Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
194
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINI O'QITISHNING
O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tursunova Muqaddasxon Abdurazaqovna
Namangan viloyati,Yangi Namangan tumani 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
Fizika fani o‘qituvchisi.+998939422170,tursunovamuqaddas177@gmail.com
Alijonova Ro‘zixon Mirzajon qizi
Namangan davlat universiteti Fizika yo‘nalishi talabasi
+998906344662,rozixonalijonova460@mail.com
Annotatsiya:
Umumta'lim maktablarida fizika fanini o'qitishning o'ziga xos
xususiyatlari o'qituvchidan nafaqat yuqori malaka, balki didaktik va pedagogik
yondashuvlarni ham talab qiladi. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fizika
fanini o‘qitishning asosiy xususiyatlari, muammolari va ularni yechish usullarini tahlil
qilingan.
Kalit so’zlar:
tabiiy fanlar, abstrakt fikrlash, mantiqiy fikrlash, modellar, vizual
tasvirlar, mikrotexnologiyalar, didaktik yondash.
ОСОБЕННОСТИ ПРЕПОДАВАНИЯ ФИЗИКИ В
ОБШЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ.
Турсунова Мукаддасхан Абдуразаковна
учитель физики общеобразовательной средней школы №57
Новонаманганского района, Города Намангана.,
Алижонова Розихан Мирзаджон кизи
студентка факультета физики Наманганского государственного
университета.
Аннотация:
Специфика преподавания физики в общеобразовательной
школе требует от учителя не только высокой квалификации, но и дидактического
и педагогического подхода. В данной статье анализируются основные
особенности, проблемы и методы решения физики в средней школе.
Ключевые слова:
естествознание, абстрактное мышление, логическое
мышление, модели, визуальные образы, микротехнология, дидактический
подход.
FEATURES OF TEACHING PHYSICS IN SECONDARY SCHOOLS.
Tursunova Mukaddaskhan Abdurazakovna
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
195
physics teacher of comprehensive secondary school №57 of NovoNamangan
district, Namangan city.,
Alijonova Rozikhan Mirzadzhon kizi,
student of the physics faculty of Namangan state university.
Abstract:
The specifics of teaching physics in a comprehensive school require
from the teacher not only high qualification, but also a didactic and pedagogical
approach. This article analyzes the main features, problems and methods of solving
physics in secondary school.
Key words:
natural science, abstract thinking, logical thinking, models, visual
images, microtechnology, didactic approach.
Fizika fani – tabiiy fanlar qatoriga kirib, dunyoqarashni shakllantirish, tabiat
hodisalarini tushunishga yordam berish, ilmiy metodlarni o‘rgatish, texnologik
yangiliklarga oid bilimlarni yosh avlodga yetkazish kabi muhim vazifalarni bajaradi.
Fizika fani o‘zining tabiiy fanlar tizimidagi markaziy o'rnini egallaydi. U, bir
tomondan, o‘quvchilarga tabiatdagi jarayonlarni tushuntirishga yordam bersa, boshqa
tomondan, dunyoqarashni kengaytirish va ilmiy tafakkurni rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Fizika fanini o'qitishda o'quvchilarga ilmiy tasavvurlarni
shakllantirish, ularning asosiy qonuniyatlar va prinsiplarni tushunishi muhim
ahamiyatga ega. Bunda bilimlarni amaliyot bilan bog'lash, nazariyani tajriba bilan
birlashtirish muhim hisoblanadi [1]. Fizika fanining o‘qitilishi ko‘pincha
eksperimentlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar nafaqat
nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari, balki bu bilimlarni amaliyotda qo‘llashni
o‘rganishlari kerak. Misol uchun, oddiy fizik tajribalarni o‘tkazish, ilmiy usul va
metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantiradi.
Fizika fani o‘quvchilardan o‘ta murakkab va abstrakt fikrlashni talab qiladi.
Masalan, atomlar, elektronlar, magnit maydonlar kabi mikroskopik jarayonlar
o‘quvchilarga amaliy tajriba orqali ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun, fizika o‘qitish
jarayonida tushuncha va modellarni aniq tasvirlash, abstrakt tushunchalarni
osonlashtirish zarur. O‘quvchilarga bunday tushunchalarni o‘rganishda ko‘rgazmali
vositalardan foydalanish, interaktiv materiallar va virtual laboratoriyalarni qo‘llash
muhim. Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ilmiy tafakkur va mantiqiy fikrlashga
o‘rgatish muhim [2]. Buning uchun turli xil masalalar va vaziyatlarni hal qilishni
o‘rgatish, formulalar va qonuniyatlarni amalda qo‘llash orqali o‘quvchilarni fikrlashga
undash lozim. Fizika fanini o‘qitishda nafaqat fizika qonunlarini o‘rgatish, balki
zamonaviy texnologiyalarni tushuntirish va ularni o‘quvchilarga tanishtirish ham
muhimdir. O‘quvchilarga kosmos, energiya manbalari, mikrotexnologiyalar va boshqa
sohalar haqidagi zamonaviy ilmiy yangiliklarni yetkazish, ularning ilmiy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
196
dunyoqarashini kengaytiradi. Fizika fanini o‘qitishda muammoli o‘qitish metodini
qo‘llash samarali bo‘ladi. Bu metod o‘quvchilarga muammoni hal qilish, mustaqil
fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarni haqiqiy
hayotdagi masalalar bilan tanishtirib, ularni hal qilishga rag‘batlantirish kerak. Fizika
fanini o‘qitishda ko‘rgazmali vositalardan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Har xil
diagrammalar, grafiklar, modellar, vizual tasvirlar yordamida o‘quvchilarga murakkab
tushunchalarni
tushunishga
yordam
berish
mumkin.
Shuningdek,
virtual
laboratoriyalar va interaktiv o‘quv dasturlari o‘quvchilarga o‘rganilayotgan
mavzularni yanada tushunarli va qiziqarli qiladi. Fizika o‘qituvchisi nafaqat yaxshi
bilimga ega bo‘lishi, balki yuqori pedagogik malakaga ham ega bo‘lishi kerak [3].
O‘qituvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olib, o‘quv jarayonini
har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtirishi lozim. Shuningdek, yangi pedagogik
texnologiyalarni va zamonaviy didaktik yondashuvlarni qo‘llash o‘qituvchidan doimiy
o‘zini rivojlantirishni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda Umumta'lim maktablarida fizika fanini o'qitishning o'ziga
xos xususiyatlari ilmiy tafakkur va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga, shuningdek,
o'quvchilarga tabiatni tushunishga yordam berish, texnologik taraqqiyotga oid
bilimlarni berishga yo'naltirilgan. Fizika o'qitishda zamonaviy pedagogik
yondashuvlar va metodlardan samarali foydalanish, o'quvchilarning qiziqishini
oshiradi va ularning fanlarga bo'lgan munosabatini ijobiy ravishda o'zgartiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
T.Abduqodirov., S.Tursunov.
Fizika fanini o‘qitish metodikasi.
Toshkent.
2017.
2.
B.S.Aliev.
Fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar.
Tashken. 2014.
3.
3.
A.Shamsiev.
Fizika fanini o‘qitishning yangi metodlari.
Toshkent. 2012.