Mualliflar

  • Usarova Muborak Xabibulla qizi
  • Narxolova Farangiz Umidjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95439

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: egotsentirizm faoliyat o‘yin rivojlanish taraqqiyot

Annotasiya

The influence of play activities on the development of a child's personality and 
speech. The role and essence of play in the development of children of kindergarten 
age, games related to age groups. The importance of speech during play activities is 
discussed. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

101

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘YIN FAOLIYATI BOLA

TARBIYASINING KAMOLOTI SIFATIDA

Usarova Muborak Xabibulla qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

usarovamuborak5@gmail.com

+99894-770-79-20

Narxolova Farangiz Umidjon qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Abstract

The influence of play activities on the development of a child's personality and

speech. The role and essence of play in the development of children of kindergarten
age, games related to age groups. The importance of speech during play activities is
discussed.

Абстрактный

Влияние игровой деятельности на развитие личности и речи ребенка. Роль

и сущность деятельности в развитии детей в детском саду, игры,
соответствующие возрастным группам. Во время игры обсуждается важность
речи.

Annotatsiya

O‘yin faoliyati bola shaxsining, nutqining rivojlanishiga ta’siri. Faoliyatning

bog‘cha yoshidagi bolalar taraqqiyotidagi o‘rni va uning mohiyati, yosh davrlariga
mansub o‘yinlar. O‘yin faoliyati davomida nutqning ayamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar

: egotsentirizm, faoliyat, o‘yin, rivojlanish, taraqqiyot


O‘yin faoliyati:

Ushbu faoliyat bola nutqini, shaxsini, o‘zligini va harakat

faoliyani rivojlantiruvchi faoliyat hisoblanadi. O‘yin faoliyatining maqsadi: bola
taraqqiyoti harakatlarini o‘stirish, xissiy munosabatlarini rivojlantirish.

O‘yin bolalar uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiya bolalar o‘ynini oqilona

tashkil eta olsagina ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan
ediki: “Bolalar hayoti va faoliyati to‘g‘ri tarbiyalash demakdir”. Bolalarni
tarbiyalashning o‘yin faoliyati shakli har xil bo‘lganligi tufayli samarali natija beradi.
O‘yinda bola yashashni o‘rganmaydi, balki o‘z hayoti bilan o‘yinda yashaydi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

102

Bolalarda o‘yin faoliyatini to‘g‘ri tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega.

O‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik shuki bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi.
Kichik guruhda o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga
borganda faoliyat jarayonida ta’limning ro‘li ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda
bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib boradi. Ammo bolalar
uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq
fikriy faoliyatini talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi o‘yinlar qiziqtira boshlaydi.

O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalar mehnat

faoliyatiga bo‘lgan taqlid, turli narsa va hodisalarni tassavvur qilish, xom-xayol surish
dam olish va xushchaqchaqlik jarayonining barchasi o‘yin faoliyatida jam bo‘ladi.
Faoliyat davomidagi o‘zaro suxbat bolalarni ijtimoiy muhitga o‘rganishni taqqazo
etadi va bolalar o‘zlari sezmagan holda asta-sekin bilan jamoada ishlashni o‘rganadilar.

O‘yin faoliyati tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni bilish vositasi emas, balki,

qudratli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bolalarning rivojlanish taraqqiyotini o‘rganar
ekanmiz ularning yosh davridagi asosiy yetakchi faoliyat tiplarini bilib olishimiz
karak. Yosh davrlarining boshlanishi hisoblangan go‘daklik davrida “Kam harakat va
nutqsiz davr” yetakchi faoliyat tipi hukmronlik qiladi. Darhaqiqat, go‘daklik davrining
o‘ziga nazar soladigan bo‘lsak bola organizmi va miya faoliyati yaxshi taraqqiy
etmagan va ko‘p murakkab faoliyatlarni amalga oshira olmasligi aniq ma’lumot.
Shunday bo‘lsa ham ushbu yosh davr mobaynida bolalar biologik jihatdan o‘sadi va
rivojlanadi.

Ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat tipi “Predmetli faoliyat” dir. Predmetli

faoliyat o‘z nomi bilan narsa va buyumlar, turli xil hodisalar, va atrof muhit
to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotalarga ega bo‘lish bilan bog‘liq. Bolalar
predmetlarning nomini va u nima maqsad uchun ishlatilishini bilishar ekan, ularda
turmush tajribalari paydo bo‘ladi va rivojlanadi.

Maktabgacha yosh davrida esa bizning asosiy mavzuyimiz hisoblangan “O‘yin

faoliyati” yetakchi faoliyat tipi hisoblanadi. O‘yin faoliyati nafaqat bolalarning sevimli
faoliyati, balki ularning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi
omil sanaladi. Bolalar o‘yin orqali atrof-olam haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari,
jismoniy faoliyatlarini rivojlantirishlari, aqliy salohiyatlarini oshirishlari mumkin.

