жизнь и творчество Сафиуддина Урмави и
Махмуда Ширази.
Abstract:
Musical and cultural life during the Karakhanid period, Oriental
scholars in various fields who lived during that period, the contribution of Khoja
Abdulkadir Maroghi to music, the life and work of Safiuddin Urmavi and Mahmud
Shirazi.
Kalit so‘zlar:
Urmaviy, Mahmud Sheroziy, Abdulqodir, musiqa va risola,
maqola, muqaddima, fas, bastakor Qoraxoniylar, Buxoro, Yettisuv, yurish qilishadi,
Temuriylar.
Ключевые слова:
Урмави, Махмуд Ширази, Абдулкадир, музыка и
трактат, статья, введение, фас, композитор Караханиды, Бухара, Семь вод, поход,
Тимуриды.
Keywords:
Urmavi, Mahmud Shirazi, Abdulkadir, music and treatise, article,
introduction, fas, composer Karakhanids, Bukhara, Seven Waters, marching, Timurids
X asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida «podshoh yag'ma» yoki
«elikxon» boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Turkiy millatlar –
qorluqlar, chigillar, arg‘ular, yag‘malar va boshqa xalqlar kirgan bo‘lib, ular 960-yilga
qadar islom dinini qabul qilganlar. 992-yili Elikxon Bug‘ra boshchiligidagi
qoraxoniylar qo‘shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniy g‘alabasiga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
125
Bug‘raxon bilan Xurosonning Somoniy hokimi Abuali Simjur o‘rtasida tuzilgan
hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo‘lgan. Natijada
Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg‘ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo‘yga qochishga
majbur bo‘ladi. Ammo Bug‘raxon kasallanib, o‘z vatani Koshg‘arga ketayotganda
vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o‘lja bilan qaytadilar. Qoraxoniylarning
yangi yo‘lboshchisi bo‘lgan Elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 999-yili
Qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg‘ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini
asirga oladilar.
Qoraxoniylar davlati Koshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan Sharqiy
Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi So‘g‘d yerlarini o‘z ichiga olgan.
1005-yilgacha Somoniylarning so‘nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan
muvaffaqiyatli kurashgan.Movarounnahr zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar
tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga
topshirganlar.
Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik
qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g‘aznaviylar davlatiga qarshi
muntazam urushlar olib borishadi, XI asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga
tobe bo'lib qoladi.Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so‘ngra Samarqandga
ko‘chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bo‘lgan. Qoraxoniylar Samarqandda,
Buxoroda, ko'plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va
madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga
hissa qo‘shishgan.
XIII-XIV asrlardagi O‘rta Osiyo xududidagi o‘zaro nizolar madaniyatning
taraqqiy etishiga xalal yetkazdi. Ayniqsa mo‘g‘ullar istilosi davri (13-asr) da, ya‘ni
yirik shaharlar, jumladan Buxoro to'la yoki qisman vayronalikka uchragan davrda
madaniy hayot susaydi. O‘rta Osiyo Temur hokimiyati ostiga birlashtirilishi
munosabati bilan XIV asrning ikkinchi yarmidanoq madaniyat va san’atda yangi
yuksalish boshlandi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo juda katta
tashqi mavqeyga ega bo‘ldi. Arxitektura gullab-yashnadi, davlat poytaxti Samarqand
hamda Temurning ona shahri Kesh (Shahrisabz) ulkan qurilishlar bilan
obodonlashtirildi va bezatildi. Bosib olingan Xuroson, Eron, Suriyaning madaniy
markazlaridan Temur turli xil hunarmandlar, jumladan musiqachilarni ham keltirgan
edi. O‘sha davr kishilarining guvohlik berishicha, dabdabali saroy marosimlari musiqa
jo'rligida o'tkazilgan.Masalan, hofizi Abro‘yozadi: «Xushovoz hofizlar va shirinnavoz
sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo‘g‘ul ovozlari,
xitoyliklar (ashula aytish) qonunlari va oltoyliklar o‘lchovlari asosida kuy chalib,
qo‘shiq aytar edilar». Taniqli olim va musiqachi Abdulqodir avval Temur, keyinchalik
esa uning vorislari saroyida xizmat qilgan. U saroy musiqa shakllari bayon qilingan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
126
musiqa risolasining muallifidir. Abdulqodir madhiya xarakteridagi («Mayatayn»)
musiqa asari ham ijod qilgan.
