Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
119
ABU ABDULLOH HALIMIYNING HAYOTI
A.A.LUQMONJONOV
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
islom Instituti 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Abu Abdulloh Halimiy o‘z davrini yetuk olimlaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqolada Halimiyning o‘sgan muhiti, u yashagan davrdagi holatlar, u zotning
ustozlari, u haqidagi maqtovlar, u zotning xulqlari va sifatlari, yozgan asarlarini va
ilmiy faoliyatini o‘rganishga harakat qildik.
Kalit so‘zlar:
Abu Abdulloh Halimiy, Abu Bakr Qaffol Shoshiy, Abu Bakr
Uvdani, Jurjon, Buxoro, Movarounnahr, Xuroson, hadis, kalom ilmi, fiqh, kitob al-
minhoj.
يحيضوتلا قيلعتلا
ةئيبلا ةسارد انلواح ،ةلاقملا هذه يف .هرصع يف ءاملعلا رابك نم يميلحلا الله دبع وبأ ناك :
خأو ،هيف تليق يتلا حئادملاو ،هخويشو ،هنمز يف ةدئاسلا لاوحلأاو ،اهيف أشن يتلا
،هتافصو هقلا
يملعلا هطاشنو ،هتافلؤمو
.
ةيحاتفملا تاملكلا
ءارو ام ،ىراخب ،ناجرج ،ينادوعلا ركب وبأ ،يشاشلا لافقلا ركب وبأ ،يميلحلا الله دبع وبأ :
.جاهنملا باتك ،هقفلا ،ملاكلا ملع ،ثيدحلا ،ناسارخ ،رهنلا
Annotation:
Abu Abdullah Halimi was one of the prominent scholars of his
time. In this article, we aimed to study the environment in which Halimi grew up, the
circumstances of the period he lived in, his teachers, the praises written about him, his
character and qualities, his authored works, and his scholarly activities.
Keywords:
Abu Abdullah Halimi, Abu Bakr Qaffal Shashi, Abu Bakr Uvdani,
Jurjan, Bukhara, Transoxiana, Khorasan, hadith, kalam (Islamic theology), fiqh, Kitab
al-Minhaj.
Аннотация:
Абу Абдуллоҳ Халимий был одним из выдающихся учёных
своего времени. В данной статье мы постарались изучить среду, в которой он
вырос, условия той эпохи, в которой он жил, его учителей, восхваления в его
адрес, его нрав и качества, написанные им труды и его научную деятельность.
Ключевые слова:
Абу Абдуллоҳ Халимий, Абу Бакр Каффоль Шоший,
Абу Бакр Увдани, Джурджан, Бухара, Мавераннахр, Хорасан, хадис, калам,
фикх, Китаб аль-Минхадж.
Abu Abdulloh Halimiy o‘sgan muhit:
Inson o‘z davri va yashayotgan muhiti ta’sirida voyaga yetadi. Abu Abdulloh
Husayn ibn Hasan ibn Muhammad ibn Halimiy (Jurjoniy) hijriy 338-390 milodiy 949-
950-yilda Jurjon dengizini (bu dengiz kasbiy dengiz bilan tanilgan) janubiy- sharqiy
qismida joylashgan Jurjon shahrida tug‘ilgan. Jurjon shahri hazirgi Fors davlatining
Usturobod viloyatida joylashgan. Jurjon shahri Sosonoylar davrida muhum ahamiyatga
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
120
ega bo‘lgan. Chunki Jurjon shimoldan davlat yerlariga bostirib keladigan ko‘chmanchi
qabilalarning hujumlarini qaytaruvchi chegara qal’asi vazifasini bajargan.
1
Abu Abdulloh Halimiyning nisbati:
U imom, hofiz Abu Abdulloh Husayn ibn Hasan ibn Muhammad ibn Halim,
shofeiy mazhabidagi faqih bo‘lib, u "Halimiy" yoki "Jurjoniy" nomlari bilan
mashhurdir. Bu nisbat uning bobosi Halimga bog‘liqdir. Uning otasi esa mashhur faqih
Abu Muhammad ibn Halim ibn Ibrohim ibn Maymun as-Soig‘ al-Halimiy al-Marvaziy
bo‘lgan.
