Mualliflar

  • G‘ulomova Gulzoda Ikromjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95464

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ahmad Yugnakiy Hibat ul-haqoyiq axloqiy pand-nasihat didaktik doston o‘zbek adabiyoti aruz ma’naviyat sabr halollik hikmat XII asr adabiyoti.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) 
asari  XI–XII  asrlarda  yozilgan,  axloqiy-didaktik  mazmundagi  pand-nasihatlar 
to‘plamidir.  Asar  aruz  vaznida  yozilgan  bo‘lib,  unda  insoniy  fazilatlar,  ilm-fan, 
halollik, sabr-toqat, adolat, tavoze kabi yuksak axloqiy g‘oyalar targ‘ib etiladi. Muallif 
o‘z  davrining  ijtimoiy-ma’naviy  muhitini  inobatga  olgan  holda,  yosh  avlodni 
tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashni maqsad qilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

131

AHMAD YUGNAKIY VA UNING “HIBAT UL-HAQOYIQ” ASARI

G‘ulomova Gulzoda Ikromjonovna

Qo‘qon Universiteti Andijon filali

ijtimoiy gumanitar va pedagogika fakulteti

Filologiya tillarni o‘qitish o‘zbek tili talabasi.


Annotatsiya.

Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”)

asari XI–XII asrlarda yozilgan, axloqiy-didaktik mazmundagi pand-nasihatlar
to‘plamidir. Asar aruz vaznida yozilgan bo‘lib, unda insoniy fazilatlar, ilm-fan,
halollik, sabr-toqat, adolat, tavoze kabi yuksak axloqiy g‘oyalar targ‘ib etiladi. Muallif
o‘z davrining ijtimoiy-ma’naviy muhitini inobatga olgan holda, yosh avlodni
tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashni maqsad qilgan.

Kalit so‘zlar:

Ahmad Yugnakiy, Hibat ul-haqoyiq, axloqiy pand-nasihat,

didaktik doston, o‘zbek adabiyoti, aruz, ma’naviyat, sabr, halollik, hikmat, XII asr
adabiyoti.

Аннотация.

Произведение Ахмада Югнакия «Хибат ул-хакойик» («Дар

истин») представляет собой сборник морально-дидактических наставлений,
написанных в XI-XII веках. Произведение написано стихом аруз, и в нем
пропагандируются высокие моральные идеи, такие как человеческие качества,
наука, честность, терпение, справедливость и смирение. Автор, учитывая
социально-духовную обстановку своего времени, ставил своей целью воспитать
молодое поколение и направить его на истинный путь.

Ключевые слова:

Ахмад Югнакия, «Хибат ул-хакойик», морально-

дидактические наставления, дидактический эпос, узбекская литература, аруз,
духовность, терпение, честность, мудрость, литература XII века.

Abstract.

Ahmad Yugnakiy's work “Hibat ul-haqoyiq” (“The Gift of Truths”)

is a collection of moral and didactic admonitions written in the 11th-12th centuries.
The work is written in the aruz verse, and it promotes high moral ideas such as human
qualities, science, honesty, patience, justice, and humility. The author, taking into
account the socio-spiritual environment of his time, aimed to educate the younger
generation and guide them on the right path.

Keywords:

Ahmad Yugnakiy, Hibat ul-haqoyiq, moral admonitions, didactic

epic, Uzbek literature, aruz, spirituality, patience, honesty, wisdom, 12th century
literature.


Badiiy adabiyot faqatgina kitobxonni estetik zavq bilan ta’minlash uchun emas,

balki unda chuqur mazmun-mohiyat, ayniqsa, tarbiyaviy va axloqiy g‘oyalar mujassam
bo‘lishi ham muhim hisoblanadi. Asarning aynan ana shunday ichki mazmuni uni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

132

to‘laqonli badiiy asar sifatida shakllantiradi. Agar Sharq adabiyotining taraqqiyot
tarixiga nazar solsak, unda didaktik, ya’ni o‘rgatuvchi mavzularning yetakchi o‘rin
egallaganini ko‘ramiz. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bu borada Sharq adabiyoti
nasihat orqali, G‘arb esa hayotni boricha tasvirlash orqali kishini tarbiyalashga
intilishini ta’kidlagan. Turkiy adabiyotda didaktik yo‘nalishdagi ilk misollar Mahmud
Koshg‘ariy tomonidan yozilgan “Devoni lug‘otit turk” asarida uchrasa, o‘zbek
mumtoz adabiyotida bu boradagi eng yirik namunalar qatoriga Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilik”, Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” hamda Ahmad Yugnakiy
qalamiga mansub “Hibat ul-haqoyiq” asarlarini kiritish mumkin. Ushbu asarlarda
axloq, odob, bilim va adolat kabi muhim g‘oyalar she’riy shaklda, pand-nasihat tarzida
bayon etilgan.

