Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
213
NOTINCH OILA VA UNDA VOYAGA YETAYOTGAN O‘SMIR
QIZLARNING RUHIYATINI OʻRGANISH
Raximova Gulbahor Namozboyevna
Farg‘ona viloyati Rishton tumani
MMTBga qarashli 28-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:
Maqola hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy islohotlarda jamiyatimizni rivojlantirish, bunda erkaklar bilan bir qatorda qiz
va ayollarimizning faol siyosiy va ijtimoiy pozitsiyasini ta’minlash, shuningdek,
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarni mustahkamlashga qaratilmoqda.
Mazkur jarayonda qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga maqsadli tayyorlash,
ularning ijtimoiylashuvini natijador qilish masalalari alohida dolzarblik kasb
etmoqda. Xususan, oilada farzand tarbiyasining asosiy mas’uliyati onalarning
zimmasidadir. Binobarin, jamiyatdagi ma’naviy sog‘lomlik bo‘lg‘usi onalar,
jumladan, qizlarning tarbiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Kalit so‘zlar
:
Psixogen va nopsixogen, psixogigiyena, o‘spirin.
KIRISH
Maʼlumki, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv
bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topadi. Oilaning mustahkamligi va
unda maʼnaviy-axloqiy jihatlarning shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin
oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi. Jamiyatda
namunali oilalar talaygina. Namunali oila deganda, oilaviy munosabatlar maʼnaviy
mezonlar asosida qurilgan, yaxshi va axloqli farzandlar tarbiyalagan nurli otaxon va
onaxonalar ko‘z oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun ibrat maktabidir.
Ammo, afsuski, bu oilalar bilan bir paytda bularga teskari ravishda farzand tarbiyasiga
salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi va ijtimoiy salbiy muhitga ega oilalar hamlar mavjud. Bunday
oilalarga, "janjalkash oila", “nizoli oila”, “notinch oila” kabi tushunchalarning
ishlatilishi shular jumlasidan. Notinch oilalar, bu hayot faoliyatida nosog‘lom muhit
hukm suradigan ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalardir. Bunday oilalarni kelib
chiqishiga oila daromadi past darajadaligi, yomon psixologik holatlar, oilada
madaniyat darajasi pastligi kabi vaziyatlar misol bo‘la oladi. Ushbu oilalardagi
shaxslar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning moslashish
qobiliyatlari past darajada, oilada tarbiyalash jarayonlari qiyinchiliklar bilan o‘tadi.
Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog tomonidan faol va davomiy yordam kerak
bo‘ladi. Notinch oilalarda yashovchi er-xotin o‘rtasida vujudga keladigan nizolarning
kriminologik va psixologik xususiyatlari, oqibatlari hamda o‘ziga xos jihatlari bevosita
boshqa nizolardan tubdan farq qiladi. Xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
214
jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy
namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy
qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish,
xotin-qizlarning tadbirkorlik g‘oyalarini ro‘yobgacha chiqarish, bandligini ta’minlash,
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni bajarish, ayollarning
muammolarini aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘mak
ko‘rsatish kabi muhim vazifalar mahalladagi faolimiz faoliyatining asosini tashkil
etadi. Avvalgidek faqat notinch oilalarni yarashtirish, ularga maslahat berish, to‘y-
ma’rakalarni tartibga solishdangina iborat emas faolning vazifasi. U endi
mahallalardagi barcha oilalar bilan, turli yoshdagi xotin-qizlar bilan ishlaydi, ularning
hayotini o‘rganadi, muammolarni o‘zi aniqlab, hal etish choralarini ko‘radi.
Yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularning qonuniy
huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, salomatliklarini mustahkamlash, intilish va
tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Ayol va qizlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, har bir nozik hilqat vakiliga o‘z iqtidori va
salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, oilada va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun
ko‘maklashish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar yuksak
olib borilmoqda va o‘z samarasini bermoqda.
