Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
130
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK XALQINING
BAG‘RIKENGLIGI XUSUSIDA
Usanov Shuxrat Musurmonovich
TTA Termiz filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”
kafedrasi assistenti
shuhratusanov0@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy tadqiqotda ikkinchi jahon urushi yillarida sovet
hukumatining aholini ko‘chirish siyosati, O‘zbek xalqining bag‘rikenglik jihatlari,
tolerantlik tushunchasi, ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda millatlararo
munosabatlar tushunchasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация:
В данном научном исследовании представлены информация о
политике переселения населения советским правительством в годы Второй
мировой войны, аспекты толерантности у узбекского народа, понятие
толерантности и межэтнические отношения в Узбекистане в годы Второй
мировой войны.
Annotation:
This scientific research provides information about the Soviet
government's population relocation policy during World War II, the aspects of
tolerance in the Uzbek people, the concept of tolerance, and interethnic relations in
Uzbekistan during the years of World War II.
Kalit so‘zlarlar:
mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, Shoahmad Shomahmudov,
Hamid Samadov, tolerantlik, milliy guruhlari deportatsiya qilinishi, milliy va diniy
qadriyatlar, millat erkinligi va barqarorligi, ijtimoiy guruh.
Ключевые слова
: Гостеприимство, толерантность, Шоахмад Шомахмудов,
Хамид Самадов, толерантность, депортация национальных групп, национальные
и религиозные ценности, национальная свобода и стабильность, социальная
группа.
Keywords
: Hospitality, tolerance, Shoakhmad Shomakhmudov, Khamid
Samadov, tolerance, deportation of national groups, national and religious values,
national freedom and stability, social group.
KIRISH
Insoniyat
tarixida
eng ko‘p qirg‘inbarotlar olib kelgan ikkinchi jahon
urushi natijasida yer yuzida juda ko‘plab aholi vafot etdi. 1941-yilning 22-iyun kuni
tongida fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga hujum qildi. Mamlakat va partiya
rahbari I.V.Stalin 1941-yil 16-avgustda 270-sonli buyruqni e’lon qildi. Unga binoan
urushda asir tushganlar o‘ta ketgan dizetirlar (harbiy xizmatni tashlab ketgan
qochoqlar) deb e’lon qilindi, ularning oila a’zolari esa “qasamyodni buzganlar va
Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash”ga mahkum etildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
131
Ikkinchi jahon urushining birinchi kunlaridan boshlab to oxirigacha
o‘zbekistonlik jangchilar unda juda faol qatnashdilar. Tarix ularning mardligi, qat’iyati
va fidokorligi haqidagi xotiralarini o‘tmish, bugungi va kelajak avlodlar uchun mangu
saqlanib qolgan.
Urushning og‘ir yillarida o‘zbek xalqining asosiy ma’naviy axloqiy xususiyatlari,
uning insonparvarligi yorqin namoyon bo‘ldi. O‘zbek xalqi Sharq ma’naviyatining eng
yaxshi an’analariga amal qilib, urushning ayanchli yillarida ittifoqning dushman
vaqtincha bosib olgan hududlaridagi aholiga do‘stona bag‘rikenglik qilib, o‘z yurtidan
ajralgan quvg‘inlarga g‘amxo‘rlik va mehmondo‘stlik bilan ko‘nglini ko‘tardi.
Qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo‘lga qo‘yishda
yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisi urush yillarida nihoyatda nochor
yashashiga qaramasdan shunday yordam qo‘lini cho‘zdi. Urush odatdagi hayot tarzini
tubdan o‘zgartirib yubordi. Urushning dastlabki kunlaridanoq butun mamlakatda
bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham oziq-ovqat va sanoat mollari keskin kamayib ketdi.