Abu Abdulloh Halimiy ba’zan tug‘ilgan joyi Jurjon shahriga nisbat berilib
"Hofiz al-Jurjoniy" deb ataladi. Boshqa hollarda esa u voyaga yetgan va ilm olgan
Buxoro shahriga nisbatan "Buxoriy" deb ham tilga olinadi. bobosiga nisbatan
Halimiy, tug‘ilgan joyiga nisbatan Jurjoniy deb tanilgan.
2
Abu Abdulloh Halimiy ilm, fiqh, adab bilan tanilgan mashur oilada tug‘ilgan.
Otasi Abu Muhammad al- Hasan ibn Muhammad ibn Haliym ibn Ibrohim ibn Maymun
as-Soig‘ al-Halimiy al-Marvaziy, faqih, muhaddis bo‘lgan.
Keyin otasi Abu Muhammad ibn Halim al-Marvaziy, uni yoshligida davrning
yirik ilm markazi va Somoniylar saltanati ostida bo‘lgan Buxoroga olib borgan. O‘sha
davrda Buxoro adabiyot, fiqh va hadisning poytaxti edi va odamlarni o‘ziga tortuvchi
ajoyib tabiiy manzarasi bilan mashhur edi. Buxoro haqida “as-Suvarul aqlam” kitobi
sohibi aytadi: "Movarounnahr diyorlarining eng go‘zalini aytadigan bo‘lsam, islom
yurtlari ichida Buxorodan ko‘ra tashqi ko‘rinishi chiroyliroq bo‘lgan biror joyni na
ko‘rdim va na eshitdim. Chunki qayerga qarama, har tomonda osmonning moviyligi
bilan uyg‘unlashgan cheksiz yashillik ko‘rinadi. Go‘yo osmon yashil gumbazday
bo‘lib, yashil gilamga yotqizilgandek tuyuladi. Qal’alar va saroylar bu yashillik orasida
g‘uj-g‘uj turgan marvaridlar singari ko‘zga tashlanadi. Bu diyordagi yerlar to‘g‘ri va
tekis bo‘lib, oynadek silliqdir. Movarounnahr va Xuroson ichida o‘z yerlariga
buxoroliklardan yaxshiroq g‘amxo‘rlik qiladigan xalq yo‘q. Maydon jihatidan
o‘lchaganda ham Buxoroning aholisi juda ko‘p. Bu fazilatlar aynan shu shaharga
xosdir. Dunyoning eng go‘zal maskanlari Samarqandning bog‘lari va O‘bullo daryosi
bo‘lsa-da, Buxoroning tabiati va aholisining o‘ziga xosligi alohida e’tiborga loyiq."
3
Shuningdek, fors allomasi as-Sa’alabiy "Yatimat ad-dahr" kitobida shunday
yozgan: "Somoniylar davrida Buxoro ulug‘vorlik markazi, hukmdorlarning qiblasi,
zamonasining tengsiz kishilari to‘planadigan maskan, yer yuzining adab ahli uchun
yulduzlar chiqadigan joyi va asrning fozillari uchun uchrashuv makoni edi."
4
1
Imom Zahabiy. Tazkirotul Huffoz. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1957. – J. III. – B. 1030.
2
Imom Subkiy. Tobaqot ash-Shofeiyya. – Qohira: al-Matbaul Husniyya, 1324-h. – J . III. – B. 137.
3
Yaqut al-Hamaviy. Mo‘jamul Buldon. – Bayrut: Doru Bayrut, 1956. – J. I. – B. 353.
4
Imom Sa’alabiy.
Yatimat ad-dahr. – Bayrut: Dorul kutub al-ilmiyya, 1983. – III. – B. 127.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
121
O‘sha davrda Buxorodagi mutafakkirlar masjidlarda uzoq-uzoq ilmiy
muhokamalar olib borishar edi. Ba’zida bu ilmiy muhokamalarga ko‘cha va
xiyobonlarda ham duch kelish mumkin bo‘lgan. Ilm-fan va adabiyot, fiqh va hadis
ilmi bilan mashhur bo‘lgan bu serhosil va boy shahar – Buxoroda Abu Abdulloh
Halimiy hayot kechirdi. Halimiy aynan shunday ilmiy muhitda voyaga yetdi. U ilm
ahli bo‘lgan otasi bilan birga o‘qigan va Ash’ariy mazhabining asoschisi Abul-Hasan
al-Ash’ariyning muhim shogirdlari qatorida tilga olingan.
