Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
250
QO‘LYOZMA ASARLARGA XOS YOZUV USULLARI
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi
yo‘nalishi talabasi:
Xamidova Gulinur Alisher qizi
Ilmiy rahbar:
A.U.Muydinova
Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti
V.b.,f.f.b.f.d(PhD)
Anotatsiya:
Ushbu maqolada yozuv va uning kelib chiqishi haqida batafsil
ma’lumot berilgan. Yozuvning har xil turlari yozuvning rivojlanish bosqichlarida tahlil
qilinadi.Bu yozuvning bugungi hayotimizda va tilshunoslikka qadar muhim
ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, yozuv turlari misollar yordamida
tushuntiriladi va ulardan foydalanish holatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
yozuv,shikasta,suls,taliq,alifbo, xatti moriqa,rayhoniy yozuv
Ma’lumki, dunyodagi ko‘pgina moddiy yodgorliklarda qadimgi yozuv turlari
aks etgan yozma manbalar ham uchraydi. Yozma yodgorliklarni qidirib topish va
ulardagi bitiklarni o‘qish-o‘rganish qadim sivilizatsiyalar va insoniyat tafakkuri
tadqiqida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, olimlar tomonidan katta qiziqish bilan
o‘rganiladi. Y.V.Knorozovning “Письменность индейцев майя” nomli tadqiqotida
xat yozuvlarini, iyeroglif, grafema (bir ma’noli so‘zlar) va allograflarni tahlil qilgan.
Shuningdek, J.Xanter va N.V. Gurov, A.A.Molchanov, V.P.Neroznak, S.Ya.Sharipkin
ham bu borada tadqiqotlar olib borganlar.
Shuningdek, qadimgi xat turlariga oid yozma yodgorliklarni qidirib topib,
ularning alifbosini tuzish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Respublikamiz qo‘lyozma
fondlarida saqlanayotgan qadimgi xat turlariga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar bunga
yorqin misol bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon
Beruniy
nomidagi
Sharqshunoslik
instituti
qo‘lyozmalar
fondida
saqlanayotgan “Jome’ul-xutut”, “Xat va xattoton”, “Ajoyibut-tabaqot” kabi o‘nlab
asarlar shular jumlasidan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” fondida
saqlanayotgan “Majmu’atul-xutut” asari ham kelajakda alohida tadqiqotlarni talab
qiladigan manba bo‘lib xizmat qiladi. Tarixchi, arxeologlarga esa muhim
qo‘llanmalardan sanaladi.
XX asr boshlarida ko‘chirilgan mazkur asar Mahmud Gʻazzoniy tomonidan
tarqim qilingan, ya’ni tuzib chiqilgan. Qo‘lyozmaning muqova va matn o‘lchamlari:
13,5x22; 7,5x15,5 sm. Qo‘lyozma fabrika qog‘oziga taxminan XIX asr oxirlarida
ko‘chirilgan. Asardan 60 dan ortiq xat turlari alifbosi o‘rin olgan bo‘lib, unda qadimgi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
251
yozuv turlaridan tortib, o‘rta asr yozuvlari, hatto ularning taraqqiy etgan shakllari
ko‘rsatilgan
Asosiy xatlar sirasiga suls, nasx, ta’liq, diyvoniy, kufiy va riq’a xatlari kiradi. Mazkur
xatlarning har biri alohida o’rinlarda qo’llanilgan:
muhaqqaq— qasida va she’rlar yozishda;
suls— ilmiy asarlar va xat yo’l-yo’riqlarida;
rayhoniy va nasx— qissa va xabarlarda;
tavqi’— buyruq va farmonlarda;
riqo’— maktublarda ishlatiladi.
Bu olti asosiy uslubning har biri ingichka va yo’g’on qalamlarda yozilishi natijasida
yana o’n ikki xil xatni tashkil etgan
IX–X asrlarda ilk xattotlardan Ibrohim Sikiziy, Yusuf Sijistoniy, Ibn Bavvob va boshqa
ustodlar o’ttiz olti tur xatni ixtiro etishgan. Ular quyidagilar
Tumor– ingichka, mayda xat yoki qalam.
Jalil– katta, yo’g’on qalam.
Majmu’– qo’sxilma xat.
Riyosiy– 806-yilda zurrayosatang Fazl ibn Saxlga atalgan xat.
Sulsayn– qalamning uchdan ikki hissasi bilan yozilgan xat.
Nisf– mashq qalamining yarmi (qalam sifati).
Javonihiy– paralel chiziqli xat.
Musalsal– tomonalarini ichiga olib zanjir kabi bog’lab yozilgan xat.
G’ubori xuliya– xatning zeb-u ziynat va oroyishi.
Mansur– nasriy so’zlarda ishlatiladigan qalam.
36 tur xatdan boshqa shuhrat qozongan xat nomlari:
shikasta;
shikasta nasta’liq;
xatti sunbuli;
xatti mehi
jaliy devoni, ijozat, riq’a, shajariy
zulf;
uyg’uriy
xatti musalsal nasta’liq bilan
xatti moriqa;
rumuzod xatlari;
san’atli kufiy xati;
xatti shohiy, xatti Boburiy;
xatti tug’ro, deboj, xatti noxun va boshqalar;
tirnoq bilan bo’rttirib yoziladigan xat.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
252
Arabcha ”nastaliq“ yozuvining paydo bo`lishi olimlar fikricha XIII asrga borib
taqaladi. U dastlab ulamolar tomonidan davlat va diniy idoralada foydalanilgan
Nastalik ”egilgan“ deb tarjima qilinadi va yumaloq, bir tomonga qiyshaygan harflar
tufayli shunday ataladi.
Rayhon yoki Rayhoniy (arab. ناحیر) – fors-arab xattotligining oltita kanonik
yozuv turlaridan biri. Rayhon soʻzi arab va fors tillarida rayhon oʻsimligini anglatadi.
Rayhoniy xati muhaqqaq yozuvining rayhon gullari va barglariga qiyoslangan nozik
varianti hisoblanadi
Rayhoniy xati Abbosiylar davrida Ibn al-Bavvob tomonidan ishlab chiqilgan.Bu xat
turini Yoqut al-Musta’simiy yanada takomillashtirgan.
Xulosa:Yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlardan shunday xulosaga kelishimiz
mumkinki,yozuvning hayotimizdagi ahamiyati biz tasavvur qilganimizdan ko‘ra
ko‘proq. Har bir rivojlanayotgan til uchun yozuvning o‘rni beqiyos. CHunki til
rivojlanishi uchun ham yozuv kerak. Yozuvlarning barcha turi esa o‘ziga xos vazifani
bajaradi. Biz har xil vaziyatlarda har xil yozuv turlaridan foydalanamiz. Faqat asosiy
muammo yozuvlardan to‘g’ri aniq foydalanishdir. Buning uchun esa yozuv haqida
umumiy tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Rahimboy Jumaniyozov Toshkent 1989
2.I.Azimov, M.Tojiboyeva, A.G’oziyev O‘zbek tili va adabiyoti filologiya va tillar
o‘qitish talim yo‘nalishi talabalar uchun darslik
3.www.ziyouz.com kutubxonasi