Ko‘chirib keltirilgan aholi oqimining ortishi munosabati bilan uy-joy muammosi
haddan tashqari keskin tus oldi. Elektr quvvati, yoqilg‘i bilan ta’minlashdagi uzilishlar
transport va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari ishiga salbiy ta’sir qildi. Urush
har bir xonadonga, har bir oilaga yopirilib kirdi, odamlarni og‘ir sinovlarga
mahrumliklar va azob-uqubatlarga mubtalo qildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mustqillik yillarida jamiyat kishilarini bag‘rikenglik, tolerantlik ruhida
tarbiyalash hamda milliy mafkura va mustaqillik g‘oyalariga asoslangan holda
shakllantirish va boyitib borishda bugungi kunda ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, R.H. Murtazayeva tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab izlanishlar, da
O‘zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlar hamda bag‘rikenglik
tamoyillari, sovet hukmronligi yillarida hamda istiqlol davrida mamlakatda ko‘p
millatlilikning qaror topishi, tarixiy jihatdan shakllanishi va ildizlari, rivojlanish
bosqichlari, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash hamda unga doir chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi, o‘zbek xalqi orasida boshqa xalq va millat
vakillarining taraqqiyot jarayonlari, tarixiy manbalar, mahalliy va xorijiy ilmiy
adabiyotlar yordamida o‘rganilgan[1].
Bundan tashqari bir qator olimlar ham ushbu soha bo‘yicha qator izlanishlar olib
bormoqda. Jumladan, Rashidov Oybek
(O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va
bag‘rikenglik o‘quv qo‘llanma — Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022.- 200b.)
,
Normatov K., Ishoqov F., Nurillin R.
(Миллатлараро муносабатлар маданияти ва
байналминал дунёқараш. – Тошкент: Ўзбекистон. 1993. 135 б.)
, Mirazamov K.
(Миллий-маданий манфаатлар ва миллий маданиятларнинг ривожланиши.
Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.
– Тошкент: 1995. 143 б.)
, Muminov A.
(Миллатлараро муносабатлардаги
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
132
муаммоларни ўрганишнинг долзарб масалалари. – Тошкент: Фан. 1996. 176 б)
(Миллий сиёсат ва маданий соҳадаги ўзгаришлар. –Тошкент: Академия. 2010.
123 б.).
Ushbu olimlarning izlanishlari natijasida mamlakatimizda shakllangan
millatlararo munosabatlar, bag‘rikenglik qarashlari haqida batafsil malumotga ega
bo‘lmoqdamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatning dushman vaqtincha bosib olgan hududlarini va front yaqinidagi
tumanlarni tashlab chiqqan dastlabki o‘n minglab kishilar respublikaga 1941-yilning
yozidayoq kela boshlagan edi. O‘zbekiston urush yillari Rossiyaning bosib olingan
rayonlaridan –
Ukrainadan, Belorusiyadan
hammasi bo‘lib
bir milliondan
ortiq kishini
qabul qildi. Ulardan 200 ming nafari bolalar edi.
O‘zbek xalqi bu yerga kelgan fuqarolarni mehmondo‘stlik bilan qarshi oldi. Aholi
ularga turar-joy berib, o‘zi siqilib yashadi, ko‘chib kelganlarni to‘ydirish uchun oxirgi
bo‘lak nonini ham bo‘lib berdi. Ular uchun poyafzal, kiyim-bosh to‘pladi. Ko‘chirib
keltirganlarga yordam berish maqsadida Farg‘ona viloyatidagi “Birinchi may” qishloq
xo‘jalik arteli mehnatkashlarining tashabbusi bilan shaharlarga don, sabzavotlar,
kartoshka, go‘sht maxsulotlari ortilgan karvonlar yetib kelgan. Ko‘chirib
keltirilganlarni ishga joylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Faqat
Toshkent shahrining o‘ziga 1941-yil 24- noyabrdan 31-dekabrgacha 37,6 mingdan
ortiq kishi, 1941-1942-yillarda qariyb 240 ming kishi joylashtirildi va ish bilan
a’minlandi[7., 155 b].
Shuni ham alohida takidlab
o
‘tish joizki, ikkinchi jahon urushi davrida aholi
ko‘chirilishidan tashqari ko‘plab zavod va fabriklar ham ko‘chirilib kelingan.
