Mualliflar

  • Dilbar Xomidova
  • Mohiniso Tursunaliyeva
  • Zera Shabidinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95465

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: siyosat tarix mafkura evolyutsiya imperiyalar davlatlar urush oqibatlari jamiyat birlashuv.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Germaniya  tarixida  yuz  bergan  siyosiy  va 
mafkuraviy  o’zgarishlar  evolyutsion  yondashuv  asosida  tahlil  qilinadi.  Dastlabki 
imperiyalardan tortib, XIX asr birlashuv davri, XX asrning birinchi yarmidagi mafkura 
va ikkinchi jahon urushi oqibatlari, jumladan, urushdan keyin Germaniyaning ikkiga 
ajralishi  va  ularning  qayta  birlashuvi  kabi  muhim  bosqichlarga  e’tibor  qaratilgan. 
Maqolada mafkura va jamiyat o’rtasidagi murakkab munosabatlar, siyosiy tizimlarning 
jamiyatga  ta’siri  va  zamonaviy  Germaniyaning  shakllanishida  tarixiy  saboqlarning 
tutgan o’rni yoritilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

126

TARIX, MAFKURA VA JAMIYAT: GERMANIYADA O’ZGARISHLAR

EVOLYUTSIYASI.

Dilbar Xomidova

, Student of CSPU xomidovadilbar6@gmail.com

Mohiniso Tursunaliyeva

, Student of CSPU tursunaliyevamohiniso@gmail.com

Zera Shabidinova

, Teacher of CSPU shabidinova@cspu.uz

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Germaniya tarixida yuz bergan siyosiy va

mafkuraviy o’zgarishlar evolyutsion yondashuv asosida tahlil qilinadi. Dastlabki
imperiyalardan tortib, XIX asr birlashuv davri, XX asrning birinchi yarmidagi mafkura
va ikkinchi jahon urushi oqibatlari, jumladan, urushdan keyin Germaniyaning ikkiga
ajralishi va ularning qayta birlashuvi kabi muhim bosqichlarga e’tibor qaratilgan.
Maqolada mafkura va jamiyat o’rtasidagi murakkab munosabatlar, siyosiy tizimlarning
jamiyatga ta’siri va zamonaviy Germaniyaning shakllanishida tarixiy saboqlarning
tutgan o’rni yoritilgan.

Kalit so’zlar

: siyosat, tarix, mafkura,evolyutsiya, imperiyalar, davlatlar, urush

oqibatlari, jamiyat, birlashuv.

Аннотация

: В данной статье политические и идеологические изменения в

истории Германии рассматриваются с эволюционной точки зрения. Особое
внимание уделяется важным этапам — от первых империй, периода объединения
в XIX веке, идеологических процессов первой половины XX века и последствий
Второй мировой войны, включая разделение Германии и её последующее
воссоединение. В статье освещаются сложные взаимоотношения между
идеологией и обществом, влияние политических систем на общество, а также
роль исторических уроков в формировании современной Германии.

Ключевые слова

: политика, идеология, эволюция, империи, государства,

последствия войны, общество, объединение.

Abstract

: This article analyzes the political and ideological transformations in

German history through an evolutionary perspective. It focuses on key historical stages
— from the early empires and the unification period in the 19th century to the
ideological developments in the first half of the 20th century and the consequences of
World War II, including the division of Germany and its subsequent reunification. The
article explores the complex relationship between ideology and society, the impact of
political systems on social life, and the role of historical lessons in shaping modern
Germany.

Keywords

: politics, ideology, evolution, empires, states, consequences of war,

society, unification.

Kirish.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

127

Germaniya Yevropa tarixida murakkab siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlarni

boshdan kechirgan davlatlardan biri hisoblanadi. Uning tarixida imperiyaviy
tuzumlardan to demokratik boshqaruvgacha bo‘lgan davrlar, urushlar, mafkuraviy
to‘qnashuvlar va ijtimoiy inqirozlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotchilar Germaniya
tarixini “Ideologiyalar qarama-qarshiligi” doirasida ko‘rib, jamiyat shakllanishida
mafkura va siyosiy tizimlar hal qiluvchi rol o‘ynaganini ta’kidlaydilar. XIX asr
oxiridagi birlashuv harakati, XX asrdagi ikki jahon urushi, fashistik rejimning
hukmronligi va Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi ikki qutbli Germaniyaning
mavjudligi, so‘ngra esa 1990-yildagi qayta birlashuv – bularning barchasi
Germaniyaning tarixiy evolyutsiyasida tub burilishlar yasagan. Aynan shu davrlar
davomida mafkura jamiyatga qanday ta’sir o‘tkazgani, ijtimoiy ongning o‘zgarishi va
siyosiy tizimlarning xalq hayotiga kirib borishi muhim tahlil obyektiga aylanadi.

