Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
257
DEVIANT XULQLI O‘QUVCHILARDAGI XULQ-ATVORNI
KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Astanova Sevara Uktamovna
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 18-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:Maqolaning mazmuni shundan iboratki, deviant xulqli o‘smirlar
bilan ishlashda ularni tuzatish, to‘g’rilash davomida o‘smir xulqini kelib chiqishi
sabablarini aniqlash.
Kalit so‘zlar:
korreksiya, deviant, muloqot, psixokorreksiya, huquqbuzarlik,
ruhshunos, psixoterapevt, o‘smir, giyohvand, profilaktika.
KIRISH
Ruhiy korreksiya – bu keng ma’noda amaliy ruhshunoslikning shunday shakli
va usuldagi faoliyatki, bu faoliyat insonni ruhiy, aqliy va shaxsiy rivojlantirishdagi
zaifliklarni tuzatishlarga qaratilgan bo‘ladi. Psixologik korreksiyasining maxsus
bo‘lgan ma’nosi ruhshunos “nimani tuzatmoqchi” bo‘lishiga bog’liqdir. Masalan:
bilim olishga bo‘lgan intilish korreksiyasi, deviant xulqining korreksiyasi, o‘zaro
muloqot kelishmovchiliklarning korreksiyasi. Ruhiy korreksiya, ruhiy konsultatsiya
(maslahat berish) bilan uzviy bog’liq, u psixologiyaning mustaqil bo‘limidir. Aynan,
yakka tartibdagi ruhiy maslahatlar turli hayotiy, shaxsiy va boshqa shu turdagi
muammolari bor insonlarga yordam beradi. Maxsus tashkil etilgan muloqot-suhbat
davomida psixolog yordamida shaxs o‘zidagi bor kuchlarni safarbar qilaolishi
mumkin. Aynan, shu qo‘shimcha ruhiy kuch-quvvat va qobiliyat, insonning qiyin
muammoli holatlardan chiqishga yordam beradi. Maslahat berish usullarini
quyidagicha tuzish mumkin:
Hayotiy ko‘nikmalar, treninglar;
Insonlarning o‘zaro aloqalarining treningi;
Muammoni hal qilish va muhim qaror qabul qilish treningi;
Qobiliyatlarni yo‘naltirish va rivojlantirish;
O‘zining rivojlantirishga, o‘z ustida ishlashga yordam.
Bu usuldagi treninglardan guruh ichidagi va oilaviy ruhshunoslikda, ruhiy
terapiyada foydalaniladi, shu usullar vositasida muammoli vaziyatga shaxsning
boshqalar bilan kelisha olmaslik xususiyatlarini to‘g’rilash kiritiladi (psixokorreksiya).
Ruhiy korreksiya va rivojlanish kamchiliklarni tuzatish va shaxsning shakllanishi
jarayonida yuz bergan me’yordan chiqishlarni hal qilish: shaxsning sog’lom ruhiy
rivojlantirishga sharoit yaratish.
Korreksiyaning maqsad va vazifalari:
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
258
ruhiy rivojlantirish jarayonini to‘g’irlash, o‘quvchilarning salbiy fikr,
xattiharakatlariga o‘zgartirish kiritish;
o‘quvchilarning qiziqish, faolligini bilish jarayoniga bo‘lgan intilishlarini
rivojlantirish maqsadida ularning aqliy sustkashligini to‘g’rilash;
bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy me’yorlarga, qadriyatlarga, o‘z deviant
xulqisabab, oqibatlariga, atrof-muhitga, maktab hayotiga moslasha olmaganliklarni
to‘g’rilanishi;
o‘smirlarga, ularning ota-onalari, o‘qituvchilariga, tarbiyachilarga ruhiy
korreksiyaning shaxsni rivojlantirish uchun qanchalik muhimligini tushuntirish. Ruhiy
maslahatlar – o‘smirlarga, ota-onalarga, vasiy-homiylarga, o‘qituvchi va
tarbiyachilarga ularning muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun ko‘rsatiladigan ruhiy
yordam. Ichki ruhiy quvvatni jamlay olishni o‘rgatish.