Bugungi texnika asri yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni
umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi
va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish,
ularda g’oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish
lozimligini ko’rsatmoqda.
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega jamiyat, davlat va oilasi oldida o‘z
mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g’ri anglaydigan,
vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilim va yuksak
insoniy fazilatlarga ega, irodasi baquvvat, iymoni butun hamda vijdoni pok shaxslarni
tayyorlashdan iboratdir.
Qizlarning odob-axloqiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilar:
•
Oila;
•
Ta’lim muassasi;
•
Jamoa (muhit).
Bugungi kunda turmushga chiqmagan qizlar oilaviy hayotning ma’naviy,
axloqiy, iqtisodiy xususiyatlari, oilani rivojlantirish, oilada tinchlik va totuvlikni
saqlash, oilada farzand tarbiyasini amalga oshirish ishlariga tayyor bo‘lishlari
zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuningdek, bo‘lajak kelin va kuyovlarni
baxtiyor oila, oilaviy hayot, turmush, ro‘zg‘or tutish, oila a’zolari bilan o‘zaro
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
215
munosabatlarda “muvaffaqiyat kaliti”ga erishish mahoratiga o‘rgatish, jamiyatimizda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qator oilaviy muammolar, manfaatlar to‘qnashuvi,
kelishmovchiliklar, jumladan, ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Abu Ali ibn Sino, agar har qanday narsa va hodisa ichki yoki tashqi sabablar bilan
harakatga keladigan bo‘lsa, demak, insonning yashashi va harakatida ham birorta
sabab bo‘lishi kerak, bunday sabablardan biri ruhiy quvvatdir deb ko‘rsatadi.
Qizlarga mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi
boshqarish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va hokazolarni o‘rgatishda oila birichi
navbatdagi tayanch vazifasini o’tovchi maskandir.
Turmushga chiqmagan qizlarni oilaviy hayotga, turmushga, kelinlikka,
jamiyatga tayyorlash masalasiga xalqimiz qadim-qadimdan muhim masala sifatida
qarab kelgan. Turmushga chiqmagan qizlar oilaviy hayotning ma’naviy, axloqiy,
iqtisodiy xususiyatlari, oilani rivojlantirish, oilada tinchlik va totuvlikni saqlash, oilada
farzand tarbiyasini amalga oshirish ishlariga tayyor bo‘lishlari zarur. Oilada qiz bolaga
e’tibor muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, qiz bola bo‘lajak ona, yor, opa va
singildir. Oilada tinchlik-totuvlik, saramjon-sarishtalik, ozodalik, farzandlar tarbiyasi,
hattoki, sog‘lom muhit ham xotin-qizlar, demakki, buvijonlarimiz, onalarimiz,
singillarimiz, kelinlarimiz zimmasiga tushadi. Har bir ota-ona o‘z bolasiga sog‘lom
tarbiya berib voyaga yetkazsa, farzandning mustaqil hayotga toza ruh, olam-olam
orzu-intilishlari bilan qadam qo‘yayotganini ko‘rsa, uning hayoti ma’no kasb eta
boshlaydi. Farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash, ayniqsa jismoniy, ma’naviy fazilatlarni
ularda tarbiya qilish doimo ota-onaning asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
Oiladagi sog’lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari nafaqat
qizlarning balki farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv yashash,
bir-biriga ishonch, sadoqat bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ularni oilaviy
turmushda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirish kerak,
albatta. Ularga oilada bo‘lib turadigan janjallarda ohirini o‘ylab ish tutish zarurligini
uqtirish lozim.
Oila – ijtimoiy zarurat! Ma’lumki, tabiatdagi butun mavjudot, tirik organizmlar
borki, barchasining juftlikda yashashi hayotiy qonuniyatdir. Shunday ekan, insoniyat
tabiat sarvari sifatida kishi, shaxs tariqasida shakllanib chiqishiga qadar ham shunday
tabiiy zaruratga ehtiyoj sezgan.
