Jild 43 № 2 (2025)
Maqolalar
KOGNITIV DISSONANS: INSON QARORLARIDAGI ROL
Annotatsiya: Maqolada kognitiv dissonans tushunchasi, uning psixologik
mexanizmlari va inson qarorlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kognitiv dissonansning
paydo bo‘lish sabablari, kamchiliklari va uni kamaytirish usullari haqida tahlil qilinadi.
Shuningdek, dissonansning ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi ahamiyati misollar bilan
tushuntiriladi.
ЎЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХЎЖАЛИГИНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ АҲАМИЯТИ
Аннотация:Мазкур мақолада уй-жой коммунал хўжалигини инновацион
ривожлантиришнинг зарурати, унинг ижтимоий ва иқтисодий самаралари
таҳлил этилади. Шунингдек, соҳага замонавий технологияларни жорий
этишнинг аҳоли турмуш даражасига ва миллий иқтисодиётга таъсири ёритилади.
Мақолада миллий ва хорижий тажрибаларга асосланган ҳолда илмий хулосалар
берилган.
MAKTABLARDA MATEMATIKA DARSLARINI QIZIQARLI O’TISHDA “GAMIFIKATSIYA” TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy ta'lim tizimida o’quvchilarning
darslarga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularning faol ishtirokini ta'minlash va
matematikani o’rganishni yanada samarali qilish uchun Gamifikatsiya usuldan
foydalanish yaxshi samara berishi haqida yoritilgan.
TOG‘AY MUROD ASARLARI SYUJETI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning qissa va romanlari haqida
so‘z yuritilib, ular syujet jihatidan tahlil qilinadi. Shuningdek, Sho‘ro tuzumidagi
mudhish va ayanchli voqealar ham batafsil fosh etilgan.
МЕЖДУНАРОДНЫЕ ФИНАНСОВЫЕ ОТНОШЕНИЯ КАК ФАКТОР ДИНАМИКИ ПОТОКОВ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ
Глобализация мировой экономики неразрывно связана с усилением
взаимозависимости стран в финансовой сфере. Международные финансовые
отношения, представляющие собой сложную сеть финансовых взаимодействий
между государствами, международными организациями, транснациональными
корпорациями и частными инвесторами, играют определяющую роль в
формировании и динамике потоков иностранных инвестиций.
OʻZBEKISTONDA TARIXIY MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISH.
Annotatsiya: O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, me’moriy
yodgorliklari va noyob madaniy an’analari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada
mamlakatda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning ahamiyati, mavjud
imkoniyatlar, dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.
Shuningdek, mahalliy aholi ishtirokini kuchaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash,
xizmatlar sifati va xorijiy hamkorlikni rivojlantirish orqali soha salohiyatini oshirish
masalalari yoritilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘YIN FAOLIYATI BOLA TARBIYASINING KAMOLOTI SIFATIDA
The influence of play activities on the development of a child's personality and
speech. The role and essence of play in the development of children of kindergarten
age, games related to age groups. The importance of speech during play activities is
discussed.
QURILISH SOHASIDA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALAR FAOLIYATNI RAQAMLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada qurilish sohasida materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar
faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning
joriy etilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona
foydalanish, mahsulot sifati va nazoratini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Shuningdek,
raqamli yechimlar yordamida logistika, zahira boshqaruvi, avtomatlashtirilgan
monitoring tizimlari va ma'lumotlarni tahlil qilish kabi jarayonlarni optimallashtirish
imkoniyati ochiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar, mahalliy amaliyotlar va
raqamlashtirishning iqtisodiy hamda texnik afzalliklari yoritib berilgan.
RAQAMLI MULK USTIDAN EGALIK DAVOLARI: FUQAROLIK HUQUQI VA PROTSESSUAL ME’YORLAR
Annotatsiya: Maqolada raqamli mulk, ya’ni blockchain texnologiyasi, raqamli
aktivlar (NFT) va raqamli hujjatlar bo‘yicha egalik huquqini himoya qilish masalalari
o‘rganiladi. Raqamli mulk bo‘yicha fuqarolik-huquqiy davolarda mavjud bo‘lgan
yuridik muammolar, egalikni tasdiqlovchi hujjatlar va protsessual jihatlar ko‘rib
chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi bo‘shliqlar, xalqaro tajribalar va
amaliy yechimlar tahlil qilinadi.
УЧЕТ ТОВАРНО-МАТЕРИАЛЬНЫХ ЗАПАСОВ В БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Аннотация. В статье рассмотрены вопросы учета товарно-
материальных запасов в бюджетных организациях, а также Товарно-
материальные запасы включаются в бухгалтерский баланс организации по
себестоимости, которая включает в себя стоимость приобретения (суммы,
уплачиваемые поставщику) и все затраты, связанные с их приобретением.
ALGEBRAIK IFODALAR VA ULARNING SODDALASHTIRILISHI
Annotatsiya:Ushbu maqolada algebraik ifodalar, ularning turli turlari, va
soddalashtirish usullari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Algebraik ifodalarni
soddalashtirish matematik hisob-kitoblarni osonlashtiradi va ularni amaliy ishlarda
qo‘llashni samarali qiladi. Maqolada algebraik ifodalar turli sohalarda qanday
qo‘llanilishini va ulardan qanday qilib optimal tarzda foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
MAKTAB FIZIKA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING TASAVVUR DOIRASINI KENGAYTIRUVCHI KROSS-FAN YONDASHUV USULI.
Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning chuqur va keng
tasavvurini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, fizika fanining
o‘qitilishida bu ko‘rsatkich juda dolzarb, chunki fizika hayotning deyarli barcha
sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan fan hisoblanadi.
KUTUBXONA – BOLALIK ORZULARINING UYI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalik davridagi kitobxonlik madaniyati,
ayniqsa kutubxonalarning bola tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ota-ona va
ustozlarning bolaga kitobni sevdirishdagi roli, zamonaviy kutubxonalar imkoniyatlari
va ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola bolalarni orzular sari
yetaklaydigan kutubxona muhitining beqiyos ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY VA AXLOQIY TARBIYASI.
Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy va axloqiy tarbiyasi
bugungi kunda har bir jamiyat uchun muhim masala hisoblanadi. Ushbu davr
bolalarning shaxsiyati, fikrlash qobiliyatlari, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy
ko'nikmalarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi
bolalar o'z atrofidagi dunyoni o'rganish, yangi bilimlar olish va o'z his-tuyg'ularini
anglash jarayonida juda faol bo'lishadi. Shuning uchun, bu davrda to'g'ri tarbiya berish,
ularga kerakli bilim va ko'nikmalarni o'rgatish juda muhimdir.
TABIIY FANLARNI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'lim tizimida tabiiy fanlarni
o'qitish orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning nazariy asoslari,
amaliy yo'nalishlari va pedagogik metodikasi tahlil qilingan. Ilmiy dunyoqarash
deganda o‘quvchining atrof-muhit hodisalarini ilmiy asosda tushunish, ularni tahlil
qilish, sabab-oqibat bog‘liqliklarini anglash va ilmiy xulosalar chiqarish qobiliyatlari
nazarda tutiladi. Maqola davomida Rossiya, AQSh va O‘zbekistonda chop etilgan
nufuzli manbalar asosida tahlil va solishtirma yondashuvlar qo‘llanilgan. Ushbu
maqolada o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiluvchi
zamonaviy ta'lim texnologiyalari, STEAM yondashuvi, kompetensiyaviy yondashuv
asosida olib borilgan o‘rganishlar haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotda kuzatuv, suhbat,
so‘rovnoma, eksperiment va nazariy-metodik tahlil metodlaridan foydalanildi.
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK XALQINING BAG‘RIKENGLIGI XUSUSIDA
Annotatsiya: Ushbu ilmiy tadqiqotda ikkinchi jahon urushi yillarida sovet
hukumatining aholini ko‘chirish siyosati, O‘zbek xalqining bag‘rikenglik jihatlari,
tolerantlik tushunchasi, ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda millatlararo
munosabatlar tushunchasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
ПСИХOЛOГИЧЕСКИЕ ФАКТOРЫ КOНФЛИКТА МЕЖДУ СТАРШИМИ ДOШКOЛЬНИКАМИ И РOДИТЕЛЯМИ
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются психологические факторы, влияющие на
возникновение конфликтов между старшими дошкольниками и их родителями.
Анализируются причины конфликтных ситуаций, связанные с возрастными
особенностями детей, стилем воспитания, уровнем эмоционального контакта и
коммуникативными навыками родителей. Особое внимание уделяется роли
эмоциональной регуляции и стратегии разрешения конфликтов в семье.
Представлены рекомендации по снижению конфликтности в детско-
родительских отношениях на данном этапе развития ребенка.
O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYAT TUZILMASI VA UNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilarning kommunikativ
qobiliyatlari, ularning shakllanish omillari hamda psixologik asoslari tahlil etilgan.
Komunikatsiya jarayoni nafaqat axborot almashinuvi, balki shaxslararo
munosabatlarning barqaror shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy-psixologik
jarayon sifatida qaraladi. O‘qituvchining samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari
o‘quvchilarda o‘z fikrini aniq, ravon ifoda eta olish, ijtimoiy muhitga moslashish,
emotsional barqarorlik kabi muhim fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, maqolada kommunikativ qobiliyat tuzilmasi – nutqiy madaniyat, tinglash
malakasi, mimika va jestlardan foydalanish, ijtimoiy intuitsiya va refleksiya kabi
tarkibiy qismlar asosida ochib berilgan. Bu qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari,
yosh xususiyatlariga mos psixologik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan.
TALABALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIKA FANI MISOLIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish
va rivojlantirish metodikasini pedagogika faniga asoslangan holda takomillashtirish
masalalari yoritilgan. Muallif zamonaviy ekologik ta’lim tamoyillari, interfaol
metodlar va innovatsion yondashuvlarning samaradorligini tahlil qilgan.
КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛЕКСИКА НА УРОКЕ РУССКОГО ЯЗЫКА
Аннотация
В данной статье рассматривается использование компьютерной лексики на
уроках русского языка. Анализируется её роль в образовательном процессе и
влияние на развитие языковой компетенции учащихся. Описаны методы,
которые способствуют освоению терминологии и её корректному
использованию в речи и письме.
“O‘RGATIB-O‘RGANAMIZ” LOYIHASI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Annotasiya: Ushbu maqolada “O‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi misolida
zamonaviy ta’lim jarayonida talabalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikning
pedagogik ahamiyati yoritiladi.
O’ZBEK XALQINIMG KELIB CHIQISH MASALASI
Annotatsiya. Ushbu maqolamda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi hamda
turli xil tarixchi olimlarning o’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida turlicha fikirlari va
qarashlari yoritilgan.
NOTINCH OILA VA UNDA VOYAGA YETAYOTGAN O‘SMIR QIZLARNING RUHIYATINI OʻRGANISH
Annotatsiya: Maqola hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy islohotlarda jamiyatimizni rivojlantirish, bunda erkaklar bilan bir qatorda qiz
va ayollarimizning faol siyosiy va ijtimoiy pozitsiyasini ta’minlash, shuningdek,
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarni mustahkamlashga qaratilmoqda.
Mazkur jarayonda qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga maqsadli tayyorlash,
ularning ijtimoiylashuvini natijador qilish masalalari alohida dolzarblik kasb
etmoqda. Xususan, oilada farzand tarbiyasining asosiy mas’uliyati onalarning
zimmasidadir. Binobarin, jamiyatdagi ma’naviy sog‘lomlik bo‘lg‘usi onalar,
jumladan, qizlarning tarbiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
SIYOSIY MAFKURALAR MADANIY ANTROPOLOGIYA FENOMENI SIFATIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada siyosiy mafkura tushunchasi madaniy
antropologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Siyosiy mafkuralar jamiyatdagi ijtimoiy
guruhlar, qadriyatlar, an’analar va e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular
shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Maqolada
mafkuralarning kelib chiqishi, ularning madaniy kontekstdagi ahamiyati hamda
zamonaviy global jarayonlarga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, siyosiy mafkuralarning
antropologik yondashuv orqali tahlil qilinishi ular ortidagi ijtimoiy va madaniy
omillarni chuqur anglashga imkon berishi ta’kidlanadi.
