Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
256
“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN” ASARIDA IKKI TIL MUBOHASASI
Mirtolipova Xulkar Mirxusan qizi
ChDPU gumanitar fanlar fakulteti, 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
A.U.Muyidinova
ChDPU Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dodsenti
v.b.,f.f.b.f.d (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”
asari orqali turkiy tilshunoslikka oid nodir qarashlari hamda tilning naqadar boyligini
fors-tojik va arab tillari bilan solishtirmasi asosida o‘rganilganligi shu jumladan,
bugungi kunda tutgan ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit soʻzlar:
Turkiy til, fors tili, morfologik tahlil, fonetik tahlil, qiyosiy tahlil,
semantik qamrov, taqqoslash, imkoniyat kengligi, leksik birliklar.
Abstract.
This article talks about Alisher Navoi's rare views on Turkic
linguistics through his work "Muhokamat ul-lughatayn" and the importance of the
language today, including the study of the richness of the language compared to the
Persian-Tajik and Arabic languages.
Keywords:
Turkic language, persian language, morphologikal analysis,
phonetic analysis, comparative analysis, semantic scope, comparison, the breadth of
possibilities, lexical unites.
O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy tilshunoslikka oid ko‘plab
qimmatli asarlar yaratgan. Ulardan eng ko‘p e’tiborga molik ijod namunasi umrining
oxirida, 1499-yilda yozilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn”ni ya’ni ikki til
muhokamasiga doir beqiyos asardir.
Asarning kirish qismi an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi. Asar davomida
turkiy-o‘zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o‘rganish vositasida turkiy-o‘zbek tilining
Sharqda mashhur bo‘lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeyidan so‘z
yuritiladi hamda ulardan, xususan, fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari ochib
beriladi. Jumladan, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, o‘zbek tilida esa unlilar
bir qancha ma’no farqlovchi variantlarga ega ekanligi va ular o‘zaro uzun-qisqaligi
bilan ajralib turishini dalillar orqali ko‘rsatib bergan. Alisher Navoiy so‘zlarning ko‘p
ma’noliligi, sinonimlar jihatidan ham o‘zbek tilining imkoniyati kengligi, ularning
she’riyatda turli nozik ma’nolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor,
sog‘in, tuz, ko‘k kabi so‘zlar talqinida) ko‘rsatadi. Shoir o‘zbek va fors tillari
leksikasini qiyoslash uchun tabiat manzaralari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ov jarayoni,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
257
hayvon va qushlarning turlari kabi juda ko‘p sohaga oid yuzlab so‘zlarni keltirib, bu
so‘zlarni muqobalasi forschada yo‘qligini, forslar ko‘pincha o‘sha o‘zbekcha so‘zni
o‘zini ishlatishini ta'kidlab, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama ochib
bergan.
Ma’lumki, qaysi til fikrni qisqa va ravon yo‘l bilan ifodalasa, o‘sha til rivoj topgan
til sanaladi. O‘zbek tilining taraqqiy etgan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan
izohlab beradi. Masalan, o‘zbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali
yasaladi: “va masdarg‘a bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar.
Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va o‘pushmoq va bu shoye
lafzdur”.¹ Forslar bu ma’noni so‘z birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti
yasovchi qo‘shimchaning xususiyatini 30ga yaqin so‘z misolida izohlab (qo‘rchi,
suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qo‘ychi, turnachi, kiyikchi va hokazo),
o‘zbek tilining so‘z yasash va fikr ifodalash jihatidan ham o‘ziga xos imkoniyati
mavjudligini ko‘rsatgan.
Alisher Navoiy turk va fors xalqini solishtirar ekan turk sortdin tez fahmroq va
baland idrokroq, xilqati sofroq, ilmda daqiqroq, kamol-u fazl fikratida amiyroq zuhur
qilibdur va bu hol turklarning sidqu safo va tuz niyatidin va sortlarning ilmu funun va
hikmatidin zohirdirur deya ta’rif beradi. Turklar forslarga qaraganda yumshoq
ko‘ngilli hamdir.Ularning katta-kichigi, amaldori hamda oddiy xalqi ham fors tilini
biladilar shu tilda so‘zlashadilar. Hatto fors tilda hikoya va she’rlar bitadilar. Ammo
forslar turk tilini o‘rganmaydilar, bilmaydilar va so‘zlamaydilar. Agar birortasi
so‘zlasa ham forsiy ekani so‘z boshlagandayoq bilinadi.