Maktabgacha yosh davri ham o‘z o‘rnida ma’lum guruhlarga bo‘linadi. O‘yin

turlari ham guruhlarga qarab o‘zgarib boraveradi. Masalan, kichik guruhdagi bolalar
o‘yinlarni o‘zlarining fantaziyalari asosida shakllantiradi. O‘rta guruh bolalarda
didakdik o‘yinlar asosiy ro‘l o‘ynaydi. Qoidali o‘yinlar bolalarni zeriktirmaydi va
charchatmaydi. Katta yosh guruhlarida esa aqliy o‘yinlar asosiy o‘yin turi hisoblanadi.
Chunki katta guruh bolalari va tayyorlov guruh bolalari ma’lum bir vaqtdan keyin
boshlang‘ich o‘quv faoliyati hisoblangan maktabga o‘qishni boshlashadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

103

Ijodiy syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda

ularning individual xususiyatlari ham shakllanadi. O‘yin bolalar xayoli tomonidan
yaratilgan narsa emas aksincha bolalar xayolining o‘zi o‘yin davomida yuzaga kelib
rivojlantiradigan psixik jarayondir.

Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o‘tkazadi,

ayniqsa 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bolalarda o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib
o‘tadi. Predmetli-boshqaruv va ramziy o‘yinlardan to qoidali syujetli rolli o‘yingacha
bolalarni qamrab oladi va ularni har tomonlama kamolatga yetishishiga va
rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar hali qoidaga
muofiq yolg‘iz o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok,
xotira, tasavvur, tafakkur va qobilayatlarini takomillashtirib boradilar. Ushbu yoshdagi
bolalar syujetli rolli o‘yinlari odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalarning
harakatlarini qayta namoyon etadilar.

O‘rta va katta maktabgacha yosh davrida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, biroq

kichik maktabgacha yosh davrida o‘yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan
mavzular; rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari bilan, turli tumanligi bilan farqlanadi.
Tabiiy xarakter ko‘pgina predmetli shartlilariga almashtiriladi va ramzli o‘yin
boshlanadi. Masalan: kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’iy nazar ramziy
manoda mebellar va mashinalarni, odamlar va hayvonlarni namoyish etadi. Bola
kattalar va hayvonlarga taqlid qilar ekan, uning turmush tajribasi ortib boradi.

Katta guruh bolalarida maktabgacha yosh davrida konstruktruktorlik o‘yini

mehnat faoliyatiga aylanadi, o‘yin jarayonida bola turmushda zarur bo‘lgan nimadir
yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o‘yinlarda oddiy mehnat ko‘nikma va
malakalarini egallaydilar, ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi.

Bola o‘ynida ko‘plab uy-ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan foydalanishni

o‘rganadi. Unda o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobilyati paydo bo‘ladi va
rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy operatsiyalari tasavvur va xayoli takomillashadi.

O‘yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O‘yin orqali bolalar

kattalarining mehnat tajribasini; bilim, ko‘nikma, malaka, harakat usullarini, axloq
normalari va qoidalarini, mulohoza va muhokamalarini egallab boradilar. O‘yinda
bolalarni o‘z tengdoshlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi,
hislari va didlari tarbiyalanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati sifatida muhim o‘rin

tutadigan o‘yin faoliyati masalalari asrlar davomida juda ko‘plab olimlarning diqqatini
o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida
ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hammo
tomonlarini aks ettirishga urunadilar. Bolalarda o‘yin faoliyatining turlari ko‘payib
borar ekan ularning rivojlanishlariga ko‘plab imkoniyatlar yaratiladi. Bolalarning har
tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishlariga o‘yin faoliyati yordam beradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_2-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

104

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qodirova.F, Toshpo‘latova.Sh, Kayumova.N, Azimova.M

Maktabgacha

pedagogika”. “Tafakkur” nashriyoti. Toshkent-2019-yil.

2.

https://in-academy.uz

Innovative Academy RSC

“O‘yin bog‘cha yoshidagi

bolalarda yetakchi faoliyat sifatida”

3.

https://api.scienceweb.uz

Scienceweb

“ O‘yin bola tarbiyasining muhim vositasi”


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Qodirova.F, Toshpo‘latova.Sh, Kayumova.N, Azimova.M “Maktabgacha

pedagogika”. “Tafakkur” nashriyoti. Toshkent-2019-yil.

https://in-academy.uz Innovative Academy RSC “O‘yin bog‘cha yoshidagi

bolalarda yetakchi faoliyat sifatida”

https://api.scienceweb.uz Scienceweb “ O‘yin bola tarbiyasining muhim vositasi”