Metodologiya.

“Birlik va Huquq va Ozodlik “ degan so’zlarni o’z davlatining shiori deb bilgan

Germaniyaning buyuk tarixi bor. Hozirda poytaxti-- Berlin. Germaniya-- Parlamentlik
Respublika hisoblanadi. Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida
inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida
Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Muqaddas
Rim imperiyasi, bu Germaniya tarixidagi eng qadimgi va muhim imperiyalardan biri
hisoblanadi. 962-yilda imperator Otto I tomonidan asos solingan. Rim federativ
tuzumga ega bo’lgan, ya’ni ko’plab knyazliklar, shaharlar va qirolliklardan iborat edi.
Siyosiy jihatdan markazlashmagan: imperator rahbar bo’lsa-da, haqiqiy hokimyat ko’p
hollarda mahalliy hukmdorlar qo’lida bo’lgan. Papa bilan imperator o’rtasidagi nizolar
diniy hokimyat va siyosiy hokimyat o’rtasidagi muvozanatni shakllantirgan. Napoleon
yurishlari natijasida 1806-yilda imperator Frans II tomonidan Muqaddas Rim
imperiyasi rasman tugatildi. Muqaddas Rim imperiyasi tugatilgach, Germaniya
yerlarida yangi siyosiy tuzilma tashkil etildi. Vena kongressidan so’ng 1815-yil asos
solingan. 39 ta mustaqil davlatdan iborat bo’lgan konfederatsiya. Prussiya va Avstriya
ikki asosiy kuch markazi hisoblanadi. Germaniya birligini shakllantirishga qaratilgan
dastlabki siyosiy urinishlar o’sha davrda boshlangan.

Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi 1867-yilda asos solingan. Prussiya

qirolligi yetakchilik qilgan. Germaniyaning shimoliy qismini 22 ta davlat tashkil etgan.
Prussiya boshchiligida Germaniya birligiga yo’l ochilgan. Boshqa knyazliklar va
qirolliklar bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy integratsiyani kuchaytirgan.
Ikkinchi Germaniya imperiyasi. Bu imperiya Germaniya tarixida “ Germaniya
imperiyasi “ deb nomlanuvchi birinchi markazlashgan milliy davlat hisoblanadi va
1871-yil, Fransiyaga qarshi urushdagi g’alabadan so’ng Versalda e’lon qilingan.
Prussiya qiroli Vilgelm I Germaniya imperatori deb e’lon qilingan. 1871-1890- yillar
Bismark davri bo’lgan. O’sha davrda sotsiol-demokratlar va katoliklar ustidan siyosiy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

128

nazorat, ijtimoiy sug’urta tizimi yaratilgan. 1890- yildan keyin Bismark lavozimdan
chetlatildi. Imperator Vilgelm II tashqi siyosatda agressiv yo’l tutdi. Uning davrida
harbiy kuch va mustamlakachilik ambitsiyalari ortdi. Germaniya dengiz flotini
kuchaytirishga

kirishdi,

bu

esa

Britaniya

bilan

raqobatni

kuchaytirdi.

Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi ishtiroki nafaqat Germaniya, balki butun
dunyo tarixida burilish yasagan muhim jarayon hisoblanadi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Yevropa davlatlari o’rtasida mustamlaka uchun kurash kuchaydi.
Germaniya kech imperiyalashgan davlat bo’lib, Britaniya va Fransiyaga qarshi
mustamlakachilik raqobatiga kirdi. O’sha davrda Germaniyada kuchli nemis
millatchiligi avj olayotgan vaqt edi. Qurollanishda har bir davlat xuddi poyga
o’ynayotgandek, harbiy kuchlarni kuchaytirishdi. 1912-1913- yillardagi Balkan
urushlari hududiy va milliy nizolarni keskinlashtirdi. Avstriya-Vengriya valiahd
shahzodasi Frants Ferdinand Serbiya millatchilari tomonidan o’ldirildi. Bu voqea
Germaniya ittifoqchisi Avstriya-Vengriyani Serbiyaga qarshi urush e’lon qilishga
undadi. Germaniya Avstriya-Vengriyaning asosiy harbiy ittifoqchisi sifatida Serbiyaga
qarshi harakatni qo’llab quvvatladi. Rossiyaning Serbiyaga yordam berishiga javoban
Germaniya Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Fransiya ham Rossiyani qo’llab,
Germaniyaga qarshi chiqdi. Germaniya Belgiya orqali Fransiyaga hujum qilganida,
Britaniya ham urushga qo’shildi. Germaniya Fransiyaga qarshi hujumga o’tdi, lekin
Marna jangida to’xtatildi. Keyinchalik okop urushiga o’tdi, ikki tomon bir joyda yillar
davomida harakat qilmasdan jang qildi. Germaniya mustamlakalari Antanta tomonidan
bosib olindi. Dengizda Britaniya flotiga qarshi kurashda Germaniya kuchsizroq edi.
1918-yilga kelib Germaniya ichkarisida norozilik kuchaydi, armiyada ruhiy
tushkunlik, ishsizlik va ocharchilik avj oldi. Harbiy jihatdan frontlarda orqaga
chekinildi. 1918-yil noyabrda Germaniya bo’ylab inqilob boshlandi. Kaiser Vilgelm II
taxtdan voz kechdi, Gollandiyaga qochdi. Germaniya imperiyasi tugatildi, o’rniga
Weimar Respublikasi tashkil topdi. 1919-yilda Germaniya uchun tahqirli shartnoma
tuzildi. Germaniyaning harbiy kuchlari keskin qisqartirildi. Mustamlakalar va ba’zi
hududlartortib olindi. Germaniya urushda “aybdor” deb e’lon qilindi. Og’ir to’lovlar
to’latildi. Urushdan keyin iqtisodiy tomondan inqiroz kuchaya boshladi. Ishsizlik,
oziq-ovqat tanqisligi, ishchilar va soldatlar noroziligi kuchaydi. Kommunistik va
sotsial-demokratik partiyalar o’rtasida to’qnashuvlar sodir bo’ldi. Siyosiy qotilliklar va
fitnalar ko’paydi.

Weimar Respublikasi-- Germaniyada Birinchi jahon urushidan keyin tuzilgan

birinchi demokratik davlat tuzumi hisoblanadi. Poytaxt Berlin urushdan keyin notinch
bo’lganligi sababli konsitutsiya 1919-yil yozda Weimar shahrida qabul qilindi.
1919-yil Konstitutsiya xususiyatlari:

* Respublikaviy boshqaruv shakli.
* Fuqarolik erkinliklari.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

129

* Erkak va ayollarga teng ovoz berish huquqi.
* Prezident xalq tomonidan saylanadi.
* Prezidentda kuchli vakolatlar.

1923-yilda Germaniya Fransiyaga to’lovlarni to’lay olmagach, Fransiya va

Belgiya Rur sanoat hududini bosib oldi. Hukumat ish tashlashga chaqirdi, ammo bu
iqtisodni buzdi. Pul chiqarish ko’payib ketdi, hattoki non narxi millionlab markaga
chiqdi.

1929-yilda kuchli depressiya davri bo’ldi. AQSHdagi iqtisodiy inqiroz

Germaniyaga kuchli ta’sir qildi. Korxonalar yopildi, millionlab ishsizlar paydo bo’ldi.
1933-yilda Weimar Respublikasining qulash davri bo’ldi. Uning sabablari quyidagilar:

* Iqtisodiy inqiroz va ishsizlik.
* Versal shartnomasiga qarshi norozilik.
* Siyosiy zaiflik.Germaniyaning tarixiy taraqqiyoti siyosat, mafkura va jamiyat

o‘rtasidagi murakkab va dinamik munosabatlarning yorqin namunasi sifatida namoyon
bo‘ladi. Dastlabki imperiyalar davridan tortib, birinchi va ikkinchi jahon urushlari,
Weimar Respublikasi, natsist rejim, urushdan keyingi bo‘linish va nihoyat qayta
birlashuv jarayonlari Germaniya jamiyatida chuqur iz qoldirgan. Mazkur maqolada
tahlil qilinganidek, mafkura faqat siyosiy boshqaruv shakllariga emas, balki
jamiyatning ongli rivojlanishiga, ijtimoiy tartiblar shakllanishiga ham kuchli ta’sir
o‘tkazgan. Germaniyada kechgan siyosiy evolyutsiya zamonaviy demokratik jamiyat
qurilishi uchun zarur bo‘lgan saboqlarni o‘z ichiga oladi.


Germaniya misolida ko‘rish mumkinki, mafkuraviy qarama-qarshiliklar, siyosiy

inqirozlar va urush oqibatlari orqali shakllangan tarixiy tajriba – kelajak uchun
barqarorlik, birlik va erkinlik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

* Demokratik institutlarga ishonchsizlik.
*

Natsistlar

va

Gitlerning

ommaviy

qo’llab

quvvatlovi.

1933-yil 30-yanvar Adolf Gitler kansler etib tayinlandi. Shu bilan Weimar
Respublikasi tugatildi.