Yoshlarni turmush qurishga muvaffaqiyatli tayyorlashni ko‘zlab ish tutishi
uchun o‘spirin yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasini to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, oilaviy
turmushning quvonchlari va tashvishlariga doir muayyan darajada ma’lumot berish,
ularga bardoshli va matonatli bo;lish hamda qiyinchiliklarni mardonavor yengish
yo‘llarini tushuntirish maqsadga muvofiq.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
216
Ibn Sino “Eng yuksak sevgi bu insoniy sevgi bo‘lib, bunday sevgi kishini
saxovatli qiladi. Uni oqko‘ngil va jozibali kishiga aylantiradi”, - deb ta’kidlaydi.
Mutafakkirning talqin etishicha, sevgi inson zimmasiga juda katta axloqiy va huquqiy
ma’suliyat yuklaydi. U inson baxtining negizi deganda oshiqlikni emas, balki oshiq-
ma’shuqlikni tushunadi. Oshiq-ma’shuqlik bilan turmush qurish oilani
mustahkamlashning asosi sifatida ta’kidlanadi.
Nikohdan o‘tishga qadar yetarli fursat o‘tishi bo‘lajak er-xotinlar bir-birlarini
xarakter va odatlarini yaxshiroq bilib olishlariga zamin yaratadi. Oila qurishga jiddiy
munosabatda bo‘lmaslik ko‘plab ko‘ngilsizliklarning sababi hisoblanadi. Nikohdan
o‘tishga qadar shaxslar o‘zlari tanlagan kishining irsiyatini bilishlari lozim. Afsuski,
shunday kasalliklar borki, ular nasldan naslga o‘tadi. Qarindosh-urug’dan qiz olish
yoki qiz berish odati qat’iy qoralanishi va undan butunlay voz kechish kerak. Chunki
ayrim ota-onalar shunday nikohlarga rozilik berib, natijada nogiron va kasalmand
farzand dunyoga kelishiga sababchi bo‘ladilar.
Psixogigiyenaning eng muhim vazifalaridan biri har tomonlama to‘la-to‘kis
jinsiy hayotni qaror toptirishda yordam berishdan iborat. Bu sohadagi buzilishlar
ko‘pincha ancha-muncha ruhiy jarohatlar va asab buzilishlariga olib keladi. Noto‘g’ri
olib borilgan jinsiy hayot ko‘pincha kishini og’ir iztirobga solib, u ko‘pgina
kelishmovchiliklarning sababchisi hisoblanadi. Ayniqsa, voyaga yetmagan qizlarning
erta jinsiy hayot boshlashga intiloshi deviant xulq-atvorni shakllanganidan dalolat
beradi. Buning natujasida kelib chiqadigan turli ko’ngilsiz holatlar salbiy oqibatlarga
olib keladi. Ushbu axloq normalaridan chetga chiqishlarda o’z vaqtida ijtimoiy-
psixologik yordam ko‘rsatilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Luiza Xeyning “ Hammasi yaxshi bo‘ladi” asari.
2.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari.
3.
Горовик, А. А., & Турсунов, Х. Х. У. (2020). Применение средств визуальной
разработки программ для обучения детей программированию на примере
Scratch. Universum: технические науки, (8-1 (77)), 27-29.
4.
Tursunov, H. H., & Hoshimov, U. S. (2022). TA’LIM TIZIMIDA KO‘ZI OJIZ
O‘QUVCHILARNI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANIDA
O‘QITISH
TEXNOLOGIYALAR.
Новости
образования:
исследование в XXI веке, 1(5), 990-993.
5.
Hamidullo o‘g‘li, T. H. (2022). HOZIRGI KUNNING DOLZARB
IMKONIYATLARI. JAWS VA NVDA DASTURLARI. Scientific Impulse, 1(2),
535-537