Mualliflar

  • Madaminova Jumagul

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95426

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ijodkorlik innovatsion usullar ta’lim o‘quvchi interaktiv metodlar STEAM.

Annotasiya

  Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  o‘quvchilarning  ijodkorlik  qobiliyatini 
shakllantirishda innovatsion pedagogik usullarning ahamiyati tahlil qilingan. Bugungi 
tez  o‘zgarayotgan  jamiyatda  o‘quvchilarda  yangicha  fikrlash,  muammoga  noodatiy 
yondashuv va estetik tafakkurni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muallif 
interaktiv  metodlar,  raqamli  texnologiyalar,  STEAM  yondashuvi  kabi  zamonaviy 
usullar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha shaxsiy kuzatuv 
va  tajribalarini  o‘rtoqlashadi.  Maqolada  innovatsion  ta’lim  yondashuvlarining 
samaradorligi, ularni amaliyotga joriy etishdagi muammolar hamda yechimlari haqida 
fikr yuritilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

146

“O‘QUVCHILARNI IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA

INNOVATSION USULLAR”

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika yo‘nalishi 1 kurs magistranti

Madaminova Jumagul


Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini

shakllantirishda innovatsion pedagogik usullarning ahamiyati tahlil qilingan. Bugungi
tez o‘zgarayotgan jamiyatda o‘quvchilarda yangicha fikrlash, muammoga noodatiy
yondashuv va estetik tafakkurni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muallif
interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, STEAM yondashuvi kabi zamonaviy
usullar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha shaxsiy kuzatuv
va tajribalarini o‘rtoqlashadi. Maqolada innovatsion ta’lim yondashuvlarining
samaradorligi, ularni amaliyotga joriy etishdagi muammolar hamda yechimlari haqida
fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Ijodkorlik, innovatsion usullar, ta’lim, o‘quvchi, interaktiv

metodlar, STEAM.

Аннотация:

В

данной

статье

проанализирована

значимость

инновационных педагогических методов в формировании творческих
способностей учащихся. В условиях стремительно меняющегося общества
важно развивать у школьников креативное мышление, нестандартный подход к
проблемам и эстетическое восприятие. Автор делится личными наблюдениями
и опытом использования современных методов, таких как интерактивные
технологии, цифровые инструменты и подход STEAM, для раскрытия
творческого

потенциала

учащихся.

Рассмотрены

эффективность

инновационного подхода, а также проблемы и пути их решения при внедрении в
образовательный процесс.

Ключевые слова:

Творчество, инновационные методы, образование,

ученик, интерактивные методы, STEAM.

Annotation:

This article analyzes the importance of innovative pedagogical

methods in developing students' creative abilities. In today’s rapidly changing world,
fostering creative thinking, unconventional problem-solving, and aesthetic perception
in students is becoming increasingly crucial. The author shares personal experiences
and observations on how modern approaches such as interactive methods, digital tools,
and the STEAM approach can enhance students’ creative potential. The article
discusses the effectiveness of innovative educational strategies, along with the
challenges and solutions involved in their implementation.

Keywords:

Creativity, innovative methods, education, student, interactive

methods, STEAM.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

147

Kirish

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchining shunchaki bilim egallashi emas,

balki o‘z bilimini yangicha yondashuvda qo‘llay olishi, fikr yurita olishi va ijodiy
tafakkur bilan muammolarga yechim topa olishi dolzarb masalaga aylangan. Bugungi
kunda jamiyatda yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar, texnologik yangiliklar va axborot
oqimi fonida ijodkorlik insonning asosiy raqobatbardosh sifatlaridan biri sifatida
e’tirof etilmoqda. Ta’lim bu jarayonda nafaqat bilim beruvchi, balki inson ijodiy
salohiyatini ochib beruvchi qudratli vositaga aylanmoqda.

Shaxsan mening pedagogik tajribamda kuzatilgan holatlardan biri shuki, har bir

o‘quvchida albatta ijodiy fikrlash imkoniyati mavjud, ammo bu salohiyatni yuzaga
chiqarish uchun an’anaviy usullar yetarli emas. “Har bir bola — bu ochilmagan kitob,
uni o‘qish uchun o‘zgacha yondashuv kerak,” degan fikrga qat’iy ishonaman. Bu esa
biz, pedagoglardan, doimiy yangilanishni, innovatsion metodlarga ochiqlikni va eng
muhimi — o‘quvchining qalbini his eta olishni talab etadi.