Halimiy Buxoroda Ash’ariylar va Shofeiylar mazhabining ulug‘ olimlari bilan
birga bo‘lib, ulardan saboq olgan. Halimiyning tug‘ilgan uyi ilm, adabiyot va fiqh
markazi sifatida tanilgan edi. Faqat otasi emas, balki uning ukasi Abul-Fazl Hasan ibn
Hasan ibn Muhammad ibn Halimiy ham ilm bilan shug‘ullangan. Otasi bir vaqtlar
sulton Sanjar saroyida muftiylik bilan shug‘ullangan. Hayotining so‘nggi yillarida esa
uyini Qur’on bilan mashg‘ul kishilarning yig‘ilish joyiga aylantirgan.
5
Abu Abdulloh Halimiyning ustozlari:
Halimiy, mintaqaning ulug‘ olimlaridan dars olgan va Ash’ariyya mazhabining
ulug‘ olimlaridan Abu Bakr Qaffol Shoshiy va Abu Bakr Uvdaning darslarida
qatnashib, kalom va fiqh ilmlarini o‘rgangan. U Movarounnahr mintaqasida Shofeiy
mazhabining targ‘ibotchisi, fiqh va usuli fiqh imomi sifatida xizmat qilgan olimdir.
Halimiyning ustozlaridan Qaffol Shoshiy, Imom Ash'ariyning shogirdi edi.
Halimiy, hadis ilmini o‘rgangan ustozlaridan biri Sayrafiydir. Abu Bakr
Muhammad ibn Ahmad ibn Hanbal va Abu Ahmad Bakr ibn Muhammad Sayrafidan
hadisni eshitib rivoyat qilgan. Mashhur muhaddislar Hokim Nisoburiy va Abu
Zakarriyya, Abdurrahim ibn Muhammad Buxoriy ham undan hadis rivoyat qilganlar
orasida bo‘lgan. U hali yoshligida Buxoroda hadis yozib olib, quyidagi ustozlaridan
ta’lim oldi: Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Ahmad Bakr ibn
Muhammad ibn Hamdon Sayrafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn
Jabahoniy.
Keyin u fiqh ilmini Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiydan o‘rganishni
davom ettirdi. O‘sha vaqtda u hali o‘ttiz yoshga ham yetmagandi. Abu Bakr Qaffol
Shoshiy shofeiy mazhabining buyuk ulamolaridan biri bo‘lib, o‘z davrida
Movarounnahr hududida bu mazhabni keng yoygan va uning yetakchi imomi
hisoblangan. U fiqh va usul ilmlarida ko‘plab kitoblar yozgan va hijriy 365-yilda vafot
etgan.
Imom Halimiy Abu Bakr Qaffol Shoshiyning ta’sirida bo‘lgan, chunki u Abu
Hasan Ash’ariyning shogirdlaridan bo‘lib, undan ilmiy majlislarda bevosita ta’lim
olgan edi. Halimiy ham shunga ergashib, aqlni asosiy manba sifatida ko‘rib, islomiy
5
Ibnul Asir. Al-Lubob fi tahzibil ansob. – Bag’dod: Maktabatul musanna, - J. I. – B. 382.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
122
qonunlarni tushuntirishda mantiqiy bahs va aql hukmini qo‘llashga e’tibor bergan. Bu
holat uning kitoblarini tahlil qilganda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, u fiqh ilmini Abu Bakr Udaniydan ham o‘rgangan. Udaniy Buxoro
yaqinidagi Udana qishlog‘idan bo‘lib, Halimiy haqida shunday guvohlik bergan: "Abu
Abdulloh Halimiy – Imomdir".
6
Buxoro va uning atrofida Halimiy hadis ilmining peshqadamlaridan biri bo‘lib
yetishdi. U asta-sekinlik bilan butun Movarounnahrda hadis ilmi bo‘yicha e’tirof
etilgan ulug‘ zotga aylandi. Hatto mashhur muhaddis Hakim Abu Abdulloh Nishopuriy
Halimiy Nishopurga haj safaridan kelganida (hijriy 377-yilda) undan hadis rivoyat
qilgan.
7
Shuningdek, undan hadis olgan shogirdlari orasida Abu Zakariyo Abdurahim
Buxoriy, Abu Said Kanjurudiy va boshqa ko‘plab muhaddislar bor edi. Uning hadislari
Movarounnahrda mashhur bo‘lib, u o‘z zamonasining hadis ilmi imomi bo‘lib tanilgan.