Maslahatlarning maqsad vazifalari:
ota-onalarga bolalarning yoshiga va ijtimoiy ruhiy xususiyatlariga qarab
savollariga javob berish ularning rivojlantirishdagi kamchiliklarni engib o‘tib,
to‘g’rilab o‘zgartirish;
o‘smir o‘g’il va qizlarga kattalar, tengdoshlari bilan kechadigan o‘zaro
muloqotlardagi qiyinchiliklari, shaxsiy, kasbiy muammolarni chetlab o‘tishi haqida
maslahat berish;
o‘smirlarning o‘z «men»ini shakllantirib, o‘ziga hurmat bilan qarashni, o‘z
ustida ishlashni, o‘zidagi kamchiliklarni amalda tuzatish ko‘nikmalarini
shakllantirishni o‘zgartirish. Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga yetmagan huquq
buzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib borish
tavsiya etiladi: 1. “Psixoterapevtikoyna” vositasi – o‘zini tashqaridan ko‘rishga
imkoniyat yaratib, shartli ravishda o‘zini tushunishni rivojlantirish;
“Muqobil yo‘llar” vositasi – noto‘g‘ri axloq-odob me’yorlarini namoyon qilgan
o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
“O‘rniga-o‘rin” vositasi – xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va
kuchli ruhiy quvvat kabilar bilan o‘rniga o‘rin almashtirish, to‘ldirish taklif qilinadi;
“Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi – ruhshunosning salbiy dunyo
qarashni o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
“Ma’naviy immunitet hosil qilish” usuli – namunaviy, ideal axloq-me’yorlariga
ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy
ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
“Ko‘rsatmalar, qoidalar” usuli – oilaviy ruhiy terapiya vositasida oila
a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Shuningdek,
deviant xulqning ayanchli oqibatlari haqida gapirish ham darkor. Deviant xulqli
o‘smirni o‘z qilmishlarining yomon oqibatlari haqida iqror bo‘lishga undash ham
profilaktik ishlarning bir qismidir. Agar bunga o‘smir rozi bo‘lmasa, deviant xulqning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
259
ayanchli oqibatlari ta’sirini atrofdagi odamlar misolida tahlil qilish mumkin. Maslahat
berayotgan ruhshunos o‘z mijozini gunoh, uyat, alam, og‘riq, dard, nafrat, g‘azab,
ojizlik, azoblanish tuyg‘ularda ochiq iqror bo‘lishga o‘rgatadi. O‘smirni kelajakni
deviant xulq bilan va u siz qarshi olish holatlarini tasvirlashga chaqirish yaxshi natija
beradigan ruhiy vositadir. Masalan, ruhshunos mijozga uning kelajakdagi hayotini
tasvirlashda spirtli ichimliklarni ayanchli oqibatlarini ko‘rish va faraz qilishga
chorlashi kerak. Ruhshunos (psixolog) yoki psixoterapevt nafaqat fikrlashga, balki o‘z
his-hayajonini ifoda qilib, olishga ham o‘rgatadi. O‘z kelajagini tasvirlash uchun
kerakli iboralarni topa bilish foyda beradi. Agarda, o‘smir o‘z deviant xulqi siz
kelajagini tasvirlaganda, ijobiy his-tuyg’uni namoyon qilsa, demak, shunday xulqqa
erishish chora-tadbirlari dasturini tuzish maqsadiga muvofiq bo‘ladi. O‘zaro
tushunishga erishilsa, kelishuv asosida psixoterapevtik muolajalarni olib boorish
o‘smirda butun muolaja davrida maqsadga intilib turishni ta’minlaydi. Kelishuv
og’zaki yoki yozma kontrak tuzilib, unda faoliyatning maqsadi, usuli, sharti, muddati,
shuningdek o‘zaro manfaatli nuqtalari belgilanadi. Taraflar barchasi kontrakt shartini
bajarishga mas’ul. Kontrakt shartlari buzilsa, nima bo‘lishni taraflar kelishi bolgan
bo‘lishi kerak.