Maqolada aynan o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion usullarning o‘rni, ular qanday samara berishi, va bu boradagi shaxsiy
kuzatuv hamda tajribalar asosida taklif etilayotgan yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi.

Adabiyotlar tahlili

O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish masalasi bugungi kunda

ko‘plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Jumladan,
Vygotskiy ijodiy tafakkurni bolaning psixologik rivojida markaziy o‘rin tutuvchi
jarayon sifatida ko‘radi va uning fikricha, “Ijod – bu inson ongining faol harakati
bo‘lib, u mavjud bilimlar asosida yangilik yarata oladi” (Vygotskiy, 1930). [1] Bu
nuqtai nazar, ayniqsa, bugungi innovatsiyalar davrida o‘ta dolzarbdir. Chunki
zamonaviy o‘quvchi nafaqat tayyor bilimni qabul qiluvchi, balki uni qayta ishlovchi
va yangi shaklda ifoda etuvchi sub’yektga aylanishi kerak.

Shuningdek, J. Guilfordning "divergent fikrlash" nazariyasiga asoslangan

tadqiqotlari ijodkorlikni turli yondashuvlar orqali rivojlantirish mumkinligini
isbotlagan. U ijodkorlikni bir yo‘nalishli (konvergent) fikrlashdan farqli ravishda,
erkin va ko‘p yo‘nalishli tafakkur shakli sifatida ko‘rsatadi. Bu yondashuv maktab
o‘quvchilari bilan ishlashda, ayniqsa, guruhli topshiriqlar, ochiq savollar va muammoli
vazifalar orqali samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Milliy adabiyotlarda esa N. To‘xtasinov, M. Jo‘raev, G. Teshaboyeva kabi

mualliflarning tadqiqotlarida ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
joriy etish orqali o‘quvchilarda ijodiy yondashuvni shakllantirish muhimligi
ta’kidlanadi. G. Teshaboyeva o‘z asarlarida innovatsion metodlar orqali o‘quvchini
faollikka, mustaqil fikrlashga, muammoni o‘zi yechishga yo‘naltirish kerakligini
alohida qayd etadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

148

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda ayta olamanki, ta’limda faqat nazariy

bilimlarni yetkazish emas, balki o‘quvchini faollikka jalb eta oladigan metodlar —
masalan, “aqliy hujum”, “rolga kirish”, “STEAM loyihalari”, hamda “gamifikatsiya”
(o‘yin asosidagi o‘qitish) — o‘quvchining ijodiy salohiyatini sezilarli darajada
oshiradi. Bu usullar orqali o‘quvchi darsga passiv emas, balki faol ishtirokchi sifatida
yondashadi.

Ko‘rib turganimizdek, adabiyotlarda ta’limning innovatsion yondashuvlari

ijodkorlikni rivojlantirishning asosiy kaliti sifatida qayd etilmoqda. Ammo nazariy
qarashlarni amaliyotga tatbiq etishda har bir pedagog o‘z sharoiti, o‘quvchilar darajasi
va maktab muhitini hisobga olgan holda ijodiy yondashishi lozim. Har bir o‘quvchi bu
— noyob salohiyat egasi, uning iste’dodini ochish uchun yondashuv ham
shaxsiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Metodologiya

Ushbu tadqiqotda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion usullarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan sifatli (qualitative)
hamda qisman miqdoriy (quantitative) yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqot davomida
pedagogik kuzatuv, intervyu, so‘rovnoma va tajriba-sinov ishlari asosiy metod sifatida
tanlandi. Ushbu usullar orqali nafaqat o‘quvchilarning ijodiy faolligi, balki ularning
darsdagi ishtiroki, tashabbus ko‘rsatish darajasi ham o‘rganildi.

Tadqiqot doirasida umumta’lim maktabining 6–8-sinflarida 3 oy davomida

tajriba ishlari olib borildi. Darslarda “aqliy hujum”, “rolga kirish”, “ijodiy loyihalar”,
“gamifikatsiya” va “STEAM” kabi innovatsion usullar qo‘llanildi. Har bir darsdan
so‘ng o‘quvchilarning faol ishtiroki, o‘z fikrini mustaqil ifodalashi va yangicha
yondashuv ko‘rsata olish qobiliyati maxsus kuzatuv varaqalari asosida qayd etildi.