Bundan tashqari, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida eski o‘zbek tilining
imkoniyatlarini ko‘rsatish maqsadida shu tilning o‘ziga xos bo‘lgan 100ta so‘zni misol
qilib keltiradi. Bular: quvarmoq, quruqshamoq, usharmak, kekkaymoq, udayman,
chekirmak, xumsaymoq, umunmoq, usanmoq, igirmak, egarmak, uxranmoq, toriqmoq,
aldamoq, ishanmak, inglanmoq, aylanmoq, orikmak, ingranmoq, ovunmoq, istamoq,
qiynamoq, qo‘zg‘almoq, sovrilmoq, siljimoq, shamolda tozalanmoq, chaqalmoq,
yovdashmoq, kimsamoq, qimirlamoq, qizg‘anmoq, nikamak, siylanmoq, tanlamoq,
qimirdamoq, sirpmak, kanorgamak, sig‘riqmoq, qilimoq, yalinmoq, munglamoq,
tergamak, tevramak, shig‘aldamoq, singramak, yashqamoq, isqarmoq, ko‘ngramak,
suxranmoq, siypamoq, qoralamoq, surkanmoq, quymanman, ingramak, tushalmoq,
mung‘aymoq, kuruksamak, tanchqamoq, tushurg‘anmoq, g‘umsamoq, kirkinmak,
sukadamak busmuq, burmak, turmoq, tomshimoq, qahamoq, sipqormak, murkanmak,
o‘rtanmak, qiynalmoq, sig‘g‘irmoq, gurpaklashmak, chuprutmoq, yirg‘amoq,
bichimoq, sungurmak, kundalakmak, yumaloq qilmoq, kumurmak, bikirmak,
ko‘ngirdamak, bo‘shashmoq, kinarkamak, kezarmak, duptulmoq, chidamoq, tuzmak,
qazg‘anmoq, qichig‘lamoq, gangiramak, yodamoq, qadamoq, chiqanmoq, so‘ndirmak,
suqlatmoq, ko‘ndirmak, chimdalamak, tepilmaq.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
258
Navoiy so‘zlarning fonetik va morfologik tuzilishiga ham e’tibor qaratadi.
Masalan, “ilm” so‘zi umumiy bilim va donishmandlikni bildirsa-da, turkiy til bilan
qiyoslanganda, Navoiy arab so‘zlarining grammatik tuzilishi orqali ifodalanishi
mumkin bo‘lgan nozik farqlarni tahlil qiladi. “Ilm” so‘zi yagona, lekin keng qamrovli
ma’noni anglatadi, turkiy tillarda esa ilm tushunchasi kengaytirilgan bo‘lib, “bilim”,
“donish”, “ko‘rgilik” kabi so‘zlar orqali ifodalanadi. Shu nuqtayi nazardan, Navoiy
fikriga ko‘ra, turkiy tildagi ifodalar ko‘proq aniq va o‘rinli foydalaniladi.
Yana adabiy manbalarda “sabr” so‘zi keng qo‘llaniladi. Bu so‘z diniy va axloqiy
ma’noda, sabr qilish va toqat qilishni ifodalaydi. Biroq, Navoiy bu so‘zning turkiy tilga
xos mos ekvivalenti sifatida “chidash” so‘zini keltirib o‘tadi, bu esa nafaqat toqatni,
balki biror narsaga bardoshli bo‘lishni ham anglatadi. Bu orqali Navoiy turkiy
tillarning semantik jihatdan keng qamrovli ekanligini qayd etadi.
Shuni eslatib o‘tish joizki, turkiy tilning jozibasi haqida so‘z yuritar ekan o‘sha
davrdagi mashhur bo‘lgan arab, fors va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning
har biriga xos bo‘lgan xususiyatini alohida ehtirom bilan bayon qiladi. Bundan ko‘zda
tutilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog‘ati haqida ilmiy asoslangan
mulohazalarni bayon qilish bilan bir qatorda “...turk nozimlari, o‘z alfozlari bilan
she’rg‘a mashg‘ulluq qilg‘aylar va ko‘ngul g‘unchasi dog‘idinki pechlar chirmanibdur,
bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg‘aylar”.²
Alisher Navoiy turkiy tillarni fors-tojik va arab tillariga qiyoslab, ularning o‘ziga
xos afzalliklarini va bir-biridan ustun jihatlarini ifodalashga intilgan. Navoiy turkiy
tillarda har bir so‘zning keng ifoda imkoniyatlari mavjudligini va ularning qiyosiy
tahlili orqali keng ma’no qamrovini tasvirlash mumkinligini ko‘rsatgan. Shu bilan
birga, arab va fors tillari ham muhim ilmiy-axloqiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab,
ularning o‘ziga xos boyligini ham inkor etmaydi. Shu jumladan, o‘zbek adabiy tilining
lug‘at boyligini rivojlanishida qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tarixda o‘chmas iz
qoldirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Umarov, E. "Muhokamat ul-lug'atayn". uz.m.wikipedia.org.¹
2.
Valixojayev, B. (2018). “Muhokamat ul-lug‘atayn” haqida . www.kh-davron.uz.²
3.
Jalilov, S. (2015). “Turkiy tillar va ularning lingvistik o‘ziga xosliklari”.
Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.
4.
Mahmudov, M. (2011). “Qiyosiy lingvistika: Nazariy asoslar va amaliy
yondashuvlar”. Toshkent: TDTU nashriyotii
5.
Mirtojiyev, M.(2000). “O‘zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi”. Toshkent:
Fan nashriyoti.
6.
Xolmuhammedov, A. (2012). “O‘zbek tilining leksik va grammatik
xususiyatlari”. Toshkent: O‘qituvchi.
7.
htps://arxiv.uz sayti.