Mijozning muammosini ishlab chiqish asosiy ustuvor vazifadir. Mijoz maslahat
beruvchi yordamida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilishi kerak. “Uning
yomon xulq-atvorni namoyish qilishdan maqsadi nima?” “Bundan qanday qoniqish
hosil qiladi?” “Deviant xulqdan ozod bo‘lib, u nimani yo‘qotadi?”. Bu savollarga javob
berishga o‘smir qiynalishi mumkin. Agar o‘smir ochiq muloqotga, ichidagi his-
tuyg’ularni namoyish qilishga qarshilik qilsa, o‘zini o‘rganishning boshqa usullardan
foydalanish mumkin. Masalan, bu “men va giyohvandlik”, “giyohvand moddalarsiz
hayot” mavzudagi rasmlar bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs qat’iy turib muammolarni inkor etib, yaxshi tomonga o‘zgarishni
istamasa, faol bo‘lganlarga murojaat qilinadi. Uning oilasi va referent guruhi (unga
ta’sir qiluvchi odamlar) bunda hamkor bo‘lishlari kerak. Ko‘pchilik bo‘lib, unga ta’sir
qilish o‘z samarasini beradi. Buning uchun deviant xulqli o‘smirga qadrli bo‘lgan
insonlar yig’iladi. Yig’ilganlar suhbatga alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Bunda turli
me’yordan chekinishlarni yaqqol namoyon qiluvchi hayotiy misollar keltiriladi.
Ularning fojiyaviy yakuni gapirib beriladi. O‘smir bilan ishlashdan avval unga ta’sir
etuvchi guruh repetitsiya o‘tkazi boladi. Bu jarayonni shunday tashkillashtirish
lozimki, barcha deviant xulqli o‘smirlar uchun obro‘ga ega guruh vakillari ta’sir
kuchiga ega bo‘lgan gaplarni ishlatib, o‘smirning o‘zini tanqid qilmagan holda, qayta
tarbiyalasinlar. Keyinchalik o‘smirga tuzalish imkoniyatini beruvchi istalgan vositani
tanlash imkoniyatini berish kerak. Ba’zi hollarda, nechog’liq og’ir bo‘lsa ham o‘z
xoliga qo‘yish usuli ham natija berishi mumkin. Usulning ma’nosi – o‘smirning
xulqiga, xulq-atvor oqibatlariga o‘zini mas’ul va javobgar qilish.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
260
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, deviant xulqli o‘smirlar bilan ishlashda
ularni tuzatish yani mutaxassis – ruhshunos o‘z mijoziga kerakli bo‘lgan usul va
vositalarini taklif qiladiki, bu vositalar ijobiy o‘zgarishlarini olib kelsin. Albatta o‘smir
bilan ruhshunos hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun oradagi munosabat halollikka,
javobgarlikka, mas’uliyatlikka, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, hurmat qilishga
asoslangan bo‘lishi lozim. “Huquq buzarlikka moyil o‘smirlarning deviant xatti-
harakatini pedagogic profilaktika qilishda muammo doirasini minimallashtirish”
mavzusi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqot ishining samaradorligini oshirish
maqsadida bir qator olimlar tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar asosida
savolnomalar, testlar, anketa savollari ishlab chiqilib, o‘smirlarda shakllanib ulgurilgan
salbiy, deviant xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarini aniqlash, ota-
onalar, maktab rahbarlari, o‘qituvchilar, psixologlarga amaliy yordam sifatida quyidagi
yo‘nalishlarda tadqiqot tajribalarini olib borishni tavsiya qilamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy
qo`llanma. – T. – 1998, 85-bet.
2.
Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni.
//uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 106-bet.
3.
3.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING
KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1). извлечено от
4.
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/7726
5.
4.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA
6.
KIBERBULLING. International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 62-66.
7.
Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV
8.
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International
9.
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545.