Risolada tarje’, peshrav va boshqa bir qator bizning davrimizgacha yetib kelgan
musiqa janrlari ham eslatib o‘tilgan.Saltanatning bosh sozandasi Xoja Abdulqodir
Marog‘iy bo‘ldi. U o‘z davridayoq “sohibi advor”(“advor egasi”), “saromadi advor”
(“advor ilmining eng oldingi vakili”) degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan.
Temuriylar davri madaniyatining ko‘rki hisoblangan Abdulqodir ijodi nafaqat
mintaqaviy, balki jahon miqyosida katta ahamiyatga ega. Musiqashunoslik borasida
XX asrning yirik olimlaridan biri Genri Jorj Farmerning ta‘kidlashicha, u Forobiy, Ibn
Sino va Safiuddin Urmaviy bilan bir qatorda Sharq musiqa ilmining asosiy
ustunlaridan hisoblanadi. Marog‘iy – zamonasining deyarli barcha diniy va dunyoviy
ilmlarini egallagan, qomusiy ko‘lamdagi shaxs. Olim qalamiga mansub “Zubdat ul-
advor”, “Maqasid ul-ilqon”, “Jome’ ul-alqon” va boshqa musiqa risolalari bugungi
kunda ham o‘zining ilmiy va amaliy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bundan tashqari, u
qur‘on ilmini o‘zlashtirgan mohir hofiz, maxsus diniy qo‘shiqlar ijrochisi- go‘yanda,
xilma-xil asboblarda ijro etadigan zabardast cholg‘uchi, arab, fors va turkiy tillarda
ijod qilgan shoir va turli janrlardagi musiqiy asarlarning muallifi bo‘lgan. So‘nggi
sohada u shunday bir oliyjanob namunalar ijod qilganki, ularning shon-shuhrati
bizning davrimizgacha saqlanib kelgan. Masalan, Marog‘iy zamonida “miyatayn”
(“arabcha lug‘aviy ma’nosi ikki yuz”) deyiladigan 200 usuldan iborat musiqiyning
murakkab shakli joriy etilgan. Marog‘iyning o‘zi shunday bir “miyatayn” yaratganki,
uningdovrug‘i keyingi vaqtlarda ham pasaygan emas. Yoki bo‘lmasa, u paytlarda
klassik musiqaning eng murakkab turlaridan biri – “navbati murattab”(tartiblashgan
navbat) bo‘lgan.
X asrda yashab ijod etgan jo‘g‘rofiy olimlar Xorazmning dehqonchiligi
rivojlangan, shaharlari ko’p va madaniyati yuksak mamlakat sifatida ta’riflashadi. Ali
ibn Ma’mun (997-999) davrida Urganchda ikkita ajoyib saroy qurildi. Abul Abbos
Ma’mun (999-1016) o‘z saroyida Ma’mun akademiyasi – “Bayt-ul hikma”ni ta’sis
etib, atrofiga turli sohaga mansub mashhur sharq olimlarini to‘playdi.