Abu Abdulloh Halimiydan rivoyat qilingan mashhur hadislaridan biri shunday:
Uni Abu Said Kanjurudiy rivoyat qilgan bo‘lib, u buyuk musnid Sharfiddin Abu Fazl
Ahmad ibn Hibatulloh ibn Asokir orqali yetib kelgan.
Ahmad ibn Hibatulloh hijriy 695-yilda Hofiz Abu Hajjojning qiroatida shunday degan:
"Bizga Zohir ibn Tohir xabar berdi. Uni Imom Abu Said Muhammad ibn Ahmad
Kanjurudiy xabar berdi. Uni Shayxul-Islom Imom Abu Abdulloh Husayn ibn Hasan
ibn Muhammad Halimiy
xabar berdi. Uni Bakr ibn Muhammad ibn Hamdon Sayrafiy
rivoyat qildi. Uni Ahmad ibn Husayn rivoyat qildi. Uni Muqotil ibn Ibrohim rivoyat
qildi. Uni Nuh ibn Abu Maryam rivoyat qildi. Uni Yazid Raqoshiy Anas ibn Molikdan
rivoyat qildi. Anas raziyallohu anhu shunday deydi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar:
"
Qur’on sohibi uchun xatm qilgan paytda ijobat qilinadigan duo bordur
."
8
Halimiy, ta’limini tugatgach, dastlab Buxoro, keyin boshqa shaharlar va
mintaqalarda qozilik vazifasini bajargan. Hukmdorlar va volilarning e’tiboriga sazovor
bo‘lganligi sababli, vaqti-vaqti bilan elchilik vazifasiga ham tayin etilgan. Somoniylar
hukmdori Nasr ibn Nasr tomonidan Nishapurga (385/995) va Xorazm hukmdorining
iltimosi bilan Jurjon amirligiga elchi sifatida yuborilgan (389/999).
Somoniylar Buxoroda hokimiyatni qo’lga olgan hijriy 387-yilgacha, Halimiyning
davlat ishlari bilan faol shug‘ullanganligi ma'lum. Hatto Abu Nasr ibn Ismoil, Xorazm
voliysi tomonidan elchi sifatida yuborilgan Halimiyning vositachiligi orqali, Jurjonda
hibsda bo‘lgan bir kishi ozod qilingan.
9
Abu Abdulloh Halimiy haqida aytilgan maqtovlar:
6
Samoniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1964. – J. I. – B. 221
7
Imom Subkiy. Tobaqot ash-Shofeiyyatul Kubro. – Qohira: al-Matbaul Husniyya, 1324-h. – J . III. – B. 147.
9
Samoniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1964. – J. I. – B. 221.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
123
Halimiy haqida tabaqot kitoblarida:
“O’z asri muhaddislarining sardori”, “Shofeiylarning eng ulug’ olimi”,
“Ustozidan keyingi eng aqlli kishi”, “Peshqadam muftiy” kabi maqtovlar aytilgan.
Bundan tashqari uning faqih, muhaddis, adabiyot bilmdoni, mutakallim, mazhabda o’z
o’rniga ega olim bo’lganligi tabaqot kitoblarida zikr qilingan. Axloq borasida ham
maqtovga sazovor, oliy xulqli ekani, barchaga birdek samimiy muomalada bo’lgani,
Allohga va diniga muxlis va hech qachon dunyo uchun oxiratini alishmaydigan bir
shaxsiyat bo’lgani haqida ayni asarlarda aytilgan.
Imom Halimiy sulton nazarida yuksak mavqega ega bo‘lib, hukmdorlar va
noiblari unga katta hurmat ko‘rsatgan. U nafaqat oddiy xalq orasida, balki olimlar va
amaldorlar orasida ham obro‘ qozongan. Sulton uni tez-tez elchi sifatida ishlatgan,
boshqa hokimlar bilan bo‘lib o‘tgan muammolar va nizolarni hal qilishda vositachilik
qilgan.
Abu Qosim Hamza ibn Yusuf Sahmiy esa shunday yozadi:
"Abu Abdulloh Halimiy Jurjon shahrida hijriy 338-yilda tug‘ilgan. U hali
yoshligida Buxoroga ko‘chib o‘tgan va u yerda hadis yozib olib, fiqh ilmini o‘rgangan.