EFFECTIVE ENGLISH LANGUAGE TEACHING: COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING AND TASK-BASED LEARNING
Teaching English as a second or foreign language requires strategies that
promote effective communication and engagement. Among the most effective methods
are Communicative Language Teaching (CLT) and Task-Based Learning (TBL).
These approaches prioritize interaction, real-world tasks, and student-centered learning
over rote memorization and passive instruction. This paper explores how CLT and TBL
enhance English language acquisition, their benefits, challenges, and practical
applications in the classroom. The discussion includes techniques for implementation,
strategies to overcome common difficulties, and recommendations for maximizing
student learning outcomes [1].
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARDAGI MAQOLLARNING LINGVOPRAGMATIK TAHLILI
Annotatsiya: Ingliz va o'zbek tillaridagi maqollar xalq og'zaki ijodining muhim
qismi bo'lib, ular til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradi. Har bir maqol o'z
ichiga chuqur ma'no, hikmat va hayotiy tajribalarni jamlaydi. Maqollar ko'pincha
xalqning axloqiy qadriyatlari, urf-odatlari va hayotiy tajribalarini ifodalaydi. Ularning
lingvopragmatik tahlili, ya'ni tilning ijtimoiy va madaniy kontekstda qanday
ishlatilishini o'rganish, maqollarning ma'nolari, kontekstlari va ijtimoiy vaziyatlarda
qanday ishlatilishini tushunishga yordam beradi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA CHET TILINI O‘RGATISHDA RAQAMLI INTERAKTIV VOSITALARNING SAMARADORLIGI: TAJRIBA VA TAHLIL.
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet tilini o‘qitishda raqamli
interaktiv vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Bugungi tezkor
axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda an’anaviy metodlar o‘rnini zamonaviy,
interaktiv yondashuvlar egallab bormoqda. Shu boisdan ham, chet tilini o‘rganishda
multimedia vositalari, interaktiv ilovalar, raqamli platformalar (Kahoot, Quizlet,
Duolingo va h.k.) orqali dars o‘tilishining o‘quvchilardagi motivatsiya, eslab qolish
qobiliyati va ishtirokchanlik darajasiga ta’siri tajriba asosida tahlil qilinadi. Muallif
shaxsiy pedagogik amaliyotidan olingan misollar va kuzatuvlar asosida ushbu
vositalarning afzallik va kamchilik jihatlarini ochib beradi.
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR QIZIQISHLARINI OSHIRISH
Anotatsiya: Ushbu maqolada masofaviy ta’lim jarayonida talabalar bilim
olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Ta’limning an’anaviy
shaklidan farqli ravishda, masofaviy ta’limda talabaning mustaqil o‘rganish
ko‘nikmalari, motivatsiyasi va interaktiv vositalardan foydalanish darajasi katta
ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish, gamifikatsiya, vizual kontentlar, muammoli vaziyatlar
asosidagi topshiriqlar va onlayn muloqotlar orqali talaba faolligini oshirish usullari
ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish va
talabalarni faol o‘quv jarayoniga jalb qilishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy
tavsiyalarni taqdim etadi.
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA PEDAGOGIK ETIKANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik etikani
shakllantirishning nazariy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Pedagogik etika – o‘qituvchining
kasbiy faoliyatida asosiy o‘rin tutadigan axloqiy me’yorlar, qadriyatlar va tamoyillar
tizimi bo‘lib, u ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi, shuningdek, ota-onalar va
jamiyat bilan munosabatlarni tartibga soladi. Maqolada pedagogik etikani
shakllantirishning falsafiy (gumanizm, axloqiy qarashlar), psixologik (rivojlanish va
muloqot psixologiyasi), pedagogik (Makarenko, Sukhomlinskiy nazariyalari) va
ijtimoiy-huquqiy (xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlar) asoslari tahlil qilingan.
Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik etikani rivojlantirishning dolzarb
masalalari, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni axloqiy jihatdan yetuk mutaxassislar
sifatida tayyorlash usullari yoritilgan. Xulosa qilib, pedagogik etikani shakllantirishda
fanlararo yondashuvning ahamiyati ta’kidlangan va ta’lim muassasalarida ushbu
tamoyillarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada globallashuv zamonida barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishishda zamonaviy ta`lim tizimining roli, ta`lim orqali
ekologik barqarorlikni ta`minlash va innovatsion yondashuvlarni tashkil qilish jamiyat
rivojlanishiga xizmat qilishi keng yoritilgan. Shu bilan birga ilg`or xoriiy tajribalardan
foydalanish texnologiyasi keng tahlil qilingan.
ДЕОНТОЛОГИК ЁНДАШУВ АСОСИДА БЎЛАЖАК ИНГЛИЗ ТИЛИ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ КАСБИЙ ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИ.
Аннотация:Мақола замонавий шароитда инглиз тили ўқитувчиларини
касбий тайёрлашда деонтологик ёндашувга бағишланган. Унда педагогик
деонтологиянинг асосий жиҳатлари – касбий этика нормалари, мультимаданий
компетентлик ва инклюзив таълим усуллари ёритилади. Таълим жараёнига
деонтологик приципларни интеграциялаш муаммолари, шунингдек,
ўқитувчилар тайёргарлигида касбий-этик мезонларга этиборсизлик масалалари
таҳлил қилинади. Ишда амалий ечимлар таклиф этилади: махсус курсларни
жорий этиш, кейс-усуллардан фойдаланиш ва менторлик дастурларини
ривожлантириш. Халқаро ва миллий тажрибалар таҳлили асосида,
мультимаданий таълим муҳитида ўқитувчиларнинг муваффақияти учун этик
мезонларга риоя этишнинг аҳамияти исботланади.
