Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
240
TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA ILG‘OR XORIJIY
TAJRIBALARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Andijon Davlat pedagogika instituti
Pedagogika yo`nalishi 1-kurs magistrant
Tursunova Gulsora Adahamjon qizi
ORCID: 0009 0007 7525 8160
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: f.f.d.
M.J.Mahammatova
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada globallashuv zamonida barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishishda zamonaviy ta`lim tizimining roli, ta`lim orqali
ekologik barqarorlikni ta`minlash va innovatsion yondashuvlarni tashkil qilish jamiyat
rivojlanishiga xizmat qilishi keng yoritilgan. Shu bilan birga ilg`or xoriiy tajribalardan
foydalanish texnologiyasi keng tahlil qilingan.
KALIT SO`ZLAR:
Globallashuv, xorijiy tajribalar , texnologiya , jamiyat ,
barqarorlik, zamonaviy tizim. .
ABSTRACT:
The article discusses in detail the role of the modern education
system in achieving sustainable development goals in the era of globalization, ensuring
environmental sustainability through education and organizing innovative approaches
to serve the development of society. At the same time, the technology of using
advanced foreign experience is widely analyzed.
KEYWORDS
: Globalization, foreign experience, technology, society, stability,
modern system.
АННОТАЦИЯ
: В статье подробно обсуждается роль современной
системы образования в достижении целей устойчивого развития в эпоху
глобализации, обеспечении экологической устойчивости посредством
образования и организации инновационных подходов для служения развитию
общества. В то же время широко анализируется технология использования
передового зарубежного опыта.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
: Глобализация, зарубежный опыт, технологии,
общество, стабильность, современная система.
KIRISH
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish zamonaviy ta'lim tizimining asosiy
vazifalaridan biridir. Ta'limda barqarorlikni ta'minlash va innovatsion yondashuvlarni
joriy etish jamiyatning uzluksiz rivojlanishiga xizmat qiladi. Finlandiya, Germaniya,
Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlarining ta'lim tizimidagi innovatsiyalarm
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
241
globallashuv sharoitida ta’lim tizimi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning
asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Jahon hamjamiyati tomonidan belgilangan
barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion
texnologiyalarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Barqaror rivojlanish bugungi global muammolarning yechimi
sifatida ko‘rilib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ta’minlashni o‘z ichiga
oladi .Ta’lim tizimi esa ushbu jarayonda muhim o‘rin tutadi, chunki u inson kapitalini
rivojlantirish va innovatsion yechimlarni yaratishda asosiy omil hisoblanadi
Sifatli ta’lim – bu faqat bilim berish emas, balki o‘quvchining fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, kreativlik, tanqidiy tafakkur va innovatsion yondashuvni
shakllantirish demakdir. Shuning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga tatbiq etish, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va milliy an’anaviy
yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda,
UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlar ta’lim sifati va samaradorligining
ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid turli mezonlarni ishlab chiqmoqda. Bu mezonlar
asosida O‘zbekiston ta’lim tizimini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va
ularni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish zamon talabi hisoblanadi. Zamonaviy ta'lim
tizimi har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.
Bugungi kunda raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirish, innovatsion
iqtisodiyotga asos bo'ladigan bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni egallagan shaxsni
tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Biroq, bu vazifalarni amalga oshirishda
ta'lim sifati va samaradorligini oshirish pedagogik muammo sifatida dolzarb bo'lib
qolmoqda. “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” da ta’lim tizimiga oid asosiy
yo‘nalishlar keltirilgan:[1]
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish
Maktabgacha ta`lim muassasalari sonini ko`paytirish va ularning moddiy -texnik
bazasini mustahkamlash.
Xusussiy sektorni jalb etish orqali nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarini
rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish
Darsliklarni yangilash va ularni zamonaviy talablar asosida qayta ishlab chiqish.
O`quvchilarning zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishini ta`minlash uchun
o`quv dasturlarini takomillashtirish.
Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish
Oliy ta`lim muassasalarining moddiy texnik bazasini yaxshilash va ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va innovatsion loyihalarni qo`llab quvvatlash.
O‘qituvchilar malakasini oshirish
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish uchun uzluksiz ta`lim tizimini yaratish.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
242
O`qituvchilarning ijtimoiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash orqali ularning kasbiy
nufuzini oshirish.
Raqamli ta’limni joriy etish
Ta`lim jarayonlariga axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
qilish. Masofaviy ta`lim platformalarini rivojlantirish va elektron ta`lim resurslarini
yaratish.
Yevropa va Osiyo davlatlarida ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning samarali tajribalari shakllangan.
Jumladan, Finlandiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyada ta’lim tizimi
uzluksiz modernizatsiya qilinib, raqamli texnologiyalar shakllantirishga alohida
e’tibor qaratilgan . Ta’lim tizimining barqaror rivojlanish maqsadlariga ta’siri bo‘yicha
nisbiy taqqoslash va holat tahlili case study metodlaridan foydalanildi. Ma’lumotlar
Yevropa va Osiyo mamlakatlarining rasmiy ta’lim agentliklari hisobotlari, xalqaro
tashkilotlar UNESCO, OECD tadqiqotlari va ilmiy maqolalar asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, quyidagi jihatlar e’tiborga olindi: [2]
Ilg‘or ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari
Ta’lim tizimi va ekologik barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligi.