1945-yil may oyida ikkinchi jahon urushi tugadi. Germaniya ittifoqchilari

tomonidan mag’lub etildi. Germaniya barcha jihatdan vayron bo’lgan edi. Shaharlarda
bombalar portlagan, millionlab odamlar vafot etgan va iqtisodiyot falokat yoqasiga
kelib qolgan. Urushdan keyin Germaniya 4 sektorga bo’linib ketdi. Ular, Amerika
sektori, Britaniya sektori, Fransiya sektori, Sovet Ittifoqi sektori. Berlin shahri ham 4
sektorga

ajratildi,

garchi u SSSR zonasida joylashgan bo’lsa ham.

1949-yilda Germaniya ikkiga bo’lindi: G’arbiy Germaniya va Sharqiy Germaniya.
1. G’arbiy Germaniya:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

130

* 1949-yil 23-mayda AQSH, Britaniya va Fransiya zonalari birlashtirilib,

demokratik davlat e’lon qilindi.

* Poytaxt-- Bonn shahri.
* Iqtisodiy model-- kapitalistik.
* Siyosiy tizim-- demokratik-parlamentlar respublika.
2. Sharqiy Germaniya:
* 1949-yil 7-oktabrda Sovet Ittifoqi zonasi asosida kommunistik davlat tashkil

topdi.

* Poytaxt-- Sharqiy Berlin.
* Siyosiy model-- kommunistik bir partiyaviy tizim.
* Sovet Ittifoqining qattiq nazorat ostida bo’lgan. 1990-yil 3-oktyabrda Sharqiy

va G’arbiy Germaniya birlashdi.

Xulosa.

Germaniyaning tarixiy taraqqiyoti siyosat, mafkura va jamiyat o‘rtasidagi

murakkab va dinamik munosabatlarning yorqin namunasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Dastlabki imperiyalar davridan tortib, birinchi va ikkinchi jahon urushlari, Weimar
Respublikasi, natsist rejim, urushdan keyingi bo‘linish va nihoyat qayta birlashuv
jarayonlari Germaniya jamiyatida chuqur iz qoldirgan. Mazkur maqolada tahlil
qilinganidek, mafkura faqat siyosiy boshqaruv shakllariga emas, balki jamiyatning
ongli rivojlanishiga, ijtimoiy tartiblar shakllanishiga ham kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Germaniyada kechgan siyosiy evolyutsiya zamonaviy demokratik jamiyat qurilishi
uchun zarur bo‘lgan saboqlarni o‘z ichiga oladi. Germaniya misolida ko‘rish
mumkinki, mafkuraviy qarama-qarshiliklar, siyosiy inqirozlar va urush oqibatlari
orqali shakllangan tarixiy tajriba – kelajak uchun barqarorlik, birlik va erkinlik
g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

Berghahn, V. R. Imperial Germaniya 1871-1918. London: Berghahn Books, 1994.

2.

Evans, R.J. Uchinchi reyxning paydo bo’loishi. NyuYork: Penguin Books, 2003.

3.

Fulbruk, M. Germaniyaning qisqacha tarixi. London: Cambridge University Press,
2004..

4.

Goloshekin, A. Yu. Germaniya tarixi. Moskva: Prosveshcheniye, 2010.

5.

Kitchen, M. Zamonaviy Germaniya tarixi: 1800-yildan hozirgacha. Oksford:
Blackwell Publishing, 2006.

6.

Mazower, M. Qorong’I qit’a: Yevropaning XX asrdagi tarixi. Penguin, 1998.

7.

Usmonov, X. Germaniya tarixi:o’tmish va hozirgi holat. Toshkent: O’zbekiston
nashriyoti, 2007.

8.

G’aybullayev, M. Yevropa mamlakatlari tarixi. Toshkent: O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2015.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

Berghahn, V. R. Imperial Germaniya 1871-1918. London: Berghahn Books, 1994.

Evans, R.J. Uchinchi reyxning paydo bo’loishi. NyuYork: Penguin Books, 2003.

Fulbruk, M. Germaniyaning qisqacha tarixi. London: Cambridge University Press,

.

Goloshekin, A. Yu. Germaniya tarixi. Moskva: Prosveshcheniye, 2010.

Kitchen, M. Zamonaviy Germaniya tarixi: 1800-yildan hozirgacha. Oksford:

Blackwell Publishing, 2006.

Mazower, M. Qorong’I qit’a: Yevropaning XX asrdagi tarixi. Penguin, 1998.

Usmonov, X. Germaniya tarixi:o’tmish va hozirgi holat. Toshkent: O’zbekiston

nashriyoti, 2007.

G’aybullayev, M. Yevropa mamlakatlari tarixi. Toshkent: O’zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2015.