Mualliflar

  • Karimova Roziya Komilovna
  • Xojiakbarova Nodiraxon Abdumutal qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95434

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kross-fan yondashuv fanlararo aloqalar analitik fikrlash termodinamika qonunlari elektrotexnika kosmonavtika STEM loyiha integratsiya.

Annotasiya

Annotatsiya:    Zamonaviy  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilarning  chuqur  va keng 
tasavvurini  shakllantirish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ayniqsa,  fizika  fanining 
o‘qitilishida  bu  ko‘rsatkich  juda  dolzarb,  chunki  fizika  hayotning  deyarli  barcha 
sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan fan hisoblanadi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

118

MAKTAB FIZIKA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING

TASAVVUR DOIRASINI KENGAYTIRUVCHI KROSS-FAN YONDASHUV

USULI.

Karimova Roziya Komilovna

Namangan viloyati,Yangi Namangan tumani 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida

Fizika fani o‘qituvchisi. +998934980200.

edyj5044@gmail.com

Xojiakbarova Nodiraxon Abdumutal qizi

Namangan viloyati To‘raqo’rgon tumani Fizika fani

o’qituvchisi..+998937415707.nodiraxonxojiakbarova2@gmail.com

Annotatsiya:

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning chuqur va keng

tasavvurini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, fizika fanining
o‘qitilishida bu ko‘rsatkich juda dolzarb, chunki fizika hayotning deyarli barcha
sohalariga ta’sir ko‘rsatadigan fan hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

kross-fan yondashuv, fanlararo aloqalar, analitik fikrlash,

termodinamika qonunlari, elektrotexnika, kosmonavtika, STEM loyiha, integratsiya.

МЕЖПРЕДМЕТНЫЙ ПОДХОД, РАСШИРЯЮЩИЙ ВООБРАЖЕНИЕ

УЧАЩИХСЯ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИКИ В ШКОЛЕ.

Каримова Розия Комиловна – учитель физики средней школы №57 Янги-

Наманганского района Наманганской области. +998934980200.

edyj5044@gmail.com

Ходжиакбарова Нодирахон дочь Абдумутала – учитель физики,

Туракурганского района Наманганской области

+998937415707.nodirakhonxojiakbarova2@gmail.com

Аннотация:

В современном образовательном процессе важно

формировать у учащихся глубокое и широкое воображение. Данный показатель
особенно актуален при преподавании физики, поскольку физика — это наука,
которая затрагивает практически все сферы жизни.

Ключевые слова:

межпредметный подход, межпредметные связи,

аналитическое

мышление,

законы

термодинамики,

электротехника,

космонавтика, STEM-проект, интеграция.

INTERDISCIPLINARY APPROACH TO EXPAND STUDENTS'

IMAGINATION WHEN TEACHING PHYSICS AT SCHOOL.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

119

Karimova Roziya Komilovna – physics teacher at secondary school 57, Yangi-

Namangan district, Namangan region. +998934980200. edyj5044@gmail.com

Khojiakbarova Nodirakhon daughter of Abdumutal – physics teacher, Turakurgan

district, Namangan region

+998937415707.nodirakhonxojiakbarova2@gmail.com

Abstract:

In the modern educational process, it is important to develop students'

deep and broad imagination. This indicator is especially relevant when teaching
physics, since physics is a science that affects almost all areas of life.

Key words:

interdisciplinary approach, interdisciplinary connections, analytical

thinking, laws of thermodynamics, electrical engineering, astronautics, STEM project,
integration.


Fizikani boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish – ya’ni

kross-fan (interdisiplinar)