РЕАБИЛИТАЦИЯ ПРИ ЗАБОЛЕВАНИЯХ СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТОЙ СИСТЕМЫ
Заболевания сердечно-сосудистой системы (ССЗ) остаются ведущей
причиной смертности и инвалидности во всем мире, что подчеркивает важность
эффективных программ реабилитации. Кардиореабилитация представляет собой
комплексный подход, включающий медицинские, физические, психологические
и социальные мероприятия, направленные на восстановление функциональных
возможностей пациентов, улучшение качества их жизни и предотвращение
прогрессирования заболеваний. В данном тезисе рассматриваются современные
подходы к реабилитации при ССЗ, включая физические тренировки,
фармакотерапию, психосоциальную поддержку и модификацию образа жизни.
Особое внимание уделяется индивидуализации программ, интеграции новых
технологий и междисциплинарному подходу. На основе анализа актуальной
литературы 2023–2025 годов подчеркивается необходимость дальнейшего
развития стандартизированных протоколов и повышения доступности
реабилитационных программ. Тезис также обсуждает роль образования
пациентов и их родственников в достижении долгосрочных результатов.
ОСТЕОХОНДРОЗ РЕАБИЛИТАЦИЯСИ
Аннотация: Остеохондроз – умуртқа поғонасининг дегенератив-
дистрофик касаллиги бўлиб, у кўпинча оғриқ синдроми, ҳаракат чекланиши ва
ҳаёт сифатининг пасайиши билан кечади. Ушбу тезисда остеохондрознинг
реабилитациясига доир замонавий ёндашувлар, уларнинг илмий асослари ва
амалий аҳамияти чуқур таҳлил қилинади. Тадқиқотда остеохондрознинг
патогенези, диагностика усуллари, консерватив ва жарроҳлик даволаш усуллари,
шунингдек, реабилитация жараёнида фойдаланиладиган физиотерапия,
кинезитерапия, мануал терапия ва психологик ёрдам каби муҳим йўналишлар
кўриб чиқилади.
Реабилитациянинг асосий мақсади – беморнинг функционал ҳолатини
тиклаш, оғриқ синдромини камайтириш, умуртқа поғонасининг барқарорлигини
ошириш ва рецидивларнинг олдини олишдир. Тезисда остеохондрознинг турли
босқичларида индивидуал реабилитация дастурини тузишнинг аҳамияти
таъкидланади. Бунда беморнинг ёши, касаллик даражаси, мураккаблашуви ва
умумий соғлиқ ҳолати инобатга олинади.
DEVIANT XULQLI O‘QUVCHILARDAGI XULQ-ATVORNI KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Annotatsiya:Maqolaning mazmuni shundan iboratki, deviant xulqli o‘smirlar
bilan ishlashda ularni tuzatish, to‘g’rilash davomida o‘smir xulqini kelib chiqishi
sabablarini aniqlash.
РЕАБИЛИТАЦИЯ ПРИ ЗАБОЛЕВАНИЯХ ПИЩЕВАРИТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ
Заболевания пищеварительной системы, такие как хронический гастрит,
язвенная болезнь, гастроэзофагеальная рефлюксная болезнь (ГЭРБ), панкреатит
и воспалительные заболевания кишечника, являются одними из наиболее
распространенных патологий во всем мире, затрагивая около 50% населения.
Эти состояния существенно снижают качество жизни, вызывают хронические
рецидивы и могут привести к серьезным осложнениям, включая утрату
трудоспособности. Реабилитация при заболеваниях пищеварительной системы
играет ключевую роль в восстановлении функций органов желудочно-
кишечного тракта (ЖКТ), улучшении общего состояния пациентов и
предотвращении рецидивов. Настоящий тезис рассматривает современные
подходы к медицинской реабилитации, включая диетотерапию, кинезотерапию,
физиотерапию, бальнеотерапию, психотерапию и образовательные программы.
Особое внимание уделяется интеграции междисциплинарных методов,
персонализированному подходу и использованию инновационных технологий в
реабилитации. В работе анализируются актуальные исследования, клинические
рекомендации и программы, применяемые в ведущих медицинских центрах.
Тезис также включает обзор свежих учебников и научных журналов,
опубликованных в 2023–2025 годах, с указанием ключевых авторов, внесших
значительный вклад в изучение темы. Работа подчеркивает важность
комплексного подхода, учитывающего соматические, психологические и
социальные аспекты реабилитации, и предлагает направления для дальнейших
исследований.
СОСТОЯНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЁТА ПРОИЗВОДСТВА И РЕАЛИЗАЦИИ ТОВАРОВ (РАБОТ, УСЛУГ) В БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Аннотация: Основным направлением коммерческой деятельности
бюджетных учреждений является оказание населению и юридическим лицам
платных услуг. Однако, производство и реализация различных видов готовой
продукции, хотя и встречается на практике значительно реже, все же имеет
место. При этом, учитывая широкий спектр производи- мой и реализуемой
продукции, следует отметить, что ее организация бюджетного учета вызывает
серьезные трудности.
KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH YO’LLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotasiya. Ushbu maqolada korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish
jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni optimallashtirishga qaratilgan usullar va
strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi haraqatlar, zarur resurslar,
va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlash orqali xarajatlar
samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola, zamonaviy
texnologiyalar, avtomatizatsiya, va ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda yangi
yondashuvlar yordamida ishlab chiqarishga oid xarajatlarni qanday qisqartirish
mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot natijalari, korxonalar uchun yanada
raqobatbardosh va samarador ishlab chiqarish tizimini yaratishga yordam beradi.
UYATSIZLIK VA O‘ZINI TUTA BILMASLIK: SABABLARI VA OQIBATLARI
Annotatsiya: Uyatsizlik va o‘zini tuta bilmaslik — bu jamiyatda keng tarqalgan
va ko‘p muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan psixologik va ijtimoiy hodisa.