Turkiy adabiyot tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan ijodkorlardan biri bu – Ahmad

Yugnakiydir. U XII asrda yashagan, diniy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga boy asarlar
yaratgan mutafakkirdir. Uning eng mashhur asari – “Hibat ul-haqoyiq” bo‘lib, bu asar
o‘zbek adabiyotining ilk didaktik yodgorliklaridan biridir.

“Hibat ul-haqoyiq” ("Haqiqatlar tuhfasi") asari o‘zbek mumtoz adabiyotining ilk

namunalaridan biri bo‘lib, forsiy va arabiy ilohiyotiy ta’sirlar bilan sug‘orilgan bo‘lsa-
da, xalq og‘zaki ijodi unsurlarini ham o‘zida mujassam etgan. Asar masnaviy tarzida
yozilgan bo‘lib, unda axloqiy, diniy, hayotiy nasihatlar bayon etilgan.

Asar an’anaviy tarzda boshlanadi, ya’ni birinchi bo‘lib Allohga hamd va

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga madx aytiladi. Shundan
so‘ng, “Choriyorlarga salom yo‘llayman, tirikman, ularning yo‘lini qo‘llayman” degan
so‘zlar bilan xalifalarga ham e’tibor qaratiladi. An’anaviy boshlanishdan keyin asar
davomida Amir Dod Sipohsolarbekning fazilatlari tasvirlanadi. U hukmdor sifatida
sahovatpeshalik, adolatparvarlik kabi o‘zgacha sifatlar bilan ulug‘lanadi. Asarda Dod
Sipohsolarbek faqat adolatli podshoh sifatida emas, balki komil inson sifatida ham
tasvirlanadi. Ilm va ma’rifatga chorlash, barcha davrlarning adabiyotida eng muhim
mavzu bo‘lib, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning “Ilm talab qilish har
bir musulmon uchun farzdir” degan hadisi asosida ilmning ahamiyati ta’kidlanadi. Ilm
inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u kishini ma’naviy va aqliy jihatdan
yuksaltiradi, shuningdek, insonni kamolot sari yetaklaydi. Ilm jaholatni yengib, insonni
ko‘ngli ravshan bo‘lishiga yordam beradi. Ahmad Yugnakiy asarida ilmni baxt va
saodatga olib boruvchi kalit sifatida tasvirlaydi. Ilm sohiblari va johillar har doim bir-
biriga

qarama-qarshi

turishgan.

Muallif,

bilimli

va

bilimsiz

odamlarni

taqqoslayotganda, bilimli odamni tillo yoki pulga, bilimsizni esa doimo xor bo‘lib
yashovchi, hurmati yo‘q kishiga qiyoslaydi. Insonning go‘zalligi uning ilm va aqli
bilan o‘lchanadi. Ilmli odamlar dunyodan o‘tsalar ham ularning nomi abadiy yashaydi,
johillar esa yashasa ham ular xalq orasida hurmat va o‘ringa ega bo‘lmaydi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

133

Asarning ikkinchi boʻlimida tilni tiyish va kishi axloq-odobi haqida soʻz boradi.

Adab muallimi boʻlmish Yugnakiy insonlarni rostgoʻylik, til bilan insonlar dilini
jarohatlamaslikka, dilozor boʻlmaslikka chaqiradi. Shu oʻrinda xalqimizda mashhur
boʻlgan “Tigʻ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi” maqolini keltiradi. Darhaqiqat,
odobaxloqning boshi til. Shu bilan birga adib insonlarni oz va soz soʻzlashga chaqiradi.
Quyidagi bayt fikrmizning yorqin namunasi:

Barchaga teng aytdik, nasihat budir,
Tilini tiygan kishi, oqil ham shudir.
Tilini tiyib, soʻzni oz qilgan kishi,
Oʻzi ham saqlanur, avj olur ishi.
Asarda nafaqat ma’no-mohiyat kuchli, balki unda badiiy san’atlardan ham

unumli foydalanilgan. Toʻgʻri soʻzni asalga, yolgʻon soʻzni sarimsoqqa oʻxshatish
yordamida tashbeh san’atining goʻzal namunasi yaratilgan. Yolgʻon soʻz kasallik,
tashvish boʻlsa, toʻgʻri soʻz shifo boʻlib dardlardan forigʻ etishi bayon qilinadi. Bu
xususida soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning ham qarashlari asar bilan
hamohang.