yondashuv

– o‘quvchilarda chuqurroq tushuncha hosil qilish, murakkab hodisalarni

yaxlit tasavvur etish, fanlararo aloqalarni anglash va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda
samarali usul hisoblanadi. Kross-fan yondashuv deganda, bir fan doirasidagi
mavzularni boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lab o‘rganish nazarda tutiladi. Bu yondashuv
orqali o‘quvchilar nafaqat konkret fizika qonunlarini o‘zlashtiradi, balki ularni
amaliyotda, boshqa sohalarda qanday qo‘llanilishini anglaydi. Bu esa o‘z navbatida
ularning tasavvur doirasini kengaytiradi, analitik fikrlashini, bog‘liqliklarni topish
qobiliyatini oshiradi [1]. Fizika fani, avvalo, matematik formulalarsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydigan fandir. Kross-fan yondashuvda matematik model tuzish, grafik chizish,
hisob-kitoblar qilish orqali fizikaviy jarayonlarni chuqurroq tushunishga erishiladi.
Masalan, harakat tenglamalarini grafikda tasvirlash, funksiyalar orqali tezlik va yo‘l
orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish o‘quvchiga mavzuni ancha chuqurroq idrok ettiradi.
Fizika qonuniyatlari tirik organizmlar faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan,
yurak ishi-nasos mexanizmi sifatida, nafas olish jarayoni-bosimlar farqi asosida,
tovush- to‘lqin shaklida tarqaladi va boshqalar [2]. Bunday kross-fan yondashuv orqali
o‘quvchilar fiziologik jarayonlarga fizik ko‘z bilan qarashni o‘rganadi, bu esa ular
tasavvurini boyitadi. Kimyo fanida sodir bo‘ladigan reaksiyalarni chuqur tushunish
uchun fizik tushunchalar – energiya, issiqlik almashinuvi, atom tuzilishi,
molekulalarning harakati kabilar zarurdir. Termodinamika qonunlarini kimyoviy
reaksiyalar bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchiga ikkita fanni bir butun sifatida qabul
qilish imkonini beradi. Bu esa tafakkur va tasavvurni kengaytirishga xizmat qiladi.
Fizika va geografiya integratsiyasi bu iqlim o‘zgarishlari, atmosferadagi bosim
farqlari, shamol va havo oqimlari, yomg‘ir va qor yog‘ishi kabi hodisalar fizik
qonunlarga asoslanadi. Agar bu hodisalar fizika bilan bog‘liq holda tushuntirilsa,
o‘quvchi nafaqat darsda, balki atrof-muhitda ham o‘z bilimlarini qo‘llay oladi. Bu
bilimlar hayotiy, amaliy va mustahkam bo‘ladi. Axborot texnologiyalari, muhandislik,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

120

qurilish, elektrotexnika, kosmonavtika kabi sohalarda fizikaning qo‘llanilishi
o‘quvchilarni kelajak kasblariga qiziqtiradi, ilm-fanga bo‘lgan munosabatini
kuchaytiradi. Dars jarayonida robototexnika elementlari, STEM loyihalaridan
foydalanish aynan shu yondashuvning zamonaviy ifodasidir. Fanlararo yondashuv
nafaqat bilimlarni kengaytiradi, balki o‘quvchini turli sohalardagi hodisalarni yagona
tizimda ko‘ra olishga, mantiqiy bog‘liqliklarni sezishga, zamonaviy muammolarni
kompleks hal eta olishga o‘rgatadi [3]. Bu esa XXI asr ko‘nikmalari – tanqidiy fikrlash,
muammoli vaziyatni hal qilish, jamoaviy ish va texnologik savodxonlik kabi sifatlarni
rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda Fizika fanini kross-fan yondashuv asosida o‘qitish-bu

nafaqat bilimlar integratsiyasini ta’minlovchi, balki o‘quvchilarning fikrlash darajasi
va tasavvur doirasini kengaytiruvchi kuchli vositadir. Bunday yondashuv orqali
o‘quvchi olamni yaxlit ko‘ra oladi, fanlararo bog‘liqliklarni anglaydi va ilm-fanga
bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. Shunday ekan, maktab fizika darslarida kross-fan
yondashuv elementlarini izchil joriy etish hozirgi ta’limning asosiy vazifalaridan
biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

B.Mirzaxmedov., N.G’ofurov va boshqalar. Fizika o’qitish nazariyasi va
metodikasi Toshkent-2015.

2.

B.S.Aliev. Fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. Toshken. 2014.

3.

A.Shamsiev.

Fizika fanini o‘qitishning yangi metodlari. Toshkent. 2012.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

B.Mirzaxmedov., N.G’ofurov va boshqalar. Fizika o’qitish nazariyasi va

metodikasi Toshkent-2015.

B.S.Aliev. Fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. Toshken. 2014.

A.Shamsiev. Fizika fanini o‘qitishning yangi metodlari. Toshkent. 2012.