Ushbu maqolada uyatsizlik va o‘zini tuta bilmaslikning asosiy sabablari, ularning
shaxs va jamiyat uchun oqibatlari chuqurroq o‘rganilgan. Maqola hamda uning
natijalari yordamida bunday muammolar oldini olish va ularni bartaraf etish yo‘llari
taklif qilingan.
ISLOM DININING ZIYORAT MARKAZLARIDA "DESTINATSION MENEJMENT KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Maqolada Islom dinining ziyorat markazlarida turizmni
rivojlantirish uchun "destinatsion menejment" konsepsiyasidan foydalanishning
ahamiyati va istiqbollari tahlil qilinadi. Ziyorat turizmi tashkilotchilari, mahalliy aholi,
davlat idoralari va xalqaro hamkorlar uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishga
qaratilgan usullar koʻrib chiqiladi. Turizm infratuzilmasi, xizmatlar sifatini oshirish,
madaniy merosni saqlash va iqtisodiy foyda oshirish kabi jihatlar tadqiq qilinadi.
BUXORO VILOYATI SUVLIKLARIDA TARQALGAN IKKI PALLALI MOLLYUSKALARNING AHAMIYATI
Annotatsiya:Ushbu maqolada Buxoro viloyati suv havzalarida tarqalgan ikki
pallali mollyuskalar (Bivalvia) turlari, ularning ekologik ahamiyati, iqtisodiy qiymati
va atrof-muhitga taʼsiri tahlil qilinadi. Mollyuskalar suv ekotizimlarida filtrator sifatida
suv tozalash, baliqlar va suv qushlari uchun ozuqa manbai boʻlishi, shuningdek, inson
faoliyatida qoʻllanilishi jihatlari koʻrib chiqiladi. Maqolada Buxoro viloyati
suvliklarida uchraydigan mollyuska turlari, ularning tarqalishi va ularni muhofaza
qilish choralari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
BUXORO VILOYATI SUVLIKLARIDA TARQALGAN IKKI PALLALI MOLLYUSKALARNING TAKSONOMIK TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro viloyati suv havzalarida tarqalgan ikki
pallali mollyuskalar (Bivalvia) turlarining taksonomik tarkibi oʻrganilgan. Tadqiqotda
turli suvli ekotizimlarda (daryolar, koʻllar, suv omborlari) uchraydigan
mollyuskalarning sistematikasi, morfologik xususiyatlari va tarqalishi tahlil qilingan.
Ishlatilgan metodlar orasida namunalar toʻplash, laboratoriya tahlillari va
maʼlumotlarni statistik qayta ishlash usullari mavjud. Olingan natijalar mintaqa
bioxilma-xilligini saqlash va monitoring qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
THE IMPACT OF MODERN TECHNOLOGIES AND DIGITAL MARKETING ON TOURISM
Abstract: This article examines the transformative role of modern technologies
and digital marketing in the tourism industry. It explores how digital tools such as
artificial intelligence, big data, virtual reality, and social media marketing enhance
tourist experiences, streamline operations, and boost destination competitiveness. The
study highlights key trends, challenges, and future prospects of technology-driven
tourism.
MIGRATSIYALARNING USTURUSHONA MADANIYATIDAGI O'RNI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Usturushona madaniyati rivojida migratsiya jarayonlarining o‘rni
va ahamiyatini tahlil qiladi. Usturushona hududi tarixda geografik joylashuvi tufayli
turli xalqlarning migratsiyasiga guvoh bo‘lgan. Migratsiyalar natijasida madaniy
almashinuv, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bergan. Maqolada migratsiya
jarayonlarining Usturushona madaniyati rivojiga ta'sir etgan omillari, jumladan, turli
etnik guruhlarning o‘zaro muloqoti, savdo-sotiq va texnologik yutuqlarning kirib
kelishi, din va urf-odatlarning shakllanishi muhokama qilinadi. Migratsiyalar
natijasida Usturushona madaniyatida ko‘p qatlamli madaniy o‘zgarishlar va sintez
jarayonlari yuz bergan. Ushbu tadqiqot tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar
asosida amalga oshirilgan bo‘lib, migratsiyaning madaniy o‘zgarishlarni
shakllantirishdagi roli yoritib berilgan.
SOHA MUTAXASSISLARI UCHUN INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA TIBBIY LUG‘ATLAR YARATISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada inglizcha-o‘zbekcha tibbiy lug‘atlarning
zamonaviy tibbiyotda tutgan o‘rni, mutaxassislar uchun ahamiyati va ularni ishlab
chiqish jarayonidagi asosiy qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Tibbiy terminologiyani aniq
tarjima qilish, xalqaro hamkorlikni oshirish va malakali tibbiy xodimlar tayyorlashda
ikki tilli lug‘atlarning roli tahlil qilinadi.
NOSTANDART KO’RINISHDAGI MISOLLARNI YECHISH USULLARI
Воспитание наших детей как настоящих патриотов с независимым
мышлением, современными знаниями и навыками, а также здоровым образом
жизни - одна из самых насущных проблем для нас. Эта статья поможет детям
преодолеть некоторые проблемы решения нестандартных задач, главным
образом потому, что алгоритм решения неясен. Ключевые слова: нестандартные,
стандартные, нестандартные вопросы, эскиз, квалификация, позиция, алгоритм,
сравнение, наблюдение, гипотеза.
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHDA IJOBIY TAFAKKURNING ROLI
Annotatsiya: Ushbu maqolada muvaffaqiyatga erishishda ijobiy tafakkurning
ahamiyati, uning inson hayotiga ta’siri va kundalik hayotda qanday qo‘llash
mumkinligi haqida so‘z boradi. Ijobiy fikrlash nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy
yutuqlar, psixologik barqarorlik va ijodiy yechimlarni topishda muhim omil ekanligi
tahlil qilinadi.