Haqiqatan ham saxiy inson nafaqat hayotida, balki o‘limidan keyin ham yuksak

hurmatga sazovor bo‘ladi. Uning nomi doimo ulug‘lanadi, chunki u o‘zining saxiyligi
va insofli fe’li bilan odamlar qalbida chuqur iz qoldiradi. Biroq, baxil inson o‘zining
yomon fe’li va nafsi tufayli pand yeydi. U boylik to‘plasa ham, obro‘ga erisha olmaydi,
chunki u faqat o‘zining shaxsiy manfaatlarini o‘ylab, boshqalarga yordam bermaydi.
Boylik va moddiy narsalar uning uchun muhim bo‘lsa-da, obro‘ va e’tibor uni tark
etadi.

Shuningdek, “Qorning to‘q, usting but, bo‘lsa yetadi, Ortiqcha tashvishing zoye

ketadi” kabi she’r misralari yuqoridagi hikoyaning ma’nosini yanada ochib beradi. Bu
misralar odamga nafsi va ortiqcha narsalarga bo‘lgan suqligini ko‘nglidan chiqarishni,
ibodat va sodda hayotga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Nafsing suqligini
kamsitishga, uning orqasidan qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki har bir narsa o‘z
vaqtida bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, “Hibat-ul haqoyiq’’ asarida dunyoning o‘tkinchiligiga, nafsga

berilmaslikka, tavozelikka, kibrlilik va xarislikning zarariga oid chuqur va ibratli
fikrlar bildirilgan. Asarda aytilishicha, dunyo fani va uning barcha go‘zalliklari
vaqtincha, shuning uchun ularga chigal bo‘lish va nafsi to‘ldirish o‘rniga, inson o‘zini
yaxshilash va boshqalar bilan o‘zaro yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratishi kerak.
Kibrlilik va xarislik insonni yomon yo‘lga boshlaydi, ularni o‘zgarishi, o‘zining ichki
tuyg‘ularini boshqarishi, boshqalarga mehr va yordam ko‘rsatishi lozim.

Asar eski o‘g‘uz-qipchoq shevasida, ya’ni qadimgi turkiy tilda yozilgan. Shunga

qaramay, zamonaviy o‘quvchi uchun ham tushunarli bo‘lgan ko‘plab so‘zlar uchraydi.
Ahmad Yugnakiy asarda sodda, xalqchil tilni tanlagan, bu esa uni keng ommaga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

134

tushunarli bo‘lishiga xizmat qilgan. Uning ijod uslubi hikmatli so‘zlarga boy,
sermazmun va badiiy tasvir vositalariga boy bo‘lib, o‘quvchini chuqur fikrlashga
chorlaydi.

1

Xulosa qilib aytganda, Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq’’ asari

o‘zbek adabiy merosining durdonalaridan biridir. “Hibat ul-haqoyiq’’ asarining eng
katta qiymati – bu tarbiyaviy yukidir. Asar bugungi kunda ham yoshlarga to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatishda, axloqiy tarbiyada, hayot saboqlarini o‘rgatishda katta ahamiyat kasb
etadi. Yugnakiy har bir insonga bu dunyoda qanday yashash, qanday fazilatlarga ega
bo‘lish, qanday illatlardan yiroq turish kerakligini bayon qiladi. Bu asarda muallif
insonni kamolotga yetaklovchi fazilatlar – halollik, sabr, rostgo‘ylik, ilmga chanqoqlik,
adolatparvarlik kabi g‘oyalarni ilgari suradi. Har bir bob yoki bo‘limda muayyan
hayotiy haqiqat yoritiladi, shuningdek, Qur’on oyatlari va hadislar orqali fikrlar
mustahkamlanadi. Ushbu asar nafaqat adabiy, balki ma’naviy tarbiya nuqtai nazaridan
ham beqiyos ahamiyatga ega. Bugungi kunda ham ushbu asarning o‘rganilishi, o‘quv
dasturlariga kiritilishi yoshlarimizni ma’naviy yetuk, axloqli, ilmga chanqoq insonlar
etib tarbiyalashda muhim vosita bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

QODIROV,

A.

(2025).

BADIIY

ASAR

TAHLILI

VA

DIN

INTEGRATSIYASI:(Alisher

Navoiy

ijodi

misolida).

Hamkor

konferensiyalar

,

1

(11), 386-388.

2.

Qodirov, A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM
KATEGORIYASI SIFATIDA.

University Research Base

, 857-860.

3.

Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM
KATEGORIYASI SIFATIDA.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

2

(42),

144-149.

4.

Qodirov,

A.,

Inomjonova,

M.,

&

Olimova,

X.

(2025).