Keyinchalik, u Buxoro va uning atroflaridagi hadis ahli yetakchisi bo‘lib yetishdi
hamda turli hududlarda qozilik lavozimini egalladi. Hijriy 389-yilda u Xuroson amiri
tomonidan Jurjon amiri Qobus ibn Vashmgir huzuriga elchi sifatida yuborildi. O‘sha
paytda mashhur olim Abu Nasr Ismoiliy Qobus tomonidan qamoqqa olingan edi. Imom
Halimiy uning ozod qilinishiga sabab bo‘ldi va uni o‘z himoyasiga olib, yurtiga
qaytardi. Halimiy shu yili Jurjonda hadis rivoyat qilib, ilmiy majlislar o‘tkazdi."
10
Shu ma’lumotlardan ayon bo‘ladiki, Imom Halimiy o‘z zamonasining buyuk
olimi bo‘lib, keng bilimga ega edi. U hukmdorlar bilan yaqin aloqada bo‘lib, yuksak
e’tiborga loyiq ko‘rilgan. Xuroson va Movarounnahr bo‘ylab ham olimlar, ham oddiy
xalq tomonidan hurmat qilingan.
11
U zotni xulqi va sifatlari:
Abu Abdulloh Halimiy faqih, muhaddis, mutakallim, adib va yuksak darajadagi
olim bo‘lib, shofi’iy mazhabida yuksak ilmga ega edi. Imom Zahabiy uni shunday
ta’riflagan:
“U o‘z zamonasining eng zukko kishilaridan, nazar va tadqiqot sohasida yetuk
ulamolardan edi. Ilm va adabda katta obro‘ga ega bo‘lgan.”
12
Shuningdek, u o‘z davrida shofeiy mazhabining yetakchi olimlaridan biri,
Buxoro va Movarounnahrda hadis ilmining peshqadami hamda ulug‘ imom sifatida
tanilgan.
10
Samoniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1964. – J. IV. – B. 221.
11
Hilmiy Muhammad Fuda. Al-Minhoj fi shu’abil iymon – muqaddima. Tahqiq qilingan. – Bayrut: Dorul fikr, 1979. – J. I.
– B. 17.
12
Imom Zahabiy. Tazkirotul Huffoz. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1957. – J. II. – B. 1030.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
124
Imom Halimiy zamoniga eng yaqin tarixchilaridan biri bo‘lgan "Kitob al-Ansab"
muallifi uni shunday ta’riflaydi:
“U yuksak maqomga ega bo‘lgan ulug‘ imom edi. Undan maslahat so‘ralgan,
ilmiy jihatdan mustahkam asarlar yaratgan alloma bo‘lgan.”
13
Ibn Qozi Shahba esa Hakim Abu Abdullohning so‘zlariga tayangan holda
Halimiyni quyidagicha ta’riflaydi:
“Halimiy shofeiy mazhabining eng yuksak darajasidagi olimlaridan edi. Adab
va nazariy fikr yuritish borasida eng yetuk zotlardan bo‘lib, ustozlari Qaffol va
Udaniydan keyin shofeiy olimlari ichida eng yuksak maqomga ega bo‘lgan. U chuqur
ilmiy tahlil va fiqhiy tafakkurga ega bo‘lgan olim bo‘lib, uning asarlaridan Abu Bakr
Bayhaqiy ko‘plab ilmiy ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. Abu Bakr Bayhaqiy shunday
degan:
“Halimiy yuksak maqomli inson bo‘lib, uning ilmini to‘liq anglash faqat eng
chuqur tafakkur qiluvchilar uchun mumkin edi.”
Imom Halimiy nafaqat ilm va adab borasida yuksak darajaga yetgan, balki u
shofeiy fiqhida yuksak ilm sohibi, kamtarin, taqvodor, halol yashovchi, axloqan pok,
odamlarga nisbatan muruvvatli va samimiy inson edi. U dunyo ne’matlari ortidan
quvmas, balki faqat oxirat saodatini istar edi.
14
AbuAbdulloh Halimiyning asarlari:
Tarix kitoblarida Halimiyning bir qancha asarlari bo’lgani haqida so’z
yuritiladi. Ammo afsuski, hozirga qadar bu asarlardan faqatgina “Kitobul Minhoj fiy
Shu’abil Iymon” asari yetib kelgan xolos. Bu kitobga ko’z yugurtirsak, uning bundan
boshqa kitoblari ham bo’lganini tushunib yetamiz. Kalom, fiqh va hadis ilmiga oid
mavzularda yuritgan so’zlarini sinchiklab o’rgansak, bu kitob musannifning birinchi
asari emasligi yanada oydinlashadi. Chunki, bunga o’xshash keng ko’lamda kalom,
fiqh va hadisga oid mavzularni o’z ichiga olgan asarning egasi, bu darajada qalam
yuritish uchun bundan oldin bir qancha qoralamalar yozgan bo’lishi lozim. Ibn Imod
“Shazoratuz Zabab” da, Hoji Xalifa esa “Kashfuz Zununda” unga Qiyomat alomatlari
va Qiyomat holatlari deb nomlangan ikki asarni nisbat beradilar. Halimiy haqida
ensiklopediya yozgan Metin Yurgadur o’sha asarlar Minhojning boblarini sharhlagan
bir asar ekanini aytadi.