ALBINIZM: TURLARI, BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI
Annotatsiya
Albinizm – bu irsiy genetik kasallik bo‘lib, melanin pigmentining
yetishmovchiligi yoki umuman yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Maqolada albinizmning
turlari, klinik belgilari va davolash usullari haqida batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek,
albinizm haqidagi eng mashhur miflar, tarixda albinizmga ega bo‘lgan buyuk shaxslar
va ushbu kasallik bilan yashovchilarning ijtimoiy hayotdagi muammolari haqida ham
so‘z boradi. Maqola ilmiy asosda, lekin umumiy o‘quvchi uchun tushunarli tarzda
yozilgan.
ISHLAB CHIQARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI, UNING MAQSADI, VAZIFASI VA AHAMIYATI.
Annotatsiya: Ushbu maqola ishlab chiqarishda texnika xavfsizligining
ahamiyatini, asosiy maqsadlarini va vazifalarini o'rganishga bag'ishlangan. Texnika
xavfsizligi inson salomatligi va hayotini saqlashda, shuningdek, ishlab chiqarish
jarayonlarining samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Maqola, xavf-
xatarlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan strategiyalarni, shuningdek,
xodimlarni xavfsizlik bo'yicha o'qitishning zaruriyatini ko'rsatadi. Bunday
yondashuvlar ish joyida sog'lom muhit yaratishga, ishchilarning motivatsiyasini
oshirishga hamda korxonalarning iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashga yordam
beradi. Texnika xavfsizligini saqlash – nafaqat mehnat qonunlarini bajarish, balki
kelajak avlodlarga xavfsiz ish muhitini taqdim etishning asosiy shartidir.
XORIJIY TIL DARSLARIDA ÒYIN METODIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA USULLARI
Annotatsiya: Xorijiy til darslarida o‘yin metodidan foydalanish o‘quv
jarayonini jonlantirish va talabalar motivatsiyasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘yinlar orqali o‘quvchilar tilni o‘rganish jarayonida faol ishtirok etadilar, bu esa
ularning eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘yin metodlari, masalan, rol o‘yinlari, simulyatsiyalar va interaktiv o‘yinlar,
talabalarga tilni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi, shuningdek, ijtimoiy
ko‘nikmalarni rivojlantiradi. O‘yin metodlarining ahamiyati shundaki, ular
o‘quvchilarning psixologik jihatdan qulay muhitda o‘rganishlariga yordam beradi. Bu
usullar orqali talabalar o‘zaro hamkorlikda ishlash, muammolarni hal qilish va ijodiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuningdek, o‘yinlar orqali til o‘rganish
jarayoni qiziqarli va samarali bo‘ladi, bu esa o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi.
РАЗВИТИЕ РЕЧИ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.
Аннотация. В данной статье рассматриваются приемы работы для
развития устной речи учащихся на уроках русского языка и читательской
грамотности в начальной школе.
РОЛЬ КРУЖКОВОЙ РАБОТЫ ПО РУССКОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.
Аннотация. В статье актуализируется проблема организации кружковой
работы и использования ее возможностей в образовательном процессе начальной
школы.
TEACHING WORLD CITIES IN ENGLISH: METHODS AND STRATEGIES
Annotation: This article explores effective methods and strategies for teaching
the topic of "World Cities" in English. It highlights the importance of integrating
language skills with geographical and cultural knowledge, suggests engaging
classroom activities, and provides recommendations for educators. The article also
discusses the use of technology, project-based learning, and interactive discussions to
enhance students' understanding of global urban centers.
ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI SAMARALI TIL O‘RGANISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Annotatsiya: Hozirgi zamonada texnologiyalar rivojlanishi bilan chet tillarini
o‘rganish usullari ham o‘zgarib bormoqda. Onlayn platformalar orqali til o‘rganish
qulayliklari va samaradorligi tufayli tobora ommalashmoqda. Ushbu maqolada onlayn
ta’lim vositalarining til o‘rganishdagi ahamiyati, imkoniyatlari, duch kelinadigan
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.
MUAYYAN PSIXOTERAPEVTIK YONDASHUVLARNING PSIXOSOMATIK BUZILISHLARGA IJOBIY TA’SIRI
Annotatsiya. Ushbu maqolada turli psixoterapevtik yondashuvlarning
psixosomatik buzilishlarni davolash va yengillashtirishdagi samaradorligi tahlil
qilingan. Psixosomatik buzilishlar – bu psixik omillar ta’sirida yuzaga keladigan yoki
kuchayadigan somatik kasalliklar bo‘lib, ularni davolashda integrativ yondashuv
muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot doirasida kognitiv-harakat psixoterapiyasi, psixoanalitik
yondashuv, gestalt terapiya, hamda mindfulness asosidagi stressni kamaytirish
(MBSR) metodlarining ta’siri ko‘rib chiqildi. Ilmiy adabiyotlar tahlili ushbu usullar
bemorlarning simptomlarini kamaytirish, hissiy holatni barqarorlashtirish va
sog‘lomlashtirish jarayoniga ijobiy hissa qo‘shishini ko‘rsatdi. Ayniqsa, bemorning
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan psixoterapevtik yondashuvlar
samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan. Maqola yakunida psixosomatik buzilishlarni
davolashda ko‘p yo‘nalishli va shaxsga yo‘naltirilgan psixoterapiya zarurligi asoslab
beriladi.
“O‘QUVCHILARNI IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION USULLAR”
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini
shakllantirishda innovatsion pedagogik usullarning ahamiyati tahlil qilingan. Bugungi
tez o‘zgarayotgan jamiyatda o‘quvchilarda yangicha fikrlash, muammoga noodatiy
yondashuv va estetik tafakkurni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muallif
interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, STEAM yondashuvi kabi zamonaviy
usullar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha shaxsiy kuzatuv
va tajribalarini o‘rtoqlashadi. Maqolada innovatsion ta’lim yondashuvlarining
samaradorligi, ularni amaliyotga joriy etishdagi muammolar hamda yechimlari haqida
fikr yuritilgan.