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ
USLUBI.

Наука и технология в современном мире

,

4

(5), 36-38.

5.

O’G’Li, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA (DILMUROD
QURONOV IJODI MISOLIDA).

World of Philology

,

2

(2), 46-50.

6.

Kobilova, Z. B. (2021). Amiriy and fazliy.

Asian Journal of Multidimensional

Research

,

10

(9), 271-276.

7.

Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-
Ghazali.

EUROPEAN

JOURNAL

OF

INNOVATION

IN

NONFORMAL

EDUCATION

,

2

(4), 173-176.

1

Qodirov, A., Inomjonova, M., & Olimova, x. (2025). Adabiyotshunoslikda badiiy asar tili va badiiy nutq uslubi. Наука и технология

в современном мире, 4(5), 36-38.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

135

8.

Qobilova, Z. (2020, December). THE ARTISTIC-AESTHETIC EFFECT OF
AMIRI'S POETRY SCOPE. In

Конференции

.

9.

Haliljonovna, S. K. (2024). PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF FORMING
INTERESTS IN VISUAL ARTS IN PRESCHOOL CHILDREN.

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

,

12

(3), 438-442.

10.

Жахонгирова, Тамила; ,ЭВОЛЮЦИЯ НЕГАТИВНЫХ ЭМОЦИЙ В
АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ,Ta'limning
zamonaviy transformatsiyasi,11,2,18-20,2024,

11.

Andreyevna, Jaxongirova Tamila; ,CURRENT TRENDS AND DEVELOPMENT
FACTORS IN THE APPLICATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN
EDUCATION,Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari,28,1,230-233,2024,

12.

Khabibullaeva F.K. The Problem of Adequacy in Russian Translations of A.
Kadiri’s novel “The Past Days”. Toronto. Design Engineering. 2022. – P. 6091-
6101.

13.

Abdullaevna, K. G. (2024). TRANSLATION CHALLENGES IN SCIENTIFIC
AND TECHNICAL TRANSLATION WITH A FOCUS ON TERMINOLOGICAL
DICTIONARIES. Science and innovation, 3(Special Issue 34), 178-181.

14.

Toshboyeva, O. (2024). THE TERMINOLOGY, GENESIS, AND LINGUISTIC
FOUNDATIONS OF "BRAND NAMES" IN THE WORLD OF LINGUISTICS.

University Research Base

, 992-995.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

QODIROV, A. (2025). BADIIY ASAR TAHLILI VA DIN

INTEGRATSIYASI:(Alisher Navoiy ijodi misolida). Hamkor

konferensiyalar, 1(11), 386-388.

Qodirov, A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. University Research Base, 857-860.

Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(42),

-149.

Qodirov, A., Inomjonova, M., & Olimova, X. (2025).

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ

USLUBI. Наука и технология в современном мире, 4(5), 36-38.

O’G’Li, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA (DILMUROD

QURONOV IJODI MISOLIDA). World of Philology, 2(2), 46-50.

Kobilova, Z. B. (2021). Amiriy and fazliy. Asian Journal of Multidimensional

Research, 10(9), 271-276.

Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-

Ghazali. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION, 2(4), 173-176.

Qobilova, Z. (2020, December). THE ARTISTIC-AESTHETIC EFFECT OF

AMIRI'S POETRY SCOPE. In Конференции.

Haliljonovna, S. K. (2024). PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF FORMING

INTERESTS IN VISUAL ARTS IN PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 12(3), 438-442.

Жахонгирова, Тамила; ,ЭВОЛЮЦИЯ НЕГАТИВНЫХ ЭМОЦИЙ В

АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ,Ta'limning

zamonaviy transformatsiyasi,11,2,18-20,2024,

Andreyevna, Jaxongirova Tamila; ,CURRENT TRENDS AND DEVELOPMENT

FACTORS IN THE APPLICATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN

EDUCATION,Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy

tendensiyalari va rivojlanish omillari,28,1,230-233,2024,

Khabibullaeva F.K. The Problem of Adequacy in Russian Translations of A.

Kadiri’s novel “The Past Days”. Toronto. Design Engineering. 2022. – P. 6091-

Abdullaevna, K. G. (2024). TRANSLATION CHALLENGES IN SCIENTIFIC

AND TECHNICAL TRANSLATION WITH A FOCUS ON TERMINOLOGICAL

DICTIONARIES. Science and innovation, 3(Special Issue 34), 178-181.

Toshboyeva, O. (2024). THE TERMINOLOGY, GENESIS, AND LINGUISTIC

FOUNDATIONS OF "BRAND NAMES" IN THE WORLD OF LINGUISTICS.

University Research Base, 992-995.