Ushbu ko‘chirib kelingan zavod va fabrikalarda o‘zbek millatiga mansub kishilar
ko‘chirib kelingan xalqlar bilan o‘zaro hamkorlikda, hamjihatlikda mehnat qilib
kelgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga 90 ta zavod asosiy kadrlar
tarkibi bilan ko‘chirib keltirildi. O‘zbekistonga ko‘chirilgan salkam 1 mln.
kishining 70%i Rossiyadan kelgan edi. Mazkur zavodlar negizida Chkalov
nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Sredazkabel” ishlab chiqarish
birlashmasi,
“Chirchiqselmash”,
“O‘zbekselmash”,
“Tashtekstilmash”,
“Pod’yomnik”, abraziv buyumlar zavodi kabi yirik sanoat ob’ektlari qad
ko‘tardi. Ular uzoq vaqt davomida respublikaning yirik sanoat korxonalari
sifatida sanalib turgan. Zavodlar bilan birga kelgan xodimlarning bir qismi
urushdan keyin O‘zbekistonda doimiy yashash uchun qoldilar[6., 178 b].
Ko‘chirib keltirilgan kishilar va boshqa zavod fabrika anjomlarini qabul qilishni
tartibli yo‘sinda tashkil etish maqsadida respublika hukumatining qarori bilan 1941-yil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
133
oktyabrda evakuatsiya qilingan bolalarni qabul qilish uchun markaziy punkt tashkil
qilingan[7, 176 b].
1941-yil dekabrida evakuatsiya qilingan bolalarni joylashtirishga rahbarlik qilish
uchun respublika, viloyat, shahar va tuman komissiyalari tashkil etildi. Toshkent,
Samarqand va boshqa yirik shaharlarda maxsus shtablar kecha-kunduz ishlab turdi.
Misol uchun, birgina 1941-yil 25-noyabrdan 1942-yil oktabrga qadar respublikaning
evakuatsiya punktlari orqali 15649 nafar bola qabul qilib olindi.
Markaziy hududlardan yetib kelgan bolalar mamlakatimizda aholi tomonidan
onalarcha mehribonlik bilan qarshi olindi. Ular Toshkent, Samarqand, Andijon,
Qo‘qon va Namangan va boshqa hududlarda tashkil etilgan oshxonalarda bepul ovqat,
keyim kechak va boshqa zaruriy narsalarni olishardi. Bemor va zaiflashib qolgan
bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mamlakatimizda yashovchi fuqarolar tomonidan
bag‘rikenglik qilib ikkita va uchdan ortiq bolalarni ham o‘z tarbiyalariga oldilar.
Masalan, toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1890-1970) va uning
turmush o‘rtog‘i Bahri aya Akramova (1903-1987)lar 14 nafar bolani, kattaqo‘rg‘onlik
Hamid Samadov oilasi 12 nafar, buxorolik Muazzam Jo‘raeva va Ashurxo‘jaevalar o‘z
bag‘rilariga 8 nafar turli millatga mansub bolani asrab olganligi manbalarda qayd etib
o‘tilgan [11].
1943-yil oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloqlarda esa 870 nafar bola
o‘zbek oilalari tomonidan tarbiya qilish uchun olingan edi. Ayniqsa, Shomahmudovlar
oilasining vatanparvarlik faoliyati butun mamlakatda mashhur bo‘ldi.
Shu yillarda ham O‘zbekistonga boshqa xalqlarning vakillari (polyaklar, qrim
tatarlari, bolqorlar, mesxeti turklari va boshqalar) ni deportatsiya qilish jarayoni davom
etdi. Masalan, mesxeti turklari 1944-yilda Gruziyaning janubiy va janubi- g‘arbiy
tumanlaridan ko‘chirildi. Majburan ko‘chirilgan 115 mingdan ortiq kishining
aksariyati “Maxsus ko‘chirilganlar” huquqi bilan aynan O‘zbekistonga kelib
joylashtirildi.