O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlari .
Ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalari ta’lim sifatini oshirish bilan birga barqaror
rivojlanishning boshqa yo‘nalishlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Finlandiya – kompetensiyaga asoslangan ta’lim tizimi tufayli talabalarning mustaqil
fikrlash qobiliyati va innovatsion salohiyati rivojlangan .
Germaniya – dual ta’lim tizimi orqali yoshlarning amaliy bilim olishi va bozorga tez
moslashishi ta’minlangan .
Yaponiya – maktab va universitetlarda ekologik ta’lim bo‘yicha maxsus
dasturlar yo‘lga qo‘yilgan .
Janubiy Koreya – raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida o‘qitish
samaradorligi oshirilgan .Shuni aytish joizki, ilg‘or texnologiyalar ta’lim
samaradorligini oshirish bilan birga iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ham
mustahkamlaydi.
Zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim va onlayn
platformalarning roli ortib bormoqda. Masalan: Singapur – barcha davlat maktablarida
masofaviy ta’lim platformalari joriy etilgan bo‘lib, har bir o‘quvchi o‘zining individual
o‘quv rejasi bo‘yicha ta’lim olishi mumkin .
Germaniya – universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari sun’iy intellektdan
foydalangan holda moslashtirilgan ta’lim tizimlarini ishlab chiqmoqda . Bunday
innovatsiyalar ta’lim sifatini oshirish bilan birga ta’lim jarayonining ekologik
samaradorligini ham ta’minlaydi. O‘zbekistonda ta’lim tizimi isloh qilinayotgan
bo‘lsa-da, xorijiy ilg‘or tajribalardan to‘liq foydalanish hali yetarli darajada emas.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
243
Shunga qaramay, quyidagi muhim yutuqlar kuzatilmoqda: "Raqamli O‘zbekiston -
2030"[3] strategiyasi doirasida ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasi amalga
oshirilmoqda .
Xalqaro universitetlar filiallari ochilmoqda – Turin Politexnika Universiteti,
Singapur Menejment Universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda.
Ekologik ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda, lekin hali ommaviy tarzda joriy
etilmagan . O‘zbekiston sharoitida xorijiy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ta’lim
sifati va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim o‘rin
Yevropa davlatlari ta’lim tizimini rivojlantirishda innovatsion pedagogik
yondashuvlardan keng foydalanmoqda. Xususan:
Finlandiya modeli – o‘quvchilarga bosim yuklamasdan, individual yondashuv asosida
ta’lim berish .
Germaniya dual ta’lim tizimi – nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali
mutaxassis tayyorlash .
Buyuk Britaniya STEAM modeli – fan, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematikani uyg‘unlashtirish. Ushbu modellar zamonaviy ta’lim texnologiyalarining
natijadorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Osiyo davlatlari, ayniqsa Janubiy Koreya,
Yaponiya va Singapur ta’lim sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi .
Ularning muvaffaqiyatining asosiy omillari quyidagilardan iborat: [4]
Janubiy Koreya – raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish
Yaponiya – kollektiv ta’lim va innovatsion yondashuvlar.
Singapur – "Hayot davomida ta’lim" modeli Ushbu davlatlar tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, ta’lim tizimida texnologik innovatsiyalarni qo‘llash sifatni oshirishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasini modernizatsiya
qilishga oid qarorlarida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biri
sifatida belgilangan. Jumladan:[5]
Raqamli ta’lim platformalarini yaratish va rivojlantirish;
Kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim modelini keng joriy etish;
STEAM yondashuvi asosida ta’lim sifatini oshirish.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekistonda xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy
etish orqali ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish
va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mumkin.Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalari barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa va Osiyo davlatlarining innovatsion
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirish bilan birga iqtisodiy va
ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi. Barqaror rivojlanish va ta’lim tizimi
o‘rtasidagi bog‘liqlik . Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ta’lim tizimi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
244
muhim o‘rin tutadi. Yevropa va Osiyo davlatlarining ilg‘or tajribalari shuni
ko‘rsatmoqdaki, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda bu boradagi islohotlarni chuqurlashtirish
maqsadga muvofiqdir. Shuninhdek, ta’lim insonni rivojlantirish vositasi sifatida
iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi . BMTning
4-sonli barqaror rivojlanish maqsadi aynan sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan
bo‘lib, bunda barcha yoshdagi shaxslarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Jo‘rayev R. – “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” (Namangan, 2022).
2.
Xurshida Mamatsoliyeva – “Rivojlangan ta’lim tizimi: Finlandiya tajribasining
dunyo ta’lim sifati uchun namunaviy jihatlari” Tamaddun Nuri, 2024
3.
Mamatraimov Komil Mamatmurod o‘g‘li – “O‘zbekiston–2030 strategiyasi
mamlakat ilm-fan taraqqiyotining asosiy mezoniga aylanmoqda” Ta’limning
zamonaviy transformatsiyasi, 2024.
4.
Pasi Salberg – “Finlyandiya darslari: maktab ta’limi islohotlari tarixi” Art-
Tranzit, 2015.
5.
Yulduz Ne’matjonova – “Finlandiya ta’lim mo‘jizasi – uzluksiz ta’lim misolida”
Nordic_Press, 2024.