Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
210
O’ZBEK XALQINIMG KELIB CHIQISH MASALASI
Abdunazarova Aziza Ilhom qizi,
GulDU, ,,Psixologiya va ijtiomoiy fanlar fakulteti
4-kurs talabasi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolamda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi hamda
turli xil tarixchi olimlarning o’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida turlicha fikirlari va
qarashlari yoritilgan.
Kalit so’zlar.
Panturkizim, panironizm, sog’diy, turk xoqonligi, diniy
konsepsiya panislomizm, Nux payg’ambar, so’nggi bronza davri, oriylar, etnik
qatlamlar.
Dastlab sobiq sovet hokimiyati davrida milliy respublikalarni tashkil etish
jarayoni ketayotgan kezlarda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi faqat turk etnosi
bilan bog’liq holda o’rganilib fanda ‘’panturkizm’’ atamasi paydo bo’ldi. Etnik tarix
va millat tarixining har birini olganda ularning boshlang’ich va yakuniy nuqtasi bor.
Masalan mana shu ilmiy konsepsiya asosida o’zbek xalqi etnogenezining boshlang’ich
nuqtasi sifatida dastlab turk xoqonligi davri qabul qilingan. Bu ta’limot zamirida ‘’
O’rta Osiyo’’ aholisi azaldan turklar bo’lib buyuk Turon so’ng Turkiston bo’lib
ketgan” degan g’oya yotadi . Ular o’zbek xalqining turk ildizini turkiy bo’lmagan
etnoslar bilan aralashi natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar. Keyinchalik
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgan kundan boshlab o’zbek davlatchiligi
masalasi kun tartibigi qo’yildi. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi O’zbekiston
tarixining ajralmas tarkibiy qismi, uning bosh masalasi bo’lib qoldi. Mustaqil
O’zbekiston davlati oldida turgan bunday o’ta muhim muamolarni chuqur anglab
yetgan Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 1998-yilda bir guruh tarixchi va olimlar
bilan suhbat uyushtirib, ular oldiga ,,O’zbek xalqi va uning davlatchiligi’’ muamolari
ustida ilmiy izlanishlar olib borish masalasini qo’ydi. Pezidentimiz Islom Karimov
aytganidek, ,,mustaqil fikrlaydigan olimlarimiz bo’lmasa, o’z davlatimiz xalqimiz,
mamlakatimiz tarixini o’zimiz tiklamasak, o’zimiz xolisona yozmasak uni boshqalar
boshqacha qilib yozadi. Yozish bilan cheklansa mayliku-ya bizni, o’sib kelayotgan
avlodni hatto olimlarmizni ham o’z yo’rig’iga solishga harakat qiladi’’
1
O’zbek
xalqining kelib chiqishi haqida o’zbek tarixchi va olimlari turlicha fikir va qarashlarni
ilgari surmoqdalar.
Xozirgi kunda o’zbek xalqi yanada qadimiy ya’ni so’nggi bronza davri bilan
belgilanmoqda
2
. Bunday qarashlarning ilmiy asosda o’zbeklarning o’q tomiri bosh
1
Islom Karimov. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. VII jild.T.:,,O’zbekiston nashryoti’’ 1999-152-bet.
2
Ahmadali Asqarov – ‘’O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi’’ 4-5 betlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
211
ildizi ikki tilda so’zlashuvchi etnik qatlamlar (sog’diy va turkiy) qorushuvi natijsida
ekanligi va ularning ilk bor aralasha boshlagan nuqtasi so’nggi bronza davridan
boshlanganligi hisobga olingan. Sobiq sovet davri tarixiy lingvistik tadqiqotlari va
uning ta’sirida bo’lgan tarix fanida O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili masalasida,
ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilindi. Chunki ‘’Avesto’’ va ‘’Veda ‘’ kabi eng
qadimgi yozma manbalar tili Ovropa xalqlarining qadimiy tillarining tub aholisining
barchasi mazkur yozma manbalar tillaridan kelib chiqqan xolda eronzabon deb qabul
qilingan. Ular orasida shundaylar ham borki hozir ham uchrab turadi ular o’zbek
xalqining kelib chiqishini Nux payg’ambarning o’g’li Yofasdan Yofasning o’g’li Tur
yoki Turkdan boshlaydilar. Natijada uning aks sadosi sifatida ‘’ panironizm’’ ta’limoti
paydo boladi.
Bunga ko’ra ‘’bu zamining tubjoy aholisi eroniy tilli xalq bo’lib bu yurtga turklar
keyinchalik kelgan’’ g’ayriilmiy konsepsiya paydo bo’ldi. Eronshunos olimlar Xind-
Ovropa nazariyasidan kelib chiqib O’rta Osiyodan to Baykalgacha bo’lgan
mintaqalarda eroniy til muxiti hukumron degan asosiz qarashni ilmiy jamoatchilik
ongiga singdirdi.