15
Abu Abdulloh Halimiyning vafoti:
Tarixiy manbalarning ittifoqiga ko‘ra, imom Abu Abdulloh Halimiy (vaf.
403/1012) Buxoro shahrida vafot etgan. Imom Halimiy hijriy 403-yil, milodiy 1012-
13
Samoniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1964. – J. IV. – B. 221.
14
Ibn Imod. Shazarot az-Zahab fi Ixbari min Zahab. – Qohira: Matba’at as-Sa’ada, 1455 h. – J. III. – B. 167.
15
Veysel Kasar. Halimiyning al-Minhoj kitobi va kalom ilmi naqtayi nazaridan ahamiyati. – Harran Unversitetini rasmiy
veb sayti, 2006 – B. 7.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
125
yilda Allohning huzuriga qaytganiga barcha tarixchilar yakdil fikrdalar. Biroq, uning
vafot etgan oyi borasida manbalar o‘rtasida tafovut mavjud.
Ba’zi tarixiy manbalarda imom Halimiyning Rabi‘ul avval oyida vafot etgani
zikr qilingan. Masalan, Ibn Manda (vaf. 395/1005) va undan rivoyat qilgan Ibn Asakir
(vaf. 571/1176) o‘z asarlarida uning Rabi‘ul avval oyida vafot etganini aytganlar.
Boshqa ayrim manbalarda esa imom Halimiyning vafoti Jumodul ula oyiga
to‘g‘ri kelgani haqida ma’lumot berilgan. Xususan, imom Zahabiy (vaf. 748/1348)
o‘zining mashhur asari "Siyar A’lam an-Nubalo"da ham shunday rivoyatni keltiradi.
Shuningdek, "Tabaqot ash-Shofeiy" muallifi Abu Abdurahmon as-Sulamiy (vaf.
412/1021) tomonidan ham Jumodul ula oyida vafot etgani ta’kidlangan.
Ushbu tafovut o‘sha davrda tarixiy voqealar sanasining aniq va yagona taqvimga
asoslanmaganligi natijasida yuzaga kelgan. Shuning uchun ilmiy tadqiqotlarda imom
Halimiyning 403-hijriy yilda Buxoroda vafot etgani qat’iy qabul qilinadi, vafot etgan
oyi esa ikki xil rivoyat shaklida beriladi.
16
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Imom Zahabiy. Tazkirotul Huffoz. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful
usmaniyya, 1957. – J. III. – B. 1030.
2.
Imom Subkiy. Tobaqot ash-Shofeiyya. – Qohira: al-Matbaul Husniyya, 1324-h. –
J . III. – B. 137.
3.
Yaqut al-Hamaviy. Mo‘jamul Buldon. – Bayrut: Doru Bayrut, 1956. – J. I. – B.
353.
4.
Imom Sa’alabiy. Yatimat ad-dahr. – Bayrut: Dorul kutub al-ilmiyya, 1983. – III. –
B. 127.
5.
Ibnul Asir. Al-Lubob fi tahzibil ansob. – Bag’dod: Maktabatul musanna, - J. I. –
B. 382.
6.
Samoniy. Al-Ansob. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1964. –
J. I. – B. 221.
7.
Hilmiy Muhammad Fuda. Al-Minhoj fi shu’abil iymon – muqaddima. Tahqiq
qilingan. – Bayrut: Dorul fikr, 1979. – J. I. – B. 17.
8.
Ibn Imod. Shazarot az-Zahab fi Ixbari min Zahab. – Qohira: Matba’at as-Sa’ada,
1455 h. – J. III. – B. 167.
16
Hilmiy Muhammad Fuda. Al-Minhoj fi shu’abil iymon – muqaddima. Tahqiq qilingan. – Bayrut: Dorul fikr, 1979. – J. I.
– B. 19.