MAVZU: ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASHDA O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATLARI
Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o’qituvchining pedagogik
mahoratlari bilan uyg’unlashuvi haqida so’z yuritadi. Maqolada ta’lim jarayonida
texnologiyalarning roli, o’qituvchidan talab qilinadigan pedagogik mahoratlar va
ularni rivojlantirish usullari ko’rib chiqiladi. O’qituvchining texnologik savodxonligi,
pedagogik yondashuvlarni yangilash, differensial ta’limni amalga oshirish va o’qitish
metodlarini moslashtirish orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va interaktiv tarzda
tashkil etish mumkinligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada o’qituvchilarning
pedagogik mahoratlarini doimiy ravishda rivojlantirish zarurligi hamda ta’lim
texnologiyalaridan to’liq foydalanish uchun o’qituvchilarni yangi metodlar va vositalar
bilan tanishtirish kerakligi ko’rsatilgan. Maqola, zamonaviy ta’limda pedagogik
mahoratlar va texnologiyalar o’rtasidagi integratsiyani kuchaytirish muhimligini
ta’kidlaydi.
ODAMDA XROMOSOMANING SONI VA STURUKTURASINING O’ZGARISHI TUFAYLI YUZAGA CHIQADIGAN ANOMALIYALAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada xromosoma va uning vazifalari, odamdagi
xromosomalar soni va ularning sturukturasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar
natijasida kelib chiqadigan anomaliyalar. Xromosomalarning soni o’zgarishi tufayli
kelib chiqadigan daun sindromi, edvards sindromi, klaynfelter sindromiva
shershevskiy-terner anomaliyalari qanday kelib chiqishi va qanday belgilarni
namoyon qilishi keltirib ko’rsatilgan
AVIATSIYA SOHASIDA KIMYO FANINING O'RNI: PARVOZLAR SAMARADORLIGI VA XAVFSIZLIGINING KIMYOVIY ASOSLARI
Annotatsiya:Ushbu maqolada aviatsiya sohasida kimyo fanining tutgan o‘rni,
ayniqsa parvozlar samaradorligi va xavfsizligini ta'minlashdagi kimyoviy jarayonlar
yoritiladi. Aviatsion yoqilg‘i turlari, ularning yonish xususiyatlari, materiallarning
korroziyaga chidamliligi, atmosfera sharoitlarida yuz beradigan kimyoviy reaksiyalar
hamda aviatsion texnikada qo‘llaniladigan yangi kimyoviy texnologiyalar tahlil
qilinadi. Shuningdek, ekologik xavfsizlik va yoqilg‘ilarning atrof-muhitga ta’sirini
kamaytirishga qaratilgan zamonaviy kimyoviy yechimlar ham ko‘rib chiqiladi.
GLOBALLASHUV JARAYONIDA BOLALARDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR VA ULARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK OMILLAR
Annotatsiya: Globallashuv jarayoni zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas
qismiga aylangan bo‘lib, u bolalar tarbiyasi va ularning ijtimoiylashuvi jarayoniga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida bolalarda
yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, madaniyatsizlik, milliy qadriyatlardan
uzoqlashish, internet va ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri, ijtimoiy
befarqlik kabi holatlar yoritilgan. Shuningdek, bu muammolarning oldini olishda
ijtimoiy pedagogikaning o‘rni, pedagog va ota-onalar hamkorligi, maktab va mahalla
tizimining ahamiyati kabi ijtimoiy pedagogik omillar tahlil qilingan. Maqolada bolalar
ongiga sog‘lom ijtimoiy qadriyatlarni singdirish, ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali globallashuvning salbiy oqibatlarini
bartaraf etish yo‘llari muhokama etilgan.
NORMUROD NORQOBILOV QISSALARIDA NABOTOT OLAMI TALQINI.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining atoqli yozuvchisi Normurod Norqobilov
qissalarida nabotot olami tasviri va uning badiiy talqini tahlil etiladi. Yozuvchi
qissalarida inson va tabiat hamda hayvonot olamining dialektik aloqadorligi, inson va
tabiat uyg’unligi tasvirlangan. Adib asarlarida tabiat tasviri nafaqat voqealar rivojini
bezab turuvchi fon, balki qahramonlarning ichki dunyosini ochib beruvchi muhim
vosita sifatida namoyon bo’ladi. Maqolada yozuvchining qissalaridagi o’simliklar
olami tasvirining funksional vazifalari, ularning obraz yaratishdagi o’rni va ramziy
ma’nosi tadqiq etiladi. Shuningdek, tabiat unsurlarining inson hayoti va taqdiriga
bog’lanishi, yozuvchi uslubidagi o’ziga xos xususiyatlar yoritiladi.
ONLINE EDUCATION: ADVANTAGES AND DISADVANTAGES
Annotation
Online education has become a significant part of modern learning, offering
flexibility and accessibility to students worldwide. However, it also presents challenges
such as limited social interaction and technical difficulties. This article explores the
benefits and drawbacks of online learning, analyzing its impact on students, educators,
and the education system as a whole. The discussion includes perspectives from
academic research, case studies, and expert opinions to provide a comprehensive
overview of online education.
MAKTAB MATEMATIKA KURSIDA KOMBINATORIKANING ASOSIY QOIDASI MAVZUSINI O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida matematika fanining
“Kombinatorikaning asosiy qoidasi’’mavzusini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari
bo’yicha fikr mulohazalar yuritilgan. Dars jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan
interfaol usullardan “Qo’shningni top’’ o’yini hamda “O’yla izla top’’ usullaridan
namunalar keltirilgan.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SUVERENITETI, DEMOKRATIK VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining davlat
suvereniteti, demokratik tamoyillar va qonun ustuvorligi masalalari tahlil qilinadi.
Mustaqillikdan keyingi davrda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar,
konstitutsiyaviy asoslar, shuningdek, jamiyatning demokratlashtirilishi va huquqiy
davlat qurilishidagi yutuqlar koʻrib chiqiladi. Maqolada Oʻzbekistonning zamonaviy
siyosiy tizimi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamjamiyatdagi oʻrni haqida
soʻz yuritiladi.