Shaxsiy kuzatuvim shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy metodlardan farqli o‘laroq,

innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularni mustaqil
fikrlashga va jamoaviy ishlashga undaydi. Misol uchun, “STEAM loyiha” metodini
qo‘llash orqali bir guruh o‘quvchilar ekologiya mavzusida muammoga yechim topish
loyihasini ishlab chiqib, nafaqat fanlararo bilimlarni uyg‘unlashtirdi, balki ijodiy
ishlash orqali o‘z fikrlarini erkin ifoda eta oldilar.

Tadqiqot metodikasi doirasida o‘qituvchilar bilan ham intervyu o‘tkazildi.

Ularning ko‘pchiligi innovatsion metodlarni qo‘llashda vaqt, texnik baza va
o‘quvchilar darajasini inobatga olish zarurligini ta’kidlashdi. Shu boisdan ham bu
maqolada metodlarni tanlashda moslashtirish (adaptatsiya) muhim ahamiyat kasb
etishi, har bir metod har doim ham universal emasligi haqida shaxsiy fikrlarim kiritildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning darsdan oldin va keyingi holatini solishtirish

uchun oddiy diagnostik testlar o‘tkazilib, ijodiy fikrlash darajasidagi o‘zgarishlar tahlil
qilindi. Ushbu natijalar metodlarning samarasini empirik asosda ko‘rsatishga yordam
berdi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

149

Tahlil va natijalar

Tadqiqot davomida o‘quvchilarning ijodkorlik darajasini shakllantirishda

qo‘llanilgan innovatsion metodlar ularning faolligi, fikr mustaqilligi va jamoaviy
ishlash ko‘nikmalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, interaktiv va ijodiy
yondashuvlarga asoslangan darslarda o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi,
yangi g‘oya taklif qilishga bo‘lgan intilishi ortgani kuzatildi.

Misol uchun, “Gamifikatsiya” asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar

muammoga yechim topish uchun turli rollarda ishtirok etib, darsga shunchaki bilim
olish manbai sifatida emas, balki ijodiy jarayon sifatida yondashganlari aniq ko‘zga
tashlandi. “STEAM” metodikasini qo‘llagan hollarda esa o‘quvchilar bir vaqtning
o‘zida bir nechta fanlar bo‘yicha bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘z loyihalarini
ishlab chiqdilar. Bu, o‘z navbatida, ularning tizimli fikrlash va mustaqil izlanish
qobiliyatlarini kuchaytirdi.

Statistik tahlillar ham bu natijalarni qo‘llab-quvvatladi: tajriba oldidan

o‘tkazilgan diagnostik testlarda ijodiy fikrlash belgilariga ega o‘quvchilar soni 36% ni
tashkil etgan bo‘lsa, tajriba so‘ngida bu ko‘rsatkich 68% ga yetdi. Bu o‘zgarishlar
faqatgina bilim darajasining emas, balki psixologik ochiqlik, tashabbuskorlik va
tanqidiy fikrlash singari sifatlarning ham rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Muxokama

Shaxsiy kuzatuvlarim shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning ijodiy faoliyati ko‘proq

ularni markazga qo‘ygan, erkinlik bergan metodlar orqali ochiladi. O‘qituvchi bu
jarayonda nazoratchi emas, balki yo‘naltiruvchi sifatida ishtirok etganida, natijalar
yanada samaraliroq bo‘ladi. “Yangi g‘oya — bu eski fikrlarning noodatiy birikmasi”
degan shior ostida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning noodatiy javoblari,
o‘zaro fikr almashinuvi va erkin munozaralarga bo‘lgan intilishi meni pedagog sifatida
chuqur ilhomlantirdi.[2]

Biroq, ba’zi sinflarda o‘quvchilar innovatsion metodlarga darhol moslasha

olmasligi, boshlang‘ich bosqichda passivlik ko‘rsatganini ham kuzatdim. Bu holat,
meningcha, an’anaviy ta’limga haddan tashqari o‘rganib qolganlik va ijodiy
yondashuvga bo‘lgan psixologik tayyorgarlik yetishmasligi bilan bog‘liq.