Bu erda Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, mashhur
tabib Abulxayr Hammor va boshqa atoqli olimlar shug’ullanishadi. Beruniy “Ma’mun
akademiyasi”ning yetakchi a’zosi bo‘ldi . Safiuddin Abdulmo‘min bin Yusuf bin Faxir
al-Urmaviy al-Bag’dodiy o’rta asrlar musulmon sharqi xalqlarining buyuk
musiqashunos olimi va bastakori edi. U SHarq musiqa ilmining Forobiy va Ibn Sinodan
keyingi eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Uning “Kitobul-advor” (“Musiqa va ritm
doiralari kitobi”), “Risalatush-SHarafiya” (“SHarafli risola”) asarlari SHamsiddin
Atoulmulkning o‘g‘li SHarafiddinga bag‘ishlab yozilgan. Bu ikki asar Urmaviyning
musiqaga oid eng mashhur asarlaridir. Urmaviy birinchi bo‘lib, 17 pardali ud
cholg‘usining tovushqatorini tartibga keltirdi. Urmaviyning iyqo’ ta’limoti o‘z davri
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
127
musiqa amaliyotining ritmik tizimiga asoslanadi. U barcha usullarni 6 xil davrlarga
ajratadi ularga: saqili avval, saqilus-soniy, hafifus-soniy, ramal, xafifur-ramal, xazaj.
Mahmud bin Mas’ud Qutbiddin SHeroziy zamonasining ulkan musiqa olimi edi.
Uning hayoti mo‘g‘ul istilosi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab davrlarda kechadi.
Alloma SHeroz shahrida dunyoga kelib, boshlang‘ich ma’lumotni ma’rifatli
ziyolilardan bo‘lgan otasidan oladi. Uning asosiy asari “Durratut toj li-g‘urat-tid deboj”
qomusidir. Tili forscha nusxaning “Dar ilmi musiqiy” bo‘limi riyoziy fanlar qatoriga
kiritilgan. Bo’lim muqaddima va 5 maqoladan iborat. Muqaddimada Sheroziy musiqiy
va tabiiy tovushlarning estetik xususiyatlarini mubohasa etadi.
1-maqola 10 fasldan iborat bo‘lib, unda musiqaning kelib chiqishi, musiqa
ilmining mazmuni, uning sohalari, musiqa nazariyasi va amaliyoti xususida so‘z
yuritiladi.
2-maqola ham 10 fasldan iborat bo‘lib, unda pardalar, tovushqatorlar tartibi,
ularning matematik ko‘rsatkichlari, muloyim va mutanofir sabablari, darajalari,
intervalning ta’rifi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
3-maqola 10 fasldan tarkib topib, unda asosan intervallarning tuzilishi, turlari
haqida so’z yuritiladi (bunda SHeroziy Forobiy nazariyasiga to‘la tayanadi).
4-maqola 4 fasl va xotimadan iborat. Dastlabki 4 faslda SHeroziy jins va
jam’larning hosil bo‘lishi, ularning turlari, tabaqot (registr)ni tushuntiradi. Xotima
qismi 11 mubohasadan iborat. Unda muallif cholg‘u turlari, ularning tuzilishi haqida
ma’lumotlar keltirib, nazariy mashg’ulot uchun udning afzalligini e’tirof qiladi. Bunda
SHeroziy 17 pardali tovushqator tizimidan 12 advor (maqom) va 24 sho’ba turkumini
aniqlaydi.
5-maqola 7 fasl va xotimadan tuzilgan. Unda musiqiy ritmika masalalari
o’rganiladi. Bu borada SHeroziy Forobiy nazariyasiga asoslanadi va 18 iyqo’
davrlarini batafsil sharhlab o‘tadi. Xotima qismida esa kuylarning yozuv usullari-
notatsiyalar masalasi yoritiladi.
1
Maqomshunos olim I.Rajabov ta’kidlaganidek, “Mahmud SHeroziyning musiqa
risolasi o’zining to‘laligi, chuqur ilmiy asosda ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu
asarda Forobiy zamonasidan to XIV asr boshlariga qadar bo‘lgan sharq musiqa
nazariyasining tarixiy taraqqiyot yo‘li o‘z ifodasini topgan”
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Botirova Xilola Tursunboyeva Andijon 2021
2. O‘zbek musiqa adabiyoti.
3. O.Akbarov. Pedagogik amaliyot. «Istiqlol», T., 2005