1944-yil dekabr oyida Toshkent shahar ijroqo‘mi huzurida maxsus ko‘chirish
bo‘limi tashkil etildi, 1946-yil fevralida uning nomi "Ko‘chirish bo‘limi" deb
o‘zgartirildi. Mazkur bo‘limning malumotlariga ko‘ra 1944-yilning noyabrida 566 turk
xo‘jaligi (2260 kishi) Sirdaryo tumaniga, 463 xo‘jalik (1787 kishi) Mirzacho‘l
tumaniga joylashtirildi[6.,179 b].
Turmush sharoitlari og‘irligi bois ushbu ko‘chirilganlarning bir qismi vafot etdi.
Shunga qaramay, 1946-yilda O‘zbekistonda maxsus ko‘chirib keltirilgan turli millat
vakillaridan 179992 kishi yashar edi[6.,179 b].
O‘zbekistonda asta-sekin bolalar uylari, maktab-internatlari, bolalar bog‘chalari
tarmog‘i kengaytirildi, ular birinchi navbatda ko‘chirilib keltirilgan bolalarni va
frontga ketganlarning bolalarini qabul qildilar.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
134
1945-yilda O‘zbekiston viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda 268 ta bolalar uyi
mavjud bo‘lib, ulardagi tarbiyalanuvchilar soni 31 300 nafar bolani tashkil etdi.
Holbuki, urush arafasida respublikada faqat 106 ta bolalar uyi mavjud bo‘lib, ularda
12 ming bola tarbiyalanardi.
O‘zbekistonliklar frontchilarning oilalariga ommaviy g‘amxo‘rlik qildilar. Bu
g‘amxo‘rlik davlat byurokratik mashinasining illatlarini ko‘p jihatdan yopib ketardi.
1941-yilda harbiy xizmatchilar va urush nogironlari oilalari uchun jamoatchilik
yordamida 40 000 xonadon ta’mirlandi, 280 000 pud g‘alla, 1250 bosh chorva mollari,
22 000 kamplekt kiyim-bosh etkazib berildi. 1942 yilda haddan tashqari muhtoj
bo‘lganlarga 5920 ta kvartira berildi, 81 000 ta kvartira ta’mirlandi. Harbiy
xizmatchilarning oilalariga qariyb 330 tonna g‘alla, sabzavot va boshqa oziq-ovqat
maxsulotlari berildi, 313 bosh chorva mollari tarqatildi [7, 178 b].
Oʻzbekistonda hukm surayotgan bagʻrikenglik muhiti, turli millat vakillarining
oʻzaro tinch-totuv yashash tajribasi boshqa davlatlar uchun namuna boʻlishi shubhasiz.
Ayniqsa, yuqorida keltirgan manbalar kabi ikkinchi jahon urushi davrida boshpanasiz
qolgan minglab turli millat vakillarini oʻz bagʻriga olgan oʻzbek xalqi bagʻrikengligi
va mehmondoʻstligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
300 mingdan ortiq yetim bolani oʻzbek oilalari oʻz farzandidek qabul qildi.
Urushdan oldin yurtidan majburan koʻchirilgan bir necha elat va millat vakillariga
xalqimiz bagʻrini ochdi, mehr koʻrsatdi, eng ogʻir damda yordam qoʻlini choʻzib, bir
burda nonini baham koʻrdi. Koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim
tatarlari, chechenlar bu bagʻrikeng zaminda ikkinchi vatanini topdi. Shu kunga qadar
ular oʻzbek xalqiga minnatdorlik bildirib, Vatanga muhabbat tuygʻularini izhor
etmoqda.[12, ].
Taqqoslash uchun urushdan avvalgi yillarda O‘zbekiston qishloq aholisi
tarkibida chetdan ko‘chib kelganlarning tarkibi birmuncha sezilarli darajada edi.
Masalan 1939-yilda O‘zbekistonning qishloq aholisi tarkibida ruslarning ulushi
4,4%ni, ukrainlar ulushi 0,6%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1959-yilgi aholi ro‘yxati
ma’lumotiga ko‘ra ruslarning ulushi 3,3%, ukrainlarning ulushi 0,4%ga teng bo‘ldi,
ya’ni 1939-1959-yillar mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisi tarkibida chetdan
ko‘chib kelganlarning, avvalo yevropalik aholining ulushi keskin qisqardi.