Shu asosda, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan har qanday metodikani

bosqichma-bosqich joriy etish, o‘quvchilar psixologiyasini hisobga olish, va har bir
sinfga mos strategiyani ishlab chiqish zarur degan xulosaga keldim.

Taklif va tavsiyalar

Quyidagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish tavsiya etiladi:
Innovatsion metodlarni bosqichma-bosqich joriy etish – o‘quvchilarni yangi

metodlarga tayyorlash uchun yumshoq o‘tish zarur.[3]

Gamifikatsiya va STEAM yondashuvlaridan faol foydalanish – bu usullar

o‘quvchilarda motivatsiyani oshiradi va ijodiy fikrlashni faollashtiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

150

Ijodiy mashg‘ulotlarni darsdan tashqari faoliyat bilan integratsiyalash –

to‘garaklar, tanlovlar, ochiq darslar orqali.

O‘qituvchilarning malakasini oshirish – innovatsion metodlarni to‘g‘ri qo‘llash

uchun doimiy metodik yordam zarur.

Shaxsiylashtirilgan yondashuvni shakllantirish – har bir o‘quvchining qiziqishi

va qobiliyatiga mos metod tanlash.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, ijodkor o‘quvchini shakllantirish

uchun o‘qituvchining o‘zi ham yangilikka ochiq, izlanishga moyil va o‘zgacha fikrlay
oluvchi bo‘lishi kerak. Zero, ijod – bu o‘rgatiladigan emas, uyg‘otiladigan sifatdir.

Xulosa

Yuqoridagi tahlillar asosida shuni ishonch bilan aytish mumkinki,

o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion usullar samarali
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday usullar o‘quvchini passiv tinglovchidan faol
ishtirokchiga aylantiradi, fikr yuritish, mustaqil qaror qabul qilish va yangilik yaratish
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tajriba darslari shuni ko‘rsatdiki, raqamli
texnologiyalar, interaktiv yondashuvlar va fanlararo loyihalar orqali o‘quvchida o‘zini
namoyon qilishga bo‘lgan ichki ehtiyoj uyg‘onadi.

Shu bilan birga, har qanday metodni qo‘llashda uni o‘quvchilar yoshi,

psixologik tayyorgarligi, guruh dinamikasi va mavjud sharoitlarga moslashtirish
muhim. Shaxsiy tajribamga tayansam, ijodiy yondashuvlar biror "tayyor retsept" emas
— ularni har bir sinf, har bir sharoit uchun yangicha talqinda joriy qilish kerak.
O‘qituvchining o‘zi ijodkor bo‘lmasa, o‘quvchidan ijod kutish mushkul.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Выготский Л.С. (1930). Воображение и творчество в детском возрасте.
Москва: Педагогика.

2.

Guilford, J.P. (1956). The structure of intellect. Psychological Bulletin, 53(4), 267–
293.

3.

Тўхтасинов Н. (2019). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Fan.

4.

Тешабоева Г. (2021). Pedagogik innovatsiyalar va ijodkorlik asoslari. Samarqand:
Zarafshon.

5.

Jo‘raev M. (2020). Ta’limda samarali metodlar. Toshkent: Yangi asr avlodi.

6.

Mishra, P., & Koehler, M.J. (2006). Technological Pedagogical Content
Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge. Teachers College Record,
108(6), 1017–1054.

7.

Anderson, L.W., & Krathwohl, D.R. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching,
and Assessing: A Revision of Bloom's Taxonomy of Educational Objectives. New
York: Longman.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Выготский Л.С. (1930). Воображение и творчество в детском возрасте.

Москва: Педагогика.

Guilford, J.P. (1956). The structure of intellect. Psychological Bulletin, 53(4), 267–

Тўхтасинов Н. (2019). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Fan.

Тешабоева Г. (2021). Pedagogik innovatsiyalar va ijodkorlik asoslari. Samarqand:

Zarafshon.

Jo‘raev M. (2020). Ta’limda samarali metodlar. Toshkent: Yangi asr avlodi.

Mishra, P., & Koehler, M.J. (2006). Technological Pedagogical Content

Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge. Teachers College Record,

(6), 1017–1054.

Anderson, L.W., & Krathwohl, D.R. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching,

and Assessing: A Revision of Bloom's Taxonomy of Educational Objectives. New

York: Longman.