O’sha kezlarda bu murakkab masala yechimiga islom aqidaparastlari ham
aralashib ,,milliy etnoslar yo’q faqat islom millati bor, xalqlarni tiliga qarab emas, balki
diniga qarab millatinini belgilamoq keraak” degan diniy konsepsiyalarning paydo
bo’ldi. Bunday qarash fanda ,,panislomizm’’ nomini oldi. Xalqimiz tarixiga boʻlgan
yana bir qarashlarda: “ Miloddan oldingi ll va l – ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda ( shu
jumladan Oʻzbekistonda ) hindyevropa xalqlarining ajdodlari oriy xalqi yashagan,
milodiy VI asrga qadar bu yurtlarda turkiy xalqning (oʻzbeklarning) izi ham boʻlmagan
degan qarash ham mavjud. Shuning uchun miloddan oldingi II va I – ming yilliklarda
Oʻrta Osiyoda yashagan turkiy qavmlar Sharqiy Eron tili lahjasida soʻzlashgan xalq
sifatida tanishtirilmoqda’’ ( Oʻrol Nosirov “ Oʻzbeklar shajarasi” ). Jahon ilm-fani
ibtidoiy odam paydo boʻlgan va rivojlanish davrini boshdan kechirgan azaliy maskan
Oʻrta Osiyo boʻlganligini tan olgan . Oʻzbekiston esa Oʻrta Osiyoning qoq markazida
joylashganligi uchun ham ibtidoiy odamning paydo boʻlishida azaliy Vatan boʻlganiga
hech kim e’tiroz bildira olmaydi. Tarixchi olimlar esa turkiylar ( bu oʻrinda oʻzbeklar
nazarda tutiladi ) ning azaliy vatani deya Dashti Qipchoq va Buyuk Turk choʻli (
hozirgi Qozoğiston yerlari ) ni koʻrsatadilar. Bundan koʻzlangan maqsad oʻzbeklarning
ajdodlarini Oʻzbekiston uchun ,,kelgindi” deb da’vo qilishi, qadim – qadimdan turkiy
xalqlar yashagan hozirgi Oʻzbekiston hududini eroniylarga , ularning ajdodlari
boʻlmish oriylarga azaliy Vatan sifatida qoldirishdir . Bundan tashqari, mafkuraviy
ğanimlar ,, Tojik zamini hozirgi oʻzbeklarning haqiqiy beshigi va vatani boʻldi, bu
yerda yashab tojik xalqining barcha boyliklari, madaniyati, erishgan yutuqlaridan
foydalanib kelmoqda’’ shuningdek ,, oʻzbeklar turkiylashgan tojik’’degan qarashlar
oʻz tarixchilarimizga tegishli.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_2-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
212
Afsuski tarixiy ma’lumotlardan bexabar yoki tor doiradagi manbalarga tayangan
ayrim mualiflar o’zbek, tojik va boshqa O’rta Osiyo xalqlarini faqat o’z qobig’da
paydo bo’lgan, degan g’ayrilmiy fikrlarni targ’ib qilib, millatchilik tuyg’ulariga ta’sir
qilmoqdalar. Mintaqada mustaqil davlatlar yuzaga kelgan murakkab bir vaqtda mazkur
soxta fikrlar halol, qalbi pok xalq ommasini chalg’itib, fojiali voqealarning tug’ilishiga
sabab bo’layotganligini tarix tajribasi ko’rsatmoqda
3
.O’rta osiyo xalqlarining kelib
chiqishi haqidagi milliy avtoxtonizm konsepsiyasi ilmiy- metodologik jihatdan asosli
bo’lsada ammo uning ayrim tomonlari jiddiy tahlil va qo’shimcha ilmiy izlanishlarni
talab qiladi . Masalan, o’zbek xalqi turkiy ildizining O’rta Osiyoda ilk bor paydo
bo’lishi yoki turklarning faqat ko’chmanchi xalq sifatida ta’riflash masalasi Zamon va
makon masalasi, qadimgi xalqlarning tabiiy-geografik sharoitga ekalogik vaziyatga
moslashib xo’jalik yuritish an’analari hisobga olinmagan. Shuning uchun fanda ba’zi
bir anglashilmovchiliklar paydo bo’ldiki, bunga ko’ra, O’rta Osiyoning turkiy tili
qabilalalari ‘’ kelgindi ‘’, qadimiy xalqga nisbatan esa ‘’tubjoy’’ aholi deb qarash
tasavvur paydo bo’ldi. Natijada aslida ham shundaymi degan savol tug’uladi Yoq
unday emas. Yuqoridagi har xil konsepsiyalarni qaysi biri tog’riligini aniqlashimiz
uchun bir tomonlama yondashish kerak emas.
Bunday noilmiy konsepsiyalarning paydo bo’lishi o’z davrida shu muamo
yo’nalishiga bog’liq fanlar rivojlanish darajasining zaifligidan dalolat beradi .
Darxaqiqat O’rta Osiyo xalqlari etnogenizni va etnik tarixi masalalariga daxldor
etnologiya, arxelogiya ,toponimika, tarixiy lingvistika kabi fan tarmoqlari o’sha
vaqtlarda hali rivojlanmagan edi. Etnogenez va etnik tarix murakkab muamo bolib , bu
masalada milliy ehtroslarga berilmaslikni qat’iy talab qiladi. Muhtaram birinchi
prezidentimiz Islom Karimovning: ,, Modomiki oʻz tarixini bilgan , undan ruhiy quvvat
oladigan xalqni yengib boʻlmas ekan , biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz ,
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan
qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur va olimlarning tarix sohasida olib
borilayotgan izlanishlarida ana shu fikr, ana shu maqsad bolmasa ularning sariq
chaqalik ahamiyati yoq “ – degan soʻzlarining ma’nosi ham shunda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ahmadali Asqarov - ‘’O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi’’ 4-5 betlar
2.Karim Shoniyozov-‘’ O’zbek xalqining shakillanish jarayoni ‘’ 9-10 betlar
3.Iso Jabborov – ‘’ O’zbeklar ‘’ 10 –bet.
4.Oʻrol Nosirov - ,,Oʻzbeklar shajarasi” 8 bet.
3
Iso Jabborov ‘’O’zbeklar’’ 10-bet