Annotatsiya
Ushbu maqolada don mahsulotlari asosida tayyorlanadigan sutli ichimliklarning
oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, ularning tayyorlanish texnologiyasi, biologik
qiymati va sog‘liq uchun foydasi o‘rganilgan. Arpa, suli, bug‘doy, makkajo‘xori kabi
donlar asosida fermentatsiya, pishirish va emulsiya usullarida tayyorlangan
ichimliklarning tarkibiy xususiyatlari tahlil qilingan. Mahsulotning funksional
xususiyatlari, vitamin-mineral tarkibi va probiotik ahamiyati haqida ilmiy manbalar
asosida xulosa chiqarilgan.