Mualliflar

  • Teshaboyeva Sevinch
  • A.U. Muydinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95369

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: poetika ijod harakat davr ritm iztirob.

Annotasiya

Annotatsiya:  Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda 
qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va 
yuqori  bosqichi  hisobladi.  Navoiy  lirikasining  tub  mohiyati  –  falsafiy,  ijtimoiy  va 
yuksak  poetik  shakldagi  ifodasi  bo’lganligi  bilan  alohida  ahamiyatga  egadir.  Biz 
birinchi  marta  Navoiy  ijodiyotida  lirikaning  davrning  yetakchi  falsafiy-ijtimoiy 
oqimlari  bilan  bevosita  aloqasini  ko’ramiz.  Lirikaning  ijtimoiy  muhit  bilan 
munosabati,  asosan,  chuqur  norozilikka  asoslangan  qarama-qarshiliklar,  ilg’or  bir 
mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

259

NAVOIY POETIKASI

Teshaboyeva Sevinch

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti

yo‘nalishi talabasi.

Ilmiy rahbar:

A.U. Muydinova

Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, v.b., f.f.b f.d (PHD)


Annotatsiya:

Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda

qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va
yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va
yuksak poetik shakldagi ifodasi bo’lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz
birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy
oqimlari bilan bevosita aloqasini ko’ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan
munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg’or bir
mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi.

Kalit so'zlar:

poetika, ijod, harakat, davr, ritm, iztirob.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida:

“Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek
ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni
yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush
tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning
asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, deya bejiz taʼkidlamadi. Zero, bugungi
kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur boʻlgan
koʻplab muammo va vazifalar mavjud.

U – hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni

his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va
alamlari, bekaslik va musofirlikning og’ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas.
Binobarin, bir o’rinda ana shu insoniy tuyg’ular girdobida turib oh-u nola qilsa,
ikkinchi bir o’rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na’ra tortadi. Bir
qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo’lib ulardan etak siltaydi; bir
qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta’na toshlarini urib,
podshohning giribonidan mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir
shaklda to’kib soladi.Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko’rina boshlagan mavjud
muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o’tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog’liq
holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma – xil shakldagi chuqur


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

260

muhokamalardan keyin “olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni
ham qaytadan yaratish kerak” degan buyuk


Shuning uchun ham mazmunan g'oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy

barkamol bu she'riy durdonalar shoir hayotligi chog'idayoq milliy va geografik
chegaralarni yoritib o'tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy
Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.Navoiy lirik she'rlarining xalq orasidagi
naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 - 25 yoshlik
chog'ida uning muxlislari bir qancha she'rlarini to'plab, maxsus devon holiga
keltirishgan

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar

uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati
ixcham, ammo mukammal baholangan.

Hakimshoh Qazviniy ham "Majolisun - nafois" tarjimasining ilova qismida

Alisher Navoiyning ham turkiy, ham forsiy tilda yuksak mahorat bilan she'rlar
yozganligini bayon etib, o'z fikrini quyidagicha xulosalaydi: "Hech kim turkiy she'rni
undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha
olmagan".Umuman, XVI - XIX asrlarda Hindiston, Eron, Afg'oniston, Turkiy a va
O'rta Osiyoda tuzilgan va Alisher Navoiy nomi koʻp kiritilgan tazkiralarda Navoiy
ijodi jumladan, uning lirikasi haqida bayon qilingan fikrlarni shunday umumlashtirish
mumkin: Alisher Navoiy har ikkki tilda (o'zbek va fors tillarida) mahorat bilan she'rlar
bitgan. Biroq, uning ta'bi turkiy she'rga ko'proq moyil bo'lgan ,undan boshqa hech kim
yaxshiroq she'r yaratgan emas.

Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida ananaviy

navoiyshunoslik yerishgan dastlabki jiddiy muvaffaqiyatlardan biri Maqsud
Shayxzodaning "Navoiyning lirik qahramoni haqida" nomli ilmiy ishidir.

Mana yillar osha buyuk mutafakkir lirik she'rlaridagi badiiy tasvir vositalari

hamda usullarini Sharq poetikasining ananaviy qoida va qonuniyatlari nuqtai nazaridan
tahlil etish asosida Navoiy badiiy tasvir poetikasi uchun xos bo'lgan yetakchi
anananalarni ochib berish, buyuk shoir poetik mahoratining ayrim qirralarini namoyish
etishdan iborat.

Navoiyning poetika sohasidagi peshqadamligini uning devon tuzish an'anasiga

bo'lgan ijodiy munosabatidanoq yaqqol sezish mumkin.Alisher Navoiyning o'zi
tomonidan tuzilgan birinchi devon "Badoeul-bidoya" deb ataladi. 1469- yildan keyin
tuzilgan bu devon turli janrga mansub 842 ta she'rdan tashkil topgan.Alisher
Navoiyning o'zi tuzgan ikkinchi devon "Navodirun-nihoya" deb ataladi. Bu devon
1480 - 1487- yillar orasida tuzilgan.

Alisher Navoiy 1492 - 1498 -yillar orasida o'zining avvalgi ikkinchi devoniga

kiritgan, shuningdek, keyingi davrlarda yaratilgan hamda turli sabablarga ko'ra avvalgi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_1-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

261

devonlariga kirmay qolgan barcha janrdagi she'rlarini to'plab, XV asr lirikasining
buyuk qomusi bo'lmish "Xazoyinul-maoniy" devonini tuzdi. Bu devon ulug' shoirning
butun hayoti davomida yaratgan barcha 16 xil lirik janrga mansub bo'lgan deyarli
barcha o'zbekcha she'rlarini o'z ichiga olgan.

Hazrat Navoiy hech bir davrda g`azalni e`tibordan chetda qoldirmagn va uning

hayotiy taassurotlari va mulohazalari bevosita shu janrda o`zining poetik ifodasini
topgan.

Demak, Navoiyning butun ijodiy faoliyati jarayonida g`azal boshqa lirik

janrlarga nisbatan”hukmron”mavqeda turgan.Ana shu yetakchi mavqeda turish uning
son jihatidaham(2600ta),mohiyat nuqtai nazaridan ham yuqori pog`onaga
ko`tarilishiga imkoniyat yaratgan.

Navoiyning g`azal va ruboiylari,bir so`z bilan aytganda,adabiyotimizning o`n

olti xil janridan foydalanib yaratilgan ulkan merosi hali qancha-qancha olimlarga ilmiy
izlanish uchun dastak bo`la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O.Madayev, M. Jo‘rayev, T. Sobitova, N. Muxitdinova. O‘zbek folklari.O‘quv
darsligi.–T,: "Zebo print", 2022.

2.

Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov Navoiyshunoslik
(darslik) T:2018.

3.

https://cyberleninka.ru. Xudayarova N. Navoiy poetikasi .

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O.Madayev, M. Jo‘rayev, T. Sobitova, N. Muxitdinova. O‘zbek folklari.O‘quv

darsligi.–T,: "Zebo print", 2022.

Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov Navoiyshunoslik

(darslik) T:2018.

https://cyberleninka.ru. Xudayarova N. Navoiy poetikasi .