XULOSA
Vatanimiz millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik,
bagʻrikenglikni mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha katta tajriba toʻplangan.
Bugungi kunda yurtimizdagi 157 ta milliy madaniy markaz va 38 ta doʻstlik jamiyati
faoliyat yuritib keladi. Shu tariqa millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik
munosabatlarini saqlashga imkon beradigan oʻziga xos model yaratilgan.
Qadimdan mamlakatimiz hududlarida
turli millat va elat, madaniyat va din
vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondoʻstlik, ezgulik, qalb saxovati va tom
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
135
maʼnodagi bagʻrikenglik xalqimizga xos fazilat. Yurtimizda tinch-totuv yashashning
muhim manbai oʻzbek xalqining oʻziga xos mentalitetidir. Zero, asrlar davomida
shakllangan mehr-oqibat va saxovat, mehmondoʻstlik va rahm-shafqat xalqimizning
yuksak maʼnaviy fazilatlaridir. Bu fazilatlar eng ogʻir tarixiy davrlarda jumladan,
ikkinchi jahon urushi yillaridagi sinovdan oʻtdi va xalqimiz irodasini yanada
mustahkamladi.
Oʻzbekiston Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgani bois, asrlar davomida boy
madaniy-tarixiy merosi bilan Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni
bogʻlaydigan noyob koʻprik boʻlib xizmat qilgan. Bugungi kunda ham
mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandidek ahil va inoq
yashamoqda. 16 ta diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilot oʻz faoliyatini erkin
amalga oshiradi. Ular umumiy uyimiz – Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida birlashib, barcha
soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, mamlakat taraqqiyotiga munosib
hissa qoʻshmoqda. Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori yuksalishi,
tinchlik va totuvlik yanada keng quloch yozishi yoʻlida turli millatga mansub
yurtdoshlarimiz xizmati beqiyosdir. Mustaqillik mamlakatimizda millatlararo
munosabatlar sohasida yangi davrni boshlab berdi. Oʻzbekistonda millatlararo va
konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash
davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning
barchasi hayotda amaliy ifodasini toʻliq topmoqda. Bagʻrikenglik va insonparvarlik
tamoyillari jamiyatimiz hayotining barcha boʻgʻinlariga, bu yurtda istiqomat
qilayotgan har bir millat vakili hayotiga chuqur kirib bordi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Мирзиёев Ш. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги
фаровон бўлади. 3-жилд. –Тошкент:Ўзбекистон,2019. – 400 б.
2.
Мирзиёев Ш. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 4-жилд. –
Тошкент:Ўзбекистон, 2020. – 455 б.
3.
Муртазаева
Р.Х. Толерантность
как интегрирующий фактор в
многонациональном Узбекистане.-Ташкент: Узбекистан, 2010.- 151с.
4.
Муртазаева Р. Миграционные процессы в Узбекистане в конце ХХ – в начале
ХХI веков: исторические события и новые тенденции. Учебное пособие для
магистров. – Германия: Lambert, 2015.
1.
5.Муртазаева Р.Ҳ. Маҳалла – миллатлараро тотувлик ва бағрикенглик
маскани. – Тошкент: Mumtoz so’z, 2016.
5.
R.H.Murtazayeva O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik,
O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi magistrlari uchun darslik. T., 2019.
6.
Rashidov Oybek O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik o‘quv
qo‘llanma — Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022.- 200 b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
136
7.
Normatov K., Ishoqov F., Nurillin R. Миллатлараро муносабатлар маданияти ва
байналминал дунёқараш. – Тошкент: Ўзбекистон. 1993. 135 б.
8.
Mirazamov K. Миллий-маданий манфаатлар ва миллий маданиятларнинг
ривожланиши. Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун
ёзилган диссертация. – Тошкент: 1995. 143 б.
9.
Muminov A. Миллатлараро муносабатлардаги муаммоларни ўрганишнинг
долзарб масалалари. – Тошкент: Фан. 1996. 176 б.
Internet manbalari
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shomahmudovlar_oilasi