ДОРИ-ДАРМОНГА БОҒЛИҚ ВА ЧИДАМЛИ ЭПИЛЕПТИК (ФАРМАКОРЕЗИСТЕНТ) ХУРУЖЛАР БИЛАН ХАСТАЛАНГАН БЕМОРЛАРНИНГ АЙРИМ БИОКИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИНИ ЎРГАНИШ
Аннотация Ушбу мақолада эпилепсиянинг дори-дармонга чидамли
(фармакорезистент) тури билан хасталанган беморларда биокимёвий
ўзгаришларни ўрганишга бағишланган илмий тадқиқот натижалари тақдим
этилади. Асосий эътибор антиоксидант тизими, нейротрансмиттерлар
мувозанати ва қон суюқлигидаги айрим биомаркерларни таҳлил қилишга
қаратилди. Ушбу тадқиқот фармакорезистент эпилепсиянинг патогенезини
яхшироқ англаш ва янги даволаш ёндашувларини ишлаб чиқишда муҳим
аҳамият касб этади.
NCBI MA’LUMOTLAR BAZASINING ZAMONAVIY BIOINFORMATIKA VA GENETIK TADQIQOTLAR UCHUN TAQDIM ETADIGAN IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ilm-fan, ayniqsa biologiya, bioinformatika va tibbiyot sohalarida,
genetik va molekulyar ma'lumotlarning doimiy kengayib borishi zamonaviy
tadqiqotlar uchun kuchli resurslar va ma'lumotlar bazalarini yaratish, hamda ularni
boshqarish uchun ishonchli platformalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni yanada
ortiradi. National Center for Biotechnology Information (NCBI) ushbu talabni
qondirish maqsadida global ilmiy foydalanuvchilar uchun zamonaviy ma'lumotlar
bazalari va tahlil vositalarini taqdim etadi. NCBI nafaqat ma'lumotlarni saqlash va
ularga kirish imkoniyatini ta'minlaydi, balki zamonaviy tadqiqotlar uchun yangi
imkoniyatlarni yaratadigan vositalar va texnologiyalarni ham taklif etadi. NCBI
tomonidan boshqariladigan GenBank, BLAST, PubMed, GEO va ClinVar kabi
resurslar bugungi kunda genetik ma'lumotlarni tahlil qilish, gen ifodalanishini
o‘rganish va genetik kasalliklarni aniqlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu vositalar biologik ma'lumotlarni oson va tezkor tarzda tahlil qilish imkoniyatini
berib, zamonaviy biologiya va tibbiyotning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.
TRAVMADAN KEYINGI STRESS BUZILISHI (PTSB): SABABLAR VA TIKLANISH
Annotatsiya: Travmadan keyingi stress buzilishi (PTSB) – bu psixologik
travma tufayli rivojlanadigan og‘ir holat bo‘lib, unda shaxs o‘zini xavfsiz va qulay his
etmaydi. Maqolada PTSB ning asosiy sabablariga, belgilari va tiklanish usullariga
e’tibor qaratilgan. Muammo yechimi sifatida psixoterapiya, dori vositalari va
individual yondashuvning roli ko‘rib chiqilgan. Maqola PTSB bilan kurashishda
samarali yo‘llarni aniqlashga yordam beradi.
PROFESSIONAL CHARCHASH (BURNOUT) SINDROMI VA UNI OLDINI OLISH
Annotatsiya: Professional charchash (burnout) sindromi zamonaviy ijtimoiy-
tibbiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu holat, odatda, professional faoliyat bilan
bog'liq bo'lgan uzluksiz jismoniy va ruhiy charchash natijasida yuzaga keladi. Maqola
professional charchashning sabablari, belgilari va oldini olish yo'llarini o'rganishga
bag'ishlangan. O'zbekiston sharoitida ishchi kadrlarning salomatligini saqlash va
ularga psixologik yordam ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor berilgan.
PSIXOLOGIYADA IXTIYORIY VA IXTIYORSIZ XATTI-HARAKATLAR
Annotatsiya: Maqolada inson xatti-harakatlarining ixtiyoriy va ixtiyorsiz
shakllari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ixtiyoriy harakatlar shuurlı
ravishda boshqariladigan, maqsadli amallar sifatida, ixtiyorsiz harakatlar esa reflekslar,
odatlar va instinktlar kabi bevosita ongsiz sodir boʻladigan jarayonlar sifatida koʻrib
chiqiladi. Maqolada bu ikki turdagi xatti-harakatlarning farqlari, ularning paydo
boʻlish mexanizmlari va inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan.
SHAXSIY CHEGARALARNI BELGILASH VA ULARNI HIMOYA QILISH PSIXOLOGIYASI
Annotatsiya: Maqolada shaxsiy chegaralarning psixologik ahamiyati, ularni
belgilash va himoya qilish usullari yoritilgan. Shaxsiy chegaralar insonning ruhiy
salomatligi, munosabatlari va oʻzini hurmat qilishi uchun muhim boʻlib, ularni toʻgʻri
belgilash orqali stress, manipulyatsiya va hissiy charchoqdan saqlanish mumkin.
Maqolada shaxsiy chegaralarni mustahkamlashning amaliy usullari hamda ularni
himoya qilishda duch keladigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi.
YOSHLAR ORASIDA PSIXOLOGIK YORDAMNING ZARURIYATI
Annotatsiya: Zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida psixologik muammolar
keskin oshib bormoqda. Bu holat, yoshlarning ijtimoiy integratsiyasi, shaxsiy
rivojlanishi va kelajakdagi hayot strategiyalariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Maqola
yoshlar orasida psixologik yordamning zaruriyatini tahlil qiladi hamda ularning ruhiy
sog'lig'ini saqlash va rivojlantirish uchun samarali chora-tadbirlarni taklif etadi.
O'rganilgan ma'lumotlar asosida yoshlar psixologik yordamga bo'lgan ehtiyojining
ilmiy asoslanganligi va amaliy ahamiyati ko'rsatiladi.